3-mavzu bo’yicha seminar javoblar



Download 23,15 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi23,15 Kb.
#50091
Bog'liq
13-MAVZU BO’YICHA SEMINAR JAVOBLAR


13-MAVZU BO’YICHA SEMINAR JAVOBLAR
1). Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyat, oila va turli munosabatlar natijasida shaxs sifatida shakllanadi. Uning barkamol darajaga ko‘tarilishi ham jamiyatda amalga oshadi. Inson barkamolligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri o‘zini o‘zi anglashi hisoblanadi, chunki o‘zini o‘zi anglamagan inson barkamol shaxs darajasiga etib kelmaydi. U o‘zini anglagandagina o‘zgalarni anglashda va turli munosabatlarda «men»ligini namoyon etadi.

«Axloq» – arabcha so‘z bo‘lib, kishining tabiati, muomala, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, adab, xatti-harakat odobi degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi.



Axloq bo‘lmagan joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat axloq zaminidagina insonlarda hayotning mazmuni va maqsadi; jamiyat oldidagi burchi va ma’suliyati; boshqa axloqiy tushunchalar va me’yorlarga muayyan munosabat shakllanadi.

Axloqshunos olim, A.Sher axloqqa o‘zgacha ta’rif beradi: “Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.

Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.

Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.”



2). Etika fan sifatida axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat rivojidagi o‘rni, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatligi amalda isbotlangan bilimlar majmuidir. Etika fani umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

Jumladan, Etika nazariyasi axloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganadi.

Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, har xil nazariyalarning tarixdagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarini tadqiq etadi.

Qadriyatlar etikasi axloqiy me’yorlarni axloqiy meros sifatida shakllanishi hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.

Kasb etikasi har bir kasb-hunarga xos axloqiy (norma) me’yor, (prinsip)tamoyillar va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.

Axloqiy tarbiya nazariyasi axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq etishning vosita va usullarini o‘rganadi.

Etika fanining tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, doimo uzviylikni taqozo etadi va to‘ldirib turadi.

Arastu “Katta axloq kitobi”da shunday deydi: “Etika – axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga taalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. Chindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan, ya’ni munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq – fazilatlar egasi – fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir. Shuning uchun axloqni bemalol siyosat deb atash mumkin.”



3). Gedonizm (grech. hendone — lazzatlanish) — qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish ma’nolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunosligida gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) hayotning ma’nosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan ta’limotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuhrat ketidan quvish» kabi ma’nolarini ham anglatmoqda.

Gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) — bu o‘ziga xos hayotga bo‘lgan yondoshuv bo‘lib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pog‘onasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qo‘yiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning ta’limotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunoslikning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bog‘laydi. Ya’ni, nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshilikdir, degan xulosaga keladi. Bunday xulosa o‘sha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yo‘nalishini paydo qilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Shu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va o‘zini to‘liq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi. Falsafa qomusiy lug‘atida Gedonizmga shunday ta’rif berilgan: “Gedonizm –yunoncha lazzatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil etish lozim, degan qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilish. Qadimgi Yunonistonda Aristin va Elinur gedonizmning asoschilari hisoblanadi. Yangi davr falsafasida bu g‘oyani Mill va Bentam tomonidan qaytadan tiklashga harakat qilingan. Falsafada gedonizmga ko‘proq moddiy boyliklarga e’tibor berish asosida hayot kechirish, deb qaraladi. Bu hol gedonizm g‘oyalarini mutloqlashtirish sharoitida hosil bo‘ladi. Aslida esa, ko‘pincha gedonistlar inson uchun eng yaxshi jamiyat – farovon va moddiy boyliklar mo‘l-ko‘l bo‘lgan davr, deb hisoblaydilar. Ammo bu qarash ayrim hollarda, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni susaytiradi, ular ahamiyatini to‘g‘ri anglashga hal aqit beradi.”

Yillar osha bu qadimgi tushuncha global ahamiyatga molik axloqiy masala sirasiga kira boshladi. Dunyo miqyosida hozirgi kunda huzurbaxshlik ta’limotining ta’siri kun sayin kuchayib bormoqda. Yashashga bo‘lgan intilish ashyoviylik, moddiylik bilan yo‘g‘rilib, insonlarni elkasiga yanada og‘irroq bo‘lgan yuklamani ortmoqda. Natijada zamonaviylik «hayotdan to‘liq zavq olish» shiori ostida uni yanada yorqinroq, chiroyli va dabdabali kunga aylantirishga intilish kuchaydi. «Sabr», «shukr», «minnatdorchilik», «kelajakka umid» degan tushunchalar nozamonaviylik, noreallik tarzida qabul qilinyapti. Bunda eng yaxshi hayot tarziga ega bo‘lish eng yaxshi narsalarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Qimmatbaho buyumlar, mazali taomlar, eng yaxshi moddiy ta’minot baxtning belgisi sifatida namoyon bo‘lar ekan, axloqiy anglash muammosi bu borada qay darajada muhim ekanligini belgilaydi.

4). Axloqning paydo bo‘lishi haqida ham ikki xil fikrlar mavjud: biri dunyoviy, ikkinchisi diniy. Dunyoviy qarashlarga ko‘ra axloq insonlarning tabiiy tanlanish jarayonida o‘zining oldingi hayvoniy o‘tmishidan meros bo‘lib qolgan instinkt tarzdagi xatti-harakatining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari surishadi. Bu qarashlarning asoschisi Charlz Darvin va uning izdoshi Konrad Lorents hisoblanadi.

Diniy yondashuvga ko‘ra, hamma narsani, ya’ni yer va osmon, butun mavjudot Alloh tomonidan yaratilgan, u odamzodga axloqiylik va ezgulik fazilatlarini xudoning borligini tanish, uning izzat-ikromi va olqishlariga sazovor bo‘lishi uchun bergan. Masalan, islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»da: «Mashriqu mag‘rib Allohnikidir. U pokdir. Albatta, osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma unga bo‘ysunuvchidir. U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Kimki yaxshilik qilgan holda o‘zini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaslar», – deyilgan. Demak, ularning fikricha, axloq Allohning izmidadir. Uning vazifasi Alloh tomonidan buyurilgan narsa – axloqiy me’yor va boshqa qonun-qoidalarni so‘zsiz bajarishdan iboratdir.



Axloqiy tafakkur taraqqiyotiga nazar tashlasak, kishilik jamiyatining ilk davrlarida dastlabki axloqiy ta’limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari - Misr, Bobil, Falastin, Xitoy, Hindistonda va Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan. Qadimgi Misrda, Bobilonda axloqni yorituvchi pandnomalar yaratilib, ularda odob qoidalarini bilishlik insonga afzalliklar keltirishini ko‘rsatib o‘tganlar.

5). XXI asr globallashuv asri bo‘lib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti, madaniy merosi, ijtimoiy tuzumi va axloqiy qarashlarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu jarayon shaxs axloqiy madaniyatining shakllanishida ham namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, oilada voyaga yetadigan yosh avlodni yuksak axloqiy ideallar asosida tarbiyalash, uni har tomonlama etuk shaxs bo‘lib yetishishini ta’minlash masalalari dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining jadal sur’atlar bilan borishida alohida ahamiyat kasb etayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat yoki shaxs axloqiga ham yangicha talablarni qo‘ymoqda. O‘zbek millatining urf-odatlari, axloqiy madaniyati va ma’naviyatiga kirib kelayotgan «go‘zal mahsulotlardan» ehtiyot bo‘lmoq kerak. Chunki, chiroyli ko‘ringan biror buyum, multfilm yoki «ommaviy mahsulot» odamlar qalbi va ongiga ta’sir etishi, milliy-estetik va axloqiy madaniyatiga putur yetkazishi mumkin.

Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o‘zlari, ularning o‘zaro munosabatlari ham atrof-muhitning bir qismi hisoblanganligi uchun inson salomatligining ijtimoiy ekologik muammosi yuzaga keldi. XX va XXI asrda erishilgan fan-texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u yashayotgan sayyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy ko‘rsatkichlarga ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli-tuman qurollar hammasi insonni yo‘q qilishga qaratilgan. Ularni ishlab chiqarish korxonalari va sinov maydonlari ekologik buhronlarning manbaidir. Bular bir yoki bir necha mamlakat uchun emas, balki global, umumsayyoraviy falokat hisoblanadi. Ularning oldini olishni faqat bir yo‘l bilan biz yashayotgan texnikaviy muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqaror etish orqali hal qilish mumkin. Shuningdek, biologik axloq, ekologik axloq, o‘lim jazosini bekor qilish muammolari ham global tabiatga ega. Akademik A.Pokrovskiyning fikriga ko‘ra: «Hozirgi zamon kishisi hamma vaqt tabiatga nisbatan urush holatida bo‘lib kelgan. Uning halokatli oqibatlari yildan-yilga kuchliroq sezilmoqda. Agar insonning tabiatga munosabat madaniyatini tarbiyalamasak, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin».«Ma’lum ma’noda, ekologik inqiroz, nafaqat energoresurslar kamyobligi, atrof-muhit ifloslanishi emas, balki, eng avvalo, insonning uyg‘onish davridan boshlab, ongli ravishda shakllangan, dunyoga va tabiatga munosabatlari tizimi inqirozidir».

Bizningcha, noosferada, yuqorida aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o‘z intellektimiz narsalarga aylanib, bizni o‘rab oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga ta’sir ko‘rsata boshlaydi va ko‘p hollarda bundan eng avvalo insonning o‘zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga ega bo‘lmagani uchun biologik muhitning o‘rnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat ma’lum nuqtadan o‘tganidan so‘ng esa o‘z ijobiy xususiyatini yo‘qota boradi va insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shohga bolta urishni to‘xtatmayotir. 

Nemis olimi V. Derngolts kishilarda umuman tabiatga, xususan, suvga nisbatan ekologik va gigienik munosabat madaniyatni shakllantirishni hayotiy zaruriyat tarzida qarab: «Yerda suvning tozaligini saqlash - inson qonining sofligini ta’minlashning zaruriy shartidir. Inson suvni ifloslantirishi bilan o‘z umrini qisqartiradi», degan edi.



Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik ekolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorentsning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslik aybdordir»- degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir. 

Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa – XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin

6). Barcha fanlarning o‘z kategoriyalar tizimi bo‘lganligi kabi, etika fanining ham o‘z kategoriyalari mavjud. “Kategoriya” so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “hukm”, “guvoh”, “ifodalash”, “ta’rif berish” , “fikr aytish” degan ma’nolarni anglatadi. Har bir katigoriyaning o‘ziga xos jihatlari va bajaradigan maxsus vazifalari mavjud.

Etikaning eng asosiy kategoriyasi Muhabbat hisoblanadi. Barcha kategoriyalar, tamoyillar va me’yorlar zamira ham muhabbat tushunchasi yotadi. Faylasuf olim Abdulla Sher muhabbat kategoriyasini shunday izohlaydi: “Muhabbatning obyekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘z-o‘zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk, eng mukammal lazzatdir.” Etikaning mezonlari, asosiy tushunchalari va me’yorlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari, alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan joylardagi sharoitlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Ularni biron-bir shaxs yaratmagan, u muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va ma’naviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun–qoidalar hisoblanadi. Bular orasida axloqiy tamoyillarning muhim o‘rni bor. Tamoyil “prinsip” lotincha so‘z bo‘lib, “nazariya”, “ta’limot”, fan uchun asosiy qonun-qoida, inson uchun o‘zi og‘ishmay amal qiladigan qoida, nuqtai nazar, maslak degan ma’noni anglatadi. Axloqiy kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada, tamoyillar inson xatti-harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Quyida biz ana shulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz.



7). Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. Olamdagi barcha jonzotlardan faqat insongagina ixtiyor erkinligi berilgan, “nima uchun?” degan savol tug‘iladi, chunki, inson barcha jonzotlar ichidagi eng aqlli maxluqot hisoblanadi. Ixtiyor erkinligi oliy axloqiy qadriyat hisoblanadi. Erkinliksiz axloqiy harakatlar amalga oshirilmaydi, chunki, ular tanlash orqali u yoki bu harakatni amalga oshiradilar. Biroq, insonga berilgan erkinlik orqali u tanlash huquqiga ega bo‘lib, hohlasa ezgulik yoki yovuzlikni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Axloqiy fikrlashda ixtiyor erkinligi muammosiga nisbatan ikki xil fikr mavjud ular: 1. Fatalizm (lotincha fatalis so‘zidan olingan bo‘lib) unga ko‘ra dunyodagi hamma narsa aniq sabablar va oqibatlarga ega, shuning uchun, barcha harakatlarimiz oldindan xudo tomonidan belgilangan, ya’ni inson taqdiri oldindan belgilangan, degan fikrni ilgari surishadi. 2. Volyuntarizm (lotincha voluntas so‘zidan olingan bo‘lib) inson axloqiy qarorlar qabul qilishda mutlaqo erkin tarzda namoyon qilishi mumkinligi haqida fikr bildiriladi. Falsafa qomusiy lug‘atida ham Fatalizm (lotincha fatalis so‘zidan olingan bo‘lib taqdirga oid, mash’um) har bir hodisa va insonning barcha hatti harakatlarini taqdirga bog‘liq, deb qarovchi dunyoqarash. “Volyuntarizm esa (lotincha voluntas - iroda) olingan bo‘lib, falsafiy va psixologik oqim. Volyuntarizm irodani birlamchi, deb e’tirof qiladi.Uni mavjudotning bosh asosi, deb uqtiradi. Volyuntarizm atamasi – tarixiy jarayonlarning obyektiv qonuni bilan xisoblashmaydigan va amalga oshiruvchi shaxslarning subyektiv xohishlari va erkin qarorlariga moslashuvchi ijtimoiy-siyosiy amaliyotni tavsiflash uchun ham ishlatiladi.” – deb ta’rif berilgan.

Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud bo‘ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, ya’ni ikki narsadan birini tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati tugaydi: siz ixtiyor qilib bo‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz, endi tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig‘idagi fikrlash mobaynidagina voqe bo‘ladigan hodisadir.” Demak, inson hayoti davomida doimiy ravishda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi va undagi axloqiy tarbiyagina to‘g‘ri tanlash imkoniyatini beradi.
Download 23,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish