2-mavzu: Milliy g`oyaning nazariy kontseptual asoslari



Download 134 Kb.
bet8/11
Sana13.05.2020
Hajmi134 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni

Milliy G`oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylanishini ularning ijgimoiy faoliyat yo`nalishlariga mos ravishda turkumlashtirish mumkin. Ya`ni, birinchidan milliy g`oyaning ishonch va e`tiqodga aylanishi oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo`ladi. Xususan, o`zbek xalqi oilaviy munosabatlarda nisbatan barqarorligi, bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, umuman mehr-muruvvat ko`rsatishga moyil. Bu sifatlarning ko`proq oilada namoyon bo`lishi — millatning mentalitetini, tarixiy an`analarga sodiqligini ko`rsatuvchi mezonlardir. Mahalla milliy ijtimoiy fenomen sifatida milliy va umuminsoniy g`oyalarning xalq ishonchi e`tiqodiga aylanishida muhim institutlardan biri hisoblanadi. Negaki, insonlarning yashash muhiti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy muhiti barqarorligi milliy g`oyani xalq ishonch e`tiqodiga aylantirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa ijtimoiy institutlardan ajralib turadi. Mahalla, Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, «demokratiya darsxona»si sifatida milliy g`oyani xalq ishonchi e`tiqodiga aylantirishda, bir tomondan, imkoniyat, vosita rolini bajarsa, ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g`oyasining xalq e`tiqodiga, ishonchiga aylanish darajasini ko`rsatuvchi dastlabki ijtimoiy makon hisoblanadi. Ana shu makonni vujudga keltirishda — «...uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg`or vakillari, kerak bo`lsa, mutafakkirlari, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini bag`ishlaydigan fidoyi ziyolilari mehnat qilishi lozim»58.

Milliy istiqlol g`oyasining xalq ishonchi, e`tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta`lim-tarbiya tizimi o`ziga xos faoliyat mezoni ekanligini qayd qilish lozim. Zero, mehnat jamoalari yoki ta`lim tarbiya muassasalari xodimlarining muayyan faoliyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari umumiyligi asosida tashkil topganligidan ma`lum g`oyaga nisbatan munoeaba.tini muvofiqlashtirish imkoniyati katta.

Shu bilan birgalikda, bu omillar ularni uyushtirish va safarbar qilish imkoniyatini kengaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g`oyani xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishni tashkillashtirishga katta imkoniyat tug`diradi. Shuningdek, ularning barchasi uchun xos bo`lgan umumiy qonuniyatlar, talablar ham mavjud. Ya`ni:

  • jamiyat ma`naviy madaniyatini rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini, vazifalarini amalga oshirib, uning istiqbollarini, shaxs barkamolligini ta`minlaydigan milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi;

  • insonlarning millatidan, irqidan, diniy e`tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy partiyalarga mansubligidan, madaniy saviyasi darajasidan qat`iy nazar, huquqi va ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi;

  • umuminsoniyat tsivilizatsiyasining ahloqiy, huquqiy, siyosiy, ma`naviy qadriyatlari va tarixiy meroslariga tayanishi hamda milliy an`analarini rivojlantirishi;

  • millatning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga, mentalitet xususiyatlariga mos tarzda madaniy sohani erkinlashtirish imkoniyatlari va sharoitlarining o`zgaripsh;

  • mavjud tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarida keskin ziddiyatga bormaslik, g`oyaviy-mafkuraviy murosa xususyyatlari;

  • goyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish —jamiyat ma`naviy-madaniy hayotining dinamik o`zgarshxsharini demokratik tamoyillarga, umuminsoniy axloqiy normalarga muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga otsshradigan siyosiy kuch imkoniyatlarini oshirish jarayonlariga ham xosdir.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatda g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlapggarishning muhim demokratik tamoyillaridan biri fikrlar va mafkuralar xilma-xilligini ta`minlashdir. Zero, demokratik jamiyat fikr, so`z, matbuot, e`tiqod erkinligi uchun shart-sharoit hamda imkoniyat yaratadi. Shu nuqgai nazardan, ma`naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning demokratik tamoyillari: bir tomondan, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini e`tirof etishi; ikkinchi tomondan, millatning tarixiy shakllangan ma`naviy-ahloqiy me`yorlari va qadriyatlariga asoslanishi, milliy g`oyani xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishi bilav umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi.

Jamiyat rivojlanishi bilan barcha sohalarni mutanosib erkinlashtirishning ijtimoiy makon hamda tarixiy zamondagi xususiyatlari o`zgarib, ularning maqsadlarida va vazifalarida ichki birlik vujudga kelayotir. Xususan, respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishning hozirgi bosqichida, ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish mazmunidagi o`zgarishlar — g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga umuminsoniy demokratik tamoyillar va andozalarni kengroq qo`llash bilan xarakterlanadi. Bu jarayonning samaradorligi, davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o`zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga, ularning mustaqilligini ta`minlash, har qaysi tarmoq o`z vazifa va burchini bajarish uchun amaliy mexanizmlarni hayotda tashkil qilib berish»59 bilan bog`liq.

Hozirgi davrda ma`naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning g`oyaviy-mafkuraviy asoslari va tamoyillari, uning an`anaviy shakllangan tarixiy qadriyatlaridan kelib chiqqan bo`lib, demokratik huquqiy davlatning tub siyosiy maqsadlarini ifodalaydi. Ya`ni, shaxs va jamiyat erkinliklarini kengaytirish; davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vaqolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimlarga, mahalliy o`zini o`zi boshqarish tuzilmalariga o`tkazish; nodavlat, jamoat tashkilotlari — fuqarolik institutlarining g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqaruvchilik rolini oshirishdan iborat. Jamiyat ma`naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning demokratik xususiyatlari, milliy g`oya va jamiyat mafkurasini xalq ishonchi, e`tiqodiga aylantirish davlat o`z funktsiyalarini qanday usullar, vositalar bilan amalga oshirishiga bog`liq bo`ladi. Shu nuqtai nazardan, «davlat • ning kuch qudrati — avva^lo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro`yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o`lchanadi»60. Zero, jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini qayta qurishda davlatning bosh islohotchilik roli aynan shu vazifalarni qanday uddalashi bilan 'belgilanadi.

O`zbekistonda milliy g`oyani xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishning asoslarini yaratishda, davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bo`lmoqda:

  • ma`naviy-madaniy hayotni, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning siyosiy institutlari tizimini, mukammal mexanizmlarini, vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda;

  • demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarning takomillashtirilishi, umuman, ma`naviy-madaniy hayotni, xususan, milliy g`oyani rivojlanlashtirish manfaatlariga mos kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgilaydigan mezonlardan biri hisoblanadi;

  • davlatning xalqaro ma`naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga mos kelmoqda;

  • g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va demokratik rivojlanishini ta`minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo`lmoqda. Lekin, shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, ma`naviy-madaniy sohani, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish jarayoniga keng xalq ommasini jalb qilish, uning intellektual salohiyatini, siyosiy ongi va faolligini oshirish bilan davlat funktsiyalari ustidan nazorat qilishni kuchaytirish mumkinligini xalqaro miqyosda erishilgan amaliy tajribalar ko`rsatib bermoqda. Chunki, «har qanday davlat tizimi, uning apparati va ma`muriy organlari demokratik andozalarga qanchalik javob bermasin — bari bir o`z kuchini, qolaversa, o`z zo`ravonligini o`tkazishga harakat qiladigan tizim bo`lib qolaveradi»61.

Xulosa qilib aytganda, umuman, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlar tizimiga, xususan, g`oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi:

  • jamiyatning g`oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlarini keskinlashtiruvchi inqilobiy o`zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalqzmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustuvorligini e`tirof qilish orqali;

  • g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratiyalashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni ta`minlash, xalqaro huquq me`yorlariga qat`iy rioya etish tufayli;

  • millatlararo ma`naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas`uliyat va imkoniyatlari tengligini ta`minlash natijasida;

  • g`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g`oyalarning mavqelarini e`tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg`unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo`ladi.

O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish davrida bu vazifalarning izchil amalga oshirilishi tarixiy taraqqiyotning taqozosi bo`lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlar samarasini va jamiyatni erkinlashtirishning mazmunini belgilaydi. Zero, insonning, jamiyatning ma`naviy erkinligi, ishonch va e`tiqod erkinligi milliy istiqlol g`oyasining demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko`rsatuvchi mezondir.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat