2-mavzu: Milliy g`oyaning nazariy kontseptual asoslari



Download 134 Kb.
bet5/11
Sana13.05.2020
Hajmi134 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Milliy g`oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirish mezonlari

Milliy g`oyani «tashuvchilarning» ehtiyojlari va manfaatlari umumiyligiga qaramasdan ularning har biriga invidual va differentsial yondashgan holda, uni xalqning ishonch va e`tiqodiga aylantirilishining o`ziga xos mezonlari mavjud. Ya`ni:

  • millatning o`zligini, jahon umumiy tarixiy taraqqiyotiga mansubligini anglashi ayni tarixiy jarayonga qo`shayotgan hissasini e`tirof qilinishi;

  • millatning ijtimoiy - siyosiy, goyaviy-mafkuraviy mustaqilligi va uni mustahkamlash imkoniyatlarining yaratilishi, Vatanga sadoqati;

  • jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlanishi, o`ziga xos va mos nufuzga ega bo`lishi;

  • milliy taraqqiyotning istiqbollarini belgilaydigan faoliyat strategiyasini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishning taktikasini belgilashda milliy-ma`naviy qadriyatlariga va umuminsoniy madaniyatning uyg`unligiga milliy istiqlol g`oyasining negizlari sifatida qarash zaruriyatini hisobga olish.

Umuman, insonning ishonch va e`tiqodi mezoni — jamiyat taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, umuminsoniyat tsivilizatsiyasi manfaatlariga mos kelishi bilan belgilanadi. Xususan, milliy g`oyaga ishonch va e`tiqod, muayyan jamiyatning mavjudlik holati hamda rivojlanish istiqbollarini anglash asosida amaliy faoliyatni tashkillashtirish, boshqarishning motivi, sub`ektiv omili tarzida namoyon bo`ladi. «Bu masala haqida chuqurroq o`ylab ko`radigan bo`lsak, shu tamoyillarga tayangan jamiyatning o`ziga xos ijtimoiy shakl-shamoyili, uning qiyofasi, rivojlanish yo`llari, ustuvor xususiyatlari to`g`risidagi aniq tasavvur turli fikrlar, bahs-munozaralar orqaligina ayon bo`lishini e`tirof etishimiz va buni o`zimizga mezon qilib olishimiz zarur»57.

Millatning ijtimoiy-ma`naviy ehtiyojidan kelib chiqqan va manfaatlarini ifodalaydigan g`oyalarga sadoqat-ishonch e`tiqod mezoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, milliy taraqqiyot manfaatlariga zid bo`lgan g`ayriinsoniy g`oyalarga ishonch va e`tiqodning umuminsoniyat ishonchi, e`tiqodi bilan hech qanday aloqasi yo`q. Soxta ishonch va e`tiqod bilan haqiqiy ishonch va e`tiqodni farqlash muhim.

Milliy goya va mafkurani xalk, ishonchi va e`tik,odiga aylantirishning tashk,i imkoniyatlari va istichfolidagi vazifalari. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, demokratik, adolatli huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurilishining samarasi tashqi omillarga ham bog`liq. Xususan, millatni umumiy manfaatlar asosida jipslashtiruvchi g`oyalarni xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishda, amalga oshirishda xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy munosabatlarda erishilayotgan yutuqlar alohida ahamiyatga ega. Buni fan, texnika, texnologiyalar, madaniyat sohasida erishilayotgan yutuqlarda ko`rish mumkin. Ularni hayotda qo`llash muhim. Bu milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini xalq ishonchi va e`tiqodrga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini, mavqeini mustahkamlash uchun zarur. Chunki dunyo xalqlarining yutuqlariga e`tiborli millat doimo xalqaro hurmat-e`tiborga loyiq bo`lib kelgan. Xususan, O`zbekistonning O`rta Osiyodagi strategik jihatdan geosiyosiy o`rni, boy madaniy merosi biz bilan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni mustahkamlash, do`st tutinishga intilgan davlatlarning, millatlarning manfaatlariga mos kelishini hayot ko`rsatmoada.

Dunyo siyosiy xaritasida «sotsialistik» deb ataladigan tuzum barham topishi munosabati bilan muayyan o`zgarishlar sodir bo`lishiga qaramasdan, g`oyaviy-mafkuraviy kurash bartaraf etilganicha yo`q Arsincha, postsotsialistik tuzumdan keyin paydo bo`lgan ijtimoiy-siyosiy makonga ta`sir o`tkazishga nisbatan urinishlar kuchaymoqtsa. bunday siyosiy chiranishlar xalqaro ekstremistik, fundamentalistik, terroristik xarakter kasb etib, qonli to`qnashuvlarga, agressiv siyosiy ixtiloflarga olib kelmoqda. Bu umuminsoniy madaniyatning yutuqlaridan foydalanishga, milliy taraqqiyotga zid holatdir.

Ma`lumki, mamlakatlar o`rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning samaradorligi, eng avvalo, g`oyaviy qarashlarning mutanosibligiga bog`liq bo`ladi. Bunda ikki tomonlama manfaatdorlik umumiy munosabatlarning samaradorligini belgilaydi. Ya`ni O`zbekiston o`z istiqlol g`oyalarini boshqa mamlakatlarning g`oyaviy-mafkuraviy andozalariga mexanistik moslashtirmasdan, ularni ijodiy o`zlashtirishi, shu jumladan, boshqa millat va davlatlarning ham bizning g`oyaviy-mafkuraviy qarashlarimizga hurmat-e`tibor bilan munosabatda bo`lishini taqozo etadi. Sotsialistik tuzum emirilishi, xususan, bu sistemada siyosiy-mafkuraviy gegemonlik rolini bajarib kelgan SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo`lmoqda:

Birinchisi — milliy mustaqillikka erishgan davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, mafkuraviy va boshqa sohalarda hamkorlik qilish mumkin bo`lgan mamlakatlarni tanlashdagi muayyan qiyinchiliklar (shakllangan stereotiplar, shubhalanish) bilan bog`liq edi. Chunki, biz bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida hamkorlik qilishni xohlagan davlatlarning o`z manfaatlari bo`lib, ular hamma vaqt ham tomonlarning manfaatdorligida, muvozanatni o`zlari tomonga og`dirishga moyil ekanligi sir emas.

Bunday sharoitda O`zbekistonning o`z yo`lini tanlashi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishi, demokratik jamiyat qurishning «o`zbek modeli»ni ishlab chiqishi, mafkuraviy sohada faoliyat strategiyasi va taktikasini belgilab olishi qiyin kechadi. Shu nuqtai nazardan, O`zbekiston xalqaro hamjamiyatga kirib borar ekan: ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy tizimi turlicha bo`lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda xalqaro huquq qonunlarini, urf-odatlarni, milliy manfaatlarnya hurmat qiladigan hamdo`stlarini topishga harakat qildi.

Ikkinchisi — hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti millatlararo munosabatlarning texnik-texnologik asoslarini, aloqa vositalarini, ommaviy axborot infrastrukturasini va murakkab kommunikatsiyasini vujudga keltirishi bilan xalqaro mafkuraviy munosabatlarni intensivlashtirib, universallashtirib yubordi. Xususan, axborot ayirboshlashning komp`yuterlashtirilib: elektron pochta, internet, kosmik tele-radio aloqa tizimlarning rivojlanishi, bu sohalarda intellektual salohiyatining miqdor va sifat o`zgarishlari bilan mafkuraviy munosabatlarning globallashuv jarayoni vujudga keldi. Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, turli mamlakatlarni insonlar ongini va qalbini egallash orqali uni zabt etish g`oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganligidadir. Ya`ni, jamiyatni mafkurasizlantirishga, g`oyasizlantirishga yo`naltirilgan axborotlar bozorida ma`naviy-madaniy, g`oyaviy-mafkuraviy jihatlardan saviyasi g`oyat past bo`lgan audio va video kassetalar, axloqsizlikka, tubanlikka olib keladigan adabiyotlar va boshqa «san`at asarlarining» sotilishi juda katta iqtisodiy foyda manbai bo`lib qolayotganligi, ayrim kishilarning ishonch-e`tihodiga putur etkazayotganligi hammaga ma`lum.

Uchinchisi — birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqqan bo`lib, millatning tarixiy xotirasi, an`analari, ma`naviy merosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga, istiqbol tendentsiyalariga xos ongini, tafakkurini shakllantirish va mustahkam ishonch-e`tiqodga aylantirish vazifasidir. Chunki g`oyat xilma-xil «axborot bosimi» tarkibidan milliy taraqqiyot manfaatlariga.mosini tanlab olish, ishonch-e`tiqodga aylantirish muayyan nazariy-metodologik bilimlarni talab qiladi. Shuning uchun ham ommaning dunyoviy va diniy bilimlarini rivojlantirishga, intellektual saloxiyatini oshirishga yo`naltirilgan milliy ta`lim-tarbiya tizimini shakllantirish alohida ahamiyatga ega.


Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti