2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi "Apple Computer" edi



Download 56.17 Kb.
Sana26.02.2020
Hajmi56.17 Kb.

"Apple" – shahsiy kompyuterlar, iPod audiyopleyerlar va programma ta`minoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shahsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan ko`pvazifali operatsion sistemalar olamida pionerlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi – Kupertino, Kaliforniya shtatida joylashgan.

2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi “Apple Computer” edi.

Tarix


70-yillar

Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970 yilning o`rtalarida ular “Motorola 6502” prosessori bazasida birinchi shahsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. O`nlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1 aprel 1976 yil da firmani rasmiy ro`yhatdan o`tkazishgan.1976 yilda ishlab chiqilgan “Apple I” birinchi programmalashtiruvchi mikrokompyuter bo`lmagan. Birinchilik “Al`tair 8800” kompyuteriga tegishli, 1974 yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan.Ammo, “Al`tair” tehnik tomondan “shahsiy kompyuter” sifatida kvalifikatsiyalanman bo’lgan, chunki yig`ish imkoniyatiga ega bo`lmagan va programma yordamida ma`lumotlarni chaqirish imkoniga ega bo`lmagan. Yillar davomida kompaniya “Motorola” prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion sistemali o`zining “Macintosh” kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan.

80-yillar
1980 yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar o`zini namoyon eta boshlaydi. 1981 yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda etkazilayotgani aniqlandi.Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat o`tar o`tmas bo`zilar edi, chunki Jobs ventilyator qo`yishga ruhsat bermagan edi va mikroshemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981 yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. “Apple III” ni sotish bilan bog`liq muammolar shunga olib keldiki, Jobs o`zning 40 ta ishchisini bo’shatishga majbur bo’ladi. 1985 yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan tehnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.

Boshqaruv

“Apple” – ommaviy kompaniya, uning aksiyalari NASDAQ va London fond birjalarida sotiladi. Kapitalisatsiya 2007 yil iyul oyi o`rtalarida - $115,3 mlrdni tashkil etdi. Bosh boshqaruvchi – Steve Jobs.

Faoliyati


Kompaniya o`zining bir qism mahsulotlarini o`ziga tegishli magazinlar tizimi orqali ko`tara sotadi.(AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta magaziniga ega). “Apple” 2005 yil 24 sentyabr moliyaviy yil yakunlariga ko`ra o`z magazinlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17% ni tashkil etadi.

Maxsulotlari


Hozirgi kunda “Macintosh” kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish) shuningdek ularga programma ta`minoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPod pleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn magazini orqali sifrovoy audio va videozapislarni sotish bilan ham shug`ullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.
2006 yil yanvar oyidan boshlab “Apple” kompaniyasi Intel prosessorli kompyuterlar ishlab chiqara boshladi.
2007 yil 21 mart dan boshlab “Apple” HDTV video formatda ishlovchi Apple TVmultimediya pleyerlarni ishlab chiqara boshladi.
2007 yil 29 iyundan “Apple” yangicha boshqarish usuli Multi – Touch ga asoslangan iPhone yangi telefonini sotishni boshladi.

Faoliyati ko`rsatkichlari


Umumiy ishchilari soni – 14.8 ming kishi (24 sentyabr 2005) 2006 moliyaviy yilda (31 sentyabr 2006 yilda tugagan) Apple ning sotuvlari natijasi - $19.3 mlrdni tashkil etgan.

Apple Rossiyada


Kompaniyaning Rossiyadagi biznes hamkorlari bu - Apple IMC Russia, “MakSentr” va “Deep apple” hisoblanadi. 2006 moliyaviy yil yakunlariga ko`ra “Apple” ning Rossiyadagi sotuvlari $69 mln ni tashkil etgan.”Apple IMC Russia” menejerlari fikriga ko`ra ushbu mavsumda Rossiyada 240 ming dona iPod audio pleyerlari sotilgan.

Qiziqarli faktlar

Yangi kompaniyaga nom tanlash uchun uch oy intilishlardan so`ng , kompaniya asoschilaridan biri Steve Jobs o`z hamkasblariga shunday ultimatum qo`yadi:”Men kompaniyani “Apple” deb nomlayman, agar siz soat beshgacha yahshiroq nom topmasangiz”

“Macintosh” – AQShda sotilgan olma navining nomi, Jobsning yahshi ko`rgan mevasi.

1976 yil 1 aprelda Steve Jobs, Steve Wozniak va Ronald Waynelar «Apple Computer, Inc» nomi ostida kompaniya tashkil qilishib, o'zlarining ilk mahsulotlarini chiqara boshlashgan. Steve Jobs va Ronald Waynelar birgalikda kompaniya uchun ilk logotipini o'ylab topishadi. Mazkur logotipda olma daraxtining tagida Isaak Nyuton ijod qilib turgan holatini tasvirlashgan edi. Lekin tezda ilk logotipni dizayner Rob Janoff tomonidan chizilgan kamalak rangli bir tomoni tishlangan olma tasvirlangan logotip bilan almashtirishadi. Dizayner Job Apple kompaniyasining dizayneri bo'lishi bilan bir qatorda IBM va Intel kompaniyalari dizayneri sifatida ham faoliyat ko'rsatgan. Bir tomoni tishlagan olma tasvirli logotip Isaak Nyuton xotirasiga bag'ishlangan deyilsada, yana bir taxminga ko'ra, kompyuter «otalari»dan biri Alan Turingga ham bag'ishlangan deyiladi. Alan Turing o'zini o'ldirish uchun zaharli olmani bir tomonini tishlab, vafot etgan edi. Kamalak rangli logotip 1976 yildan 1998 yilning boshlarigacha Apple kompaniyasining asosiy logotipi bo'lib keldi. 1998 yilda Apple kompaniyasi o'zining ilk iMac shaxsiy kompyuterlarini chiqarishni boshlaganda, Steve Jobs janoblari o'sha bir tomoni tishlagan olma tasvirli logotipni bir xil (monoxromli) rangda ishlab chiqishni tavsiya qiladi va shundan keyin qop qora rangdagi logotipni Apple mahsulotlariga yorliq sifatida ishlatisha boshlaydi. 2000 yilgacha mazkur logotip hamma mahsulotlarga qo'llanilib kelingan bo'lsa, 2000 yildan boshlab esa faqatgina qurilmalargagina ishlatisha boshlashdi. 2001 yildan 2007 yilgacha Apple kompaniyasining dasturlariga esa zamonaviy stildagi bir tomoni tishlangan olma tasvirli logotip ishlatilgan. 2007 yildan to hozirgacha o'zidan avvalgiga nisbatan sal ochroq rangdagi bir tomoni tishlangan olma tasvirli logotip Apple kompaniyasining asosiy yorlig'i sifatida qo'llanilib kelmoqda.

Apple kompaniyasining eng so’ngi mahsulotlaridan biri haqida

Yangi Iphone – yangi dizayn, yaxshilangan kamera va videochat imkoniyati bilan. Iphone 4g avvalgi 3g variantidan juda katta farq qiladi. “Nihoyatda ko’p o’zgarishlar kiritganmiz” – deydi Apple korxonasining mudiri Steve Jobs. Garchi yangi Iphonening 100dan ortiq xususiyatlari bo’lsada Steve o’zining WWDC (Worldwide Developers Conference – dunyo ishlab chiqaruvchilar yig’ilishi) da olib borgan prezentatsiyasida shularning 9 tasini muhim deb bilib sanab o’tdi.

Iphone 4 nisbatan tekisroq, old va orqa qismiga qirib olishdan saqlovchi oyna o’rnatilgani sababli. 5 megapixel вспышкаli kamera va oldi tomonida ham yana bir kamerasi bor.

Display o’lcami 4″ va har bir tum uchun 326 pixel to’g'ri keladi. Buni “Retina display” deb atashibdi(to’r parda).

Yangi chip - hozirda Ipadda ishlatilayotgan A4 chipi Iphone 4 ga ham o’rnatilgan, shuning uchun batareyasi uzoqroq vaqtga yetadi. Avallgi model(5 soat)dan 40 % ko’proq(3 soatga).

O’yin uchun juda qulay. Sensorlar ko’paygan, gps, kompass, asselerometer Iphone 4gni o’yin uchun qulay qiladi.

Kamera. 5 megapixel va unda HD-sifatli film olsa bo’ladi. (720p va 30 ta rasm sekundiga) Imovie bilan filmlarni telefonni o’zida ishlasa bo’ladi.

Operatvsistema – IOS 4. Bu yerda applikatsiyalarni papkalarga joylash mumkin.

Ibooks – kitoblar sotib olish uchun. Xuddi Itunesdan muiqa sotib olinganidek, Ibooksdan kitoblar sotib olish mumkin.

Iads - Applening o’z reklama joyi. Bu yerda foydalanuvchilar o’zlarining appliktsiyalarini sotishlari mumkin.

Vidochatt – telefonning oldi tomonidagi kamera bilan video aloqa qilish mumkin, buni Apple “Facetime” deb atagan.



Apple kompaniyasi joylashgan mashhur silicon vodiysi

компьютерчиларининг орзуси – силикон водийсида ишлаш. Бу ерни ҳақиқий маънодаги компьютерчилар пойтахти деб аташ мумкин. Чунки юздан ортиқ жаҳонга машҳур бўлган юксак технологиялар асосида ишлайдиган компаниялар айнан шу водийда жойлашган. Булар Adоbe, AMD, Aррle Inc, Gооgle, Intel, Sun Microsystems, Yahoo каби компаниялардир.


Водий аҳолисининг 87 фоизи интернетга кириш имкониятига эга бўлиб, уларнинг 65 фоизи олий маълумотлидир. Шунинг учун ҳам бу ерлик аҳоли замонавий компанияларда ҳеч бир қийинчиликсиз ишлайди. Компаниялар ҳам шунга яраша иш ҳақи тўлайди. Маълумотларга қараганда, Силикон водийсида ўртача иш ҳақи йилига 144 800 доллар экан (2007 йил)..
Илк бора 1971 йили Дон Хефлер (ингл. Don Hoefler) исмли журналист Пало Альто (ингл. Palo Alto) шаҳарчаси ёнидаги регионларни «силикон водийси» деб атаган экан. ХХ аср ўрталаригача бу регион фақат ўрик ва ёнғоқ етиштирувчи жой бўлиб танилган. Лекин бугунда бу ер юксак технологиялар асосида ишлайдиган дунёдаги энг йирик марказга айланган.
Силикон водийси харитада
Бундай ажойиб водийни қандай вужудга келгани ҳаммамизни таажжубга солиши табиий ҳолдир. Бунинг тарихига қисқача назар солсак, водийнинг ривожланиши 1891 йил Пало Альто шаҳрининг ёнида Стэнфорд университетига (ингл. Leland Stanford Junior University) асос солинишидан бошланган. Стэнфорд университети маъмурияти ўз талабаларини ишлаш учун бошқа ҳудудларга тарқалиб кетмаслигини олдини олиш мақсадида, ўзининг атрофидаги кенг ерларни юксак технологиялик компанияларга давомий муддатга ижарага беришни йўлга қўяди. Ўқишни тамомлаган ёш кадрлар компанияларда ишлаш давомида ўз илмий ишларини олиб бориши учун яхши имкониятларга эга бўлишади. Бундай усул йиллар давомида ўз натижасини бериб, университет ёнида кўплаб замонавий ва илғор компаниялар вужудга келади. 1957 йили водийда жаҳон тараққиёти учун зарур бўлган транзисторлар ишлаб чиқарилиши бошланди. Транзисторлар кремний моддаси (ингизча “silicon”) дан ясаларди. Транзисторларга талабнинг кучайиб кетиши натижасида бу маҳсулотни ишлаб чиқарувчи компаниялар жудаям ривожлиниб кетишди. Кейинчалик электроника саноатида транзисторлар ўрнини микросхемалар эгаллади. 1971 йили микросхемаларни ишлаб чиқарувчи энг муваффақиятли компания – Intel вужудга келди ва унинг маҳсулотлари бутун дунёга андоза бўлиб қолди. Шу боис бу маконга “чақмоқтош” яъни “силикон водий”си деб ном берилиши бежис эмас.
1975 йили Стэнфорд университетида ташкил этилган компьютер клуби аъзоси Стив Возняк(поляк. Stephen Gary Woźniak) ўз уйида биринчи шахсий компьютерни терган. Кейинчалик 1976 йили унга дўсти Стив Жобс(ингл. Steve Jobs) қўшилиб, Aрple компаниясини ташкил этишган. Ҳозирда, автомашиналарнинг энг зўри “Мерседес” ҳисобланса, компьютер соҳасида Apple белгили компьютерлар энг сифатли ва қиммат баҳо машиналар десак, муболоға бўлмас. Силикон водийсида ташкил топган яна бир компания бу Сiscо бўлиб, у кўплаб тармоқларни ягона тармоққа улаш масалалари билан шуғулланиб, ҳозирда интернет технологияларининг 80 фоизини яратган компания сифатида танилган. Бундан ташқари бу водийда кўплаб ихтиролар бўлиб, булар – Жим Кларк (ингл. Jim Clark) ва Марк Андриссеннинг (ингл. Марк Andreessen) 1993 йил биринчи веб браузерини ихтиро қилишганлиги, Жерри Янг ва Девид Фило (ингл. Jerry Yang and David Filo) 1994 йили «Yahоо» қидирув тизимини яратганлиги.
Қуш учадиган баландликдан назар.
Хуллоса қилиб бир нақл келтирсак бўлади, яъни унга кўра: “Агар сен мусулмон бўлсанг Маккага бор, агар сен католик бўлсанг Римга бор, агар сен компьютерчи бўлсанг Силикон водийсига бор”.
Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat