24 yil mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti va uning yetakchi tarmoqlarida jadal rivojlanishga erishildi. 2014-yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot 8,1 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,3 foiz ko‘paydi



Download 25,7 Kb.
Sana20.02.2017
Hajmi25,7 Kb.
#2948
24 yil mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti va uning yetakchi tarmoqlarida jadal rivojlanishga erishildi. 2014-yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot 8,1 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,3 foiz ko‘paydi. Kapital qurilish qariyb 11 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi esa 14,3 foiz o‘sdi. E’tiborlisi, joriy yilning birinchi choragida ham o‘sish sur’atlarining ijobiy tendensiya¬si saqlab qolindi, yalpi ichki mahsulot 7,5 foiz ortdi. Prezidentimizning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, Jahon banki tomonidan e’lon qilingan, xarid qobiliyati bo‘yicha hisoblanadigan yalpi ichki mahsulot hajmiga qarab aniqlanadigan iqtisodiy rivojlanish borasidagi yangilangan reytingda O‘zbekiston dunyoning 190 ta davlati orasida 2010-yildagi 72-o‘rindan 66-o‘ringa ko‘tarildi.

Bu ko‘rsatkichlar, natijalar ¬mamlakatimiz rahbari yigirma yildan oldinroq boshlagan islohotlarning mevasi, albatta. O‘sha vaqtlarda, mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston o‘z oldiga ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, ochiq siyosat olib borish, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadini qo‘ygan edi. Prezident Islom Karimov keyinchalik butun dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb nom olgan strategiya asosida davlat va jamiyat qurilishining besh tamoyilini ¬ilgari surdi. Biz bugun o‘sha davrlarda boshlangan va hozirgi kunga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotgan islohotlarning olamshumul samaralariga guvoh bo‘lib turibmiz.

Mamlakatimizni esa kelajakda yanada farovon hayot kutmoqda. Buni nufuzli xalqaro tashkilotlar prognozlari ham tasdiqlaydi. Xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasining respublikamizga yaqinda tashrif buyurgan missiyasi o‘z faoliyati yakunlari bo‘yicha tarqatgan press-relizida shunday deyiladi: “Kelgusi istiqbol haqida so‘z borganda, shuni aytish kerakki, 2015- yilda iqtisodiy o‘sish, kutilganidek, yuqori bo‘ladi. Bunga yaqinda qabul qilingan sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish, shuningdek, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish hamda iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish imkonini beradigan xususiylashtirish va korporativ boshqaruv dasturlari samarasida erishiladi”.

NAJOT — FAQAT QAT’IY QARORLARDA



O‘z oilasi hamda tinch-osoyishta gullab-yashnayotgan Vatanining farovonligi yo‘lida yashab, mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga qarab, ba’zan o‘ylab qolasan, kishi: “Biz o‘zimizning yaqin o‘tmishimizni qanchalik eslay olamiz?” Axir bunday yorug‘ kunlar hamisha ham bo‘lgan emas. Bugungi baxtli hayot — bu bor-yo‘g‘i yigirma yildan ortiqroq vaqt davomida erishgan yutug‘imiz. Bu fayzli kunlar bizga osmondan tushgan emas, balki butun xalqni mustaqillik g‘oyasi bilan olg‘a intilishga ilhomlantira olgan O‘zbekiston rahbarining chuqur o‘ylangan siyosati natijasidir.

Shu ma’noda, ayniqsa, Islom Karimovning ko‘p millatli xalqimizning asriy orzusi, eng ulug‘ va eng aziz ne’mat bo‘lmish istiqlolni qo‘lga kiritishimiz tarixini aks ettirgan “O‘zbekiston ¬mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobi har bir insonni chuqur mulohazaga chorlaydi.

Mazkur asarda bayon etilgan chinakam tarixiy voqealarni hayajon bilan o‘qiysiz. Masalan, respublikamiz rahbarining 1989-yildagi nutqini olaylik. Prezidentimiz unda qat’iy ohangda “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, deya alohida ta’kidlagan edi. Yoki sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda Prezidentlik institutining joriy etilganini eslang.

Bu yillar katta iqtisodiy qiyinchiliklar davri ham edi. Ekinzorlarning bor-yo‘g‘i 8-10 foizida bug‘doy yetishtirilardi, 0,8 foizida — kartoshka. Ayni vaqtning o‘zida ulkan maydonlar paxta uchun ajratilgandi. Biroq shunday og‘ir vaziyatda ham, Islom Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari natijasida 1989-yilning avgust oyida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va uy-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risida hujjat qabul qilindi. Unga ko‘ra, 1989-1990-yillarda 1,5 million oilaning tomorqa xo‘jaliklari kengaytirildi, 700 ming oilaga yer uchastkalari ajratildi. Bu chora-tadbirlar o‘sha paytda keskin tus olgan ijtimoiy vaziyatni yumshatish imkonini berdi. Aholining daromad manbalari ko‘paydi, uy-joy masalalari o‘z yechimini topib, bandlik darajasi o‘sa boshladi.

O‘z navbatida, islohotlarning tanlab olingan yo‘li davom ettirilib, fermer xo‘jaliklari tashkil qilindi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar birinchi marta huquqiy kafolatga ega bo‘lishdi. Bu o‘sha davr uchun ulkan va mas’uliyatli qadam edi. Zero, aynan shu sa’y-harakatlar bois aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, 180 turdan ortiq sarxil, qayta ishlangan sabzavot va mevalar dunyoning 80 ta mamlakatiga eksport qilinayapti. Ushbu sohadagi muvaffaqiyatlar xalqaro ¬hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Yaqinda Italiya poytaxtida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti oziq-ovqat xavfsizligi sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun O‘zbekistonni taqdirlagani ana shundan dalolat beradi.

Bu — bugungi kun haqiqati. Har qanday odam anglab yetadiki, o‘sha paytda, ya’ni bundan 24 yil muqaddam xatoga yo‘l qo‘yish juda oson edi. Qaltis vaziyatda keyingi odimni tashlash uchun bor narsani saqlab qolish esa ancha¬yin murakkab sanaladi. Shu bois bozor munosabatlariga aynan bosqichma-bosqich o‘tish mamlakat uchun eski tuzumdan yangi rivojlangan demokratik davlat sari olib boradigan yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lib qoldi. “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” degan tamoyil hayotimizning barcha jabhasiga tatbiq etildi. Bosh islohotchi va tashabbuskor bo‘lishdek og‘ir vazifani davlat o‘z zimmasiga oldi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi va kuchli ijtimoiy siyosat qaror topdi.

Bu yo‘nalishda olib borilgan ko‘p yillik mehnatning samarasi o‘laroq, mamlakatda shu paytgacha bo‘lmagan yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar yuzaga kela boshladi — avtomobillar, kompyuterlar, mobil telefonlar va boshqa zamonaviy texnikalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Qolgan sohalar — oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat va qurilish materiallari industriyasi to‘liq modernizatsiya qilindi. O‘zbekiston borgan sayin agrar respublikadan rivojlangan, diversifikatsiya qilingan iqtisodiyotga ega mamlakatga aylandi.

Mamlakatimiz erishgan yutuq va marralar dunyoning rivojlangan davlatlari rahbarlari darajasida ham e’tirof etilmoqda. Xususan, yaqinda Prezidentimiz Islom Karimovning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida ushbu mamlakat Prezidenti Pak Kin Xe O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘tgan 20 yildan ortiq vaqt davomida barqaror va izchil rivojlanib, ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritayotganini ta’kidladi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Koreya Respublikasi rahbari global iqtisodiyotda murakkab vaziyat yuzaga kelganiga qaramasdan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlari keyingi o‘n yilda 8 foizdan ziyodni tashkil etayotgani tahsinga loyiqligini yuksak baholagan.

Bu fikrni xorijlik ekspertlar ham tasdiqlashadi:

“O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq “shok terapiyasi”dan voz kechgan holda, islohotlar siyosatini o‘tkazdi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lidan bordi. Natijada mamlakatda barqarorlik saqlanib turibdi, davlat hokimiyati mustahkamlanayapti, siyosiy islohotlar jadallashmoqda”, deya ta’kidlaydi “Jenmin jibao onlayn” nashrida chop etilgan maqolasida Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti Markaziy Osiyoni tadqiq etish bo‘limi direktori U Xunvey.

Ekspert, shuningdek, bugungi kunda xalqaro maydonda yuzaga kelgan murakkab sharoitda Prezident Islom Karimov rahbarligida uzoqni ko‘zlagan holda, siyosat olib borilayotganini va bu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash imkonini berib, mintaqaviy barqarorlikni saqlashda ulkan hissa bo‘layotganini ham ta’kidlagan. Bu O‘zbekiston rahbariyati va xalqi mamlakatning ichki shart-sharoitlariga javob beradigan o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotganligini tasdiqlaydi.

Boshqa bir olim — Varshava universitetining Siyosiy fanlar instituti professori Tadeush Bodioning so‘zlari ham shu fikrlarga hamohang. U shunday deydi: “Mustaqillikning tarixiy jihatdan nihoyatda qisqa bo‘lgan yigirma uch yili mobaynida O‘zbekiston erishgan yutuqlarga havas qilsa arziydi. Bu Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni hayotga izchil tatbiq etishning amaliy natijasidir”.



BUNYODKORONA TASHABBUSLARNING XALQARO E’TIROFI

Ko‘rinib turganidek, O‘zbekistondagi hayotning har bir jabhasida yuz berayotgan jadal yuksalishni dunyo jamoatchiligi yuqori baholamoqda.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidanoq keng miqyosda xalqaro e’tirofga sazovor bo‘la boshladi. Istiqlolning bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda so‘zga chiqqan Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylanganini, ko‘plab nufuzli xalqaro, davlatlararo tashkilotlarga taklif etilganini, ularning ishida faol ishtirok etayotganini, mamlakatimiz mustaqilligini 120 dan ortiq davlat tan olganini ta’kidlagan edi.

Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti xabariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston 133 mamlakat bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan. Ularning ichida nafaqat dunyo¬ning eng rivojlangan davlatlari, balki Fidji, El-Salvador, Mavritaniya kabi bizdan ancha yiroq mamlakatlar ham bor. Toshkentda bir necha o‘nlab davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz BMT, MDH, ShHT va boshqa yetakchi jahon va mintaqaviy tuzilmalarning a’zosidir.

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatda rivojlanishning tinchlik va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan yaratuvchanlik yo‘lini tanlagani, mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlashga bor kuchini safarbar etayotgani bilan tobora ko‘proq hurmat qozonmoqda.

O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilayotgan ko‘plab olamshumul tashabbuslar xorijiy jamoatchilik tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bular qatorida Prezident Islom Karimov tomonidan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yili Istambulda bo‘lib o‘tgan sammitida taklif etilib, BMT Xavfsizlik Kengashi doirasida Aksilterror qo‘mitaning ta’sis etilishida o‘z tajassumini topgan Terrorizm bilan kurashish bo‘yicha Xalqaro markazni yaratish g‘oyasini aytib o‘tish mumkin. Keyinchalik shu asosda Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi ham tuzildi.

O‘zbekiston rahbarining Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslari ham jahon hamjamiyatining alohida e’tiboriga sazovor bo‘ldi. NATO/SYAPning 2008-yil Buxarestda bo‘lib o‘tgan sammitida Prezidentimiz qo‘shni davlatdagi nizolarni bartaraf etishning siyosiy yo‘llarini hamkorlikda izlab topish, bu mamlakatda nizo keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish va unga muvofiqlashtirilgan iqtisodiy yordam ko‘rsatish maqsadida Muloqot guruhi faoliyatini “6+3” guruhi shaklida yangidan tashkil etishni taklif qildi. Afg‘oniston bilan bog‘liq ravishda yuz berayotgan voqealarning keyingi rivojlanish bosqichida in¬qirozdan chiqish yo‘llarini izlashga qaratilgan xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarga aynan shu formatda ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar ko‘proq jalb etildi.

Mintaqada ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish bo‘yicha kiritilgan takliflar ham keng qo‘llab-quvvatlandi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 1993-yili Markaziy Osiyodagi beshta davlat rahbarlari Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kuchlarni birlashtirish maqsadida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini tuzishdi. Shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida Islom Karimov tashabbusiga ko‘ra, o‘tgan yili Urganchda “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 24 ta nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilot, moliyaviy institut vakillari, 26 mamlakatdan kelgan ekologiya, iqlim o‘zgarishlari, suv zaxiralaridan foydalanish sohasidagi olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zining forum qatnashchilariga videomurojaatida dunyodagi keng ko‘lamli an¬tropogen halokatlardan biri, deb e’tirof etilgan va millionlab aholi hamda atrof-muhitga katta zarar yetkazayotgan Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik bo‘hron muammolari muhokamasiga bag‘ishlangan ushbu xalqaro konferensiyaning o‘tkazilayotganligi o‘ta muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning butun dunyoda e’tirof etilib, qo‘llab-quvvatlangan xalqaro tashabbuslari ichida Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo qilish to‘g‘risidagi g‘oya alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida kiritilgan ushbu taklif o‘tgan yilning may oyida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeada o‘z aksini topdi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tom ma’nodagi tarixiy voqea yuz berdi — mazkur tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat — AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya yakdillik bilan va bir paytning o‘zida muhim xalqaro hujjatni — Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi Protokolni imzoladi.

Aynan shunday qat’iyat tufayli hamda mamlakatimiz va Prezidentimizning yuksak obro‘-e’tibori bois bugun rivojlangan davlatlar, mashhur kompaniyalar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga intilishmoqda. Buni hukumat majlisidagi ma’ruzada keltirilgan raqamlar ham tasdiqlaydi: respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning sarmoyalari ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bizning tovar ishlab chiqaruvchilarimiz ham jahon bozorini egallashda ortda qolishayotgani yo‘q. Faqat o‘tgan yilning o‘zida asosan kichik biznes sub’ektlari bo‘lgan 500 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asiga ega mahsulotlar esa xorijda ham tobora ommaviylashib bormoqda. Mamlakatimiz shu yilning 1-mayidan 31-oktabrigacha bo‘lib o‘tadigan “Expo Milano — 2015” jahon ko‘rgazmasiga taklif etilganligi bejiz emas. Besh yilda bir marta o‘tkaziladigan bu tadbirga tayyorgarlik ishlari davlatimiz rahbari qarori asosida olib borildi. Ommaviy axborot vositalarining xabariga qaraganda, Italiyada qad rostlagan O‘zbekistonning Milliy paviloni 500 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu esa, tashkilotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur mega-ko‘rgazmada Sayyoramizning turli burchaklaridan kelib ishtirok etishi kutilayotgan 20 million nafar odamda mamlakatimizning yutuqlari, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, taraqqiy etgan infratuzilmasi, qayta ishlash sanoati, xalqimizning urf-odatlari va an’analari bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini beradi, degani.

MAMLAKATNING ASOSIY BOYLIGI

Hatto eng og‘ir damlarda ham davlatimiz rahbari yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishishidan ikki yil muqaddam Islom Karimov jamoatchilikni, agar biz yoshlar bilan shug‘ullanmasak, ular bilan boshqalar shug‘ullanishi haqida ogohlantirgan edi.

Shunisi e’tiborga molikki, 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun mustaqil respublikamizning ilk qonunlaridan biridir. Mamlakatimiz Prezidentining bir qator Farmon va qarorlari yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoitni yaratishga qaratilgan.

Bugungi kunga kelib, farzandlarimiz davlatimizning bebaho boyligiga aylanganiga hech qanday shubha yo‘q. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. 19 million nafarga yaqin kuchga to‘lgan, shijoatli va barkamol yigit-qizlar! Bu — Qozog‘iston yoki Niderlandiya kabi davlatlarning aholisiga teng bo‘lgan raqam. Va biz o‘zimizning eng ezgu umidlarimiz ro‘yobini ularda ko‘ramiz.

Davlat, o‘z navbatida, yosh avlodning jismoniy sog‘lom, ruhan tetik, intellektual jihatdan yetuk bo‘lib kamol topishi, har tomonlama bilim olishi va kasb egallashi uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda uzluksiz ta’limning tobora jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun zarur mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘ziga xos tizimi yaratilishiga erishildi. Eng chekka qishloqlarda ham zamonaviy maktablar, litsey va kasb-hunar kollejlari bunyod etildi. Bu ishlarning natijalari jahon hamjamiyatini befarq qoldirmadi. 2012-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim va tarbiyaning milliy modeli ekspertlar tomonidan boshqa davlatlar uchun andoza sifatida tavsiya etildi.

Biroq bunday e’tirofdan hech kim havolanish kayfiyatiga berilib ketgani yo‘q. Texnologiyalar va internet asri xotirjamlikka o‘rin qoldirmaydi. Shuning uchun ham, ta’lim sohasidagi islohotlar jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Hukumatimizning yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida ta’kidlanganidek, ta’lim sohasida faqat o‘tgan yilning o‘zida 540 dan ziyod ob’ekt, jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey binolari tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun 550 milliard so‘m sarflandi. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi.

Bor-yo‘g‘i bir yil ichida nafaqat oliy o‘quv yurtlarining binolari qurildi, o‘nlab eski binolar ta’mirdan chiqarildi, balki xorijlik hamkorlar bilan birgalikda yangi institutlar va fakultetlar tashkil etildi, o‘quv markazlari ochildi. Bu maskanlarda bilimga chanqoq yigit-qizlar turli sohalar bo‘yicha xalqaro standartlar darajasidagi yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Bunday imkoniyatlardan foydalanayotgan avlodning nafaqat chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki yuksak ma’naviy salohiyat sohiblari sifatida kamol topishiga shubha yo‘q.



ASRLARGA TENG YILLAR

Mamlakatimizning bosib o‘tgan yo‘liga xayolan nazar tashlar ekansiz, mustaqillik solnomasiga bitilgan bu yillar asrlarga teng ekanligiga amin bo‘lasiz.

Iqtisodiyotning tadrijiy va mutanosib rivojlanishi aholi hayoti darajasi va sifati izchil oshishi uchun mustahkam negiz yaratdi. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar bir yilda yigirma foizdan ziyodga o‘sdi. Aholi jon boshiga real daromadlar 10,2 foiz ko‘paydi. Joriy yilda ijtimoiy soha va infratuzilma uchun xarajatlar yana 22,5 foiz oshiriladi.

E’tiborlisi, O‘zbekistonda 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilingan. Vaholonki, jamoatchilik so‘rovi natijalariga ko‘ra, yurtdoshlarimizning aksariyat qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, mo‘tabar yoshdagi kishilarni ijtimoiy himoyalash yanada kuchayishi kutilayotgan bir paytda ba’zi mamlakatlarda kun tartibidagi eng dolzarb masala fuqarolarning pensiya yoshini oshirish bo‘lib turibdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda “Islohot islohot uchun emas, inson uchun” tamoyilini hayotga tatbiq etish davom etmoqda. O‘tgan 2014-yil muvaffaqiyatli bo‘ldi va jamiyatimizga, har bir fuqaro hayotiga ulkan o‘zgarishlar olib keldi. Buni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rov qatnashchilarining 98 foizi ta’kidladi. Qishloqlarda bolalarimiz uchun maktablar, kollejlar va litseylar, zamonaviy davolash muassasalari qad rostlamoqda. Shaharlar chiroy ochmoqda. Britaniyaning nufuzli “Ekonomist” jurnali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, o‘tgan yili poytaxtimiz obodligi va qulayligi bo‘yicha dunyoning 140 ta shahri ichida 58-o‘rinni egalladi va jahon klassifikatsiyasida yashash uchun eng qulay sharoitlarga ega shaharlar safidan o‘rin oldi. Bir oz oldinroq MDHdagi shaharlar ichida faqat Samarqand Amerikaning “The Huffington Post” nashrida e’lon qilingan “albatta borib ko‘rish lozim bo‘lgan dunyo-ning 50 shahari” ro‘yxatiga kiritilgandi. Ayni paytning o‘zida Amerikaning “Gallup” tadqiqot kompaniyasi tuzgan “yaxshi kayfiyat indeksi” bo‘yicha Vatanimiz 136 mamlakat ichida 29-o‘rinni egallagandi. Bu ro‘yxatda mamlakatimiz nafaqat Hamdo‘stlikdagi barcha qo‘shnilarni, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarni ham ortda qoldirdi. Zero, O‘zbekistonda hayot kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Bu muvaffaqiyatlarga davlatimiz rahbarining islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga asoslangan siyosati va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli erishilmoqda.



Yaqinda OAVda istiqlol yillarida zabt etilgan ulkan marralarimiz, iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlari, hamyurtlarimiz hayot darajasi va sifati yuksalib borayotgani yana bir bor e’tirof etildi. Yangilangan “World Happiness Index” (“Jahon baxtiyorlik indeksi”) reytingida O‘zbekiston 44-o‘ringa ko‘tarilib, bu borada MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida yetakchiga aylandi. Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan BMT ko‘magida o‘tkazilgan tadqiqotda aholi farovonligi, hayot davomiyligi, ishsizlik darajasi, inson huquqlari va boshqa ko‘plab mezonlarga yuqori baho berildi.
Download 25,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish