3-amaliy mashg‘ulot. Taqdimot muharrirlarida taqdimotlar yaratish, dizayn berish, animatsiyalar o‘rnatish Mashg‘ulotning maqsadi



Download 40 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi40 Kb.
#669575
Bog'liq
3-amaliy


3-amaliy mashg‘ulot. Taqdimot muharrirlarida taqdimotlar yaratish, dizayn berish, animatsiyalar o‘rnatish


Mashg‘ulotning maqsadi. Тalabalarni taqdimot, multimediali taqdimot, slayd, kadr, animatsiya, animatsiya effekti, tarqatma material, ssenariyli taqdimot, uzluksiz bajariluvchi taqdimot bilan tanishtirish. Talabalarga interfaol taqdimot haqida tushuntirish.

Vazifa:


1. Taqdimot va unga tegishli asosiy tushunchalar.
2. Taqdimot yaratuvchi dasturiy vositalar.

Bugungi kunda zamonaviy kompyuter va videoproyektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda o‘quv jarayonida taqdimotlardan foydalanish oddiy holga aylandi.


Taqdimot deganda bitta faylda saqlanuvchi va maxsus keng diapazonli ekranda ko‘rsatiluvchi, maxsus effektlar bilan ta’minlangan elektron sahifalar to‘plami tushuniladi.
Taqdimotlar maqsad-mohiyatiga ko`ra turlicha ko`rinishlarda bo`lishi mumkin, masalan, tarqatma material, ma’ruzalar rejasi, reklama, konspekt kabilar shular jumlasidandir.
Taqdimotni tashkil etuvchi axborotlar slayd deb ataluvchi maxsus ishchi sohada shakllantiriladi.
Slayd – bu taqdimotning alohida sahifasi (kadri) bo‘lib hisoblanadi.
Slaydda shakllantirilgan axborot matn, grafik, diagramma, animatsiya, ovoz va video kabi turli ma’lumotlardan iborat bo`lishi mimkin.
Slayddagi taqdimot hujjati ikki xil ko`rinishda tayyorlanishi mumkin. statik taqdimot va multimediali (dinamik) taqdimot.
Statik taqdimotda oddiy matn va statik rasmlar joylashgan bo`lib, ular muallif fikrining ketma-ket bayonini ko`rgazmali ifodalash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositasida multimediali taqdimotlar tayyorlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Multimediali taqdimotlar asosan quyidagi uch xil ko‘rinishda tayyorlanadi:
1) ssenariyli taqdimotlar;
2) foydalanuvchi boshqaruvida ishlaydigan interfaol taqdimotlar;
3) uzluksiz bajariluvchi taqdimotlar.

Taqdimot yaratuvchi dasturiy vositalar.


Bugungi kunga qadar turli operatsion sistemalarda ishlovchi xilma-xil taqdimot muharrirlari yaratilgan bolib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Lotus Freelance – bu taqdimot muharriri Lotus Development kompaniyasining Lotus Notes paketiga tegishli dasturiy mahsulot bo`lib, u Windows; Unix; OS/2; NetWare; Macintosh kabi OS larda ishlay oladi.
AV Image – bu Data General kompaniyasining AV Object Office paketiga tegishli dasturiy mahsulot bo`lib, u Windows; Unix; NetWare kabi OS larda ishlay oladi.
AppWare Presentation – bu Novell Application kompaniyasining Perfect Office paketiga tegishli dasturiy mahsulot bo`lib, u Windows; Unix; NetWare kabi OS larda ishlay oladi.
MS Paintbrush – bu Siemens Nixdorf (SNI) kompaniyasining OCIS1 paketiga tegishli dasturiy mahsulot bo`lib, u Windows; Unix/Sinix kabi OS larda ishlay oladi.
MS PowerPoint – bugungi kunda eng mashhur va foydalanishda ommabop bo`lgan bu taqdimot muharriri Microsoft kompaniyasining MS Office paketiga tegishli dasturiy mahsulot bo`lib, u Windows va NetWare operatsion sistemalarida ishlay oladi.
Shuningdek, taqdimot yaratishga mo`ljallangan AppleKeynote, Google Презентации, Prezi, Haiku Deck, Slides, SlideDog, Projeqt, Flowboard kabi ko`plab eng yaxshi muharrirlarni uchratish mumkin.
Reklama namoyishini yaratish bu ko‘p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu o‘rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni o‘ylab topishdir. Taqdimot (prezentatsiya)lar va slayd­filmlar tayyorlashda eng samarali va universal vositalardan biri ­ bu MS Office tarkibidagi MS PowerPoint dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, videokliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
MS PowerPoint dasturi 1987-yildan boshlab paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, ammo taqdimotning grafikaviy ishlarida yetakchi o‘rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo‘shimcha fikrlar va taqdimotlarni qo‘llashning yangi usullari hamda bir qancha o‘zgartirishlar ishlab chiqildi. MS PowerPoint taqdimot muharriridan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo‘lsin, xoh tajribali bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. Taqdimot deganda nima tushuniladi?

  2. Taqdimotlar qanaqa ko`rinishlarda bo`lishi mumkin?

  3. Slayd deb nimaga aytiladi?

  4. Slaydda qanday ma’lumotlarni akslantirish mumkin?

  5. Statik va multimediali taqdimotlarning farqi nimada?

  6. Multimediali taqdimotlar necha xil ko`rinishda bo`ladi?

  7. Taqdimot yaratishga oid qanday dasturiy vositalarni bilasiz?

  8. MS PowerPoint dasturi haqida umumiy ma’lumot bering.



Adabiyotlar:

  1. Aripov M. Informatika va hisoblash texnikasi. T. 2001.

  2. G‘ulomov S.S., Shermuxammedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informa­tika. – T.: O‘zbekiston, 1999.

  3. Raxmonqulova S.I. IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash. – T.: Sharq, 1997.

  4. Алексеев Е.Г., Богатыrев С.Д. Инфоrматика. (Мультимедийный электrонный учебник).

  5. Левин А. Самоучитель rаботы на компьютеrе. – СПб.: Питеr, 2002.

  6. Платов А.Ю. Введение в инфоrматику. (Электrонный ваrиант).

  7. https://ru.wikipedia.org/ – Список опеrационных систем.




1 OCIS – Office Communication & Information Systems

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish