3-mashg'ulot Savollariga javoblar



Download 65,5 Kb.
Sana17.07.2021
Hajmi65,5 Kb.
#121573
Bog'liq
3 amaliy


3-mashg'ulot Savollariga javoblar

1. Notiqlik san'atining shakllanish tarixi haqida ma'lumot bering.

2. Yunon notiqligi haqida gipiring.

3. Aristotelning notiqlik san'ati taraqqiyotidagi xizmatlari nimalardan iborat deb o`ylaysiz. Uning notiqlik san'atiga oid qanday asarlari bor?

4. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati to`g`risida so`zlab bering. Grek notiqlaridan kimlarning faoliyati haqida ma'lumot bera olasiz?

5. Rim notiqlik san'ati to`g`risida so`z yuriting. Rim notiqlarining notiqlik san'atiga oid qanday asarlaridan xabardorsiz?.

6. Sharq notiqligi deganda nimani tushunasiz?

7. Sharqda faoliyat yuritgan notiqlar haqida ma'lumot bering.

8. Sharq voizlarining qarashlari haqida gapring.

9. Mumtoz asarlarda voizlik san'atining ulug`lanishi to`g`risida gapiring.

10. Sharq notiqlaridan kimlarning asarlarini mutolaa qilgansiz?

11. Sharq notiqligida ustuvor deb hisoblangan jihatlar xususida misollar yordamida mulohaza yuriting.



1-- Notiqlik san'ati juda qadim davrlardan boshlab rivojlana boshlagan. Uning shakllanish tarixi bir necha asrlarga borib taqaladi.

Notiqlik san’atida tinglovchilarni, ommani о‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi о‘rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli, jozibali bо‘lishi shart. Bunga erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalarning jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi.

Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining naza-riy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qо‘yiladigan ta-lablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tuzumining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bо‘ldi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlari-ning nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at da-rajasiga kо‘tardi. Yetuk iison bо‘lish uchun albatta, notiqlik sai’atini egallash shart qilib qо‘yiladi. Ana shu ehtpyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratila-di. Unipg Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi pazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning 335 yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratiladi. Arastu "Ritorika" si notiqlik san'ati nazariyasiga daxldor to’laqonli asardir. Arastu notiqlik san'atini egallashni 5 qismga bo’lib o’rgatadi:

1. Matnni har tomonlama tayyorlash.

2. Matnni rеja asosida mutanosib holida joylashtirish.

3. Matnni o’zlashtirish.

4. Matnni so’z yordamida to’g’ri aks ettirish uchun tayyorgarlik.

5. Matnni to’gri talaffuz qilib, tinglovchiga yеtkazish.



2--- Aristotеl fikrlari bugun uchun ham qimmatli, jumladan, ifodali o’qish uchun ham ahamiyatlidir. Qizig’i shundaki, Dеmosfеn ham Apastu kabi 384-322-yillapda yashagan. Afinada tug’ilgan Dеmosfеnning umri ota mеrosini tog’asidan qaytarib olish kurashlari ichida o’tadi. Singlisi va unga qolgan mеpos tog’asi qo’lida qoladi. Tog’asi unga pand bеrgach, ko’p yil sudlashadi. Sudlashishdan oldin 4 yil Isеy dеgan mashhur advokat qo’lida o’qiydi. Ustozi unga mashhur tarixchi Fukidid va Aflotun asarlarini o’rgatadi. Oqibat notiqlikni o’rganadi. Dеmosfеnning xalq oldidagi 1-nutqi ayanchli holda, to’polon, kulgu, masxaralash bilan kutib olindi. Chunki Dеmosfеnning tovushi past bo’lib, bir oz duduqlanar, "r" hapfini aytolmas, yеlkasini qimirlatib turar, ko’pchilik orasida o’zini to’g’ri tuta olmas edi. Dеmosfеn ikki marta ham muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Oqibat har kuni bir nеcha soat mashq qildi va mashhur notiq bo’lib yеtishdi. Yunon notiqligi O’rta Osiyo voizligi uchun ham poydеvor bo’ldi.U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.

3--- Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning ta’limoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Arastu insoniyat tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli ta’sir ko`rsatdi. Arastu ijodi o`z zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. O`zining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning g`oyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon g`oyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan o`zi ekanini ko`rsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning o`zaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.

Arastu ta’limotiga binoan, xudo – o`z qonunlari bo`yicha rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga ko`ra, har qanday real mavjud bo`lgan ayrim narsa „materiya“ bilan „shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning o`ziga xos „ko`rinishi“dir, unga ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam „materiya“dan – „shakl“ ga va „shakl“dan – „materiya“ga izchil ravishda o`tish jarayonidan iborat.

Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – o`simlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi ta’limotidir. O`simliklarning urug`dan o`sib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, a’zolarining o`zaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.

Arastuning siyosiy qarashlari „inson – ijtimoiy mahluqdir“ degan g`oyaga asoslanadi, ya’ni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi.

Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:

„Politiya“,

„G`oyalar haqida“,

„Farovonlik haqida“,

„Birinchi analitika“,

„Ikkinchi analitika“,

„Kategoriyalar“,

„Fizika“,

„Metafizika“,

„Jon haqida“,

„Nikomax axloqi“,

„Yevdem axloqi“,

„Axloqi kabir“,

„Siyosat“,

„Ekonomika“,

„Etika“,

„Poetika“,

„Ritorika“

4-- Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 – 8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma’mun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib o`rganildi, ularga o`nlab izoh va sharhlar bitildi. Bu ishda O`rta Osiyoning ulug` olimlari katta rol o`ynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor bo`ldi. Abu Ali ibn Sino o`z ustozlarining ilg`or g`oyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.

Ibn Sino bilan Beruniy o`rtasida Arastuning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari to`g`risidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga qiziqish benazir bo`lganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd o`z salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targ`ib etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. O`rta asr Sharqida Arastu ta’limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan mashhurdir.



5--- Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U о‘zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib qо‘yadi. Kvintilian notiqlikka doyr bilimni juda yoshlikdan о‘rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bо‘lishiga katta ahamiyat beradi. U «Sen shunday sо‘zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin»,— degan edi.

Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog`i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi.

Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo`lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko`ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o`tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to`g`ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to`g`ri keladi. Shuning uchun ham ilg`or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi.

Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi.

Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko`ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo`llagan. U masalani g`oyat keskin tarzda qo`ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g`oyat go`zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko`rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o`rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so`zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi.

Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg`otib, o`ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo`lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo`yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.

Sitseronning notiqlik san’atiga bag`ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.

Sitseron notiqlik mahorati o`ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo`ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo`lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg`un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o`z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so`z, ibora va jumlalar ko`p uchrar, nutqining umumiy yo`nalishi ulug`vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug`vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o`xshab ketardi.

Sitseron matnning ravonligi, go`zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir. Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir.

6---- Notiqlik san'ati musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. «Va'z» so`zi arabcha targ`ib qilish, pand-nasihat degan ma'nolarni anglatadi. «Voiz» so`zi esa va'z aytuvchi, nutq so`zlovchi shaxs ma'nosini bildiradi. Voizlik san'ati tinglovchining, jamoaning ongiga, his-tuyg`usiga ta'sir etish mahoratidan saboq bergan.

Garchi voizlik san'atining shakllanishi o`lkamizga Islom dinining kirib kelishi va "Qur'on"ni targ`ib etish bilan bog`liq bo`lsa-da, ritorika tarixi uzoq o`tmishdan boshlangan. Xususan, eramizdan avvalgi VII asrga mansub "Avesto" kitobi, qadimda shakllanib, bizning kungacha yetib kelgan xalq og`zaki ijodi namunalari, V-VI asrlarga doir O`rxun-Yenisey yodgorliklari nomini olgan tosh bitiklar va yana ko`plab manbalarda nutq odobi, bahs yuritish san'ati, da'vat etish mahorati, muomala madaniyatiga oid qimmatli fikr va namunalarni uchratish mumkin. Masalan, "Avesto"ning tarkibiga kirgan "Vandedod" asosan Axuramazda bilan Zardushtning savol-javoblari shaklida yozilgan bo`lib, suhbat, bahs yuritish san'a-tining namunasini ifodalasa, "Yasna". "Yasht" va boshqa kitoblarda xudolar madhiyasi – gotlarni o`z ichiga olgan va ularni "tantanali notiqlik" namunalari sifatida o`rganish mumkin. Umuman, zardushtiy ta'limotining asosini uch axloqiy kategoriya: "gumantu" - ezgu o`y, "gutka" - ezgu so`z va "gvarshita" - ezgu amal tashkil etgan. Zardushtning "Madh etaman ezgu o`y, ezgu so`z, ezgu amalni. Jami ezgu o`y, ezgu so`z, ezgu amalga bag`ishlanaman, jumla yovuz o`y, yovuz so`z va yovuz amallardan yuz o`giraman", - degan so`zlari har qanday davrda notiq uchun amal qilishi lozim bo`lgan qoidani o`zida ifodalaydi.

IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini shohlar, xalifalar o`taganlar. Ular juma kunlari, hayit va boshqa bayramlarda jamoani yig`ib, davlat siyosati, fuqarolarning burchlari boshqa mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa masalalari haruada va boshqa mavzularda va'z so`zlaganlar».

Vaqt o`tishi bilan va'z san'atiga qo`yiladigan talablar mukammallashib borgan, va'zxonlik esa alohida tayyorgarlikni, bilimlarni talab eta boshlagan. Shu tariqa asta-sekin notiqlik kasbga aylangan va davlat hukmdorlari bu tadbirni o`z ixtiyorlaridagi maxsus so`z ustalariga yuklab, ularni voizlar deb atay boshlaganlar. «Voiz» so`zi hatto ularning ismi-shariflariga qo`shib aytilgan va yozilgan.



7--- Dastlab Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg`ariy, Zamaxshariy kabi allomalar o`zlarining turli mazmundagi asarlariga til, nutq, notiqlikka oid fikrlarini singdirganlar, xususan Beruniy yaxshi nutq tuzish qoidalari, so`z me'yori, to`g`ri fikrlash va so`zlash mezonlari xususida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday yozadi: "Yaxshi nutq tuzish uchun nahv (grammatika), aruz (she'r o`lchovi), mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo`ladi, Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta'sir qilmay qolmaydi".

Abu Nasr Forobiy ham "qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so`rash va qanday javob berishdan saboq berar ekan, buning uchun til haqidagi ilm, grammatika va mantiqning ahamiyati haqida batafsil to`xtaladi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy "Mafatih-ul-ulum" («Ilmlar kalitlari») asarida badiiy til, she'riyat masalalari bilan bir qatorda notiqlikning ayrim qirralari, ish yuritish qoidalari va ish qog`ozlari shakllari masalalariga ham alohida to`xtalib o`tadi. Kaykovus esa "Qobusnoma" asarida notiqlik va nutq odobi masalalariga alohida boblar ajratgan.

Markaziy Osiyoda voizlik: san'ati xazinasiga dastavval Bahovuddin Valad (XII asr), Jaloliddin Rumiy (XIII asr), Husayn Koshifiy, Muin voiz (XV asr), Ali-sher Navoiy kabi so`z ustalari g`oyat boy hissa qo`shganlar.

Shuningdek, tarixchi, shoir, hadisshunoslarning asarlarida ham voizlik san'atiga aloqador ba'zi fikrlar bayon etilgan. Jumladan, tarixnavis Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, Navoiyniig «Majolis un-nafois», «Mantiq ut-tayr», «Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Chor devon» asarlarida, Zaynuddin Vosifiyning «Badoe ul-vaqoe», Xondamirning «Makorim ul-axloq» risolasida atoqli voizlarning mahorati, iste'dodi, va'zxonlik uslublari haqida mulohazalar yuritilgan.

Shu bilan birga Navoiy so`zi fasih, tili bilan dili boshqa va'zxonlar bilan o`z nutqlari orqali odamlarga madad bergan, ularni to`g`ri yo`lga boshlagan voizlarni ajratgan. "Mahbub ul-qulub" asarida haqiqiy voizning fazilatlarini quyidagicha ta'rif etadi: "Voiz Haq so`zni targ`ib qilishi, payg`ambarlar so`zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o`zi Haq va payg`ambarlar yo`liga kirishi, so`ng esa nasihat bilan elni ham shu yo`lga solishi lozim". Yana bir yerda u shunday deydi: "Va'zxon shunday bo`lishi kerakki, uning majlisiga kirgan odam to`lib chiqsin, to`la kirgan odam esa yengil tortib xoli qaytsin".

8--- O`rta asrlarda voizlik san'atining asosan uch shaklini ajratish mumkin dabirlik, xatiblik, muzakkirlik. Dabirlik davlat maqomidagi yozishmalarni yozma bayon etish va qiroat bilan o`qib berish bilan bog`liq bo`lsa, juma kunlari peshin namozi oldidan xutba o`qish xatiblik deb yuritilgan, muzakkirlik esa juma kunlari, hayit va boshqa tantanali kunlardagi anjumanlarda xatibdan keyin diniy, axloqiy, huquqiy masalalarni sharhlab berishdan iborat bo`lgan.

Voiz murojaat etgan tinglovchilarning tabaqasi, ijtimoiy-siyosiy mavqei, lavozimlari hamda boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, va'z mazmuni, shakli, qo`llanilgan vosita va usullari bo`yicha ham farqlangan. Shunga muvofiq va'zlarning uch turi ajratilgan va uch xil nomlangan: yuqori tabaqa a'yonlar va zodagonlar uchun mo`ljallangan va'zi sultoniyot deb atalgan. Sultoniyotda hukmdorlar sha'niga hamdu sanolar aytilgan, ular ko`klarga ko`tarib maqtalgan, madh etilgan.

Urush, jangdan oldin xalq yoki lashkarlarning jangovor ruhini ko`tarish, ularda fidoyilik, vatanparvarlik, qahramonlik, botirlik tuyg`ularini uyg`otish maqsadida so`zlangan nutk, jihodiya deb nomlangan. Tabiiyki, bundan nutqlarga da'vatkorlik, ko`tarinkilik xos bo`lgan. Oddiy fuqarolarga mo`ljallangan va'zlar g`aribona deb yuritilgan va ularda hukmdorlarga itoat etish, ularni hurmat qilish kabilarga da'vat etilgan.

O`rta asrlarda madrasalarda boshqa ilmlar qatori har bir so`z, tushuncha, ohangning ta'sirchanligiga erishish, muayyan bir fikr, mulohaza, hukm, g`oya, mafkura va xulosani o`z tinglovchilariga yetkazish san'ati suxandonlikdan saboq berilgan. Hozir ham madrasalarda bu fan o`qitilmoqda. Bu davr voizlik san'atida jangovorlik, farmonbardorlik ohangi yetakchi bo`lgan. Shu tufayli va'zlar ijtimoiy salmoq, siyosiy mazmun kasb etgan, ta'sirchan mafkuraviy qurolga aylangan. XX asr boshlarida yurt ozodligi orzusida harakat qilgan taraqqiyparvar ziyolilarimiz millatni isloh qilish yo`lida yomon illatlarga barham berish, xalqni ezgulik sari otlantirishda va'zning ahamiyatini yaxshi xis etganlar. Jumladan, Mahmudxo`ja Behbudiy shunday deydi: "Biz Turkiston musulmonlari orasinda xilofi shariat odatlarni ko`pligi har kimg`a ma'lumdir. Muning daf'i va islohini kim etar? Bizni fikrimizcha, muning daf'u islohig`a ulamo hazroti kamari himmat bog`lab, muqad-as mehrobu minbardan va'z so`ylab, aholig`a ahkomi shariatni bildurib, baytulloh hukmindaki masjid va jome'larda ertavu kech amri ba ma'ruf va nahi az munkir etib, xaloyiq anglayturgon bir til ilan pan-du nasihat etsalar ham muning hech qo`ymasdan har kun ba'd az namozi fajr va ba'd az huftan doim muxtalif mavzulardan bahs etsalar, albatta, ta'sirsiz qolmas. Xususan, muqaddas masjidg`a so`ylagan va'z har bir mo`'min qalubina du bolo ta'sir etar".



9--- Sharq voizlik san'atining o`ziga xosligi shundaki, unda nutqning mazmunigagina emas, balki tasvir, qiyoslash, majoz va o`xshatishlarga alohida e'tibor berilgan. Shuning uchun ham, mashhur mutafakkirlarimiz voiz baland martabaga ega bo`lmog`i uchun boshqa ilmlar qatori, Qur'oni karimni, Hadislarni yaxshi bilishi, she'riyat ilmidan boxabar bo`lishi, badiiy usullardan mohirona foydalanishi zarurligini qayta-qayta ta'kidlaganlar. Xususan, bu borada Kaykovus shunday deydi: "Ey farzand, hamisha xat yozishga mashg`ul bo`lg`il, nomada ko`p arz yozishni odat qilg`il va nomani istioralar, ibratli hikoyalar, masalalar, she'rlar, ibratli fikrlar bila boyitg`il". Xondamir esa "Makorim ul-axloq" asarida so`z ustalari to`g`risida shunday deydi: "Donishmand munshi (yozuvchi)lar ilm va san'atni qo`lga kiritishda turli yo`llar bilan harakat qilib, porloq so`z gavharlarini ikki yo`sunda topganlar. Biri - nazm, bu she'riy tabiatdan tug`iladi. ikkinchisi - nasr, bu esa insho arboblari fikrlarining natijasidir. Insho fazl egalarining ta'rificha, ma'no qizlarining quloq va bo`yinlarini so`z durlari bezagi va yorqin ibora ziynati bilan yasatish, jumla eshitilishini ko`ngilni xira qiladigan so`zlardan tozalash va hikoyani tilda jarayon qilish bilan og`izda hayot suviga aylanib ketadigan lug`atlar bilan bezashdan iboratdir".

O`ziga xos tasvir vositalarini qo`llagan turli voizlarning nutqi turlicha rang, ohang va mazmun kasb etgan. Bu haqda mavlono Navoiy bunday deganlar:

"Tutiyu shorik agar notiqdurur,

Har biriga o`zga bir mantiqdurur.

Naqlida oning tafovut bo`lg`usi, " Biri iloh o`lsa, biri but bo`lg`usi.

Birda shak bo`lsa, birida yakin,

Birida kufr bo`lsa, yana birda din".

10-- Sharq voizchiligining keyingi taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan ijodkorlarimiz juda ham kop bo'lib ularning asarlarida ozodlik va erkinlikka ishonch ruhi, ilm olisga da'vat etish ruhi ustuvorlik qiladi. Bunday ajdidlarimiz qatorida albatta jadidchilarimizni ham ko'rsatishimiz mumkin ularning orasida Hamza, Avloniy va Ayniylarning yangi "usuli jadidiya" maktablari maydonga kеldi. Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar o’zlarining "Birinchi muallim" ("Muallimu avval"), "Ikkinchi muallim" ("Muallimu soniy"), "Adabiyot yoxud milliy shе'rlar", "Yengil adabiyot", "O’qish kitobi", "Qiroat kitobi" nomli pеdagogik risolalarda ifodali o’qishga alohida diqqat qilganlar. Ulardan Avliniyning "Birinchi muallim" , "ikkinchi muallim" asarlari Cho'lponning "oyna " jurnalida bosilib chiqqan bir qancha maqolalari bilan tanishib chiqdim. Ularda mutafakkirlarimizning qarashlari ham o'z ifodadini topgan . Ularda asosan xalqqa murojaat ruhibustuvorlik qilib turadi.

11---O`tmishda islom dini davlat va jamiyat hayotida muhim o`rin tutganligi, Qur'on va hadislar davlat siyosatini, huquqiy tartibotni va hatto iqtisodiy munosabatlarni belgilab beruvchi omil vazifasini o`tagani uchun o`tkir, bilimdon voizlar o`z fikr va g`oyalarini targ`ib etishda Qur'on oyatlariga, diniy ta'limot asoslariga tayanganlar.



Sharqda mutaxassis notiqlarni voizlar dеb ataganlar, dedik. Ularning voizlik matnlari, odatda, chiroyli va badiiy saviyasi yuksak bo’lgan. Matnlarning aksariyati nasriy shе'r va hatto shе'riy shakllarda yozilgan.

Davlatlararo munosabatlarni tartibga solish, o`zaro muxolif davlatlar orasidagi muammolarni muzokara yo`li bilan hal etishda o`tmishda ham hozirgidek, elchilar, diplomatlar va vakillarning ishontirishga qodirligi, donoligi, zarur bo`lsa, ayyorligi, notiqlik san'atini puxta egallaganligi muhim o`rin tutgan. Sharqda mutaxassis notiqlarni voizlar dеb ataganlar, dedik. Ularning voizlik matnlari, odatda, chiroyli va badiiy saviyasi yuksak bo’lgan. Matnlarning aksariyati nasriy shе'r va hatto shе'riy shakllarda yozilgan.
Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish