610 11.08.2017


Sana01.01.1970
Hajmi
#271339
Bog'liq
610 11.08.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar, talabalar va pedagoglarga imtiyozlar berish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga:
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tilini o‘zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlarida belgilangan “Tinglab tushunish” (Listening), “O‘qish” (Reading), “Yozish” (Writing), “Gapirish” (Speaking) ko‘nikmalari asosida baholab borish mexanizmini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish;
2018-yil 1-yanvardan boshlab chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchi, talaba va pedagoglarga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida til o‘rganish amaliyotlarini tashkil etish;
2018-yil 1-sentabrga qadar chet tillarini o‘qitishning asosiy bosqichlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarda ta’minlanishini nazarda tutgan holda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘zaro uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga asosan o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish vazifalari yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017-yil 1-oktabrdan boshlab tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oliy ta’lim muassasalarining chet tili kafedralari bazasida professor-o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tegishli mutaxassislik fanlarini chet tilida o‘qitish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan kurslarning tashkil etilishini;
til o‘rganishni xohlovchi talabalar uchun oliy ta’lim muassasalarida muloqot darajasida til o‘rgatish bo‘yicha intensiv kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mutaxassisliklar bo‘yicha atamalar lug‘atlarini yaratish, chet tillarda turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, chet ellik yetakchi mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, mutaxassislik fanlari bo‘yicha chet tillarida ma’ruzalar tashkil etish choralari ko‘rilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda mutaxassislik fanlaridan chet tilida dars beradigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari pedagoglarining ish haqlariga 100 foizgacha ustamalar belgilash tartibi ishlab chiqilishini amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda chet tilini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qo‘llagan holda 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 2 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2019-y., 09/19/395/3115-son)
chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining saralash test sinovlari ro‘yxatiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga kirishda chet tili fanidan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2019-y., 09/19/395/3115-son)
chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagoglarini attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholash va sinovdan ozod etish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda sertifikat olish istagini bildirgan talabgorlar uchun talab hajmidan kelib chiqqan holda tizimli ravishda hududlarda test sinovlarining o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy axborot vositalarida chet tillarida tashkil etilayotgan dasturlar hajmini va ta’sirchanligini oshirish, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun qiziqarli mavzularda maqolalar chop etish hamda teleradiodasturlar tayyorlash tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-avgust,
610-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 820-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2019-y., 09/19/395/3115-son)

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish