2-mavzu.Munosabatlar ustida amallar. Munosabatlar kompozitsiyasi
1.4.0. A={1, 2, 3} to‘plamning dekart kvadratida aniqlangan R={(1,1), (2,2), (3,3), (1,2), (2,1)} munosabat ekvivalent munosabat ekanligi isbotlansin.
1.4.1. Birdan farqli natural sonlar to‘plami dekart kvadratida aniqlangan R={(x,y): x va y lar birdan farqli umumiy bo‘luvchiga ega} munosabat ekvivalent munosabat bo‘ladimi?
1.4.2. Odamlar o‘rtasidagi “yaxshi ko‘rish” munosabati ekvivalent munasabat bo‘ladimi?
1.4.3. Odamlar o‘rtasidagi “qarindoshlik” munosabati ekvivalent munosabat bo‘ladimi?
1.4.4. A={a, b, c} to‘plam dekart kvadratida Refleksiv bo‘lgan, simmetrik, tranzitiv bo‘lmagan munosabatga misol keltiring va isbotlang.
1.4.5. A={a, b, c} to‘plam dekart kvadratida simmetrik bo‘lgan, refleksiv, tranzitiv bo‘lmagan munosabatga misol keltiring va isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |