3-ma’ruza
Mavzu: Asosiy ta’rif va tushunchalar. Ilmiy – tadqiqotlar metodlari. Ilmiy
tadqiqotlarning tasniflanishi va asosiy bosqichlari.
Reja
1.
Asosiy tushunchalar
2. Bilim egallash bosqichlari va konsepsiya
3.1. Asosiy tushunchalar
Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning asosiy vazifasi ilmiy-tadqiqotga tegishli
barcha tushunchalar tizimini to‘la
tushunib yetish, tadqiqot ishlarini to‘g‘ri tashkil etish,
ma’lum bir mavzuning mazmun va mohiyatini boshqalarga
aniq va ravshan yetkazib
berish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Tushuncha deb, muayyan bir narsa yoki hodisaning eng umumiy va muhim
xususiyatlari, belgi va qirralarini ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasiga aytiladi.
Tushunchalar narsa va hodisalarni ob’ektiv xususiyatlari hamda ulardagi
qonuniyatlarini to‘la aks ettirishi lozim.
Ilmiy faoliyat, hali ma’lum bo‘lmagan qonuniyatlarni, ya’ni yangi bilimlarni aniqlab
berish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, asosiy tushunchalar talqinini "bilim"
degan
tushunchaga ta’rif berishdan boshladik.
Bilim bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki
zarurligidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Bu boyuklik narsa va hodisalarning tabiatidan,
ya’ni tadrijidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o‘zi mavjud. Shuning uchun ham
uni qonuniyat, deb yuritiladi.
Bilim - narsa
yoki hodisaning xususiyati, ichki qonuniyatidan kelib chiqib,
qoidalar, umumiy ta’rif, tushuncha va atamalar shaklida namoyon bo‘ladi.
Narsa va hodisalarning qandaydir xususiyati yoki
ularni tashkil qiluvchi
qismlar orasidagi zaruriy bog‘liqlikni kishi tafakkuri orqali his qilishlik egallashlik -
bilish deyiladi.
Bilish jarayoni aqliy safarbarlik orqali tafakkur faoliyati natijasida sodir
bo‘ladi.
Amaliyot,
bu aniq shaxs, jamoa, yoki butun jamiyatning muayyan
ehtiyojidan kelib chiqib, tabiiy unsur yoki hodisalarni shu maqsadga bo‘ysundirish
yo‘lida qilinadigan tartibli harakatidir.
Fan - muayyan soha ilmi aniqlagan bilimlarni jamlab, ularni saralab, ma’lum
bir tizimga solib turib, boshqalarga o‘rgatadigan faoliyat turidir.
Jamiyatning cheksiz ehtiyojlaridan biri bilimga bo‘lgan ehtiyojdir.
Buning
sababi quyidagilardan iborat.
Birinchidan, sog‘lom miyaning tabiiy holati tinmay bilim olib turish
ehtiyojida bo‘ladi. Bilim inson ongi va ruxining ozuqa manbaidir.
Ikkinchidan, har qanday inson o‘zini va bolacha-qasini tinchligi va xotirjamligini
o‘ylaydi. Bu tinchlik va xotirjamlikni faqat bilim bera oladi. Narsa va hodisalar sirini
biluvchi odam doim xotirjam bo‘ladi. Behudaga xavotirlanish va ruh notinchligi faqat
kishining gunohlaridan yoki bilimsizligidan bo‘lishi mumkin.
Chunki Tangrining
bizga bergan eng oliy ne’matlaridan biri bilish qobiliyatidir. U ne’matdan
foydalanmay umrini jaholatda o‘tkazish gunoh hisoblanadi.
Uchinchidan, faqat bilimli insongina ruhan tetik bo‘lib, iymoni mustaxkam
bo‘ladi. Iymoni mustahkam odam baxtli hisoblanadi. Baxtga hamma intiladi.
Bilim
- hikmat, ilmi toliblarga bilim berish bilan borliq faoliyat turiga
ma’rifat deyiladi.