2-Mavzu yuzasidan glossariy
Fason – kiyimdagi detallar shaklini, chiziqlarini, turli bezaklarni aniqlaydigan
detal shakli.
Izmа – tugmа qаdаsh uchun mo‘ljаllаngаn, tugmа o‘lchаmidаn 0,3 sm ortiq o‘lchamga tеng оchiq jоy.
Jun – junli hayvоnlarning tеri qatlamidagi shоxsimоn o‘simtalar.
Kant – ag‘darma chokdagi bir detal ikkinchi detalga nisbatan baxyaqator zihi- dan surilgan joy.
Luft ishlash – mexanizmlarning me’yordan chetlashib ishlashiga aytiladi.
Maket – maket biror joy, narsa, bino, mashina va hokazolarning kichraytirib tayyorlangan fazoviy tasviri, nusxasi.
Material – material, xomashyo, narsa. Biror buyum, inshoot va hokazolarni tayyorlash uchun zarur bо‘lgan ashyo.
Mag‘iz – detal ziylarini ishlash uchun va bezak uchun ishlatiladigan gazlama tasmasi.
Moda – ma’lum bir davrda, ma’lum muhitda kishilarning ta’biga, didiga mos
bo‘lgan va keng tarqalgan kiyim-kechak.
Model (lot. modulus – о‘lchov, me’yor sо‘zidan – namuna, andaza, nusxa. Biror narsa, ayollar kiyimi, mashina, bino, inshoot va hokazolarning kichraytirib
Do'stlaringiz bilan baham: |