2-mavzu: Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyusiyasi



Download 1,36 Mb.
Sana12.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#782523
Bog'liq
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan asosiy huquqlar


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan asosiy huquqlar
Reja:
  • Kirish

  • 1. Fuqarolik jamiyatida inson huquqlari
    2. Belgilangan asosiy huquqlari
    3. Umumjahon deklaratsiya
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar

Joriy yilning 10 dekabr kuni jahon hamjamiyati tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligi keng tantana qilinadi. 1991 yil 30 sentyabr kuni, ya’ni O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan oyda mazkur deklaratsiya Parlamentimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan va shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonning inson huquqlari sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli muassasalari bilan uzoq muddatli va ko‘p tomonlama hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligini mamlakatimizda ham keng nishonlash maqsadida 2008 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur tadbirlar dasturida inson huquqlariga doir qonunchilikni yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlarining bajarilishini montitoring qilish, inson huquqlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ta’lim va ma’rifiy, axborot-targ‘ibot ta’minotini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. O‘tkaziladigan tadbirlarda davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari hamda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.
BMTning har bir mamlakatda inson huquqlari bo‘yicha milliy tuzilmalar tuzish to‘g‘risidagi chaqirig‘iga javoban mamlakatimizda hamdo‘stlik davlatlari ichida birinchilar qatorida milliy institutlar tashkil etildi, sud-huquq tizimi yangi sharoitlar talablariga bosqichma-bosqich moslashtirildi. Xususan, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan Parlament nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman), bundan tashqari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining samarali faoliyatini ana shunday institutlar sifatida e’tirof etish mumkin. Bundan tashqari, inson huquqlarini himoya qilish sohasida ham bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari tashkil etilgan bo‘lib, ular bu sohada samarali faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqini o‘rganish markazi, O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati nodavlat notijorat tashkilotlari shular jumlasidandir.
Inson huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, respublikamizda davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 2003 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 370-sonli qarori bilan Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda uning viloyat boshqarmalarida bo‘limlari tashkil etildi. Milliy institutlar jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini o‘z vaqtida tiklash uchun beg‘araz yordam ko‘rsatib kelayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Inson huquqlari himoyasini sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimiz Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Farmoni inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ustuvor qadriyat sifatida mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan yana bir dadil qadam bo‘ldi. Mazkur farmon Konstitutsiyamizning 24-moddasidagi yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanining amaliy tasdig‘idir. O‘lim jazosi masalasi har bir insonning yashashga bo‘lgan huquqi bilan bevosita bog‘liqdir. Mustaqillikka erishish davrida Respublikamiz jinoyat qonunchiligida 30 dan ortiq jinoyat turlariga o‘lim jazosi tayinlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu jinoyat turlari 1994 yilga kelib 13 taga, 1998 yilda 8 taga, 2001 yilda 4 taga, 2003 yilda esa 2 taga kamaytirilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi PF-3641-son Farmoniga asosan 2008 yil 1 yanvardan respublikamizda o‘lim jazosi bekor qilingan.
Bundan tashqari, fuqarolarning qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz ekanligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim xaqli emasligi Konstitutsiyamizda, shuningdek BMTning “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktida ham e’tirof etilgan. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha jahon amaliyotida "Xabeas korpus", ya’ni qamoqqa olish sanktsiyasini sudlarga berilganligi hamda shaxs daxlsizligini ta’minlashda sud nazorati instituti joriy etilganligini inobatga olib, Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 8 avgustda qabul qilingan Farmoniga ko‘ra 2008 yilning 1 yanvaridan qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilgan. Umuminsoniy qadriyatlarning yuksak namunasi sifatida qabul qilingan mazkur farmonlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilgan.Mazkur farmonlar asosida "O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi va "Qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ishlab chiqilib, 2007 yil 11 iyulda qabul qilindi.
Ushbu qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish uchun barcha tashkiliy-tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirishga zarur bo‘lgan ancha uzoq muddat ajratilgan. Bu borada qator xorijiy mamlakatlarning tajribasi o‘rganilib, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali xodimlari hamda keng jamoatchilikning fikri inobatga olingan. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, keng tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida o‘lim jazosining tarafdorlari sezilarli darajada kamayib, mamlakatimiz aholisining mutlaq ko‘pchiligi (90 %) davlat rahbarining o‘lim jazosini bekor qilish va qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish haqidagi qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Konventsiyasini to‘ldiruvchi, 2000 yilning 15 dekabrida qabul qilingan "Odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosini to‘xtatish, oldini olish va uning uchun jazo to‘g‘risida"gi Bayonnomada odamlar savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali choralarini ko‘rish, bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolashga va uning qurbonlarini, shu jumladan, ularning xalqaro e’tirof etilgan huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli xalqaro yondashuv zarurligi mustahkamlab qo‘yilgan. BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi 2017 yil noyabr oyida Samarqandda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro anjumanning uzviy davomi ekanini qayd etib, bu galgi tadbir nafaqat mintaqa xalqlari, balki butun Osiyo uchun ahamiyatli ekanini taʼkidladi.
Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish