3-Labaratoriya ishi.
Geologik xaritaga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni o'rganish.
Ishning maqsadi:
Geologik kartalarni o’qish va ularning tularini,
masshtablarini
kartalarda o’rganish va talabalarga geologik kesma tuzish usullarini o’rgatish.
Geologik kartalarda
tasvirlangan tog' jinslari va
qatlamlarning yotish holatlari,
tabaqalanishi, lotologik tarkibining chuqurlik bo'ylab o'zgarishi hamda maydonning yuza
sathi haqida to'laroq tasawurga ega bo'lish Ishning Ishning maqsadii:ida geologik kesmalar
chiziladi.
Geologik kesmalar joylarning geologic tuzilishini to'la xarakterlaydigan qilib
tuziladi. Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotgan
bo'laklari
hamda bukilmalar, uzilmalar va otqindi jinslar tarqalagan qismlari ajratiladi.
Kesma chizig'i yo'nalishi qtlamlarning cho'ziqlik chizig'iga, yotish chizig'iga va daryo
vodiylariga ko'ndalang qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning
yotish holati va qalinligi
kesmalarda aniq ko'rinadi.
Tanlangan yo'nalish bo'yicha kesma tuzish uchun dastlab bu yo'nalishdagi ikki nuqta
geologik kartada to'g'ri chiziq bilan tutashtiriladi. (10.1- rasm). Chiziq uzunligi tuziladigan
kesma uzunligiga mos kelishi kerak. Bu chiziq kesma chiziq deb ataladi va uning har ikkala
uchi shartli harflar (A-B) yaki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi.
Geologik kesma tuzishdan oldin millimetrovka qog'ozga kesmaning topografik
asosi chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari
karta masshtabiga mos
kelishi zarur. Agar yer yuzasi relyefining o'zgarish amplitudasi katta bo'lsa, u holda vertikal
masshtab gorizontal masshtabga nisbatan ancha yirik qilib olinadi. Qatlamlar bukilmalar
hosil qilgan bo'lsa, ularning vertikal masshtabini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki kesmada
tasvirlanayotgan bukilmalarning shakli butunlay o'zgarib ketishi mumkun.
Bunday
hollarda gorizontal va vertikal masshtablar bir xil bo'ladi.
Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yih, ostiga
esa shartji belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma'lumotlar yoziladi.
Kesmani tuzish uchun kartada belgilangan kesama chizig'i ustiga millimetrovka
qog'ozi qo'yiladi. Qog'ozga kesma chizig'i bilan gorizontal chiziqlar
kesishgan nuqtalar
tushiriladi. Bu nuqtalarning absolyut balandliklari aniqlanib, nuqta yoniga yozib qo'yiladi.
So'ngra qabul qilingan vertikal masshtab bo'yicha kesma chizig'iga parallel chiziqlar
o'tkaziladi. Kesma chizig'ining gorizontallar bilan kesishgan joyidan parallel chiziqlarga
perpendikulyar chiziqlar chiqarilib, ularning o'zaro kesishgan nuqtalarivertikal masshtab
bo'yicha belgilanadi. Shundan so'ng nuqtalar o'zaro tutashtirilib, berilgan yo'nalishdagi
kesmaning topografik asosi, ya'ni yer yuzasining relyefi tuziladi. (10.1- rasm,).
Kesma chizig'i bilan stratigrafik bo'linmalarning kcsishishidan hosil bo'lgan
chegaralar nuqtalar bilan belgilab chiqiladi va kesmaning topografik asosiga tushiriladi.
Agar maydonda to'rtlamchi davr yotqiziqlari va to'rtlamchi davrgacha hosil bo'lgan
yotqiziqlar uchrasa ularning qalinligi burg' quduqlari yordamida aniqlanadi. So'ngra jins
qatlamlari vertikal masshtab bo'yicha kesmaga tushiriladi. Bir
xil genetik turga yoshga
mansub bo'lgan jinslar chegarasi o'zaro tutashtiriladi. Tubjoy jinslarning va uzilmalarning
yotish holatlari aniq o'lchovlar yordamida kesmada ko'rsatiladi.
Kesmada tasvirlanadigan to'rtlamchi davr yotqiziqlarining genetik turiga va yoshiga
qarab rang tanlanadi. Jinslar esa litologik tarkibi bo'yicha shartli belgilarda aks ettiriladi
(7.2- rasm,).
Maydon va tarqalgan qatlamlar burmalangan bo'lsa, ularni kesmalarda tasvirlash
uchun dastlab bukilma asosida joylashgan qatlamlar ko'rsatilib, so'ngra boshqa qatlamlar
chiziladi. Antiklinal va sinklinal bukilmalarning o'qlari
yuzasini, uzilmalarning yotish
holatlarini ko'rsarish orqali kesmaga aniqlik kiritiladi.
Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish holatlari ko'rsatilib, so'ngra
qatlamlarning yotishi ularga moslab lushiriladi. (7.2-rasmga qarang).