20-ma’ruza. Informatikani zamonaviy vositalar asosida oʻqitishni loyihalashtirish



Download 16,4 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi16,4 Kb.
#551100
Bog'liq
Document (28)


20-ma’ruza. Informatikani zamonaviy vositalar asosida oʻqitishni loyihalashtirish.
1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Informatika darslarida bilim, malakava koʻnikmalarini nazorat qilish tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv oʻquv maqsadlari:

  1. Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish toʻg’risidagitushunchalarga ega boʻladilar.

  2. Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish toʻg’risidagitushunchalarni farqlay oladilar.

1-asosiy savol bayoni: Ta`lim mazmunini takomillashtirish oʻqituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qoʻllayolish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda koʻrib oʻtdik.
Oʻqituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, koʻnikmava malakalarda oʻz ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosidamantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: “oʻquv-bilish jarayonidagi mustaqillik”, “ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik”, “ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi” talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu koʻrsatkich talabani boʻlajak oʻqituvchi sifatiga xos boʻlgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham oʻz ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida vaboʻlajak oʻqituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qoʻyilgan bahohisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xosqaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda boʻlajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga boʻlgan e`tiborsizlikka olibkeladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga boʻlinadi. Nazoratning joriy turi barcha oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni undan avval oʻzlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq boʻladi. Oʻquvchi yoki talaba dastur talablari asosida harbir mavzuni oʻz vaqtida oʻzlashtirib bora olishi yoki oʻzlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum boʻladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda koʻrinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malaka asosida navbatdagi oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular toʻplamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba oʻzini oʻzi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) toʻliq bajarilib boʻlingach, yakuniy nazorat qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumning pedagogik taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bunda talabaning qay darajada ta`limiy maqsadni qoʻya olishi va unga erishish yoʻllari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq boʻladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual – ijodiyimkoniyatlari, oʻquv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shuasosda, zarur koʻnikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qoʻllay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.
Umumiy oʻrta ta`limda oʻquvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan.
Oliy ma`lumotli bakalavr oʻqituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlabchiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

  • nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);

  • nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);

  • baxo shkalasi;

  • talabaga qoʻyilgan bahoni predmet boʻyicha umumiy baho(ball)ga birlashtirish.

Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash texnologiyasi yanada takomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion noananaviy yoʻllarini yaratishva ularni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil fikrlash asosida ijodiylik muammolilikni talabetadi. Shunga muvofiq, ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hamkorlik faoliyatiga,yani “sub`ekt-sub`ekt” munosabatiga asoslanadi. Bu munosabatga xos motivlar oʻz-oʻzini baholash va nazorat qilish tizimini yaratishni taqozo etadi.
2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:

  1. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.

  2. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlayoladilar.

2-asosiy savol bayoni: Talaba (yoki oʻquvchi)larning bilimlarini baholash turlari va ularning afzallik hamda kamchiliklari.
Baholash – ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida, oʻquv maqsadlariga erishganlikda rajasini oldindan belgilab qoʻyilgan mezonlar asosida belgilash, oʻlchash, tahlil qilish jarayonidir.
Download 16,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish