3 I bob leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi sifatida



Download 99.45 Kb.
bet12/29
Sana17.05.2021
Hajmi99.45 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
I bobga xulosa

Har qanday kattaroq hududning mahalliy xususiyatlari borligini inobatga olmoq darkor. Buni hududning tabiiy sharoiti, iqtisodiyoti, geografik terminlar bilan yon-atrofdagilardan ozmi-ko’pmi farq qilishi, aholining tili va shevalari, tarixi, etnografiyasi va boshqalarda ko’rish mumkin. Demak, viloyat joy nomlari uning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti, tarixi va iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq ekanligini inkor qilmasdan geografik nomlarni ular bilan uyg’unlikda o’rganish ko’pgina toponimlarni to’g’ri izohlash, tahlil va tadqiq qilish imkonini beradi. «Aytilgan so’z - otilgan o’q» degan iborani toponimiyaga nisbatan qo’llash unchalar to’g’ri bo’lmasa kerak, sababi geografik nomlarning kelib chiqishi haqida uzil-kesil fikr bildirish o’ta murakkab va mas’uliyatli ish, ko’pincha buning iloji ham yo’q.

Masalan, viloyat toponimiyasining ilk qatlami, ya’ni substrat toponimlari qachon va kimlar tomonidan yaratilgani haligacha aniq emas, chunki uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan toponimlar murakkab o’zgarishlarga duchor bo’lgan, ma’lum qismi turli xalqlar tomonidan yaratilgan va hududda yashagan xalqlarning hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar geografik nomlarda o’z aksini topgan. Geografik nomlarning paydo bo’lishi stixiyali yoki tasodifiy bo’lib ko’rinsada, aslida bir qator murakkab qonuniyatlar bilan bog’liq, ularni aniqlash va tahlil qilish toponimikaning vazifasi hisoblanadi.

Mahalliy xalqning xo’jalik faoliyati, tarixi, moddiy madaniyatining xususiyatlari hamda vohaning tabiiy muhiti va geografik sharoiti mahalliy geografik terminlarning paydo bo’lishida muhim rol o’ynagan. Viloyat hududida relyefning xilma-xilligi, suv obektlarining ko’pligi, o’simlik va hayvonot dunyosining boyligi geografik terminlarning ko’pligiga sabab bo’lgan. Bunday terminlar tuman toponimiyasining negizi, ya’ni murakkab geografik nomlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababdan xalq geografik terminlarini bilmasdan turib joy nomlari etimologiyasini to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Ularni yig’ish, tartibga solish, tasniflash, boshqa hududlarning geografik terminlari bilan qiyoslash, lug’atini tuzish muhim va dolzarb masala hisoblanadi.




Download 99.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari