3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- lashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari



Download 138.38 Kb.
bet13/14
Sana15.05.2021
Hajmi138.38 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3.4-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- lashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari


Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoq- larga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib oli- nish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga,

yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalaming nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektorlami, ayrim korxonalami saqlab turishni va mablag‘ bi- lan ta'minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.

Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning birinchi bosqichi nati- jasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xu- susiy va jamoa mulki qilib berildi.

Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995-yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik kor-xonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ulaming aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tash- kil etdi. Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.

Mulkni davlat tasarmfidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga kelti- rish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bo- zorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘Iarini o‘ziga jalb qilib, ulaming bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi to- mondan, yangi mablag‘lami ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sha- roit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllanti- rishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartib- dagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooper- ativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalami tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.

Respublika iqtisodiyoti 1996-yildan boshlab mulkni davlat tasar- rufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998-yillar) xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997-yilda savdo- sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog'i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy joylami xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolaming shaxsiy mulki bo‘lib qoldi.

Xususiylashtirishjarayonlariningto ‘rtinchibosqichi (1998-2003-yil- lar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashti- rishdan tushgan mablag‘lami yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxo- nalarga xorijiy investitsiyalami jalb etish, boshqamv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. Mam- lakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995-2003-yil- lardagi asosiy natijalarini 3.2-jadval orqali kuzatish mumkin.




    1. Download 138.38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat