3-kurs 31-guruh talabasi norqulov siroj ning amir temur va temuriylar ma’naviyati mavzusida tayyorlagan Qarshi – 2014 y



Download 309 Kb.
Sana28.02.2017
Hajmi309 Kb.
#3488


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti

Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo`nalishi

3-kurs 31-guruh talabasi

NORQULOV SIROJ ning

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR MA’NAVIYATI

mavzusida tayyorlagan



Qarshi – 2014 y.

Mаvzu: Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati.
Rеjа:

Kirish

  1. Аmir Tеmur bаrpо etgаn mаrkаzlаshgаn dаvlаt vа mаdаniy ma`naviy hаyot.

  2. Tеmur dаvridа ilm-fаn, аdаbiyot vа sаn`аt, mе`mоriy qurilishlаr hаmdа mаmlаkаt оbоdоnchilik ishlаrining yo’lgа qo’yilishi.

  3. Tеmuriylаr dаvridа diniy vа dunyoviy ilmlаr rivоji.

  4. Tеmur vа tеmuriylаr dаvri mаdаniyatining Mаrkаziy Оsiyo vа jahоn xаlqlаri mаdаniy ma`naviy tаrаqqiyotidаgi tutgаn o’rni.

Xulosa


Kirish

XIV asrning oxiridan boshlab nafaqat Sharqda, balki G`arbiy Yevropa mamlakatlarida ham ijtiomiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksalish jarayoni ro`y bera boshladi. O`rta Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotda Amir Temurning markazlashgan davlatni barpo etishi muhim rol o`ynagan bo`lsa, Yevropaning ko`pgina mamlakatlarida cherkov va dinga qarshi kurash boshlagan ilg`or fikr egalari - gumanistlarning say‘-harakatlari moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi ijobiy o`zgarishlarda muhim rol o`ynadi. Agar ijtimoiy-madaniy taraqqiyot jarayoniga chuqurroq kirib borilsa, ikkala mintaqa xalqlarining milliy o`zligini anglay boshlaganligi, milliy g`urur, milliy ong va tafakkurning shakllana boshlaganligi madaniy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lganligini ko`rish mumkin. Ikkinchi tomondan marifatga intilgan o`z davri hukmdorlarining madaniy hayotning turli sohalari rivoji uchun imkoniyatlarni yaratib berganligi, o`z atrofiga o`sha davrning buyuk siymolarini to`plaganligi va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlaganligi ham madaniy taraqqiyotga samarali ta‘sir ko`rsatgan.

Bu davr fani va san‘atida inson, uning taqdiri, orzu-umidlari, intilishlari, xalqlarvarlik, ahloqning yaxshilik va baxt, adolat va burch kabi tamoyillari masalasi markaziy o`rinni egallagan.

Agar O`rta Osiyo madaniy taraqqiyotiga nazar tashlansa, madaniy-tarixiy jarayonda O`rta Sharqda markazlashgan qudratli davlatni barpo etgan Amir Temurning roli beqiyos katta bo`lganligini anglab yetish mumkin. Amir Temur va temuriyzodalar Sharqning, ayniqsa, IX-XII asrlar musulmon madaniyati an‘analarini davom ettirdilar.

Bu davr madaniy hayotining ko`zga tashlanib turadigan asosiy hususiyatlaridan yana biri - islom dinining jamiyat ma‘naviy hayotiga sezilarli ta‘sir ko`rsata boshlaganligidir. Mug`ullar davrida parokandalikka uchragan madaniy-maishiy hayot yana o`zining azaliy o`zaniga tushib oladi. Shariat qonunlari yana o`zining ijtimoiy-madaniy hayotdagi mavqeini tiklaydi. Islomning keng ko`lamda yoyilgan diniy-falsafiy oqimi hisoblangan tasavvuf ta‘limoti ham jamiyat ma‘naviy hayotidan mustahkam o`rin egallaydi.

1. Ma‘lumki ilk Uyg`onish davri, ya‘ni IX-XII asrlar Muvaraunnaxr va Xurosonda gurkirab yashnagan madaniy hayot Mug`ul bosqinchilari tomonidan yakson qilindi. Madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan shaharlar, obod qishloqlar, yam-yashil bog`lar xarobaga aylantirildi. Ilm-fan maskanlari, ma‘naviyat va ma‘rifat uchoqlari hisoblangan madrasalar, rasadxonalar, kutubxonalar yo`q qilinib, ularda avaylab asralayotgan nodir asarlar va qo`lyozmalar yondirildi yoki tashib ketildi. Ilm-fan, san‘at, adabiyot va me‘morchilik taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan buyuk tafakkur egalari o`ldirildi yoki quvg`in ostiga olindi.

Lekin xalqning milliy tafakkuri va e‘tiqodining kuchliligi milliy uyg`onish va o`zligini anglab yetish ijtimoiy qonuniyatga aylangan bosqinchi xalqning tili, diniy e‘tiqodlari, maslagi, mafkurasi va hayot tarzining yerli xalq tomonidan qabul qilinishi an‘anasini buzadi. Ilk uyg`onish davrida shakllanib ulgurgan, taraqqiy etgan ma‘naviyat va madaniyat bosqinchi xalq maslagini qabul qilishi qonuniyatini buzadi. Yerli xalq manaviyatning mustahkamligi sabab, mug`ul bosqinchilar yerli xalq e‘tiqodini, tili va hayot tarzini qabul qilishga majbur bo`ladilar.

Mug`ul bosqinchilariga qarshi mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar o`z samarasini beradi, ya‘ni istilochilar davlat boshqaruvining zaiflashuviga va kuchli Temur davlatining vujudga kelishiga olib keladi.

Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur mug`ul bosqinchilari mayda bulaklarga bo`lib tashlangan feodalliklarni birlashtirib markazlashgan qudratli Temur imperiyasini vujudga keltiradi.

Amir Temur o`z tasarrufidagi mamlakatlarning mavjud boyliklarini ishga solib, o`z imperiyasini iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan qudratli davlatga aylantiradi. Mamlakat ichida birlik va barqarorlikni o`rnatish, tinchlik va osoyishtalikni ta‘minlash uchun ko`plab chora tadbirlarni amalga oshiradi. Xalqning diniy e‘tiqodini mustahkamlash maqsadida xalq ishonchini qozongan ruhoniylar, tasavvufning yirik vakillari obro`sini yana baland olib chiqadi.

Siyosiy boshqaruvning markazlashgan shaklini kuchaytirish maqsadida esa Samarqandga eng mu‘tabar kishilarni: siyosatdonlar, falsafiy tafakkur egalari, fiqhshunoslar, ilohiyotshunoslar, olimlar, san’atkorlar, me‘morlar va boshqalarni to`playdi. Mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yurgizishda eng buyuk kuch hisoblangan xalqqa suyanadi, uning hohish irodasini e‘tibordan chetda qoldirmaydi. Har bir ishga adolat bilan yondoshadi.

Muntazam ravishda fozil kishilar - olimlar, ulamolarning yig`ilishlarini chaqirib turadi. Bu yig`inlarda mamlakatni, fuqarolarni boshqarish, mamlakat madaniy hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan bunyodkorlik ishlari va boshqa muammolar hal qilingan. Turli joylardan yig`ilgan mu‘tabar kishilar bilan maslahatlashib, nafaqat Movarounnaxr, balki Oltin O`rda, Oq O`rda, Xuroson va Eron, Iroq va Turkiya, Hindiston va mag`rib mamlakatlari moddiy va ma‘naviy hayotining eng dolzarb muammolarini muhokama qilib hal qilgan.

O`z mamlakatini iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlashda dehqonchilikka alohida e‘tibor beradi. Ko`priklar, rabotlar, sardobalar, madrasalar, shifoxonalar va yo`llarning qurilishiga ko`plab mablag`lar sarflaydi. Savdo-sotiq ishlarining mutadilligi uchun savdo karvonlarining xavfsizligini ta‘minlaydi. Bular haqida Amir Temurning o`zi shunday deb yozadi: ,,Xarob bo`lib yotgan yerlar egasiz bo`lsa, holisa (daromab va yer ishlari bilan shug`ullanuvchi hay‘at) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo`lsa-yu (lekin) obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar berilsin, toki o`z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo`lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko`priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko`priklar qursinlar, yo`l ustidagi har manzilgohga rabotlar qursinlar.”

2.Amir Temur ilk Uyg`onish davri ilm va san‘atparvar hukmdorlari ananalarini davom ettirib, matematika, geometriya, astronomiya, tarix, falsafa kabi fanlarning hamda she’riyat, musiqa va me’morchilikning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o`zining har bir safari chog`ida olimlarni, tarixchilarni, munajjimlarni, san‘atkorlarni, hattotlarni o`zi bilan olib yurgan.

Amir Temur ilm ahllarini o`z homiyligiga oladi, ularni yetarli maosh bilan ta‘minlaydi. Samarqand shahriga ilm-fan, adabiyot va san‘at ahllarini yig`adi, uni o`sha davrning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalgan markaziga aylantiradi. Shu boisdan ham Amir Temur davrida turli fan sohalari: tibbiyot, matematika, geografiya, astronomiya, tarix, mantiq, falsafa fanlari rivojlanadi. Temur saroyida o`z davrining Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nug`moniddin Xorazmiy, Xo`ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Sa‘diddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy kabi mashhur olimlar to`plangan edi.

Sa‘diddin Taftazoniy (1322 yilda Ashxobod yaqinida Niso shahrida to`g`ilgan) ilohiyot, mantiq, notiqlik sanati, arab tili grammatikasi, ahloqshunoslik masalalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lgan. U G`ijduvon, Turkiston, Hirot va Movarounnaxrning ko`pgina shaharlari madrasalarida mudarrislik qilgan. Taftazoniy Amir Temurning taklifiga ko`ra Samarqandga keladi va uning saroyida o`z faoliyatini davom ettiradi. Taftazoniy mantiq ilmiga oid "Mantiq va Kalomning bayoni", notiqlik san‘tiga oid "Qisqacha ma‘nolar", ,,Keng talqin", arab tili grammatikasiga oid ,,Tolib ilmlarining maqsadlari" kabi ko`plab asarlar yaratadi. Taftazoniy o`zining asarlarida tabiatda uchrab turadigan hodisotlar, ularning ichki aloqalari va sababiy bog`lanishlariga, insonning iroda erkinligi, hulq-atvori, xudo va inson taqdiri, bilish nazariyasi, bilishda mantiqiy tafakkurning o`rni va boshqa falsafiy qarashlarni ifodalab beradi.

Sohibqiron saroyida xizmat qilgan mashhur faylasuflardan yana biri Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir. Jurjoniy 1339 yili Astrabod yaqinidagi Tag`u qishlog`ida to`g`iladi va 1387 yili Amir Temurning taklifiga ko`ra Samarqandga ko`chib keladi. Jurjoniy ham Samarqandning mashhur madrasalarida falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, til va adabiyot, munozara ilmi kabi fanlar bo`yicha mudarrislik qiladi. "Borliq haqida risola", ,,Dunyoni aks ettiruvchi ko`zgu", ,,Mantiq usuli", „Munozara olib borishning qoidalari haqida risola" va boshqa ko`plab asarlar hamda turli faylasuflarning asarlariga yozilgan sharhlar Jurjoniy qalamiga mansubdir.

Jurjoniy o`z asarlarida borliq haqida ta‘limot, koinot jumboqlari, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning hususiyatlari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, bilish muammolari. mantiqiy fikrlash, til va tafakkur kabi masalalarni yoritib beradi.

Amir Temur she‘riyat va musiqa san‘atiga ham katta qiziqish bilan qaraydi. Shu bois Amir Temur davrida turk tilida asarlar yozish yanada kuchaygan. Samarqand, Hirot, Balx va boshqa shaharlarda turli turk adabiyotining ko`zga ko`ringan namoyondalari to`plangan.

Amir Temurning go`zallik va ulug`vorlikka muhabbati nihoyatda kuchli bo`lgan. U o`zining bu muhabbatini hayotida ro`y bergan sevinchli voqealarga atab qurdirgan memoriy yodgorliklariga singdirtiradi. Amir Temur tilidan qurilgan ko`pgina me‘moriy yodgorliklarning bir qismi jamiyat ma‘naviy hayotida muhim rol o`ynagan diniy e‘tiqod maskanlari va u bilan bog`liq bo`lgan binopar – diniy maktablar, madrasalar, maqbaralar va masjidlardan bo`lsa, ikkinchi bir qismi o`z avlodlari va ma‘naviy rahnamolarining nomini abadiylashtirishga mo’ljallangan. Uchinchi bir qismi esa yurt obodonchiligi, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beruvchi bog` -rog`lar va inshootlardan iborat.

U Samarqandda dovrug`i olamga yoyilgan bir qator me‘moriy yodgorlikpar Ko`ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi,. Samarqand atofida Bog`i Chinor, Bog`i shamol, Bog`i Dilkusho, Bog`i - Behshid, Bog`i Nav, Bog`i Naqshi Jahonnumo va Davlat obod saroyi - bog`larini qurdirdi. Shuningdek Amir Temur ko`plab yangi yo`llar, Zarafshon (Ko`hak), Amu va Sirdaryoga ko`priklar qurdiradi. Boshqa shaharlarda ham turli - tuman binolar barpo ettiradi. Masalan, Tabriz shahrida masjid, Sherozda ulkan saroy, Bog`dodda madrasa, Turkiston shahrida hazrati Ahmad Yassaviyga Maqbara qurdiradi.

U 1392 yili Ohangaron daryosini Sirdaryoga quyilish joyida o`g`li Shohrux Mirzo sharafiga Shohruhiya shahrini barpo ettiradi. Bu shahar tarixiy ma‘lumotlarga ko`ra XVII asrgacha savdo va hunarmandchilikning markazlaridan biri bo`lgan. Shahardagi kulolchilik, shishasozlik va qayiqsozlik ustaxonalari mashhur bo`lgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha. Shohruhiya Movaraunnaxr hududidagi mustahkam qal‘ali shahar bo`lgan va uch tomondan Sayhun (Sirdaryo) bilan o`ralgan. To`rtinchi tomoni esa suv to`latilgan xandaklar va zovurlar bilan o`ralgan.

Shahrisabz shahri, ayniqsa, Amir Temyp ,davrida gullab -yashnaydi. U o`zining vatani hisoblangan shaharga e‘tibor beradi. 1380 yili Oq saroyni mashhur Xorazmlik ustalar qurgan.

Oq saroy devorlaridagi typli - tuman ranglarining jilosi, koshinkoriy syujetlar, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy-sulsiy yozuvlar, islimiy, geometrik va o`simliksimon naqshlarning o`zaro uyg`unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag`ishlagan. Ranglarning oy yorug`ida jilolanib-oqarib ko`rinishidan bino "Oq saroy" nomini olgan.

Shuningdek Amir Temur Shahrisabzda o`g`li Jahongir Mirzoga atab maqbara qurdiradi. Bundan tashqari Shahrisabzda "Dor us Siyodat", "Dor ul tilovat", "Gumbaz Sayidon" kabi mashhur me‘moriy yodgorliklar, masjid, madrasa, hammom, karvonsaroy, besh gumbazli chorsu binolarini barpo ettiradi.

Xulosa qilib shuni ta‘kidlash zarurki, Amir Temur o`zi vujudga keltirgan ulkan davlat hududidagi barcha xalqlarning madaniyatini yagona bir tizimga birlashtiradi. Islom olamining kattagina qismi moddiy va ma‘naviy hayotida to`siq bo`lib turgan barcha g`ovlarni ko`tarib tashlaydi. Umumislom e‘tiqodiga asoslangan turli etnik birliklarning ma‘naviy qadriyatlarini umumimsoniy ma‘naviy qadriyatlar darajasiga ko`tara oladi. Amir Temur davrida yagona siyosiy boshqaruvga ega bo`lgan buyuk imperiya boshqa qo`shni davlatlar madaniyatiga o`z ta‘sirini ko`rsatmasdan qolmaydi. Sohibqiron o`zining yetuk siyosatdonligi, ilm-fan va adabiyot namoyondalariga ko`rsagan g`amxo`rligi bilan mug`ul bosqinchilari tomonidan yakson etilgan Markaziy Osiyoning ilk Uyg`onish davri madaniyatini qaytadan tiklaydi. Ularning buyuk bunyodkorlik salohiyati, imon-e‘tiqodi. ajdodlar an’analariga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Buyuk va qudratli turkiy urug`larning boshini bir yerga biriktirib, jahon davlatchiligi tarixidan munosib va mustahkam joy egallashlariga erishadi.

3.Mirzo Ulug`bekning hokimiyat tepasiga kelgan vaqtigacha Movarounnaxr madaniyati o`zining tushkunlik davrini boshdan kechiradi. O`zaro taxt talashishlar jamiyat madaniy hayotiga salbiy ta‘sir ko`rsatmasdan qolmaydi. Otasi Shohruh Mirzo yordamida taxt tepasiga kelgan Ulug`bek eng avvalo Movarounnaxriing iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini qaytadan izga sola boshlaydi. Uning turli fan sohalariga bo`lgan qiziqishi ko`plab olimlarni, ayniqsa, aniq fan sohasida faoliyat ko`rsatuvchi olimlarni o`z saroyiga yig`adi. Mirzo Ulug`bek davrida nafaqat tabiiy fanlar, balki umuman ilm-marifatning, me‘morchilik sanati va adabiyotining yuksalishi jarayoni ro`y beradi.

Akademik B.Ahmedov ta‘kidlaganidek, Mirzo Ulug`bek Movarounnaxr shaharlarini, ayniqsa, uning poytaxti Samarqandni obod qilishga ulkan hissa qo`shadi. Eng avvalo, bobosi Amir Temur davrida boshlangan, lekin har xil sabablarga ko`ra tugallanmay qolgan binolar- Shohizinda, Go`ri Amir, Shahrisabzdagi Ko`kgumbaz va boshqa binolarning qurilishini nihoyasiga yetkazdiradi. Samarqand shahri markazini obodonlashtirishga alohida e‘tibor beradi. Shaharning markaziy maydoni - Regislonda Madrasa, xonoqox, karvopsaroy, hammom va boshqa ko`rkam binolarni qurdiradi. Movarounnaxrning madaniy jihatdan rivojlangan uch shahri - Samarqand (1417-1420 yiplarda), Buxoro (1417 yilda) va G`ijduvon (1433 yilda) shaharlarida madrasalar barpo ettiradi. O`zi bevosita rahbarlik qilgan holda 1424-1428 yillarda o`sha davrning akademiyasi hisoblangan - Rasadxonani qurdiradi.

Bizga ma‘lumki har bir davrda bunyod etilgan me‘moriy yodgorliklar muayyan maqsadni ko`zlagan holda quriladi. Agar Ulug`bek davrida qurilgan me‘moriy obidalarning maqsadli tomonlariga e‘tibor bersak, mazkur binolarning ko`pchiligi ilm-fan, ma’naviyat va ma‘rifatni rivojlantirishga xizmat qilganligini ko`ramiz. Masalan, Samarqand, Buxoro, G`ijduvondagi madrasalar, Samarqanddagi rasadxona ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo`shgan. Samarqand va Shahrisabzda qurilgan masjidlar va maqbaralar esa kishilarning ma‘naviy e‘tiqodini mustahkamlashga, diyonat va imon pokligining shakllanishiga xizmat qilgan.

Ulug`bek qurdirgan madrasalarda ilohiyotshunoslik, mantiq, falsafa, ilmi aruz kabi fanlardan tashqari, matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, geografiya kabi aniq fanlar ham o`qitilgan. Davlatshoh Samarqandiy o`zining ,,Tazkirat ush-shuaro" asrida yozishicha birgina, Samarqand madrasasida 100 dan ortiqroq talabalar ilm olganlar.

Ulug`bek davrida Samarqand Movarounnaxr va Xuroson o`lkalarining haqiqiy ilm-fan markazi hisoblangan. Samarqand madrasasi o`z davrining universiteti hisoblangan bo`lsa, rasadxona haqiqiy akademiya maqomiga ega bo`lgan. Madrasa va rasadxonada "o`z davrining Aflotuni" deb nom qozongan mashhur matematik va astranom Qozizoda Rumiy, „O`z davrining Ptolemeyi" nomini olgan matematik va astranom Ali Qushchi, astranomlar va matematiklar Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Birjandiy, Miram Chalabiy, G`iyosiddin Jamshid, Muhammad Chag`miniy kabilar faoliyat ko`rsatganlar.

Ulug`bek davrida Samarqand ijod gulshanining bo`stoniga aylangan. Shu boisdan ,,Solnomalar qaymog`i" nomli asarning muallifi, tarixchi Lutfullo Hofizi Abru, falsafiy tasavvufga oid ,,At-tarifati Jurjoniy" risolasining muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy, mashhur tabib Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Bisotiy Samarqandiy, Hayoliy Buxoriy, ,,Yusuv va Zulayho" dostonining muallifi Badaxshiy Durbek, qasida janrining asoschisi Sakkokiy va boshqa fan, adabiyot va san‘at namoyondalari yashaganlar.

Ulug`bekning tabbiiy fanlar, ayniqsa, astronomiyaga bo`lgan muhabbati butun dunyo tan olgan astronomiya maktabiga asos solish va unga bevosita rahbarlik qilishiga olib keladi. Ulug`bekning o`zi olim sifatida astronomiyaga oid ,,3iji Jadidi Ko`ragoniy", ,,Risolai Ulug`bek", matematikaga oid ,,Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola", tarixga oid ,,Tarixi arba‘ ulus" nomli asarlar yozadi.

"3iji Jadidi Ko`ragoniy" asarida Ulug`bek hijriy, suryoniy, yunoniy, „jaloliy", xitoy va uyg`ur hamda forsiy eralar, ularda keltirilgan sanalar va bayramlari qayd etib, ular to`g`risida o`z fikrlarini ilgari suradi. Shuningdek matematika, sferik astronomiya, Quyosh, Oy va besh sayyora to`g`risidagi fikrlarini ilgari suradi.

Ulug`bek o`zining ,,3iji Jadidi Ko`ragoniy" asarida sayyoralar taqvimini tuzib, ularning joylashishini deyarli shu kungi kompyuterlashgan astronomiya fani darajasida ko`rsata olgan. Buni asarning nafaqat Sharq, balki G`arbdagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar xalqlari tillarida bir necha marta qayta-qayta tarjima qilinganligi ham ko`rsatadi. Jumladan, Angliyadagi Oksford universiteti professori Jon Grevs, shu universitetning sharqshunos olimi Tomas Xayd, Grinvich rasadxonasi riyoziyotchisi D. Flemstidlar va 1843 yilda F. Beyli tomonidan asar uchinchi marta chop ettirilganligini, yirik farang olimi L.A. Seydiyo tomonidan bu asar farang tiliga o`girilib, chop etilganligini, E. B.Nobl tomonidan 1917 yilda Vashingtonda chop etilganligini ko`rsatib o`tish mumkin. "3ij"ning buyukligini Gruziya shohi, mashhur adib va olim Vaxtang VI tomonidan gruzin tiliga o`girilganligidan ham bilsa bo`ladi.

Mirzo Ulug`bekning jahon fani va madaniyatida tutgan o`rni, astranomiya sohasidagi johanshumulligini yirik polyak astronomi Yan Geveliyning mashhur "Prdomus astronomiya" /"Astronomiya darakchisi"/ nomli kitobidagi ikkita suratda o`z ifodasini topgan. Birinchi suratda Ulug`bek munajjimlar va olimlar xudosi Uraniyaning yonginasida, o`ng tomondan joy olgan. U Yevropaning eng mashhur astronomlari qatoridan joy olgan. Bu buyuk ajdodimizga ko`rsatilgan yuksak hurmat belgisidir.

Temuriylar davri Xuroson madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan hukmdorlardan biri Amir Temurning o`g`li Shohruh Mirzodir. Xurosonda 50 yil hukmronlik qilgan Shohruh Mirzo eng avvalo yurtning obodonchiligi uchun ko`p say‘ harakat qiladi. Ichki nizolarni bartaraf etib, hunarmandchilik, ayniqsa, dehqonchilikning rivojlanishiga alohida e‘tibor beradi. Natijada davlatning yirik shaharlarida ishlab chiqarish bir necha barobar oshadi. Shuningdek Shohruh Mirzo boshqa o`lkalar va mamlakatlar bilan savdo-sotiq hamda madaniy-siyosiy aloqalarni avj oldiradi.

U ham o`z otasi singari saroy qoshida yirik kutubxona qurdirib, ko`plab nodir asarlar va qo`lyozmalarni yig`diradi. O`z saroyida o`sha davrning ko`zga ko`ringan ulamolari, olimlari, san‘atkorlari, shoirlari va memorlarini to`playdi.

Shohruh Mirzo ham o`z poytaxti Hipot, Marv, Balx va boshqa shaharlarda ko`plab me‘moriy yodgorliklar, bog`-rog`lar va boshqa imoratlar qurdirib, ko`chalarni yangilatadi, korizlar qazdirib suv ta‘minotini yaxshilaydi. Sug`orish sistemalarini, masalan Murg`ob daryosiga to`g`on qurdirib, Marv shahrining suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradi. Xuroson madaniy hayotiga jiddiy ta‘sir ko`rsatgan temuriyzodalardan biri Shohruh Mirzoning uchinchi o`g`li Boysunqur Mirzodir.

U dastlab otasi hukmronlik qilayotgan Xurosonning bir qator viloyatlarida hokimlik qiladi. 1416-1420 yillari esa otasi qo`lida vazirlik vazifasini bajaradi. Bu davrda Hirotdagi ulkan kutubxona "Nigoriston" ga ham rahbarlik qiladi. Mazkur kutubxona Xurosondagi asosiy ilmiy-madaniy markaz ham hisoblangan.

Boysunqur Mirzo "Nigoristoy" ga hattotlar, sahhohlar, naqqoshlar, lavvohlar (lavha chizuvchilar) kabi hunar egalaridan qirqqa yaqinini to`playdi va ularga o`sha davrning mashhur hattoti - Mavlono Ja‘far Tabriziyni bosh qilib qo`yadi. Ular turli shahar va qishloqlardan qo`lyozmalarni to`plash, ko`chirish, bezash, kitob shakliga keltirish, ko`paytirish va tarqatish ishlari bilan shug`ullanadilar. Bu xususda Davlatshoh Samarqandiy shunday deb yozadi: "Shahzoda Boysunqur hunarparvar va hunarmandlikda jahonga mashhur bo`ldi. She‘riyat va hattotlik uning zamonida rivoj topdi. Hunarmand va fozillar uning ovozasini eshitib, tevarak atrofdan xizmatga keldilar. Xushxat kotiblardan qirq kishi uning kutubxonasida kitobat qilishi bilan mashg`ul bo`ldilar. Boysunqur Mirzo hunarmandlarni e‘zozlar, shoirlarni do`st tutar adi".

Tarixiy manbalarda ko`rsatilishicha, Bosunqur Mirzoning kutubxonasida kitob ko`chirish bilan birgalikda, kitoblarga zar bilan lavhalar chizish, go`zal naqsh va suratlar solish, o`tmish mutaffakirlarining ijodi va tarjimai holiga oid materiallarni to`plab o`rganish, noyob kitoblardan nusxalar ko`paytirish, mashhur ijodkorlarning mukammal kulliyoti va devonlarini yaratish kabi ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy ishlar yo`lga qo`yilgan.

"Nigoriston" ilmiy-madaniy va san‘at markazida yuzga yaqin kitoblar, naqqoshlar, lavvohlar. qog`ozrezlar (qog`oz quyuvchilar), muzahhiblar. muqovachilar, matnshunoslar to`plangan va ularga Boysunqur Mirzoning o`zi boshchilik qilgan. 1425 yilda Boysunqur Mirzo boshchiligida bir guruh olimlar Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma" sining 41 nusxasini yig`dirib, ularni qiyosiy o`rganadi va tanqidiy matnga yaqinroq matn yaratiladi. Bu nusxaga 21 ta go`zal miniatyuralar ilova qilinadi va nasta‘liq xatida ko`chiriladi. Ilm-fanda "Shohnoma" ning Boysunqur nusxasi deb yuritiladigan by qo`lyozmaga Boysunqurning o`zi mukammal so`z boshi yozadi. Boysunqurbuso`zboshigaFirdavsiygaoidbarchamanbalarnito`playdi. NatijadaFirdavsiyninghayotivaijodiyfaoliyatito`g`risidakitobxonto`laroqtasavvurgaegabo`ladi.

ShuningdekBoysunqurMirzomashhurbo`lganayrimshoirlarningshe‘rlarinito`plabdevonshakligakeltiradi. Masalan, u Amir HusravDehlaviyningdevonigakirganshe‘rlaridan 120 mingbayt, turlito`pamlarvatazkiralardagishe‘rlaridan ham 20 mingbaytnijamlab, alohidakitobshakligakeltiradi.

Boysunqur Mipzo usta hattot va shoir tabiat kishisi bo`lgan. Uning turkiy va forsiy tillarda gazal, she‘rlar yozganligini Alisher Navoiy ham Husayn Boiz Koshifiy ham ta‘kidlab o`tganlar. Uning hattot sifatida olti xil xatni mukammal bilganligi, ayniqsa, suls yozuvida o`z davrida eng usta hattotlardan ham o`zib ketganligi to`g`risidagi ma‘lumotlar uchraydi.

Xurosonning iqtisodiy-siyosiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishiga Movarounnaxr hamda Hindiston bilan madaniy aloqalar o`rnatishga, ilg`or Sharq madaniyati an‘analarining to XVI asr boshlarigacha davom etishiga ulkan hissa ko`shgan temuriyzodalardan biri Sulton Husayn Boyqarodir.

Husayn Boyqaro davri ma‘rifat va tapix ilmining, turkiy adabiyot va sufiyona she‘riyatning miniatyura va me‘morchilikning, musavvurlik va musiqa san‘atlarining yuksalgan davri hisoblanadi.

Husayn Boyqaro fan, san‘at, adabiyotning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Turkiy tilni davlat tili darajasiga ko`taradi. Movarounnaxrdan boshpana istab kelayotgan ko`pgina olimlar, san‘atkorlar, shoirlar va me‘morlarga homiylik qiladi. Tarixiy ma‘lumotlarga ko`ra Hirotda mingga yaqin ijodkorpar faoliyat ko`rsatganlar. Mirzo Muhammad Haydar esa o`zining "Tarixi Rashidiy" asarida Hirotda yashagan 25 dan oshiqroq mashhur olimlarni sanab o`tadi.

4.Temuriylar sulolasining so`ngi davridagi adabiy jarayon sermahsul davr bo`lgan. Adabiy - badiiy jarayon uslub jihatidan ancha takomillashadi va yangi bir bosqichga ko`tariladi. Movarounnaxr va Xuroson hududlarida chig`atoy (eski o`zbek tili) va fors -tojik adabiyoti o`rtasidagi hamkorlik kengayib boradi. Bu davr adabiyotining o`ziga xos hususiyatlaridan biri – ko`pgina shoir va adiblar o`zbek tilining go`zalligini, uning so`z boyligini namoyish qiladilar. O`zbek (turk) tiliga ikkinchi darajali til sifatida qarashlarni inkor qiladilar. Zamonasining iste‘dodli va yetuk shoirlari hamda adiblaridan Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur va Muhammad Solihlar o`sha davr adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillari bo`lib, ular o`zbek tilida ham ko`plab asarlar yaratib, bu tilning o`ziga xos jozibadorligini namoyish qiladilar. Ular tomonidan rang-barang g`azallar, ruboiylar, qit‘alar, tuyuqlar va nomalar, dostonlar va boshqalar yaratiladi.

Bu davr adabiyotining yana bir hususiyati-o`zbek adabiyotida she‘riy ,,noma" janrining yaratilganligidir. Xorazmiy „noma" janrining asoschisi sifatida ,,Muhabbatnoma" ni yaratadi. ,,Latofatnoma" ni yaratgan Komil Xo`jandiy sevgi-muhabbat mavzusini davom ettiradi. Temuriy Mironshohning o`g`li shoir Said Ahmad esa "Taashshuqnoma" ("Oshiqlar maktubi") ni yaratib, bu mavzuni yanada yuqori bosqichga olib chiqadi. Oldingi sevgi mavzusidagi "noma" lardan farqlanib turuvchi va syujetga asoslangan "Dahnoma" ("O`n noma") ni yaratgan Yusuf Amiriy o`z nomasida oshiq-ma‘shuq obrazlari bilan sevgi-muhabbat mavzusini ifodalashni yanada murakkablashtiradi.

Durbek diniy-afsonaviy "Yusuf va Zulayho" dostoniga dunyoviy tus berib, qayta ishlaydi. Atoiy hijron azobini kuylovchi g`azallar bitsa, Sakkokiy jo`shqin va haroratli g`azallar bitadi va qasida janrini yanada rivojlantiradi. Lutfiy g`azallari o`zining hayotiyligi, badiiy mahorati va til boyligi bilan ajralib turadi.

Bu davr adabiyotining eng buyuk siymolari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar edi. Ular tasavvuf she‘riyatini barkamollik darajasiga olib chiqadilar.

Abdurahmon Jomiy lirika sohasida Sa‘diy, Hofiz va Xo`jandiylar darajasigacha yetishib chiqadi. U nafaqat adabiyot sohasida, balki fanning boshqa sohalarida ham asarlar yaratadi. U arab tilini mukammal ravishda o`rganadi. So`ngra o`z bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keladi va Ulug`bek madrasasida buyuk astronom Qozizoda Rumiy, huquqshunos Fazlulloh Abulays kabilardan ta‘lim oladi. Shuningdek tip va adabiyot, riyoziyot va falakiyotdan, falsafa va mantiqdan, din asoslari, hadis va tafsirdan tahsil olib, mazkur ilmlarni chuqur egallaydi.

Hirotga qaytib kelgach, Alisher Navoiy bilan birgalikda Hirot madaniy muhitining rivojlanishi va taraqqiy etishiga ulkan hissa qo`shadi. Abdurahmon Jomiy, ayniqsa, dostonchilik an‘analarini davom ettirib, yettita yirik dostonlarni o`zida birlashtiruvchi "Haft avrang", "Bahoriston", "Xiradnomai Iskandar" nomli asarlarni yaratadi. Bu dostonlar o`zining falsafiy-didaktik va ahloqiy-ta‘limiy mavzusi bilan ajralib turadi.

Abdurahmon Jomiy asarlarining kattagina qismi tasavvuf ruhida yozilgan bo`lsa, bir qismida oddiy xalqning orzu-umidlari ifoda etiladi.

Bu davr ma‘naviy hayoti va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissasi qo`shgan buyuk siymolardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning so`ngi temuriyzoda Husayn Boyqaro davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyotidagi o`rni benihoya kattadir. Navoiy inson baxt-saodati uchun, xalqning osoyishtaligi, mamlakat barqarorligi, obodomchilik, ilm-fan, adabiyot va san‘at taraqqiyotining buyuk kurashchisi sifatida tarix sahifasida o`chmas iz qoldiradi. Biz Alisher Navoiyning birgina Xuroson me‘morchilik san‘ati rivojiga qo`shgan hissasi to`g`risidagina to`xtalib o`tamiz.

Alisher Navoiyning birgina obodonchilik va me‘morchilik san‘ati taraqqiyotiga qo`shgan hissasiga e‘tiborni qaratadigan bo`psak, shuning o`ziyoq uning Xuroson madaniy taraqqiyotiga qo`shgan hissasi qay darajada bo`lganligini ko`rishimiz mumkin.

Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson o`lkasida ko`plab me‘moriy yodgorliklar, turli xil inshootlar quriladi. Katta obodonchilik ishlarining rivojlanishiga bevosita Alisher Navoiy boshchilik qiladi. Mirzo Muhammad Haydar o`zining "Tarixi Rashidiy" asarida ta‘kidlaganidek, Alisher Navoiy o`zining har yilgi daromadi-o`n sakkiz ming "SHohruhiy'' dinorini obodonchilik ishlariga sarflaydi. Xondamir esa o`zining "Hulosat ul axbor" nomli asarida Alisher Navoiyning adiblar, hunarmandlar, san‘atkorlar va olimlarga g`amxo`rlik qilishi, farovon hayot kechirishiga alohida e‘tibor bilam qaraganligini yozadi. "Amir Alisher fazlu hunar tabaqasining aksariga g`amxo`rligi zo`rdir. Tazqib va tasvir ilmi hunarida benuqson va cheksiz bo`lgan qalam ahllari, shuningdek, zamon naqqoshlari va davr muhandislarining ko`pi ul hazratning ta‘lim va tarbiya vositasi bilan hunarlarni o`rgandilar va atrof olamda monandi yo`q yaxshilar tengi bo`ldilar".

Shuningdek Xondamir o`zining "Makorim ul ahloq" nomli asarida Navoiy va uning safdoshlari tomonidan 300 dan oshiqroq jamoat binolari qurilganligini ko`rsatib o`tadi. Qurilishning ko`pchiligiga Alisher Navoiyning o`zi homiylik qilganligini yoki o`z mablag`idan sarflanganligini Navoiyning Xurosonda madrasa, karvonsaroy, 52 rabot, 19 hovuz, 16 ko`prik, 9 hammom na boshqa binolarni barpo etganligini takidlab ko`rsatadi. Birgina Astraboddagi ikki yillik hokimligi davrida "Mir saroyi". "Jome‘ masjidi" ni qurdiradi. Hirotda ham masjid, Marvda esa "Husraviy" nomli madrasa qurdiradi.

Alisher Navoiy vazirlik vazifasidan bo`shagandan so`ng. Husayn Boyqaro o`z do`stiga shahar tashqarisidagi Injil arig`i bo`yidan uy-joy va bog` qurish uchun yer ajratib beradi. Navoiy eca bu joyda nafaqat uy-joy, balki xalqqa yordami teguvchi ko`plab binolar ham barpo ettiradi ya‘ni madrasa, shifoxona, hammom, savdo rastalari. xanoqoh, dam olish uchun bog`lar barpo ettiradi. Bu binolarni "Ixlosiya" (do`sti Husayn Boyqaroga bo`lgan ixlosi ramzi), Shifoiya (sog`liq ramzi), "Safoiya" (pokpik ramzi), "Xusraviya" (shahzoda Muhammad Sulton sharafiga) deb nomlaydi.

Navoiy ijodining markazida inson, ulardan tashkil topuvchi xalq, ular makon tutgan Vatan, ularni hayvondan ajratib turuvchi axloq muammolari turadi. Uning ijodi na falsafiy tafakkuri markazida insonparvarlik axloqiy fazilat, mehnatsevarlik, adolatparvarlik g`oyalari yotadi. Uningcha inson butun mavjudotning eng oliy toji, koinotning bezagi, odob-axloqda benazir.

Navoiy o`z asarlaridagi qahramonlar orqali kamsitilgan, huquqlari poymol bo`lgan, adolatsizlik qurboniga aylangan insonlarni himoya qilish g`oyasini ilgari suradi.

Bu davrda tasviriy san‘atning portret janri rivojlanadi. Natijada hukmdorlardan Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Bobur Mirzolarning, allomalardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xotifiy, Behzod va boshqalarning porteritlari yaratiladi. Shuningdek bu davrda tasviriy san‘atning maishiy, bataliya, manzara kabi janrlari ham miniatyura shaklida rivojlanadi.

Bu davrning ko`zga ko`ringan musavviri Kamoliddin Behzod "Hirot miniatyura maktabi" ga asos soladi. U ko`plab o`sha davrning mashhur asarlariga miniatyuralar chizadi. Masalan, Shayx Sa‘diyning "Bo`ston" asariga 4 ta, Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" siga esa 8 ta miniatyura chizadi.

Uning portretlaridagi qahramonlar o`z ma‘naviy qiyofalari bilan ichki hissiyotlarini, hulq-atvorini shundaygina yuzaga chiqaradi. Masalan, Xusayn Boyqaro cho`kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek tasvirlangan. U serhasham kiyim kiyib olish, shohona salla o`ragan, belida xanjar osilgan tilla kamar, Shayboniyxon esa sarkarda va davlat arbobi, ilmli, adabiyot va san‘atning qadriga yetadigan kishi sifatida tasvirlangan. U Hirotda rasm bo`lgan yengi kalta, sodda, lekin bejirim tikilgan to`n kiygan, boshida oq salla. U chordona qurib, katta bolishga biroz suyanib o`tiribdi. Oldida siyohdon, qalamdon va kitob, O`ng qo`lining bosh barmog`ida kamondan o`q uzganda ishlatiladigan xalqa, chap qo`lida qamchi. Savlati, baquvvat gavdasi, o`tirishi, o`zini tutishi, qo`llarining holati va chehrasidagi belgilaridan uning serg`ayrat, shijoatli, o`z qadrini biladigan, aqlli shoh ekanligini payqasa bo`ladi.

XIV-XV asrlar Movarounnaxr va Xuroson musiqa madaniyati rivojining chinakam markaziga aylangan. Bu davrda musiqa madaniyati nazariyasiga oid asarlar yaratilib, Abduqodir Naiy, Ali shunqor, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli, G`ijjakiy, Alijon G`ijjakiy, Qosim Rabboniy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Darvish Ahmad Qonuniy, Xo`ja Yusuf Andijoniy, Najmiddin Kavkabiy kabi bastakorlar, sozanda-yu xonandalar yetishib chiqqan. Tarixchi olim A. Muhammadjonov ta‘kidlab o`tganlaridek, hatto Ulug`bek va Navoiy singari buyuk siymolar ham musiqa asarlar yaratganlar. Masalan, Ulug`bek "Bulujii", "Shodiyona", "Ahloqiy", "Tabriziy", "Usuli Ravon", "Usuli otlig`", Navoiy esa "Isfaxoniy" kuyini yaratganlar. Shuningdek bu davrda Xoja Abdulqodir Naiyning "Zubdat ul advor" („Asosiy musiqiy davrlar") va Maqosid ul-alxon" ("Kuylar maqsadlari"), Safiuddin Abdulmo`min Urmaviyning "Risolat ush-sharafiy" ("SHarafga loyiq risola") va "Kitob ul-advor" ("Musiqiy davrlar haqida kitob") asarlari, Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy" („Musiqiy ilm risolasi"), Najmiddin Kavkabiyning "Risolayi musiqiy" va „Risola dar bayoni Duvoedahmaqom" ("O`n ikki maqom bayoniga bag`ishlangan risola"), Zaynulobiddin Mahmud Husayniyning "Qonuni ilmiy va amaliy musiqiy" ("Musiqa ilmi va amallari qonunlari"), Darvesh Ali Changiyniig "Tuhfat us surur" („SHodlik tuhfasi") kabi musiqa ilmi to`g`risidagi asarlari vujudga keladi.

Abdurahmon Jomiy o`zining "Risolayi musiqiy" asarini Alisher Navoiyning da‘vati bilan yozadi. Bu asarning kirish qismida musiqaning psixologik ahamiyati, tinglovchilarda qayg`u va quvonch, tushkunlik, umidvorlik va ko`tarinkilik kabi ruhiy holatlari keltirib chiqarishi masalariga to`xtalinsa, asosiy qismida nag`malar, ularniig boshqa ovozlardan farqi, nag`maning sozdagi hususiyatlari, turlari, inson ruhiyatiga ta‘sir etish kuchi va boshqalarga to`xtalib o`tiladi. Xotima qismida esa ohanglarning: a) shijoat va jasurlik; b) xursandchilik va quvonch; v) qayg`u va mung; g) g`am va mayuslik uyg`otish kuchi ta‘kidlab o`tiladi.



Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va tarqoq feodal davlatlarni birlashtirishi natijasida ilk uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan, lekin mug`ullar tomonidan bir-biridan ajratib tashlangan yagona madaniy jarayon yana rivojlanishda davom etadi. Eng avvalo iqtisodiy hayot, shuningdek, fan, san‘at va adabiyotdagi azaliy an‘analar qaytadan tiklanadi. Inson va uning aql-idroki, ma‘rifatga intilishi, Sharq renessansiga xos hususiyat hisoblangan ma‘naviy komil insonni shakllantirishga bo`lgan e‘tibor va ma‘rifatga intilish kuchayadi. Fan va adabiyotda jahonshumul ahamiyatga ega bo`lgan asarlar yaratiladi. O`z davrining dorulfununlari-oliy o`quv yurtlari, Ulug`bek akademiyasi vujudga keladi. Astronomiya, matematika, mantiq, falsafa, til va adabiyotshunoslik, tarix va fiqhshunoslik, ilmi aruz va musiqashunoslikka oid ko`plab asarlar yaratiladi. Miniatyura va me‘morchilik san‘atlari rivojlanib, hattotlik san‘at va hunar darajasiga ko`tariladi.

Sulton Husayn Boyqaro davrida miniatyura san‘ati rivojlanadi va unga sultonning o`zi juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Zayniddin Vosifiyning "Badoe ul voqoe" nomli asarida yozilganidek, "Sulton Husayn ko`ngil xushligi uchun sehr ofarin musavvirlar va uslubi go`zal naqqoshlarni a‘lo darajada poytaxtda saqlab, ularga zo’r iltifot ko`rsatadi.

Bu davrda tasviriy san‘at, shu jumladan miniatyura san‘atining buyuk vakillari: Kamoliddin Bohzod, Mirak Navvosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Hoji Muhammad Naqqosh, Shohmuzaffar kabilar faoliyat ko`rsatadilar. Bu davr miniatyura san‘atida mavhumlikdan realizm tomonga intilish kuchayadi. XV asrgacha tasviriy san‘atda o`ta bo`rttirish va jimjimadorlikka e‘tibor berilgan bo`lsa, XV asr o`rtalaridan boshlab haqqoniylikka intilish, jonlilikka, hayotiylikka intilish ko`zga tashlana boradi. Masalan, Miniatyura ustasi Mahmud Muzahhib Navoiy portretini chizarkan, uning qarilik yuziga chiqargan horg`inligini, allomaga xos ulug`vorligini, donishmandligini, bag`ri keng va mehribon insonligini yuz ifodasi orqali tasvirlab beradi.

Foydalanilganadabiyotlar.



  1. КаримовИ.А. ЎзбекистонХХIасрбўсағасида: хавфсизликка, таҳдид, барқарорликшартлариватараққиёткафолатлари. Т.6.-Т.: «Ўзбекистон», 1997.

  2. Каримов И.А. Тарихийхотирасизкелажакйўқ. Т.7. -Т.: «Ўзбекистон», 1998

  3. КаримовИ.А. Жамиятмафкурасихалқни - халқ, миллатни - миллатқилишгахизматэтсин. Т.7.-Т.: «Ўзбекистон», 1999.

  4. Каримов И.А. Империя давридабизнииккинчидаражалиодамлардебҳисоблашарэди. Т.: «Ўзбекистон», 2005,

  5. КаримовИ.А. Миллийистиқлолмафкураси - халқэътиқодивабуюккелажаккаишончдир. Т.8. -Т.: «Ўзбекистон», 2000.

  6. Каримов И.А. Озодва обод Ватан, эркинвафаровонҳаёт - пировардмақсадимиз. Т.8. -Т.: «Ўзбекистон», 2000.

  7. Temurtuzuklariyanginashr 2009 y.

  8. A ChorievTemur ma`naviyati.2010y

  9. Азизхўжаев А.А. Давлатчиликвамаънавият. -Т.: Шарқ, 1997. 9-23-бетлар.



1-савол. Амир Темурбуюкдавлатарбоби, юксак

маънавиятсоҳиби

полотно 38



прямоугольник 23

1прямая соединительная линия 22. Saltanat




Amir Temurdavlatniboshqarishni

4 omilgabog‘liq deb bildi.



овал 20

2прямоугольник 19прямая соединительная линия 18. Xazina



прямая соединительная линия 17

3прямоугольник 16прямая соединительная линия 15. Qо‘shin

4прямоугольник 14. Raiyat

2-savol.Temuriylarsulolasidavridayaratilgan

ma’naviymerosningо‘zbekxalqiningma’naviy

tiklanishidatutganо‘rni

«Темуртузуклари»даайтилишичадавлатасосини

1прямая соединительная линия 132 таижтимоийтоифаташкилқилади

1. Саидлар, пайғамбаравлодлари, уламо,

мпрямая соединительная линия 12ашойи, фозилкишилар

2прямая соединительная линия 11. Ишбилармон, донишмандкишилар

3. Художўй, дарвеш, қаландарлар

прямая соединительная линия 10

4. Нўёнлар – амирлар, ҳарбийкишилар,мингбошилар.прямая соединительная линия 9

5прямая соединительная линия 8. Сипоҳвараият

6прямая соединительная линия 7. Махсусишончликишилар

7прямая соединительная линия 6. Вазирларвасарлатиблар

8. Ҳакимларватабиблар, мунажжимлар

вамуҳаддислар

прямая соединительная линия 5

9. Тафсирваҳадисолимлари



прямая соединительная линия 4

10. Ақлиҳунарвасанъатчилар,

ҳунарманд, косиблар

прямая соединительная линия 3

11. Сўфийлар



прямая соединительная линия 2

12. Тожир (савдогар) васайёҳлар
Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish