3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


jadval O‘zbekistonda 1995-2003-yillarda davlat korxonalarini 3



Download 138.38 Kb.
bet14/14
Sana15.05.2021
Hajmi138.38 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
jadval

O‘zbekistonda 1995-2003-yillarda davlat korxonalarini 3

xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlarin

Ko‘rsatkichlar

1998

1999

2000

2001

2002

2003

Xususiylashtirilgan korxonalar soni, birlik

451

448

374

1449

1912

1519

Xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan nodavlat mulkidagi korxonalar soni

266

373

372

1238

1800

1452

Aksiyadorlik jamiyatlari

110

141

152

227

223

75

Xususiy korxonalar

103

156

103

827

1252

981

Boshqa shakldagi korxonalar

53

76

117

184

325

396

Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘, mlrd. so‘m

8,9

9,1

14,3

23,2

43,6

56,1

Jadvaldan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalar- ning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalar- dan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hajmi 167,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodi- yotida xususiy sektoming ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish cho- ra-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalami davlat tasarmfidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalami modemizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalami jalb etish maqsadida xususiy- lashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqti- sodiy nochor korxonalami va past likvidli obyektlami nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlar- ini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.



Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2004-2015-yillar davomida 5531 ta davlat obyekti xu- susiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag‘laming jami hajmi 836,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan (3.3-jadval).

3.3-jadval

O‘zbekistonda 2004-2015-yillarda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi13

Yillar

Xususiylashtirilgan obyektlar soni

Xususiylashti- rishdan tushgan pul mablag‘lari, mlrd. so‘m

2004

1228

78,5

2005

980

80,5

2006

673

70,5

2007

631

111,1

2008

392

130,6

2009

135

35,7

2010

96

23,0

2011

95

39,2

2012

83

32,1

2013

82

44,1

2014

288

88,0

2015

848

103,2

Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uy-joylaming o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quwatlashning turli xil dasturlari byud- jet mablag'lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.

O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxo- na va obyektlami xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog'liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolami 4hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkor- likni, xususiylashtirilgan korxonalami davlat tomonidan qo‘llab-quv- vatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infratuzilma- sini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jam- lanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ulami mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablagiar shu korxonaning o‘zini qoilab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etish- ga ham sarflanadi.



Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, “jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu - xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ulaming ta'sirchan himoyasini ta'minlashdir.”5.

Qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi sin- gari tarmoqlar, uy-joy fondi to‘liq xususiy mulk egalari tasarmfiga o‘tkazildi. Iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuv- chilik mahsulotlari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmat- sevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.

Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa - davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari ma'lum darajada saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ulaming bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy- lashtirish, ulardan samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ulaming barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modemizatsiya qilishda nafaqat mustah- kam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlamoq zarur.

Bu borada 2015-yilda “davlat aktivlarini xususiylashtirish, av- valo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘mi yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim.

Shu bilan birga, 245 ta kam rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilot to‘liq tugatildi.

Xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obyekti buzilib, bun- ing natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yer- laming qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish obyektlari qurish uchun tadbirkorlar tasairufiga berildi.

Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obyekt inven- tarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun savdoga qo‘yildi va o‘tgan yili ulaming 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi ba- holandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq sav- doga qo‘yildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, izchil rivojlanayotgan va muvaf- faqiyatli faoliyat yuritayotgan «Navoiyazot», «Farg‘onaazot», «Ur- ganch ekskavator», «Qizilqumsement», «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyatlari kabi korxonalar, «Aloqabank», «Turonbank» singari banklar, «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi va boshqa muassa- salardagi davlatga tegishli aksiyalar ham savdoga qo‘yildi.

Shu tariqa 52 ta aksiyadorlik jamiyatidagi savdoga qo‘yilgan dav- lat ulushi xususiy mulkdorlarga sotildi. Jumladan, «Qo‘qon yog‘- moy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining davlatga tegishli aksiyalari 2 million 500 ming dollarga sotildi”.6

Bu ishlami amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qarov- siz holda bo‘lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbar- dosh mahsulotlami tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quwatlarini barpo etib, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdir. Bu esa, o‘z nav- batida, bozorlarimizni xaridorgir va import o‘mini bosuvchi ko‘plab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini bundanda yuk- saltirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xu- susiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkor- likni qo‘llab-quvvatlash ulami himoya qilishning muhim yangi bosq- ichi bo‘ldi. Bu farmon asosida Mamlakatimizda bir qator ishlaming bajarilishi muhim vazifa sifatida qo‘yildi. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlanti- rish maqsadida bu sohaga toTiq erkinlik berish, bu yoTda g‘ov boTib turgan barcha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomyil- larini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-tamoyillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ulami xususiylashti- rishda byurokratik to‘siqlami bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotil- gan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmat- lar ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan.

Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining ko‘payishiga imkon yaratadi.

Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkor- lik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay yuqori ekanligi hammaga ma’lum. Bu fikr 2017-2021-yillarga belgilangan harakatlar strategiyasida yanada aniqlashtirildi va rivojlantirildi.

Xulosalar


  1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bos- qichlami bilishda tarixiy-formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizim- laming o‘zgarishi kabi jihatlar bo'yicha yondashuvlar mavjud.

  2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar - iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexa- nizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqti- sodiyot nazariyasida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ish- lab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi bilan bog'lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari- ga ajratiladi.

Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat manfaatla- rini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foy- dalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.

4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlami o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabat- lami o‘zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlami bildirsa, mulkchilikning huquqiy maz- muni subyektning obyektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks etti- radi.

5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish - kor- xonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ulaming investit- sion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlami xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.

Asosiy tayanch tushunchalar



Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ijtimoiy ishlab chiqarish jarayon- ida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshimvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ish- lab chiqarish vositalari).

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar.

Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya - ishlab chiqarish usuli bilan jami- yat ustqurmasi majmui.

Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, mate- riallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.

Oddiy kooperatsiya - bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajam- vchi xodimlaming eng oddiy shaklidagi uyushmasi.

Manufaktura - mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiya.

Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish - mehnat taqsimoti ham- da mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiya.

Iqtisodiy tizim - mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikdagi tizimi.

Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foy- dalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga kela- digan munosabatlar.

Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishla- tilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlari- ning bevosita iste’mol qilinishi.

Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.

Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo ‘ lida saqlanib turishi va Yaratilgan moddiy boyliklami o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.

Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.

Mulk subyektlari - mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuv- chilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.

Xususiylashtirish - mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o‘tishi.

Davlat tassarrufidan chiqarish - mulkni davlat hisobidan chiqa- rilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.



Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda qanday yondashuvlar mavjud?

  2. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalar- dan iborat?

  3. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o‘ziga xos belgilarini ajratib ko‘rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashi- nishi sabablari haqida mulohaza bildiring.

  4. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab ko‘rsating. Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta'siri qanday?

  5. Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?

  6. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab ko‘rsating.

  7. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shaklla- rining iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib ko‘rsating.

  8. Mulk subyektlarining ko‘p darajali bo‘lishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?

  9. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda obyektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif ber- ing.

  10. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

1 Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maTumotlari98


2 0‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida / 0‘zbekiston Respublikasi: qonunlar va farmonlar. -T.: O‘zbekiston, 1992, 65-b.

3 Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari103


4Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari105


50‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boTishi kerak” // Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishningasosiyyakunlariva2017-yilgamoTjallanganiqtisodiydastuming eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. Xalq so‘zi 2017-yil 16-yanvar.

6Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasima’lumotlari





Download 138.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat