-



Download 36,02 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2022
Hajmi36,02 Kb.
#26938
  1   2
Bog'liq
DEO

Мавзу : Диний экстремистик оқимларнинг жамиятимиз хаётига салбий таъсири


РЕЖА :
Кириш


1. Diniy ekstremizm, fundamentalizmning mohiyati.
2. E'tirof etilmagan mazhablar hamda diniy-siyosiy oqimlar
3. Xalqaro terrorizm va uning oqibatlari.
ХУЛОСА.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ.
Кириш
Tinchlik buyuk ne'mat, inson hayotining birlamchi sharti hisoblanadi. Chunki, osuda hayot, yaratuvchanlik va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro’yobi eng avvalo shu ne’matga bog’liq. Shuning uchun ham qadimdan barcha xalqlar tinchlikni asrash uchun moli-yu joni bilan kurashib kelganlar.
Ammo bugungi voqyelik tinchlikni ko’plab mamlakatlar uchun hali hanuz orzu bo’lib qolayotganini ko’rsatmoqda. Mutahassislae tinchlikkka raxna soluvchi omillarni turlicha keltiradilar – davlatlar o’rtasidagi nizoli vaziyatlar, fuqarolik urushlari , milliy va etnik nizolar , tabbiiy ofatlar ….. Lekin bu omillarning ichida bugungi kunda eng xatarli va har qanday davlat tinchligi, osoyishtaligi uchun jiddiy xavf solishga qodir bo’lgani diniy ekstremizm va terrorizm ekanini har bir sog’lom fikrli inson tan olmoqda. Diniy ekstremizm yoki terrorizm illatining so’nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko’rsatdi.
Bugungi kunda dunyo hamjamiyati orasida “ islomofobiya ” atamasini keng foydalanishi achinarli hol albatta. Ma’lumki, yurtimiz aholisining 90 % ko’prog’ini islom dini vakillari tashkil etadi. Xozirda diniy ekstremistik oqimlarga yoshlarning aralashib qolishi bevosita islomdagi aqidaviy yo’nalishlar va fiqhiy mazhablarning mazmun –mohiyatini to’g’ri anglab yetmaslik oqibatida kelib chiqmoqda. Aslida, islom dini – inson qadri va taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan eng ezgu g’oyalar bilan yo’g’rilgan tinchlikparvar din. Biroq, turli diniy –ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o’zlarining g’arazli maqsadlaridan kelib chiqib , islom ta’limoting ayrim g’oya va tamoyillari mazmun-mohiyatini bir yoqlama , noto’g’ri talqin qilib , odamlarni to’g’ri yo’lidan adashtirishga urinmoqda. Diniy eksremizm va terrorizm jinoyatlarning oldini olish esa , eng avvalo, mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga , fuqarolarning osoyishta hayot kechirishiga xizmat qiladi.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha , zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk tarixi bor. Markaziy Osiyoda , xususan, O’zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli madaniyat , til , urf-odat, turmush tarziga ega bo’lgan , xilma-xil dinlarga e’tiqod qilgan xalqlar yashab kelgan. O’zbekistonning geografiy- siyosiy nuqtai nazardan muhim savdo yo’llari chorrahasida joylashgani , ko’plab davlatlar bilan iqtisodiy , madaniy sohalarda aloqalar qilgani diniy madaniy hayotga katta ta’sir ko’rsatgan va o’ziga xos turmush tarzini shakllantirishda muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilgan. Ma’lumki , har bir dinning o’ziga xos aqidalari mavjud. Ular ba’zan bir-biriga mutanosib bo’lsa, ba’zan bir-biriga zid ham kelishi mumkin. Diniy bag’rikenglik ana shu xilma- xillik asosida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini oladi,turli e’tiqodlarning yonma –yon va bir paytda mavjud bo’la olishi uchu xizmat qiladi.
Qadim zamonlardanoq o’lkamizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo’lgan. Eng qadimiy va keng tarqalgan dinlardan biri bo’lmish zardushtiylikning vatani ham bizning yurtimizdir. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o’rin tutgan. Hattoki , Buxoro shaxrining nomi ham “ vaxara ” – buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar bor. Markaziy Osiyoga islom dini yoyilishi arafasida bu yerga Eron orqali Suriyadan kirib kelgan nestorian yo’nalishidagi nasroniylik dini muhim mavqyeni egallagan. VIII asrda Markaziy Osiyo arablar tomonidan zabt etilgandan so’ng mintaqaga islom dini kirib keldi. Aholining bu dinni qabul qilishi asta- sekinlik bilan , bir tekis bo’lmagan holda yuz berdi. Aholining bir qismi o’zlarining qadimgi dinlariga e’tiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi. Movarounnahr xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan ma’rifiy-axloqiy g’oyalari huquqiy me’yor va urf -odatlari to’la saqlanib qoldi hamda islom ta’limoti asosida yanada sayqallandi. Bu holat Movarounnahrda islomning o’ziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab bo’ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy bag’rikenglik samarasi edi. Ayni damda faoliyat yuritayotgan ekstremistik tashkilotlarning aksariyati islom dinini niqob qilib olgani afsuslanarli holat albatta.

Download 36,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish