3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Download 138.38 Kb.
bet10/14
Sana15.05.2021
Hajmi138.38 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar




Davlat mulki - o‘z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o'zlashtiriluvchi turli vosita va ne'matlar




Xususiy mulk - ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo‘lib, yollanma mehnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan mulk







Yakka tartibdagi xususiy mulk - alohida olingan mulkdor tomonidan o‘zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar







Korporativ xususiy mulk -ma'lum maqsad yo'lida o‘zaro birlashgan mulkdorlar mablag'iga asoslangan korxonalar tashkil etish orqali o‘zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar




Shaxsiy mulk -fuqarolaming shaxsiy yoki oilaviy mehnati orqali shakllangan va ulaming ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk

Aralash mulk - turli mulk shakllaridan tashkil topib, shunga muvofiq tarzda O‘zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar

  1. rasm. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ulaming iqti- sodiy mezoni, awalo, ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlaming holati, ij- timoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zamr.

Davlat mulki - egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida boigan mulk obyektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘1 bilan hosil boiadi:

  1. xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi;

  2. davlat mablagiari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qa- rashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalami amalga oshirish. Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslami, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqti- sodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.

O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res- publika mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respub- lika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qa- rashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat ho- kimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta'limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muas- sasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi.



Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxo- na jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqa- rib, ulami sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum gumh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlaming, ijara va jamoa korxonalari- ning, aksiyadorlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlaming mulki kiradi.

Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o‘z ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxs- ning yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromad- lari asosida ko‘payadi va rivoj topadi.

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ulaming ijtimoiy ishlab chiqa- rishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat da- romadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asosla- nadi. Shaxsiy mulk obyektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uy- lar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.



Xususiy mulk - bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir. Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkomi bir xil qarash kerak emas. Mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritishi ham mum- kin, uni tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritsa, u bir vaqtning o‘zida ham mulk egasi ham tadbirkor sifatida namoyon bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonuni- da (7-modda) xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarmf etish huquqidan iboratdir, deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o‘zining ijobiy va salbiy to- monlariga ega. U so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnat- ga mas’uliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga inti- lish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodi- yotda uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlami aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mut- laqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ish- lab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilami sotib olish orqali vujudga kelishi, ko‘payishi mumkin.

Turli shakldagi mulklaming aralashib, birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boTadi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.

Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda (3.1-jad- val).



  1. jadval.

Ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning mulkchilik shakli bo‘yicha taqsimlanishi1

Ko‘rsatkichlar

2013

2014

2015

mingta

%

mingta

%

mingta

%


Download 138.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat