3-ma’ruza. CorelDraw dasturiy paketi. Reja: CorelDraw dasturiy paketi haqida umumiy ma’lumotlar. CorelDraw dasturining ishchi muhiti



Download 72,5 Kb.
bet1/3
Sana20.04.2022
Hajmi72,5 Kb.
#566364
  1   2   3
Bog'liq
CorelDraw dasturiy paketi


3-ma’ruza. CorelDraw dasturiy paketi.
Reja:
1. CorelDraw dasturiy paketi haqida umumiy ma’lumotlar.
2. CorelDraw dasturining ishchi muhiti.
3. Xossalar paneli, ranglar palitrasi, holat qatori, dokerlar.
1. CorelDraw dasturiy paketi haqida umumiy ma’lumotlar.
Vektorli grafikaga mo’ljallangan muharrirlardan biri CorelDraw dasturi hisoblanib, Kanadaning Ottava shahridagi Corel korporatsiyasi tomonidan yaratilgan va hozirgacha takomillashtirib kelinmoqda. Kompaniya o’zining grafik dasturlari bilan shuhrat qozongan bo’lib, CorelDraw bularning asosiysi hisoblanadi. CorelDraw takomillasha borib, juda ko’p funktsiyani bajaruvchi va ko’p sohalarda qo’llanuvchi vositaga aylanib bordi. Uning insturmental vositalar to’plami ishning samaradorligini ta`minlaydi.
CorelDraw dasturiy paketi yordamida turli grafik ko’rinishlarni yaratish, shuningdek, inshootlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, badiiy ko’rinishdagi kompozitsiyalarni taqdim qilish, geometrik shakllarni ya`ni tekislikdagi va fazodagi shakllarni yaratish bilan bog`liq amallarni mukammal bajarish mumkin. Dasturiy paket boshqa grafik muharrirlarga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi. Uning boshqa grafik muharrirlardan imkoniyati keng, mavjud amallar ko’p va murakkabdir. Bu muharrirda fayl kengaytmasi *.cdr ko’rinishda bo’lib, fayllarni import va eksport qilishda eng yaxshi qulayliklarga ega hisoblanadi.
Grafik ta`minotda CorelDraw Graphics Suite yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan va uning dasturiy paketida quyidagi dasturiy komponentlar mavjud:
CorelDRAW – vektorli tasvirlar va illyustratsiyalar bilan ishlovchi dastur;
Corel PHOTO – PAINT – nuqtali tasvirlar ustida ishlovchi, tahrirlovchi dastur bo’lib, skaner vositasida tayyorlangan rasmlarni yuqori sifatli filtrlash kabi ishlarini bajaruvchi kuchli vosita hisoblanadi;
CorelDRAW Capture – kompyuter ekranidan tasvirlarni nusxa oluvchi dastur;
Bitstream Font Navigator – Windows tizimida shriftlarni boshqaruvchi dastur;
Duplexing Wizard – hujjatlarni broshyura ko’rinishida chop etishga tayyorlovchi dastur.
Yuqoridagilardan shuni aniqlash mumkinki CorelDraw dasturlar to’plami grafik dizaynli har qanday masalalarni hal etishda qo’l keladi. Juda ko’p grafik muharrirlar CorelDraw bilan raqobatlashishi mumkin, ammo ushbu dasturda mavjud funktsiyalarning ko’pchiligi analog dasturlarda mavjud emas. CorelDraw tarkibiga kiruvchi barcha dasturlar o’zining sodda interfeysi va mukammal ekanligi bilan ajralib turadi. Shuningdek paketda 1000 dan ziyod shriftlar va boshqa imkoniyatlar mavjud.

Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish