22-Mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi ro`li. Javob



Download 19,66 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi19,66 Kb.
#53904
Bog'liq
xfx, Global problems in modern conditions, amaliyot kundaligi, Bolalarda musiq, Bolalarda musiq, 12-мавзу, Kurs.ishi 402 M.Mamatova, курс иши мавзулари, 210707, Kursarbeit von Sevara, 2 kurs, lesson 5 social media, 2 kurs, lesson 5 social media, 1BOB TEXNOLOGIK AMALLARNI LOYIHALASH, noticetocandidatesielts


22-Mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi ro`li.
1.Javob: Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul hamisha muomalada bo'ladi ya'ni toxtovsiz harakatda bo'ladi. Pulning to'xtovsiz harakatda bo'lishi bu uning muomalasi deyiladi. U tovar va xizmatlar ayriboshlashda qo'ldan qo'lga o'tib harakatlanadi. Mamlakatda pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Masalan

1) milliy pul birligi (so'm, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.)

2) qog'oz, tanga va kredit pullar tizimi;

3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;

4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

Naqd pulsiz hisoblar turli xil kredit kartochkalari, cheklar, veksellar, obligatsiya qimmatli qog'ozlar va shu kabilar ham amalga oshirilishi mumkin.


2.Javob: Pul muomalasi qonuniga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.

3.Javob: Inflyatsiya atamasi ilk bir tarixda Shimoliy Amerikada fuqarolar urushi davrida qo'llanilib lotinchadan "shishmoq, kengaymoq" kabi tarjima qilinadi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, inflyatsiya bu - pulning qadrsizlanishi hisoblanadi. Ya'ni unga sotib olish mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining kamayishi hisoblanadi. Inflyatsiya tarixi haqida gap ketganida, ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo'lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog'laydilar.

Ba'zilari esa davrlar o'tib, texnologiya takomillashib, oltin qazib olish osonlashgani va natijada davlatda oltin kumush miqdori oshib ketgani bilan bog'laydilar.

Inflyatsiya darajasi bu ma'lum davrdagi narx- navo oshishining foizlardagi miqdori hisoblanadi.

4.Javob:. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, bozor iqtisodiyotida pul doim harakatda bo'lishi kerak. Buning uchun esa bo'sh turgan pullar ham kredit pul mablag'lari sifatida foydalanilib, iqtisodiyotda investitsiya sifatida harakatda bo'lishi lozim. Bu jarayonlar amalga oshishida kredit munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit munosabatlari ikki subyekt o'rtasida vujudga keladi ya'ni: qarz oluvchi va qarz beruvchi o'rtasida.

Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:



1)korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;

2)mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari:

3)korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari;

4)korxonaIar foydasi.
Kredit vazifalari ham turlichadir:

- qayta taqsimlash

- xo'jalik amaliyotiga joriy etish

- iqtisodiyotni rag'batlantirish

- muomala xarajatlarini tejash

- iqtisodiyotni tartibga solish

- iqtisodiyotni nazorat qilish
Kredit turlari:

- bank kredit

- xo'jaliklararo kredit

- iste'mol kredit

- ipoteka kredit

- xalqaro kredit

- tijorat kredit

5.Javob: Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta'minlashda banklar muhim ahamiyatga egadir. Chunki pul harakati, aylanmasini ta'minlab beruvchi muassasa bank hisoblanadi. Bank- pul muomalasini tartibga solish, nazorat qilish, pul harakatini vujudga keltiruvchi iqtisodiy muassasa. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 24-bobi Moliya va kreditga bag'ishlangan bo'lib, nazarda tutilishicha, O'zbekiaton Respublikasida barcha banklar yagona bo'lgan Respublika Markaziy bankiga bo'ysunadi. Pullarni muomalaga chiqarish, pul emmissiyasi va shu kabi shunga bog'liq bo'lgan masalalar bilan O'zbekiston Repsublikasi Markaziy banki shug'ullanadi. Banklar ham turlicha bo'lishi mumkin. Jumladan, ipoteka banki, xalq banki, investitsion bank, tijorat bank, milliy bank.

Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi.



-Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi.

- cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta ’minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.

-davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi

-barcha banklar faoliyatini

uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.

- xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.

-milliy valyutani muomalaga chiqaradi.

-Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.



Download 19,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi