219-guruh kursanti Xomidov Hojiakbarning Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan amaliyot javoblari



Download 14,04 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi14,04 Kb.
#76393
Bog'liq
Homidov Hojiakbar JHIM


219-guruh kursanti Xomidov Hojiakbarning Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan amaliyot javoblari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unda:

Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligining, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Samarqand viloyati Urgut tumanida — «Urgut», Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida. — «G‘ijduvon», Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida — «Qo‘qon», Xorazm viloyati Hazorasp tumanida — «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 

2. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZ tarkibiga kiritish uchun yer uchastkalari chegaralarini o‘rnatsinlar va ularning belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar. 

3. Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish kabi masalalar «Urgut» EIZ, «G‘ijduvon» EIZ, «Qo‘qon» EIZ va «Hazorasp» EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin kabi masalalar hal etish belgilangan

 Xalqaro bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulot turlarini ko‘paytirishda mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarning alohida o‘rni bor. 

Prezidentimizning 2017 yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda dasturilamal bo‘lmoqda. 

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun 414 gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan. Keyinchalik ushbu hudud yanada kengaytiriladi. Yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. 

Davlatimiz rahbari 2017 yil 27-yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha bilan tanishib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o‘rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, avtomobil va temir yo‘llari, aloqa tizimi shakllantirilmoqda. 

Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kunda 25 loyiha ishlab chiqilgan. Natijada 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 6 fevral kuni «Xorazm viloyatida davlat mulki obektlarini tadbirkorlik sub'yektlariga realizatsiya qilish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘-risida»gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan 5 ta yangi kichik sanoat zonasi (KSZ) tashkil qilindi: Urganch shahrida ikkita, shuningdek, Urganch, Xazorasp va Shovot tumanlarida.

Xorazm viloyati KSZda joylashgan davlat ko‘chmas mulklari tadbirkorlik sub'yektlariga 5 yil davomida nol darajalik stavkada ijaraga beriladi. Kelajakda ushbu mulk quyidagi hollarda ijarachilarning mulkiga aylanadi: biznes reja ko‘rsatkichlari bajarilganda; ish joylarini yaratish va saqlash; barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash.



Xorazm viloyatining «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonasida va Xorazm viloyati KSZda investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga 50 million dollarlik kredit liniyasini ochish vazifasi yuklandi. Ushbu mablag‘lar import uskunalar va ularga butlovchi qismlarni sotib olish uchun sarflanadi. 

Iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Davlatimiz rahbari o‘sha yili oktyabrda bu yerga kelib, taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, 266 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar evaziga, umumiy hisobda 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo‘lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Develop Textile» xorijiy korxonasi erkin iqtisodiy zona hududidagi istiqbolli loyihalardan biri. Ushbu kompaniya 13 million dollarlik loyiha asosida joriy yil yanvarda ishga tushirildi. Germaniya, Turkiya, Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi. 760 ta ish o‘rni yaratildi. Bu yerda yiliga 4 ming tonna bo‘yalgan tayyor choksiz trikotaj mato, 14 million dona turli xil tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlariga yiliga o‘rtacha 12 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tikuvchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi. Prezidentimiz bu kabi zamonaviy kompaniyalarni ko‘paytirish orqali viloyatda yetishtiriladigan paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlash, faqat tayyor mahsulot eksport qilish zarurligini ta’kidladi. Joriy yilda «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod yana 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.Shu yerda Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari ular yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Download 14,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish