2013 yil mavsumida O’zbekiston paxtasining asosiy sifat ko’rsatkichlari bo`yicha



Download 297 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi297 Kb.
2013 yil mavsumida O’zbekiston paxtasining asosiy sifat ko’rsatkichlari bo`yicha

o’zgarish dinamikasi xaqida joriy ma’lumot

(2014 yil 5 mart xolatiga)

HVI paxta sinov tizimlari respublika bo’ylab faoliyat ko’rsatmokda. Shu orqali tolaning quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi: uzunligi, mustaxkamligi, nur qaytarish koeffitsienti, sarg’ishlik darajasi, mikroneyri, kalta tola mikdori, iflosligi, bir xilllik indeksi, uzilishdagi uzayish. Bundan tashqari klassifikator o’zbek standartlari bo’yicha paxta tolasining nav va sinfini, toladagi nuqsonlarning va notolaviy qo’shimchalar mavjudligini aniklaydi.

2013 mavsum yilida paxta tolasining nav va sinfi taqsimlanishi bo’yicha o’zbek paxtasi asosan yukori sinfli tolaligi ko`rinib turibdi (umumiy miqdorning 71 foizdan ziyodi birinchi /oliy va birinchi/yaxshi sinflaridan iborat).

HVI tizimlarining kullanilishi o’zbek paxtasini dunyo bozorida uning rakobatbardosh xususiyatlarini qullagan xolda yanada dadil olga surishga, xamda respublika ichida to’qimachilik sanoati moslashgan, eng yaxshi iste’molchilarga oid xususiyatlariga eta bulgan selektsion navlar assortimentini shakllantirishga imkon berdi.

Rasmda keltirilgan, 2013 yil mavsumida shtapel uzunlik ko’rsatkichining taksimlanishi shuni ko’rsatadiki, o’zbek paxtasining asosiy qismi 36 va 37 kodlarga to’g’ri keladi, ya’ni paxta tolasining 4 tipi. 35 kod xissasi respublika tola xajmining 14.07 % ga to’g’ri keladi. Sanoat tomonidan ishlab chikarilayotgan tolaning asosiy kismi narxga ustama qo’yish intervalida joylashgan. 36 kodning xissasi -70,77 % ni, 37 kodning xajmi – 15.03 % tashkil kiladi. 38-42 kodlarning xajmi 0.09% atrofida.

O’zbek tolasining ustunligiga kalta tolalarning kam foizliligi xam kiradi. O’zbek paxtasining SFI (uzunligi 1 dyuymdan kalta bulgan paxta tolasining xissasi) ko’rsatkichi Amerika, Braziliya, Avstraliya paxtalarining 11-13%ga nisbatan urtacha 6-8% tashkil etadi. Natijada o’zbek paxta tolasidan ipning chikish foizi yukori.

Dag’al tolali g’o’za selektsion navlarini ekishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha samarali choralar va narxga yukori chegirmalar joriy kilish tufayli, xozirgi kunda O’zbekistonda yuqori ko’rsatkichli mikroneyr muammosi amalda xal etildi.

2013 yil mavsumi ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, 5,0 dan yukori mikroneyr ko’rsatkichli tolaning foizi 0,02% tashkil etadi. 3,4 dan kam bulgan mikroneyr ko’rsatkichli pishmagan tola xissasi 0,0% ga tugri keladi. Talab kilingan 3,5 dan 4,9 gacha bulgan mikroneyr ko’rsatkich diapazonida, yukori navli paxta tolasining 99,98% xajmi tashkil etadi: Birinchi va Ikkinchi navlar buyicha.

O’zbek paxtasining rangi yaxshilandi. O’rtacha xolda yanada oqroq; bo’ldi, chunki nimrangli g’o’zaning yangi selektsion navlari ekilishiga yo’l qo’ylmayapti

O’zbek paxtasining an’anaviy ustunligi, uning yukori mustaxkamligi va tola uzunligining yukori darajadagi birxilligi bulib kelyapti. Rasmda keltirilgan solishtirma uzilish kuchi ko’rsatkichining taqsimlanish gistogrammasida (HVI sinovi vaktida) ko’rinyaptiki, Respublika tolasi, dunyo bozorida kabul kilingan darajadan yukori bulgan, asosan 28,6 gs/teks dan 34 gs/teks gacha bo’lgan intervalda mustaxkamlikka ega.



Quyida keltirilgan uzunlik bo`yicha birxillik indeksi ko’rsatkichining taqsimlanish gistogrammasida ko’rish mumkinki, o’zbek paxta tolasi birxillik indeksi bo’yicha yuqori ko’rsatichlariga ega, bu ko’rsatkich iste’molchilar uchun yuqori xususiyat dalilidir.





Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat