3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82.17 Kb.
bet14/19
Sana27.05.2020
Hajmi82.17 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ABDUSAID KO’CHIMOV
O’tgan asrning 70-yillarida o’zbek bolalar adabiyotiga bir guruh iqtidorli yoshlar kirib kelishdi. Ularning ijodida yarqirab ko’zga tashlanuvchi eng xarakterli hodisa shu ediki, bu yoshlar nasrda ham, nazmda ham bir xilda-mahorat bilan qalam tebratar va ilk asarlaridayoq kichik kitobxonlar qalbini mahliyo etgan edilar.

Abdusaid Ko’chimov ona shunday serjoziba talantlarning biri edi. Bu ijodkorning bolalarga atalgan birinchi ocherklar to’plami - “Kashfiyotchi bolalar” 1978-yilda chop etilgan bo’lsa-da, uning respublika gazeta va jurnallarida bosilgan she’r va hikoyalari allaqachon bolalar mehrini qozonib ulgurgan edi.

Ilk mashqlarini maktabda-o’quvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Ko’chimovni maktabdoshlar “muxbir bola” deb atar edilar. Chunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U a’lo o’qish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga adabiyotni jon-dildan sevar, o’zbek xalq ertaklari, “Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Tohir va Zuhro”, “Uchar gilam”, “Gulliverning sayohatlari”, “Timur va uning komandasi”, “Shum bola” singari kitoblarni qo’ldan qo’ymay o’qirdi. Adabiyotga bo’lgan muhabbat uni o’rta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga etaklab keldi. U 1968-1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) o’zbek tili va adabiyoti fakul’tetida tahsil oldi.

Institutda o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini o’tadi. Bu yozuvchilardan realistik obraz yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy priyomlar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yo’llarini o’rgandi. So’zning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol ushbu hodisalar bo’lajak shoir va adibning tuyg’ulariga yanayam kuchliroq g’ul-g’ula solgandir.

Abdusaid Ko’chimovning mehnat faoliyati 1972-yilda “O’qituvchi” nashriyotida korrektorlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi “Lenin uchquni”ga (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim bo’lib ishga o’tdi va 1984-yilgacha ana shu gazetada bo’lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Ko’chimov qalamini charqlab, adabiy ishga yo’llabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan do’stlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimoni xolida hayotni o’rganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri bo’lib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda bo’ldi. O’zining bo’lajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu tariqa uning asarlarida mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, o’jar va sho’x bolalarning xilma-xil obrazlari paydo bo’ldi. Ana shunday asarlardan biri “Mening O’zbekistonim” dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri- sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir bo’layotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qizqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob-al’bom shaklida nashr etildi.

Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan o’qib o’rganishlar Abdusaidga ijodda o’z ovozi, o’z yo’lini topib olishga imkon yaratdi. Shoirning uchinchi kitobi – “Toshburgut” (1981 yil) Abdusaid Ko’chimovning ma’lum kamolotga etganiga dalolatnoma bo’ldi, deyish mumkin.

“Toshburgut” to’plami bilan tanishar ekansiz, shoirning har doim bugungi kichik kitobxonning nafis diliga mos she’rlar yozishga intilayotganiga guvoh bo’lasiz. Shu bois uning kichkintoylar bilan muloqoti samimiy dildan kechadi.

“Maqtanchoqlar”, “Mish-mishvoy”, “Inoqlar”, “Yolgonchi-sayohatchi”, “Jazo”, “Suflyor” she’rlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan sodda mug’ombirlik, maqtanchoqlik, o’yinqaroqlik ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. “Suflyor” asari ana shu jihatdan xarakterli.

She’r bir sinfdagi oddiy va hayotiy voqea zaminiga qurilgan.

Bayram arafasida bolalar sinfda pyesa qo’ymoqchi bo’ladilar. Rollar taqsimlanadi. Birov ot, birov chol, yana birov quyon. Barcha rollar taqsimlab bo’lingach, o’qituvchi:


Sahnada o’z so’zidan


Download 82.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik