2 Orol dengizining ekologik ahvoli, muommolari. 3 Orol dengizi yana tiriladimi?



Download 322,25 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2020
Hajmi322,25 Kb.
#45267
  1   2
Bog'liq
Orol dengizi chegaralari

Mavzu : Orol fojeasi

Reja

1 Kirish.



2 Orol dengizining ekologik ahvoli, muommolari.

3 Orol dengizi yana tiriladimi?

4 Orol fojeasi

5 Orol dengizi qurishdan to’ztaydimi?

6 Xulosa.




















KIRISH

Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubiy-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoliy-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoliy-sharqdan janubiy-gʻarbga choʻzilgan, uzunligi 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuqurligi 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimoliy qirgʻoqlarida eng katta qoʻltiqlaridan ChernishevPaskevichSarichigʻanoqPerovskiy, janubiy-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida TushbasAshshibasOqsagʻaSuluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida AjiboyTolliqJiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, janubiy va janubiy-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurt  yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan.

Koʻlning sayoz joylari uning janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.

Orol dengizi qirgʻoqlarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimoliy qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Janubiy qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.

Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubiy -sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan.

Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun ilimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida oʻzgarib turgan. Masalan, 1785 yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825 yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862 yili kamaygan. Koʻkorol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881 yil suv sathi pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899 yilga kelib Koʻkorol yarim orol boʻlib qolgan. 1919 yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935 yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.

Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi o’rtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %. Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning o’rtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay kabi baliqlarga boy edi.

Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, asosan, baliqchilik bilan va qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun posyolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan.

Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan.

Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻliqligidan, bu ikki daryo suvi sug’orishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan yilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.

Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—60 yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan.

Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.

Orol dengizi (qoz. Aral TeңіzіAral Tengiziqor. Aral tenʼiziOʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogʻiston, janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.



1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchiAmudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi. Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.

2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.

1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, TurkmanistonTojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.
OROL DENGIZINING EKOLOGIK AHVOLI

Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim xususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug’orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, sho’rlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000 yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan yerlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlib qoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy Qizilqum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida qum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan ko’tarilgan chang — tuz to’zoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — to’zonlarning atmosferaga ko’tarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning yer yuzasida yog’ilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yog’ilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning sug`oriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga yaylovlarni egallab bormoqda. G’oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzg’atuvchi zarar kunandalar bilan zararlangan. Qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi. (SurxondaryoQashqadaryoBuxoroSamarqand) II kategoriyada yerlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryova Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub yerlar hisoblanadi, sho’rlangan, kuchli sho’rlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga kichik xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %,Qozog'istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli sho’rlangan yer osti suvlarning joylashishi, cho’llanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo vab Sirdaryo qirgʻoqlarini pasayish natijasida daryolarning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan o’tloqli — botqoqli tuproqlar unumsiz o’tloq taqir choʻl, qumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar — epidemiologik ahvoli nixoyatda og’ir aholi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha yerdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „yetmayapti“. Buni qisqa qilib shunday taʼriflash mumkinki, O’rta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab yetishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni yechish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam yetib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan

Orol boʻyi hududining ekologik muammolari

Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.

Suv zahiralaridan nooʻrin foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.

Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.

Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.

Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.

Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilgan.

Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.



Orol dengizining hozirgi holati

Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlangan. Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911—1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10 kub, km suv bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan. Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4 marta, suv sathi 1,8 marta, undagi suv hajmi 9 martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli shoʻrlangan (68-72 g/l).



Nima uchun shunday boʻlgan?

Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan.



Orol yana tiriladimi?

Orol dengizi o‘rnida bugun ulkan sahro. Qozog‘iston Kichik Orolni qutqarmoqchi. Ammo O‘zbekistonga ham dengiz keladimi? Zaharli Orolqumda hayot qanday? Pastdagi "Boshlash" tugmasini bosib, video, hikoya va akslar uyg‘unlashgan maxsus loyihani tomosha qiling.



Orol qanday o‘ldirildi?

Xo‘jaboy-ota

Xo‘jaboy-ota sahro o‘rtasida yashaydi.

Otaxon ilgari baliqchilik qilgan. Ammo 1970-yillari Orol uning ovulidan keta boshlaydi. Suv sho‘rlanib, baliqlar o‘ladi.

Bir avlod umridan ham qisqa davrda dengizning qariyb 60 ming kvadrat kilometr qismida bir tomchi ham suv qolmadi.

Orol - Ovrosiyoning Kaspiysi, Amerikaning Yuqori Ko‘li va Afrikaning Viktoriyasidan keyin jahonning quruqlikdagi to‘rtinchi ulkan bahri edi. Bugun uning bor-yo‘g‘i 10% qismi qolgan.

Orol fojeasi Yer sayyorasi yuziga tushgan xunuk tirtiq bo‘ldi.

Xo‘jaboy-otaning Yalang‘och qishlog‘i Orol shimoliy sohilida edi. Bugun atrofda faqat qaqragan sahro va shamol.

"Biz turgan mana shu yer dengiz edi. Huv ana u chiqindixona o‘rnida qumli sohil bo‘lardi. Biz bolalar dengizda sho‘ng‘ib, quyoshda toblanardik" - eslaydi Xo‘jaboy-ota.

Uzoqda, sahro qo‘ynida uch qora nuqta ko‘zga tashlanadi. Ular - dorulomon kunlardan qolgan xotira, Orol fojeasi ramzlari.

Qumdagi zanglagan kema qoldiqlari hamon mahobatli. Har biri chog‘roqqina yo‘lovchi uchog‘idek keladi.

"Kemalar katta bo‘lardi" - xotirlaydi 86 yashar Xo‘jaboy-ota.

"Har birida qirq nafarcha odam - baliqchi, oshpaz, dengizchi va muhandislar ishlardi. Dengiz tortilgach, kemalar sohilga kelolmay, bitta-bitta botqoqqa tiqilib qola boshlashdi. Keyin botqoqlar qurib, sahroga aylandi".

Orol boy dengiz edi. Unda butun Sovet Ittifoqi iste‘mol qilgan baliqning oltidan bir qismi ovlangan.

"Ana u yerda bir to‘r tashlashda 400 kilo baliq ko‘targanman" - bir necha qadam naridagi sahro botig‘ini ko‘rsatadi Xo‘jaboy-ota. "Yuz kilo baliq tutish men uchun odatiy mashg‘ulot edi. Bir kuni bitta baliqni taroziga qo‘ysam, 7 kilo tosh bosgan".

"Qalqonbaliq, laqqa, zog‘orabaliq tutardik. Ajoyib zamonlar edi..."

Ammo ajoyib zamonlar tugayotgandi. 1976 yili Xo‘jaboy-ota dengizdan ko‘targan to‘ri o‘lik baliqqa to‘lib chiqadi.

"Chunki Orol kichrayib, suvi o‘ta sho‘rlanib ketgan va baliq yasholmay qolgandi. Xo‘jaboy-ota bir safar cho‘milib chiqqach, boshdan-oyoq oppoq tuz bilan qoplanganini eslaydi".

Xo‘jaboy-ota va uning baliqchi qishloqdoshlari Orol qurigach, bir necha yil qariyb 2 ming chaqirim uzoqdagi Balxash ko‘liga borib, baliq tutganlar.

"Sharoit yomon edi, suv yo‘qligidan hammamiz bitlab ketganmiz" - deydi keksa baliqchi.

Dengiz qurib, iqlim ham o‘zgargan.

"Ilgari lalmi qovun yetishtirardik. Mol-hol uchun beda, o‘zimiz uchun arpa ekardik" - deydi Xo‘jaboy ota jonsiz sahroga tikilib.

"Ammo yomg‘ir deyarli yog‘may qo‘ydi. Yaylovlar yo‘qoldi. Orolga yaqin chuchuk suvli kichik ko‘llar esa quridi".

"To‘qaylarda chopgan yovvoyi ohular qirilib ketishdi. Endi yoz oylari o‘ta issiq, qish esa ayovsiz sovuq".

Dengiz sohilidagi qishloqlar ilgari suv orqali o‘zaro bog‘langandi.

Bugun bir qishloqdan ikkinchisiga borish uchun chidamli va yirik avtoulovda sahro kezasiz.

Xo‘jaboy-ota har kuni darvozasidan chiqib, dengiz o‘rnidagi adadsiz sahroga tikiladi.

"Dengiz kelarmikan...?"

Ayni damda, otaxon hech qachon dengizni ko‘ra olmasligini ham biladi.

"Hech bo‘lmasa 15 yashar nevaram dengizni ko‘rar".

Orolqum sahrosi

Yalang‘och qishlog‘idan 24 chaqirim janubga yursangiz, Tastubek ovuli keladi. Dengiz bu yerga 4-5 chaqirimcha yaqin qolgan. Suv sho‘rligi kamayib, ayrim baliqlar qaytmoqda.

Baliq ortidan esa baliqchilar ham kelishmoqda.

Tastubeklik Duzboy ham dengiz qurigach, Qozog‘istonning boshqa hududlariga borib baliq tutgandi.

Ammo ovoragarchilikdan bezib, ot, qo‘y va tuya boqa boshlaydi.

So‘nggi yillari dengiz sho‘rligi pasayib, baliq paydo bo‘ldi.

"Qalqonbalik ko‘paygach, qalbimizda yana umid uchquni miltilladi" - deydi Duzboy - "Hozir zog‘orabaliq, laqqa va sudak ham bor".

Nega Orol dengizi quridiyu endi qaytmoqda?

Orolga quyiladigan ikki daryo - Sir va Amu suvlarini Sovet Ittifoqi qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun ishlata boshlaydi.

Sho‘rolar Markaziy Osiyoni, to‘g‘rirog‘i, O‘zbekistonni ulkan paxta maydoniga aylantiradilar.

O‘zbekiston - hamon dunyoning yirik paxta xomashyo bazalaridan biri.

Mustaqillik davrida mamlakat paxta ekishni kamaytirdi.

Lekin paxta ko‘p mehnat va suv talab qiladi. Hukumat har yili yuz minglab fuqarosini paxta dalasida ishlashga majburlaydi. O‘zbekiston uchun gaz va oltin qatorida paxta ham xaridori tayyor muhim mahsulotdir.

Mintaqada yetishtiriladigan ekinlardan aynan paxta va sholi uchun ko‘p suv sarflanadi.

Markaziy Osiyoning eng sersuv daryosi bo‘lmish Amudaryo esa so‘nggi yillar ichida Orolga yetmay, qurib qolmoqda.

Amudaryo - qadim yunon, arab va mo‘g‘ullarni lol qoldirgan Buyuk Oksus, hadislarda zikr etilgan jannatiy Jayxun...

Sirdaryo esa mintaqaning eng uzun daryosidir. Iskandar Zulqarnayn tezoqar Yaksartesdan o‘tolmaganini yozgan. Chingizxonga qarshi kurashgan Temurmalik uchun aynan Sayxun qo‘l kelgan.

Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi maxsus shartnoma tufayli, Sirdaryo bugun Orolga, to‘g‘rirog‘i, dengizning Qozog‘iston tarafidagi kichikkina qismiga quyilmoqda.

Orol qurirkan, paxtazorlardan oqib kelib, dengiz tubiga cho‘kkan pestitsid va boshqa zaharli kimyoviy o‘g‘itlar havoga ucha boshlagan.

Xullas, Markaziy Osiyoni o‘z xomashyo bazasiga aylantirgan Sovet Ittifoqi shu asno Orol dengizini, uning tubidagi baliqlarni, atrofidagi tabiat va jonzotlarni xarob qilgan.

Orol dengizi kichrayib, ikkiga ajraladi. Qozog‘istonda mo‘‘jazgina shimoliy Kichik Orol, janubda esa aksar O‘zbekiston hududida joylashgan Katta Orol paydo bo‘ladi.

Janubdagi Katta Orol yanada qurib, Sharqiy va G‘arbiy ko‘llarga bo‘linib ketadi.

Yaqinda, 2014 yil kuzida esa sun‘iy yo‘ldoshdan olingan suratlar asosiy qismi O‘zbekistonda joylashgan Sharqiy Katta Orol butunlay qurib bitganini ko‘rsatdi.

Britaniyalik yozuvchi Tara Fittsjerald Orolbo‘yi xalqlari haqida kitob yozmoqda. U bir necha muddat oldin endi yo‘qolib, Orolqum sahrosga aylangan Katta Orol bo‘yiga, O‘zbekistonga borib kelgan.

"Paxtazorlarda ishlatilgan pestitsid va boshqa zaharli o‘g‘itlar odamlar ichadigan suvga tushgan" - deydi Tara - "Qoraqalpog‘istonda hatto ayollarga yosh bolasini emizmaslik tavsiya qilingan paytlar ham bo‘lgan".

"Dengiz o‘rnidagi jonsiz sahro manzarasi achinarli, ammo uning go‘zalligini ham inkor etolmaysan. O‘zingni xuddi Mirrix yo Oy ustida yurgandek his qilasan kishi..."

"O‘zbekiston tarafida qolgan dengiz o‘ta fusunkor, feruzarang" - eslaydi Tara.

"O‘zbekistondagi dengiz qoldig‘ida tuzlar shunchalik zichki, qo‘lingni qimirlatmasang ham suv seni tepaga ko‘taradi, unda cho‘kmaysan, sho‘r suv esa teringni chimchilay boshlaydi".

"O‘zbekistondagi dengiz butkul o‘lik. Unda baliq ham yashamaydi" - deydi Tara - "Daryolar quyilmaydi, yog‘in-sochin esa kam".

Ammo shimolda, Qozog‘iston tarafida dengizning mittigina qismi, Kichik Orol kengaya boshlagan.

Buning ikkita sababi bor.

Avvalo, Sirdaryo hozir Kichik Orolga quyilmoqda.

Ikkinchi omil esa - Kichik Orol suvini tutib turadigan to‘g‘on qurilgan.

Ko‘korol to‘g‘oni

Orol dengizi qurirkan, bargli olma shakliga kelgan.

2005 yili esa ana shu "olmaning" ning bargi (Kichik Orol) va mevasi (Katta Orol) ulangan bandda Ko‘korol to‘g‘oni tiklandi.

To‘g‘on uzunligi 13 chaqirim, ammo balandligi nari borsa, ikki qavatli binodek chiqadi. Shu holida bu to‘g‘on Kichik Orol sathini 3 metr ko‘tarishga yordam berdi.

Hozir to‘g‘on to‘lib, ortiqcha suv shlyuz orqali Katta Orolga, to‘g‘rirog‘i, Katta Orol o‘rnidagi sahroga chiqarib yuborilmoqda. Ammo suv qumga singib yo‘qolayapti.

Aynan ana shu to‘g‘on Yalang‘ochda Xo‘jaboy-otaning, Orol shahrida esa o‘n minglab insonlarning ko‘nglida umid uyg‘otmoqda.

Orol bir paytlar yirik bandargoh, ko‘p millatli shahar edi. Bugun bandargoh kimsasiz, shaharda esa faqat qozoqlar qolishgan.

Yosh qozoq yigitlari ham ko‘pincha bu yerda ish topa olmay, boshqa shaharlarga ketishadi.

Kichik Orol asil Orol dengizining bor-yo‘g‘i 5% qismini tashkil etadi. Endi Katta Orol qurib ketgani hisobga olinsa, bu yerdagi baliqchilik korxonalari va sanoati hech qachon ilgarigi holatiga qaytmaydi.

Ammo hozir dengizning Orol shahriga yetib kelishi uchun 17 chaqirim qoldi. Orollik bolalar esa bobolari va buvilari hikoya qilib bergan ertaknamo dengizning haqiqatan ham qaytishini kutishmoqda.

"Kelajakda me‘mor bo‘lmoqchiman" - deydi 15 yashar Aydar.

"Orol qaytsa, bu yerga sayyohlar kela boshlashadi. Men ular uchun mehmonxona va oromgohlar qurmoqchiman".

Aydarning boshqa bir sinfdoshi dengizda suzish orzusini aytadi. "Akalarim ham ish izlab, boshqa shaharlarga ketishgandi, ammo Orol kelarkan, degan xabarlar chiqqach, ular yana qaytishdi".

"Dengiz qaytsa, bizning Orol shaharchamiz ham Ostona va OlmaOta kabi farovon va boy shaharga aylanadi" - qo‘shib qo‘yadi yosh suhbatdoshimiz.

Qozog‘iston hozir Kichik Orolni yana eski sohillariga qaytarish uchun qattiq harakat qilmoqda.

Hukumat Jahon Banki bilan birgalikda Ko‘korol to‘g‘onini tiklash uchun 85 million dollar mablag‘ ajratdi.

So‘nggi yillar davomida Ko‘korol loyihasining Ikkinchi Bosqichi yuzasidan ko‘plab muzokaralar olib borildi.

Keyingi qadam - to‘g‘onni ko‘tarib, Kichik Orol sathini qo‘shimcha yana 6 metrga oshirish.

Ayni reja amalga oshsa, kelasi 17 yil ichida dengiz Orol shahrigacha yetib keladi.

Ammo joriy yil boshida Sirdaryodan keladigan suv hajmini tutib turish uchun zaruriy choralar masalasi yana o‘rtaga chiqdi.

Chunki har yili yuzaga keladigan suv toshqinlari bois Sirdaryo suvining muayyan qismi isrof bo‘lmoqda. Qozog‘iston toshqinlarni to‘xtatish va suvni asrash uchun Ko‘kterak kabi to‘g‘onlarni tiklamoqda.

Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi quyi oqim mamlakatlari uchun yangi to‘g‘onlar muhim. Chunki Qirg‘iziston Sirdaryo o‘zanlari bo‘ylab "Qambarota" kabi gidrostantsiya to‘g‘onlari qurmoqda. Ular yozda suv yig‘ib, pastdagi o‘zbek va qozoq dehqonlarini suvsiz qoldirishi mumkin.

Ammo qishda elektr ishlab chiqarish uchun bu suvlarni chiqarib yuborish kerak bo‘ladi. Suv hajmi ko‘pligidan esa quyi oqimlarda, ya‘ni O‘zbekiston va Qozog‘istonda toshqinlar ro‘y bera boshlaydi.

Orol shahrida esa keksalar gavjum davrlarni, baliq to‘kin paytlarni, ba‘zi baliqlarni esa tekinga ham berib yuborishgan pallalarni eslashadi.

Oroldagi baliq bozori bugun chog‘roqqina nimqorong‘i xonadan iborat. Bu yerda sotiladigan hamma baliq ham arzon emas. Bir kilo zog‘orabaliq 4-5 dollar atrofida. Mahalliy aholi ko‘pincha arzonroq qalqonbaliq sotib olishadi.

Rastada baliq ko‘p bo‘lmasa-da, kun oxirigacha hammasi ham sotilmaydi.

Agar Kichik Orolni qutqarish loyihasi davom etib, Uchinchi Bosqich boshlansa, unda baliq ko‘payib, baliq bozori ham kengayadi.

Orolning sho‘r suvidagi baliq ta‘miga ko‘nikkan va hatto Kaspiy balig‘ini ham u qadar xushlamaydigan Orol ahli esa balki yana o‘z baliqlariga ko‘proq tuz qo‘sha boshlashadi.

O‘zbekiston: yo‘qolgan sohil

Har kuni o‘lik sahroga tikilib, dengizni kutayotgan odam faqat Xo‘jaboy-ota emas.

Tara Fittsjerald O‘zbekiston tarafidagi Mo‘ynoq shaharchasiga borganida, qum yutayozgan eski bandargoh xarobalari ichidan uzoqdagi zanglagan kemalarga tikilib o‘tirgan boshqa bir otaxonni uchratgan. Otaxon bir paytlar baliqchi bo‘lgan.

O‘zbekistonlik bu otaxonning bolalari bir burda non topish uchun ish izlab, boshqa yurtlarga ketishgan, kampiri esa yaqinda qazo qilibdi. Bir paytlar dengiz sohilida joylashgan ona shahri ham bugun, ta‘bir joiz bo‘lsa, "chalajon".

Otaxonning ko‘zlari shimolga, kamida 400 chaqirimga cho‘zilib ketgan, sanoqsiz kema qoldiqlari sochilib yotgan sahroga qadalgan.

"Men undan nega bunchalik sahrodan ko‘zingizni uzmaysiz, deb so‘radim" - eslaydi Tara - "Shunda otaxon men tarafga o‘girildi-da, qizim, balki astoydil tikilsam, dengiz qaytarmikan, deb aytdi".

Ammo Mo‘ynoq shahriga endi dengiz qaytmaydi. Agar biron sehrli mo‘‘jiza yuz bermasa, O‘zbekistonda endi dengiz bo‘lmaydi.

"Ko‘korol to‘g‘oni Kichik Orolni qaytarishga yordam bermoqda" - deydi Tara Fittsjerald - "Lekin bu to‘g‘on aksar qismi O‘zbekistonda joylashgan Katta Orolga o‘qilgan o‘lim hukmi ham bo‘ldi. Men gaplashgan o‘zbeklar g‘azabnok edilar. Ularning nazarida, bu to‘g‘on shimoldan keladigan yagona manba - Sirdaryo suvini to‘sib, Katta Orolga o‘tkazmay qo‘ygan va shu bois Katta Orolning sharqiy qismi butkul qurib bitgan".

Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, mintaqaning eng sersuv daryosi bo‘lmish Amudaryo O‘zbekiston tarafidan hozir Orolgacha yetib bormayapti. Daryo suvi yo‘lda taqsimlanib, paxta, sholi va boshqa ekinlar sug‘orilmoqda.

Suvning bu taxlit ishlatilishini bir tomondan qoralash ham qiyin. Chunki millionlab insonlar hayoti xuddi ana shu daryo suvlariga bog‘liq.

"Agar biz Orol dengizini qutqarmoqchi bo‘lsak, unda butun mintaqa sug‘orma dehqonchilikdan butkul voz kechishi kerak" - deydi Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg‘armasi rahbari Medad Ospanov - "Lekin bu imkonsiz-ku!"

Xolis qaralsa, fojeaning og‘ir yuki O‘zbekiston chekiga tushdi: Katta Orol, mintaqadagi eng ko‘p aholi, Sho‘ro saltanati yaratib ketgan ulkan paxta sanoati... Shunga qaramay, ayrim xalqaro mutaxassislar O‘zbekiston hukumati ataydan Orolni qutqarish yo‘lida jiddiy harakat qilmadi, deyishadi.

Tanqidchilarga ko‘ra, bosh sabab - qurigan dengiz tubidan topilgan yer osti boyliklari.

U yerda hozir Rossiya va Koreya shirkatlari ish olib borishayotgani aytiladi.

Lekin o‘zbek va qozoq mutaxassislari fikricha, Sho‘ro Ittifoqi ham, xalqaro hamjamiyat ham Orol fojeasiga o‘z vaqtida yetarli e‘tibor qaratmagan. O‘zbekiston hozir dengizni qutqarish emas, balki u yerda yashayotgan insonlarni, mavjud ekotizimni asrab qolish ishlariga ahamiyat qaratmoqda.

Ekologik fojea oqibatlarini yumshatishning bir yo‘li - dengiz tubida paydo bo‘lgan ulkan sahroda saksovul ekish. Bu daraxt zaharli chang-tuzlarni tutib qolib, odamlarni turli kasalliklardan himoya qilishda yordam berishi mumkin. Ammo ekilgan saksovul ko‘chatlarining aksarisi qurib qolmoqda.

Shuningdek, sahro o‘rtasida qolgan sobiq baliqchilik jamoalarini jonlantirish uchun baliqchilik xo‘jaliklari barpo etish ko‘zda tutiladi.

Orol fojeasining O‘zbekiston tomonidagi oqibatlari aslida ulkan. O‘zbekistonda dengizni qutqarish u yoqda tursin, bor-yo‘g‘i odamlar hayotini biroz izga solish va ekotizimni yaxshilash uchungina bir necha milliard dollar mablag‘ kerak.

1980-yillarga kelib, Sho‘rolar Orol dengizi fojeasini yashira olmay qolishadi. Ayni damda, ular Orolbo‘yi xalqlarini boshqa yerlarga ko‘chirishni ham o‘ylashgan.

To‘g‘ri, bir necha ming oila o‘zga mintaqa va yurtlarda vatan tutdi. Biroq ko‘pchilik zaharlarga to‘yingan, ammo o‘z ajdodlari qo‘yilgan tuproqni tashlab ketmadi.

Bugun Qozog‘iston tarafidagi bir necha ming kishi yana dengiz qaytishini kutmoqda. Lekin qaytayotgan bu dengiz, ta‘bir joiz bo‘lsa, juda kichik dengiz. U - asil dengizning kichikkina qismi, xolos.

Orol dengizining 90% qismi esa endi yo‘q.

Orol dengizining o‘limi - odamzod paydo bo‘lganidan beri Yer sayyorasida sodir bo‘lgan eng ulkan ekologik fojealardan biri.

Bu fojeani esa biz insonlar o‘z qo‘limiz bilan yaratdik.

Orol fojiasi

Orol dengizi va Orol boʻyi hududi maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududida joylashgan. Orol dengizining yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston hududiga qarashli. Orolboʻyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi hududlarni, shuningdek, dengiz sathining kasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol choʻlini oʻz ichiga oladi.

Orol dengizi Oʻrta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri hisoblanadi. Yaqin oʻtmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68,0 ming kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Oʻrtacha chuqurligi 50,5 m atrofida boʻlgan Havzasining kattaligi (690 ming kv km) jihatdan Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqorikoʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin toʻrtinchi oʻrinda turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar boʻlib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdenie, Borsakelmas boʻlgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-yillarigacha Amudaryodan 38,6 kub km, Sirdaryodan 14,5 kub km, suv kelib turgan. Dengiz akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogʻin yogʻadi. Dengizga 5,5 kub km erosti suvlari ham qoʻshilib turgan. Suvning shoʻrligi 10-11 % boʻlib, suv tarkibida tuzlar miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda kemalar qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari boʻlgan. Orol dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman chorvachilik, moʻynachilik (ondatra), sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bir qancha orollarda baliq ovlash xoʻjaliklari, baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Baliq ovlash oʻtgan asrning 90-yillarigacha davom etgan.

Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda dengiz suvi koʻtarilib, baʼzan Sariqamish va Oʻzboy oʻzanlari orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.

Orol dеngizi cho`l zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m3 suv bug`lanadi. Bu esa dеngizga quyiluvchi daryolar, yog`in va еr osti suvlari miqdoridan ortiqdir. Buning ustiga sug`oriladigan maydonlar satxi kеskin ortganligi tufayli Orolning nasibasi qirqildi.

Hozirgi kunda dеngizning 2906 kvadrat km maydoni qurib bitdi.

Ahvol shu tarzda kеtar ekan, 2010 yilga borib Orol dunyodagi ikkinchi o`lik dеngizga aylanadi. Tabiatning qonuniy tarziga nisbatan xo`jasizlarcha, shafqatsizlarcha, faqat olishni ko`zlab qilingan munosabat o`zining qasoskor salbiy natijasini bеrdi. Kimyo­viy dorilardan ko`r-ko`rona foydalanish sababli drеnaj suvlari zaharlandi. Daryodan sug`orish uchun olinayotgan butun suv hajmining yarmi kеraksiz chiqindiga aylanib kеtayotgani sababli bir qator zaharli ko`lchalar yuzaga kеldi. Endilikda Amudaryo va Sirdaryodan kеlayotgan suvning miqdori kamaygan sari dеngiz qirg`og`idan uzoqlashib bormoqda, to`lqinlar so`nmoqda, sohillari qumloq va sho`rxoqqa aylanmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda u dеyarli dеngizga еtib kеlmayapti. Masalan, 1989 yili dеn­gizga umuman suv tushmagan. Orol sathi 14,5 mеtrga pasayib kеtgan. Undagi umumiy suv hajmi 400 km3 ni tashkil etib, maydoni 36 ming km2 ni egallab turibdi. Bir litr suvdagi tuz miqdori 33 grammgacha еtgan. Baliqchilik va suv transporti o`z ahamiyatini butunlay yo`qotib bo`ldi.

O`zbеkistonning Orol dеngizi atrofidagi viloyatlarda, shuningdеk Qoraqalpog`iston rеspublikasi, Turkmaniston va Qozog`istonning qator viloyatlarida (4 millionga yaqin aholi yashaydigan), sathi 900 ming kv km ni tashkil qiladigan mintaqada ekologik jihatidan nochor maydon mavjud.

Orol atrofida kuzatilayotgan ekologik holat shu maydonda yashovchi aholiga hamda qishloq ho`jalik mahsulotlariga o`zinnng salbiy ta'sirini ko`rsatmoqda.

Orol bo`yi ob-havosida jiddiy o`zgarish yuz bеrgan, qish sovuqligi yana 1,5—2,5 darajaga, yoz jaziramasi ham o`rtacha mе'yordan shuncha darajaga oshdi. Vеgеtatsiya davri 10—15 kunga qisqarib kеtdi. Har yili suvi qurigan joylardan 75—100 million tonna zaharli tuz kristallari 300—500 kilomеtrgacha еrga tarqalmoqda. Dеngiz qurishi bilan bog`liq, bu raqamlar kеlajakda yanada dahshatli tus olishi mumkin.

Orolni asrash qo`mitasining raisi P.Shеrmuxamеdovning bеrgan ma'lumotlariga ko`ra, 1913 yilda chor Rossiyasi davrida Amudaryo va Sirdaryo suv rеsurslaridan foydalanib, butun Turkiston o`lkasi bo`yicha 2978 ming gеktar еr sug`orilgan, har bir gеktar еrga o`rtacha 6775 m3 suv sarflangan. 1955 yili esa O`rta Osiyo va Qozog`iston rеspublikasi bo`yicha sug`oriladigan еrlar 7255 ming gеktarga еtkazilib bir gеktar еrga ishlatiladigan suv miqdori 5550 m3 ni tashkil etgan. Orolga bu paytda 60 emas, 32 kub kilomеtr suv tusha boshladi. 1989 yilda bu hol quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi: sug`ori­ladigan еrlar— 8 million gеktar, bir gеktar еrga o`rtacha suv sarflash miqdori — 12500 m3. Dеngizga suv kеlishi butunlay to`xtadi. Bundan tashqari, suv ho`jaligi vazirligining nojo`ya harakatlaridan yana biri kollеk­tor-drеnaj suvlaridan 10 km3 ni Sirdaryoga va 8 km3 ni Amudaryoga oqizishi bo`ldi. Bu suvlar tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pеstitsidlar va boshqalar) bor. Uni Orol bo`yi aholisi istе'mol qilyapti. Bu 4 milliondan ortiq еrli aholi uchun yagona ichimlik suv manbai. Hozirgi kunda oshqozon raki, tif, gеpatit bilan kasallanish o`n baravar ko`payib kеtgan.

Hozirgi kunda Orol dеngizining falokati va uning atrofidagi ekologik vaziyat butun dunyo muhitiga ta'siri jihatidan jahon miqyosidagi dolzarb masalalar qatorida o`rganilayapti. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotida ikki yil davomida Orol bo`yi ahvolini o`rganib chiqib, zarur choralar ko`rish haqida qaror qabul qilindi.

Orol dеngizini falokatdan qutqarish va dеngiz atrofidagi ekologik muvozanatni yaxshilash maqsadida jahon miqyosida «Orol yo`nalishi» dеb nomlangan tashkilot tuzish tavsiya qilindi. Bu tashkilotning oldingi maqsadlaridan biri u еrdagi vaziyat bilan tanishish va olingan ma'lumotlar bo`yicha shu masalaga qiziqqan jahon miqyosidagi tashkilotlar bilan o`rtoqlashish.

Orol dеngizi va uning atrofidagi ekologik vaziyatni tiklash davrida «Orol yo`nalishi» jamiyati shu еrda yashovchilarni gigiеnik talablarga javob bеradigan oziq-ovqat, suv bilan ta'minlash hamda yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatish bilan bog`liq ishlarni amalga oshirilishini ko`zda tutadilar. Inson va atrof-muhit orasidagi ko`z ilg`amas bog`liqlikni chuqur tadqiqotlar asosida puxta o`rganmay va natijalarga amal qilmay turib gigiеnaning ilm-fan sifatida rivojlanishi mumkin emas. Inson va muhit bog`liqligi muammolarini anglab еtishlik bu organizmning tabiiy xolat va o`zgarishlarini ibtidoiy davrida aniqlash, biron-bir xastalik paydo bo`lishidan oldin samarali sog`lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mе­zon ahamiyatiga molik muayyan qoidalar majmuasini yaratish imkonini bеradi. Orol fojeasi va uning oqibatlari



Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib oʻzining oldingi koʻlamining 30 foizinigina tashkil etmoqda. Mazkur infografika mintaqadagi mana shunday ekologik oʻzgarishlarning aholi turmush faoliyatiga koʻrsatayotgan salbiy taʻsirini oʻzida aks ettirgan. BMTning Qoʻshma Dasturi Moʻynoq, Shumanay va Taxtakoʻpir kabi Qoraqalpogʻistonning uchta eng himoyalanmagan tumanlarida istiqomat qiluvchi 120 ming nafardan ortiq aholining xavfsizligini taʻminlashga yoʻnaltirilgan. Inson xavfsizligi boʻyicha Konsepsiya samarali boshqaruv tizimi, ekologik vaziyatni yaxshilash, ta’lim va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, hamda atrof-muhitni himoya qilish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Bu yondashuv koʻplab tarmoqlar oʻrtasida aloqani yaxshilashga koʻmaklashishi, hamda murakkab va bir vaqtni oʻzida oʻzaro bogʻliq boʻlgan muammolarni bartaraf qilishga koʻmak berishi lozim.
Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha yerdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „yetmayapti“. Buni qisqa qilib shunday taʼriflash mumkinki, O’rta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab yetishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni yechish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam yetib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan

Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda. Foto: eco-turizm.net

Orol dengizi qachon qurishdan to‘xtaydi?

Orol dengizi O‘rta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasi. Shimoldan Qozog‘iston, janubdan Qoraqalpog‘iston yerlari bilan o‘ralgan.

1960-yillargacha maydoni 68 000 kv km bo‘lib, dunyoda kattaligi bo‘yicha Kaspiy dengizi, Yuqoriko‘l (Lake Superior, AQSh) va Viktoriya (Lake Victoria, Afrika)dan keyin to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan.

Orol dengizida 300 dan ortiq orollar bo‘lib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdeniye, Borsakelmas bo‘lgan.

Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda. Hozirgi kunda uning sathi yiliga 80 – 110 smga kamaymoqda.

Natijada Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashib, ichish uchun yaroqsiz holga keldi. Ekologik tizim, o‘simlik va hayvonot dunyosi katta zarar ko‘rdi.

Orol muammosi sababi nimada?

Orol dengizining qurishiga asosan quyidagi ikki sabab keltiriladi:



  1. Download 322,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish