3-mavzu. Xiva xonligi memorchiligi Shaharlar hayotining umumiy manzarasi



Download 43,5 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi43,5 Kb.
#754839
Bog'liq
3-mavzu. Xiva xonligi memorchiligi


3-mavzu. Xiva xonligi memorchiligi
Shaharlar hayotining umumiy manzarasi: 18-asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi.
18-asrning ikkinchi yarmi 19-asr boshlarida katta ko’lamdagi sug’orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishiga asos bo’ldi. Bu hodisa, o’z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab bo’ldi.
Biroq bu o’sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo’lmas edi. Bu davr G’arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o’zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to’ntarishi boshqa ilg’or davlatlarga ham yoyilgan, 19-asr o’rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.
Markaziy Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o’rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi.
Me’morchilik: 18-asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
19-asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor hamda 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
19-asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo’lingan. Ularning biri Dishan qal’a-Tashqi shahar (qal’a) deb, ikkinchisi esa Ichan qal’a-Ichki shahar (qal’a) deb atalgan.
Ma’lumki, Sharqda shaharning ichki qismi, ya’ni markazi Shahriston, tashqi qismi esa Rabod deb atalgan.
Ichan qal’a. Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir.
Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to’rtta darvoza orqali kirilgan.
Xorazm o’lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari-madrasa, masjid, xon saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qal’ada joylashgan.
Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va maqbaralar barpo etildi. Ko’hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi.
Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g’arbiy qismidagi Ko’hna ark yoniga Kalta Minor nomi bilan mashhur bo’lgan minorani qurdirdi. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana inshootlarni ro’parama-ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo’sh“ deb ataladi.
Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o’ziga xos ansamblni tashkil etadi. Noyob me’morchilik obidasi bo’lgan Ichan qal’a 1961-yilda me’moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo’riqxonaga aylantirilgan. Uning maydoni 26 ga.ni tashkil etadi. Unda 54 ta tarixiy-me’moriy obida joylashgan. 1969-yildan muzey-qo’riqxona Xiva „Ichan qal’a muzey-qo’riqxonasi“ deb ataladi. 1990-yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi.
Dishan qal’a. Dishan qal’a-Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod qismi hisoblanadi. Unda savdo va hunarmandchilik do’konlari, mahallalar joylashgan. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5-6 metr bo’lgan devor bilan o’ratgan.
Ichan qal’a 4 darvozali bo’lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo’lgan.
Hunarmandchilik. 18-asr ikkinchi yarmi va 19-asr birinchi yarmida ham avvalgi asrlarda mavjud bo’lgan hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi.
Me’morchilikning yuksalishi kulolchilikda ham o’z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to’y marosimini o’tkazishga yetadigan to’y majmualarini ham tayyorlaganlar. Alohida tantanalar uchun maxsus to’y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlangan.
19-asrning 30-40-yillariga oid manbalarda Xivada zargarlik yetakchi hunarlar qatorida tilga olingan. Xivaning bosh taqinchog’i jig’a Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg’alar feruza va marjonlar, bilaguzuklar esa toshlar bilan bezatilgan.
19-asrda Xiva yog’och o’ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o’rinda turardi. U o’z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o’rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o’zining ko’rkamligi bilan ajralib turadi.
19-asr o’rtalarida o’ymakori eshik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o’g’lining nomi ayniqsa shuhrat qozondi.
Xiva shahri, ayni paytda, 20-asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to’qish markazi bo’lib qoldi.
19-asrda Xivada matoga gul bosish san’ati o’zining kulrang uyg’unligi va mayda gullari bilan Markaziy Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turgan.
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish