2 Maruza. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Mustaqil



Download 221,38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.07.2021
Hajmi221,38 Kb.
#121141
Bog'liq
2-Maruza b2f7923899f7701528117cc4588a859b



2 Maruza. Mustaqillikka erishish arafasida    

         O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Mustaqil   

         O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning     

                                   tarixiy ahamiyati. 

 

                                                      REJA: 



XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. 

Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi” 

      2   Aholi  turmush  tarzining  og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona  

          voqealari. 1989 yil  o’rtalarida  respublika  ijtimoiy-siyosiy  

          hayotidagi  o’zgarishlar. I.Karimov – O’zbekistonning Birinchi   

          Prezidenti. Mustaqillik  deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati 

       3.1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.   

          Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.   

          o’zlikni anglashga intilishning kuchayishi.  

Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.  

Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-harakatlar. Mustaqil 

O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari. 

 

            1980-yillarning o’rtalariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining 



barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda 

ma’muriy— taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada ishlab chiqarishning o’sish 

sur’atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab 

chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi 

yanada ortib bordi. 

Xalq xo’jaligini tanazzulga olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining 

nazar-pisand qilinmasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan 

natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning oqsashini oldindan belgilab 

berdi. CHunki bu vaqgga kelib, xalqning bunyodkorlik g’ayrati partiya-davlat tuzilmalarining siyosiy 

hukmronligi bilan butunlay siqib qo’yilgan edi. 

Sarf-xarajatlarga to’lib-toshgan sovet iqtisodiyotining jiddiy nuqsonlari, boshqaruv tizimining o’ta 

markazlashganligi va taraqqiyotga to’g’anoq bo’layotganligi markaziy siyosiy rahbariyatni bu yo’nalishda 

muayyan islohotlar o’tkazishga undadi. Masalan, 1950-yil va 1960-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatini 

bir oz bo’lsa-da demokratlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish jarayonlarini isloh qilishga urinishlar 

bo’lgan edi. Vaqt jihatidan farq qiluvchi ana shu islohotlar strategiyasida xalq xo’jaligi va siyosiy sohada, 



shunchaki juz’iy o’zgarishlar qilish bilan cheklanilgan edi. Eskilikka yopishib olgan holda ma’muriy tizim 

doirasida, iqtisodiyotga partiya rahbarligi va uning haddan tashqari mafkura izmida bo’lishi sharoitida 

qilingan islohotlar kutilgan natija bermadi, iqtisodiyotning jonlanishiga erishib bo’lmadi. 

  

“Aksincha,—deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov,— so’nggi o’n 



yillar mobaynida soxta obro’ orttirish maqsadida qabul qilingan va mavjud imkoniyatlarni hisobga 

olmagan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi ko’pgina dasturlar 

iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi. Natijada iqtisodiyotni batamom izdan chiqarib, 

moddiy va moliyaviy mablag’lar taqchilligining dahshatli tarzda o’sishiga olib keldi”. 

Xo’jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o’rnashib qolgan illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga tag’in 

ham ko’proq darajada zarar yetkazar edi. Yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo’jalik 

yuritish printsiplarining to’g’ridan-to’g’ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg’a tomon siljishida eng muhim 

bo’lgan yo’nalishlar barbod bo’la boshladi. 

1980-yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha respublika ittifoqda oxirgi 

o’rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad hosil qilish O’zbekistonda o’rtacha ittifoq 

darajasiga qaraganda ikki baravar kam edi. O’zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga 

nisbatan moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq jiddiy ravishda ortib ketgan 

edi. 

Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik rejasiga ko’ra respublika 



iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat “xom ashyo” yo’nalishida bo’lish oldindan belgilab qo’yilgan edi. 

Natijada, respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq tarmoqlari ko’proq 

rivoj topdi. 

 O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko’payishi, asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati resurs 

sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya 

tarmoqlarining ulushi 60—65%ga yetdi. Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog’i ko’pi 

bilan 2 band yuqori ko’tarilib 16%dan ko’proqni tashkil etgan edi. 

O’zbekistondagi iqtisodiy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy o’zlikni anglash, Markaz tomonidan 

o’tkazilayotgan tazyiqni bo’shashtirishga bo’lgan urinishlarni, respublikaga eng maqbul va xos bo’lgan 

yo’llarni belgilashga intilishning har qanday ko’rinishi “mahalliychilik”, “millatchilik” deb qaraldi va 

qattiqqo’llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda ajratiladigan mablag’lar va resurslarni 

cheklashgacha borib yetildi). 

Mustabidchilik merosi va iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirish yuzasidan qatьiy chora-tadbirlar 

ko’rish o’rniga vaqtli matbuotda, radio, televidenie va shu kabi vositalar orqali sovet jamiyatining 

“muammolardan holiligi”, mutlaqo “tangliksiz” holda rivojlanayotganligi haqidagi, KPSS tanlagan 

“sotsialistik taraqqiyot yo’lining to’g’riligi” xususidagi ilgaridan hammaga ma’lum bo’lgan aqidalar, 

safsatalar yangrashda davom qildi. Biroq unitar Sovet davlatining o’z xalqiga, hatto eng oz miqdordagi 

hayotiy ne’matlarni, madaniy davlatlarda beriladigan ijtimoiy kafolatlar va erkinliklarni ham ta’minlashga 

qodir emasligi kun sayin yaqqol ma’lum bo’lib bordi.  

Avvalgi tugallanmagan islohotlardan farqli o’laroq 1985 yilda jamiyatni har tomonlama yangilashga o’tish 

zarurligi e’tirof qilindi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini demokratlashtirish va 

tub iqtisodiy islohotlar o’tkazishdir, deb e’lon qilindi. O’sha yillardagi partiya-hukumat hujjatlarida 

jamiyatni “turg’unlik” illatlaridan tozalashga, uni “inqilobiy yangilash”ga, oddiy inson ehtiyojlariga 

diqqat-e’tiborni kuchaytirishga chaqiriqlar yangi kuch bilan yangradi. 




Rahbarlikning eskirib qolgan shakllari va usullari, to’g’anoqlik va tanglik holatlarining mavjudligi, 

jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlar xilma-xilligining, hokimiyat tuzilmalarida va iqtisodiyotni 

boshqarishda demokratiyaning, Markaz bilan milliy o’lkalar manfaatlarida oqilona nisbatning yo’qligi, 

inson omilining yetarli darajada hisobga olinmasligi qoralandi. Binobarin, siyosat va ijtimoiy 

munosabatlar sohasida fikr erkinligiga, rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo’l qo’yish, 

mahalliy sovet organlari vakolatlari va mas’uliyatining kengaytirilishi nazarda tutildi.  

Xususan, mahalliy sovet organlari sanoat korxonalarining o’zlariga buysunishidan tashqari ular faoliyatini 

nazorat qilishlari, joylarda keng iste’mol qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish 

imkoniyatlarini qidirib topishlari, ularning sotilishini nazorat qilishlari lozim edi. Davlat tizimini isloh 

qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko’proq mustaqillik berilishiga qaratilmog’i kerak edi. 

 Ittifoqdagi mavjud yakkapartiyaviylikning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini hech bo’lmaganda 

cheklash, ekvivalentli bo’lmagan iqtisodiy ayirboshlashga, qishloq xo’jalik va mineral xom ashyo ishlab 

chiqarishga ixtisoslashtirishga, respublikalar, ayniqsa, O’zbekiston uchun zararli bo’lgan ana shunday 

iqtisodiy yo’nalishga barham berilishi zarur edi. 

Biroq qayta qurish “kontseptsiyasi” avvalboshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi. 

 Qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi 

kundanoq “qayta qurish” mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan 

yondashdi. Qayta qurish “kontseptsiyasi” “qardosh” ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va 

muammolarini chuqur ilmiy tahlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O’sha davrda sovet 

sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol 

sotsializm tomonida deb qaraldi. 

  

Sotsializmga sun’iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas 



illatlarini “tasodifiy hol”, ular uchun “sotsialistik jamiyatda asos yo’q”, shuning uchun ularni, ayniqsa, 

boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya deyildi. SHu bilan birga, sovet iqtisodiyotining, butun xo’jalik 

tizimining ana shu illatlari kelib chiqishi jihatidan sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining 

xususiyatiga, bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan to’la-to’kis foydalanishni inkor qiluvchi kommunistik 

mafkura monopoliyasiga bog’liq ekanligi tan olinmadi. 

1980-yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro’y bergan “qayta qurish”islohotlari turkumi sub’ektiv tarzda, 

faqat ichki his-hayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko’rishlar va xato usullar bilan 

tashqi tomondan ta’sirchan bo’lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy 

jihatdan asoslab berilgan dastursiz amalga oshirildi. I.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda 

ro’y bergan buzilishlarni ta’riflar ekan, bunday deb ta’kidlagan edi: “Inqiroz sabablari va omillarini to’liq 

tasavvur etmagan, o’zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo’lmagan butun iqtisodiy siyosat 

empirik xarakterda bo’lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og’ishlardan boshqa 

narsa emas edi. 

 Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o’tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan 

dasturlari loyihalarining ko’pligi islohotlarning aniq maqsadi yo’qligidan, ularni ro’yobga chiqarish 

muddatlari — “besh yuz kun” deb belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirishlarning tub mohiyati va 

nihoyatda murakkabligi to’la anglab yetilmaganligidan dalolat berar edi”. SHu bilan birga, iqtisodiyotda, 

ijtimoiy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan, hatto eng yuzaki “qayta qurish” jarayonlari ham odatda 

shunchaki, oshkora siyosiy tus berilgan jarayonlar edi. 



   Xalq xo’jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O’zbekiston bilan markaz manfaatlari o’rtasidagi 

ziddiyatlarning kuchayishi. 

 

Iqtisodiy va ilmiy-madaniy salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o’ylab 



ko’rilmagan volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish borasidagi 

dastlabki urinishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko’rib 

chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqtisodiyotni va 

ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo’ljallangan edi. 

  

Masalan, O’zbekiston xalq xo’jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta’minlash rejasida 



1990 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 24—27%ga oshirishga erishish, tarmoqda mehnat 

unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko’tarish nazarda tutilgan edi. Ayni vaqtda 300 dan ortiq yirik 

sanoat ob’ektini ishga tushirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi sanoat tarmoqlarini 

rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni 1,4 baravar oshirish 

mo’ljallandi. 

Iqtisodiy islohotning yangilangan kontseptsiyasi boshqarishning ma’muriy usullaridan ko’proq iqtisodiy 

usullariga o’tishga yo’naltirdi, lekin bu chora-tadbirlar kommunistik mafkura yo’l-yo’riqlari doirasida 

amalga oshirilganligi sababli ko’pgina ilg’or tashabbuslar kutilgan natija bermadi. Boshqaruvning yuqori 

pog’onasini “takomillashtirish”ni diqqat markaziga qo’ygan oldingi tadbirlardan farqli o’laroq 

islohotlarning yangilangan dasturi birinchi navbatda iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalarni 

(birlashmalarni) o’zgartirishga qaratdi. 

  

“Sovet iqtisodiyotini qayta qurish”ning yo’nalishini belgilab beruvchi hujjatlar qatoriga 1987 yil 



iyun’ oyida qabul qilingan “Davlat korxonasi to’g’risidagi” qonun yetakchi o’rin egalladi. Unda 

ta’kidlanishicha, xo’jalik yuritishning shart-sharoitlari va usullarini tubdan o’zgartirish, korxonalar 

faoliyatida markazlashtirish bilan “to’liq xo’jalik hisobi”ni birga qo’shib olib borish, mustaqillik va 

mas’uliyat, bularning hammasi mehnat jamoalari uchun yangi shaklda o’z-o’zini boshqarishning kundalik 

qoidasiga aylanishi lozim edi. 

  

 



Bu jarayon I.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo’lib saylanganidan so’ng (1989 

y. Iyun’) sezilarli miqyosda faollashdi. Uning tashabbusi bilan xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullarini 

o’zgartirish borasidagi ishlar jiddiy tus oldi, iqtisodiyotdagi ma’muriyatchilik va salbiy hodisalarga qarshi 

kurash kengayib bordi. Ijara haqidagi, mulkchilik va yer to’g’risidagi qonunlar o’sha yillarda o’ta 

murakkab bo’lgan O’zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. SHu bilan birga, “qayta qurish”ning 

“yakunlovchi” bosqichida mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari sohasida qo’ldan boy berilgan fikr 

erkinligining tiklanishi e’tiborga loyiq hodisa bo’ldi.  

1920-yillardagi yangi iqtisodiy siyosatdan keyin birinchi marta davlat va kolxoz-kooperativ mulkidan 

tashqari mulkchilikning jamoa, hissadorlik, shaxsiy shakllari ham qonuniy maqomga ega bo’la boshladi. 

Markaziy rahbariyatdan farqli o’laroq mulkchilik muammosiga O’zbekistonda ancha jiddiyroq 

yondashildi, bu yerda yuqorida sanab o’tilgan mulkchilik shakllari bilan bir qatorda xususiy mulkchilik 

ham joriy etila boshlandi. 




Garchi “sotsialistik” tushunishda bo’lsa ham, bozor munosabatlariga o’tilishi, bu jarayonda korxonalar va 

ishlab chiqarish jamoalarining tutgan o’rni to’g’risidagi masalani keskin qilib qo’ydi. 1990 yil iyun oyida 

qabul qilingan “SSSR korxonalari to’g’risida”gi Qonun korxonalarning iqtisodiy va siyosiy huquqlarini 

anchagina kengaytirdi. O’sha vaqtdan boshlab korxonalar mulkchilikning har qanday shakliga 

asoslanadigan, soliqlarni to’lagandan keyin qolgan sof foydadan mustaqil foydalanadigan, o’zlarining 

davlat bilan munosabatlarini faqat bozor asoslarida belgilaydigan bo’ldilar. 

 

1980-yillarning oxiriga kelib qariyb 20 ming oliy ma’lumotli mutaxassis va 140 mingdan ortiq 



o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar aqliy mehnat bilan emas, balki jismoniy mehnat bilan band 

bo’ldilar. Milliy ishchi kadrlarni shakllantirish muammosi avvalgidek keskin bo’lib qolayotgan edi. 

Sanoatda band bo’lgan mahalliy millat kishilarining salmog’i nihoyatda kam edi. Masalan, Toshkent 

traktor zavodida o’zbek ishchilarining salmog’i 1980-yillarning oxirida qariyb 17%ni, “Etalon” ishlab 

chiqarish boshqarmasida 22%ni tashkil etdi. Milliy mehnat resurslarining sanoatga kelishiga qo’l 

mehnatining yuqori darajada ekanligi, ish haqining pastligi, mehnat jarayonlarining bir xildaligi, uy-joy 

olishning, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalaridan joy olishning uzoq muddat kutilishi xalaqit berar 

edi. 


Respublikaning yangi rahbariyati dastlabki kundanoq O’zbekiston xalqlari milliy manfaatlarini himoya 

qilib chiqay, ularning azaliy, yillar davomida to’planib qolgan ehtiyojlarini izchil hal qilishga intildi. 

Diqqatga sazovori shundaki, yangi rahbariyat paxta yakkahokimligiga qarshi keskin kurash olib borajagini 

o’sha mustabid tuzum “hayotligi”dayoq ochiq e’lon qildi. I.Karimov achinish bilan qayd qilib o’ttanidek, 

“Paxta yakkahokimligi respublikaga Markaz amri bilan tiqishtirilgan bo’lib, O’zbekistonga, uning aholisiga 

behisob zarar keltirdi.” 

Respublika rahbariyatining ko’rgan chora-tadbirlari natijasida (chigit ekiladigan maydonlarning 

kamaytirilishi, paxta tayyorlash rejasining mo’’tadillashuvi va hokazolar) 1990 yildayoq ekin ekiladigan 

maydonlarning umumiy miqdorida paxtaning calmog’i 63,9%ga tushirildi. Ayni vaqtda paxta va boshqa 

qishloq xo’jalik ekinlarining boshqa turlari mahsulotlari narxlarini qayta ko’rib chiqish masalasi ko’tarildi. 

                1989 yilda xo’jalik yuritishning yangi shakli—fermerlik vujudga keldi. O’zbekistonda o’sha 

yillarda fermer xo’jaliklari soni birmuncha kamroq edi. Ular xali ko’p jihatdan agrokorxonalar 

ma’muriyatiga bog’liq edi. Yerga, mablag’larga egalik qilish, yetishtirilgan maxsulotlarni tasarruf qilish 

huquqining yo’qligi dehqonni haqiqiy dehqon bo’lish imkoniyatidan mahrum etgan edi. 

Kadrlar muammosi ahvolni yanada chuqurlashtirib yubordi. Sovet hokimiyati yillarida qaror topgan 

qishloq xo’jalik mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamon talablariga mos kelmay qolgan 

edi, uni zamonaviy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va fan-texnika inqilobi talablarini hisobga olgan holda 

tubdan qayta qurish zarur edi.  

Qishloq xo’jaligining bunday og’ir ahvolda ekanligi, faqat imperiyacha “qayta qurish” siyosatining 

noilmiyligi yoki soxtaligi emas, balki butun sovet xo’jalik yuritish tizimining, ijtimoiy tuzumning 

noqobilligida, yetilgan masalalarni hal qilishga qodir emasligida edi. 

Umuman, “qayta qurish” 

jarayonida Markaz bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarda azaldan mavjud bo’lgan ziddiyatlar 

oshkoralik va demokratiyalashtirish tufayli yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Jumladan, “sotsializm qurilishi” 

yillarida KPSS mablag’larni qayta taqsimlashning barcha jihatlarini qamrab oluvchi nihoyatda 

markazlashgan tizimni vujudga keltirdiki, xalq ommasining o’zi bu mablag’larni taqsimlashni yuqori 

partiya rahbariyatining tor doirasi qo’liga o’z “ixtiyori” bilan topshirishga majbur qilindi.  

 

 




       3.”QAYTA QURISH”  VA  O’ZBEKISTON  MADANIYaTI 

1980-yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat 

siyosiy rahbariyatining madaniyat sohasini “qayta kurish”i aslida ma’naviy jabxada ma’muriy-

buyruqbozlik tizimi, rivojlanishning ekstensiv yo’li yaroqsiz bo’lib qolganligidan dalolat edi. Haqiqatdan 

ham shunday edi. CHunki uzoq yillar davomida mustabid tuzumning milliy respublikalar madaniyatini 

inkor etib, butun mamlakatda yagona “sotsialistik madaniyat”ni shakllantirish borasida olib borgan 

g’ayriilmiy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy-iktisodiy sohalarda bo’lganidek tushkunlik, turg’unlik 

mexanizmini yuzaga keltirdi. 

  

 

1985—1990 yillar xalq ta’limi tizimidagi ayrim siljishlar ma’muriy-buyruqbozlik tizimining zo’r berib 



qilgan harakati bilan tavsiflanadi. Lekin bu davrda ta’lim va tarbiya soxasida ziddiyatli holatlar yanada 

keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimi moddiy jihatdan yetarli darajada ta’minlanmadi. 

Sovet ta’lim tizimi jahon andozasidan ajralib qoldi, jahonning ilg’or tajribalaridan bahramand bo’lmadi. 

SHuningdek, o’quvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortib borgan sari ta’lim tizimining kontseptual 

tarzda cheklanishi xalq maorifidagi eng katta muammoga aylandi. Ta’lim, tarbiya sohasi kadrlarini sifat 

jixatdan qayta ko’rib chiqa olmadi, mafkuraviy cheklashlar tobora kuchayib bordi. 

1980-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar juz’iy ahamiyatga ega bo’lib, mavjud 

muammoni hal qilishdan ko’ra uni keng xalq ko’z o’ngidan yashirish, “bo’yab-bejab” ko’rsatish 

ma’qulroq ko’rindi. Aslida, islohotdan ko’zlangan maqsad “sovet ta’limi tizimi”ni xalqaro darajaga 

ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim saviyasi sifatini oshirish, ta’limni demokratlashtirish va 

insonparvarlashtirishdan iborat edi. 

Ammo ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmadi. Buning sababi islohotning o’lib borayotgan kommunistik 

“ta’limot”ga, mustabid jamiyatning tafakkuriga asoslanganligi bo’ldi. Bulardan tashqari, islohotni quruq 

va’dalarga asoslanib o’tkazib bo’lmas edi, u kuchli moddiy bazaga ega bo’lishi kerak edi. Lekin u moddiy 

jixatdan ta’minlanmadi, shuning uchun ham u kutilgan natija bermadi. Masalan, xalq ta’limi soxasida 

belgilangan islohotlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston SSR Maorif vazirligi respublikadagi tabiiy 

o’sishni e’tiborga olgan holda yuqori saviyadagi ta’lim tizimini yaratish maqsadida 1985—1990 yillarga 

mo’ljallab tuzilgan istiqbolli rejada 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangi maktablar qurishni ko’zda 

tutgan edi.  

1989—1991 yillarda O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi istiqbolli yo’nalishini hisobga olgan xolda oliy 

ta’lim tizimida amalga oshirilgan bu tadbirlar keyingi yillarda O’zbekiston FA “Quyosh fizikasi” o’zining 

ijobiy natijalarini 1985—1990 yillarda O’zbekiston fanida ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. 

O’zbekiston Fanlar akademiyasi, oliy o’quv yurtlari tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy 

laboratoriyalar o’z faoliyatlarini “qayta qurish” talablari asosida takomillashtirishga harakat kildilar. 

Ta’kidlash lozimki, bu davrda O’zbekiston fani o’zining uyg’onish davrini boshidan kechirayotgan, tabiiy 

va ijtimoiy fanlar bo’yicha jiddiy izlanishlarga qo’l urilayotgan edi. Xususan, 1987 yilda Toshkent 

viloyatining Parkent tumanida nihoyatda noyob ilmiy-eksperimental majmua — bizerkalь optika—

energetika qurilmasi foydalanishga topshirildi.  

1991 yilda FA tarkibida Suv muammolari instituti tashkil etildi. Fan bilan ishlab chiqarishni yaqinlashtirish 

maqsadida ba’zi institutlar qoshida ishlab chiqarish birlashmalari, markazlari tashkil qilindi. 

Ijtimoiy gumanitar fanlar sohasi uchun “kayta qurish” uyg’onish va hurfikrlilik davri bo’lib xizmat qildi. 

Ilgari mumkin bo’lmagan mavzularni o’rganishga qisman bo’lsa-da imkon yaratildi. Falsafa, tarix, ayniqsa, 




Vatan tarixini o’rganish uning uslubiyatiga, “oq dog’lari”ga doir masalalar faol muhokama etila 

boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi 

masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag’ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik 

maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. 

Agar, 1985 yilda O’zbekistonda 46 muzey faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1989 yilga kelib ular soni 58 taga 

yetdi. Lekin, yuqorida qayd etganimizdek, ular asosan hali hukmron bo’lib turgan kommunistik 

mafkuraning “targ’ibotchilari” sifatida faoliyat ko’rsatar edi. Ammo, shunday sharoitda ham tarixiy-

madaniy yodgorliklarni saqlash masalasiga bo’lgan kommunistik munosabat o’zgarmadi, yodgorliklarni 

hisobga olish, muhofaza kilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga 

e’tiborsizlik bilan qaraldi.1980-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda 9310 ta tarixiy va madaniy 

yodgorlik hico6ra olingani holda ulardan faqat 6466 tasigina (70%) davlat muhofazasiga o’tkazildi, xolos. 

SHu yillarda ijod qilgan A.Oripov, E.Vohidov, H.Xudoyberdieva, O’.Hoshimov, SH.Xolmirzaev, X.Sultonov, 

Tog’ay Murod, U.Azimov, Nazar Eshonqul kabi yozuvchi va shoirlarning she’riy asarlari, qissa va 

hikoyalarida ham sovet davri illatlarini fosh etish istagi ustuvorlik qildi. CHunonchi, E.Vohidov 

“Donishqishloq latifalari” hajviy she’rlar turkumida, A.Oripov “Ranjkom” dostonida sovet davrining 

samarasi bo’lgan jamiyat va kishilar hayotidagi noxush manzaralarga kitobxon e’tiborini qaratdi. 

     Kommunistik partiyaning XX s’ezdidan (1956 yil) keyin begunoh qamalgan qator yozuvchilar 

oqlanganiga qaramay, CHo’lpon va Fitrat singari yozuvchilarning adabiy xizmatlarini tiklash oson 

bo’lmadi. Sovet tuzumining maxalliy “posbonlari” ularning ijodkor sifatida oqlanishi va asarlarining 

xalqqa qaytarilishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko’rsatdilar. 

 Qayta qurish va oshkoralik davrida o’zbek adabiyoti erishgan eng salmoqli yutuqlardan biri nomlari 

yuqorida qayd etilgan ana shu jabrdiyda yozuvchilar ijodining qayta baholanishi bo’ldi. Zikr etilgan 

yozuvchilarning “oqlanishi” bilan ular adabiyotimiz tarixidagi qonuniy o’rnini egalladilar va ularning 

asarlari gazeta va jurnal sahifalari orqali xalqqa qaytarildi. SHu tarzda M.Behbudiy, A.Avloniy, Fitrat, 

A.Qodiriy, CHo’lpon, Elbek singari yozuvchilarning asarlari va ular to’g’risidagi maqolalar muntazam 

ravishda e’lon etilib borildi. Ayni paytda bu yozuvchilar ijodi umumta’lim maktablarining adabiyot 

dasturlaridan qonuniy o’rnini ham topdi. 

O’zbekiston ma’naviy madaniyatida teatr san’atining o’rni va roli muhimdir. 1980-yillar o’rtalaridan 

boshlab, qayta qurish tufayli teatrda “real hayotga” murojaat qilish hollari ko’rina boshladi. M.Boboev, 

SHukrullo, S.Ahmad, R.Abdullaev va boshqalar asarlarida ma’muriy-buyruqbozlik davrida respublikada 

paydo bo’lgan va shakllangan muammolar tanqid qilindi, o’tmish madaniy merosi, xalq tarixi, paxta 

yakkahokimligi, ekologik muammolar kabi xalqni tashvishga solayotgan ijtimoiy masalalarga qiziqish 

kuchaydi. Ayniqsa SH.Boshbekovning “Temir xotin” asarida birinchi bor muhim ijtimoiy masala lar ustida 

fikr yuritildi. 

 

Masalan, 1985 yilda O’zbekistondagi 30 ta teatrga 4802 ming tomoshabin tashrif buyurgan 



bo’lsa, bu raqkam 1989 yilga kelib 4387 mingga tushib qoldi. Bu sharoitda teatr o’z tomoshabinini 

“qidirib” qishloqlarga borishga va asosan kontsert dasturlari bilan mablag’ ishlashga majbur bo’lar edi. 

Birgina 1988 yilda respublika teatrlari 5534 kontsert tlmlshalari bilan chiqdilar. Bu esa o’z navbatida 

spektakllar sifati va soniga salbiy ta’sir qildi. Xususan, 1989—1990 yillarda hammasi bo’lib 43 sahna asari 

yaratildi, xolos. 

Milliy ma’naviy madaniyat tarkibida tasviriy san’atning o’rni alohidadir. Qayd etish lozimki, 1980-yillar, 

ayniqsa, uning ikkinchi yarmida tasviriy va ifodali vositalarni boyitish va yangilash, ijodiy izlanishlarga 



qiziqish ortdi. “Qayta qurish” yillarida, ayniqsa, rassomlar ijodida milliy badiiyatga xos bo’lgan ifoda 

vositalariga e’tibor, azaliy an’anaviy ruhiy qadriyatlarga intilish kuchaydi. Tasviriy san’atda milliylik ruhi 

bilan bir qatorda avangard yo’nalishlari (simvolizm, modernizm va boshqa)ga ham e’tibor berildi. Bu 

V.Oxunov, M.To’xtaev, SH.Bobojonov, A.Ikromjonov, J.Umarbekov, B.Jalolov, I.Isaev, A.Mirzaev ijodiga 

taalluqlidir. 

“Qayta qurish” yillarida zamonaviy voqelik, siyosiy hayot va muhit, demokratik harakat va so’z erkinligi 

tufayli tasviriy san’atga yosh ijodkorlarning kirib kelishini jadallashtirdi, yangi izlanishlar va g’oyalarni 

ifodalash bilan boyitdi. Rassomlar safiga A.Hazratov, A.Umarov, X.Hasanov, K.Odilov, SH.Qo’zieva, 

B.SHodieva kabi ko’plab yosh ijodkorlar qo’shildi. Ularning asarlarida Afg’onistondagi qonli urush fojiasi, 

tabiatga yetkazilgan zarar, Orol dengizining qurib borishi, paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlari kabi 

ijtimoiy muammolar o’z aksini topdi, ma’naviy qadriyatlarga yetkazilgan putur, ularning toptalgani 

haqidagi dard-alam bilan ifodalangan asarlar yaratildi. 

  

M.To’xtaev, V.Oxunov, T.Ahmadaliev, A.Nuriddinov, R.Qodirov kabi san’atkorlar asarlari yorqin 



ramziy ifoda vositalari orqali teran va chuqur falsafiy ma’nolarga boy bo’ldi. SHunday qilib, 1980-

yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” o’zbek milliy madaniyatida mavjud bo’lgan muammo-

larni hal eta olmadi, aksincha, ularni yanada keskinlashtirib yubordi. CHunki “qayta qurish” madaniyat 

borasidagi mustabid sovet tuzumi siyosatini tamomila inkor etish asnosida yuz bermadi, aksincha, ilgarigi 

siyosat yangi shaklda, eski mazmunni mustahkamlash tarzida davom etdi. SHuning uchun ham, “qayta 

qurish” milliy madaniyat takdirida aytarlik darajada ijobiy rolь o’ynamadi. 

 

  4.IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTNING DEMOKRATIYALASHUVI. 



    XALQ MILLIY ONGINING O’SISHI. MUSTABID TUZUM 

    INQIROZINING MUQARRARLIGI 

“Gorbachevcha” qayta qurish natijasida mamlakatda yalpi kommunistik tsenzura zaiflashdi va deyarli 

yo’q holiga keltirildi, uzoq vaqtdan buyon kutib kelingan hurfikrlilik va matbuot erkinligi pallasi 

boshlandi. “Qayta qurish”ning eng birinchi natijasi “oshkoralik” bo’ldi. Oshkoralik tazyiqi ostida 

sotsialistik mafkura o’zining “jozibadorligini” tobora yo’qotib bordi. Oshkoralik natijasida sovet 

jamiyatining ahvolini tah,lil qilish va mamlakat oliy darajasidagi siyosiy rahbariyatning yo’l qo’ygan 

xatolariga birinchi bor ochiqchasiga baho berishga qo’l urildi. Lekin shu bilan birga, “oshkoralik” 

O’zbekiston uchun o’zining bir qator salbiy tomonlari bilan ham namoyon bo’ldi.  

1983 yilda Markaz tomonidan ataylab o’ylab topilgan uydirma asosida O’zbekistonda paxtani terish va 

qayta ishlashdagi “o’g’irlik,” “qo’shib yozish,” moliyaviy buzilishlarni tergov qilish bilan markaziy 

prokuratura va ichki ishlar organlari maxsus shug’ullandi. Buning natijasida respublikadagi jamoa 

xo’jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%idan ko’prog’i, qishloq xo’jaligi yetakchi 

mutaxassislarining qariyb 45%i, har uch paxtachilik brigadasi boshlig’idan biri vazifasidan olib tashlandi 

(jami 40 mingga yaqin fuqarolar tergov qilingan edi). Ularning aksariyat ko’pchiligi tergov izolyatorlarida 

bo’lishdi, turmalar va lagerlarga yuborildi. Agrosanoat xodimlariga nisbatan qilingan bu qatag’onlar 

O’zbekiston qishloq xo’jaligida kadrlar salohiyatini sezilarli ravishda zaiflashtirdi. 

“Qayta qurish” jarayoni avvalboshdanoq asosan siyosiy sohani qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlar esa, 

oqibatda bo’ysunuvchan ahamiyat kasb etdi, u iqtisodiyot qonunlari asosida emas, balki mafkuraviy 

andozalar tarzida amalga oshirildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar 




bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o’rtasida katta farq ko’zga tashlana boshladi. SSSRning tarkibiy 

qismi bo’lgan O’zbekiston ham “qayta qurish” girdobiga tortildi, uning “qonunlariga” amal qildi. Jamiyat 

har tomonlama demokratiyalashuvining e’lon qilinishi eng avvalo sotsialistik xalq hokimiyati va o’zini-o’zi 

boshqkarish rivojlanishidan iborat deb tushunildi.  

O’zbekistonda saylov tizimini demokratiyalashtirish maqsadida 1990 yil fevral-aprelda respublika Oliy 

Sovetiga ko’p mandatli okruglar bo’yicha eksperiment sifatida saylov o’tkazib ko’rildi. Biroq 

yakkapartiyaviylik tizimi sharoitida bu yangilik rasmiyatchilikdan nariga o’tmadi. CHunki bu saylovlar Oliy 

Sovet tarkibini demokratlashtirmadi, aksincha, avval ishlab turgan Oliy Sovetga nisbatan deputatlar 

orasida ishchilar, kolxozchilar, xotin-qizlar, yoshlar soni kamayib ketdi, avvalgidek davlat hokimiyatining 

oliy organi deyarli mutlaq partiya a’zolaridan iborat bo’lib qoldi, deputatlarning qariyb 95%i 

kommunistlar edi. Lekin, bu saylovda ko’pgina okruglarda birinchi bor deputatlik mandatiga bir 

nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. SHunga qaramasdan, 500 okrudan 174 tasida muqobil 

nomzodlar ko’rsatilmadi. 

 

 



O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishini bir qancha omillar, eng avvalo, SSSRda 1990 

yil boshlariga kelib mustabid davlat siyosiy inqirozining kuchayganligi taqozo etdi. SHuningdek, bu 

inqiroz iqtisodiyotda va ijtimoiy-siyosiy sohada qilingan va Markazning ittifoqchi respublikalar bilan 

aloqalarni yangilashga qaratilgan islohotlarining barbod bo’lishi bilan ham namoyon bo’ldi. 1990 yil 

martda Litvaning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, Latviya bilan Estoniyaning SSSR tarkibidan chiqishga 

faollik bilan ochiqchasiga tayyorgarlik ko’rayotgani unitar (qo’shma) Sovet davlatining haqiqiy yemirilishi 

boshlanganidan dalolat edi. 

O’zbekiston xalqi oshkoralik va demokratiyalashtirishdan, milliy va ma’naviy qadriyatlarini tiklashdan, o’z 

haq-huquqlarini, jumladan, o’z taqdirini o’zi belgilash va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan ittifoq 

hokimiyati tuzilmalariga qaramlikdan xalos bo’lish huquqlarini amalga oshirishdan tobora ko’proq 

manfaatdor ekanliklarini ochiq namoyon qila boshladilar. 

 

1990 yil iyunda KPSSning navbatdagi s’ezdiga tayyorgarlik ko’rish doirasida O’zbekiston 



Kompartiyasining XXII s’ezdi bo’lib o’tdi. S’ezdda respublika yangi rahbariyatining shijoati va 

tashabbuskorligi yaqqol sezilib turdi. S’ezd I.Karimovning siyosiy ma’ruzasini tingladi. Unda respub-

likadagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga quyidagicha baho berilgan edi: 

Dastlab “O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish kontseptsiyasini” tayyorlashga kirishildi. 

Kontseptsiya respublika, Davlat reja qo’mitasi, moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot 

institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. SHuning 

asosida “O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy 

printsiplari” ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Res-

publika aholisi bu muhim hujjatni muhokama qilishda faol ishtirok etdi. 

Ko’rinib turibdiki, respublikaning yangi siyosiy rahbariyati vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan 

chiqish uchun xalq ommasiga tayangan holda iqtisodiy va siyosiy islohotlarni ildam va samarali qilib 

amalga oshirish, fuqarolarni davlat yo’li bilan ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilish, O’zbekistonning 

siyosiy suverenitetiga erishish asosida milliy davlatchilikni barpo qilish yo’lida mustaqil harakat qila 

boshladi. 

 O’zbekiston xalqlarining manfaatlarini ko’zlab I.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan ana shu 

dastlabki tadbirlarning o’ziyoq Prezidentlik boshqaruvining o’z vaqtida ta’sis etilganligidan dalolat berar 




edi. 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ana 

shunday tadbirlardan edi. Bu muhim hujjat O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan 

navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. 

Mavzuga oid tarixiy hujjat 

Mustaqillik deklaratsiyasi 

O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: 

O’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o’z 

taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir kishining farovon hayot 

kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda, O’zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy 

mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va 

demokratiya printsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini 

e’lon qiladi. 

1.O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy 

qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. 

2.O’zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay 

turib o’zgartirilishi mumkin emas. 

3.O’zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo’linmas qismlari 

ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. 

4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR 

Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston SSR hududida kuchga ega bo’ladi. 

5.O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha 

masalalar kiradi. 

6.O’zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy printsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. 

7.O’zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o’zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy 

va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. 

8.O’zbekiston SSR o’zining taraqqiyot yo’lini, o’z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, 

madhiya) o’zi ta’sis etadi. 

9.Qoraqalpog’iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika 

Konstitutsiyasi ta’min etadi. O’zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi 

asosida Qoraqalpog’iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi. 

10.O’zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O’zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga 

oshirish uchun zarur bo’lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O’zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy 

sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi. 

11.O’zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga 

qaror qilganini bildiradi, O’zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, 

iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. 




12.Ushbu Deklaratsiya O’zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini 

ishlab chiqish uchun asosdir. 

O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilindi. 

Toshkent shahri, 1990 yil 20 iyun. 

 

Suverenitet haqida Deklaratsiya qabul qilar ekan, Oliy Sovet davlat qurilishining tarixiy tajribasiga va 



O’zbek xalqkining shakllangan an’analariga, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi 

ta’minlanishiga, shuningdek, xalqaro-huquqiy normalarga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik 

tamoyillarga asoslandi. O’zbekistonning e’lon qilingan davlat suvereniteti uning o’z hududi barcha 

tarkibiy qismlarida va barcha tashqi aloqalarida ustivorligi bilan shakllandi.  

Deklaratsiyaga muvofiq respublikaning davlat hokimiyati uning butun hududiy qismlari ustidan amalga 

oshiriladigan va unda istiqomat qilayotgan butun aholiga taalluqli bo’ldi. Ichki va tashqi siyosatning 

barcha masalalari respublika davlat hokimiyati ixtiyoriga berildi. O’zbekiston o’zining ittifoqdosh 

respublikalar va boshqa davlatlar bilan aloqa printsiplarini shartnoma asosida belgiladi va siyosiy, iqti-

sodiy, madaniy va boshqa munosabatlarni shartnoma asosida amalga oshiradigan bo’ldi, u o’zining 

taraqqiyot yo’lini, o’z nomini belgiladi, o’zining davlat ramzlarini ta’sis etdi. Deklaratsiya O’zbekistonning 

yangi Konstitutsiyasini va yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asos bo’ldi. 

Respublika rahbariyati deklaratsiyani amaliy jihatdan hayotga tatbiq qilish borasida bir qator ishlarni 

amalga oshirdi. Xitoy va Afg’oniston bilan tashqi savdoni va chegara yaqinidagi savdoni faollashtirish, 

xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan qo’shma korxonalar tashkil etilishi, tashqi iqtisodiy faoliyatni 

qonun yo’li bilan tartibga solish (bu faoliyatni qatnashuvchi tomonlarning mulkchilik shakllariga bog’liq 

qilib qo’ymas edi), xorijiy investorlar uchun xalqaro normalar va qoidalarga rioya qilish kafolatlari, 

respublika yoshlarining harbiy xizmatga chaqirilishi va uni o’tash tartibining o’zgarishi—bularning bari 

suverenitetni rivojlantirish va mustahkamlash yo’lidagi muhim qadamlar edi. 

O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida teng huquqli munosabatlar birmuncha qaror topib bordi, ular har ikki 

tomonning suverenitetini e’tirof qilishga asoslangan edi. O’zbekiston bilan Leningrad, shuningdek, 

Leningrad viloyati o’rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi 

shartnoma 1990 yil 1 yanvardan amal qila boshladi va bevosita aloqalarni (ya’ni Markazni chetlab 

o’tuvchi aloqalarni) boshlab berdi. 

O’zbekistondagi jamoat tashkilotlari tizimi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda o’zgarib bordi. 

Ulardan o’ta siyosiy tus berilganlari — kasaba uyushmalari va komsomol tashkiloti bo’lib, ular 

“turg’unlik” yillaridan boshlaboq aholining va yoshlarning keng qatlamlari orasida haqiqatan ham 

chinakamiga ishonchni yo’qota boshladilar. Komsomol va xalq nazorati organlari partiyaning rahbarlik 

ta’siri, homiyligi va obro’si tobora zaiflashib borayotganini his qilib, 1990-yillarning boshlarida odatdagi 

ijtimoiy-siyosiy mavqelarini yo’qotdilar va shunchaki, rasman mavjud bo’lib, faoliyatsizlik qila boshladilar.  

“Eski” jamoat tashkilotlari—o’rtoqlik sudlari, xalq drujinalari, faxriylar kengashlari bilan bir qatorda, 

qayta qurish yillarida paydo bo’lgan atrof muhitni muhofaza qilish jamoat tashkilotlari, sovet madaniy 

fondi kabi tashkilotlar ham faoliyat ko’rsatdi. Lekin ular paydo bo’lgani bilan aholi o’rtasidagi ularning ij-

timoiy faoliyati samarasiz bo’ldi. 



O’zbekistonda demokratiyalash va milliy o’z-o’zini anglash jarayonining tobora avj olishi jamoat 

tashkilotlarining yoki o’sha vaqtda “ommaviy norasmiy” tashkilotlar deb atalgan tashkilotlarning yuzaga 

kelishi bilan bog’liq bo’ldi. Jumladan, “Birlik” xalq harakati 1989 yil may oyida tashkil bo’ldi. O’ziga, 

asosan gyc tilida so’zlashuvchi ziyolilarni qamrab olgan “Intersoyuz” (O’zbekiston xalqlarining 

baynalmilal ittifoqi) va   “Erk” xalq harakati (1990 yil fevraldan “Erk” demokratik partiyasi) yuzaga keldi. 

Ular bilan bir qatorda “O’zbekiston erkin yoshlari birlashmasi” (u 1990 yilda “O’zbekiston erkin yoshlar 

itgifoqi”ga aylantirilgan bo’lib, VLKSMdan ochiq dan-ochiq uzoqlashdi) va O’zbekiston xotin-qizlarining 

“To’maris xalq harakati” degan xotin-qizlar tashkiloti ham faoliyat ko’rsata boshladi. 

Biroq vaqg o’tishi bilan ulardan ayrimlari, avvalo “Erk” va “Birlik” o’zlarining dastlabki ijobiy ahamiyatini 

yo’qotdilar. Ularning rahbarlari jamiyatni birlashtirish, dolzarb muammolarni birgalikda hal qilish yo’lini 

emas, balki uni bo’lib yuborishga, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan yo’lni, tanqidbozlik va 

qarama-qarshilik yo’lini tuta boshladilar. Ularning faoliyati amalda bunyodkorlik xususiyatiga ega 

bo’lmadi, aksincha, tobora buzg’unchilik xususiyatiga ega bo’lib bordi. Ular O’zbekiston mustaqilligini 

mustaxkamlash vazifalarini hal qilishga ochiqdan-ochiq to’g’anoq bo’la boshladilar. 

Farg’ona voqealaridan so’ng, O’zbekistonning yangi raxbariyati millatlararo munosabatlarni 

takomillashtirishga alohida e’tibor berdi. 1990 yilning oxirida O’zbekiston Prezidenti Kengashida milliy-

madaniy markazlar va ularning ishini takomillashtirish to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Mahalliy 

kengashlar, vazirliklar va idoralarga milliy-madaniy markazlar tomonidan qo’yilayotgan muammolarni hal 

etishda yordam berish va har bir xalqning madaniyatini, o’ziga xosligini saqlab qolish va rivojlantirishga 

millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning muhim omili sifatida qarash tavsiya etildi. 

O’zSSR Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklariga milliy tillarda o’qitish dasturini ishlab chiqish, 

Toshkent Davlat universitetida uyg’ur filologiyasi kafedrasini tashkil etish vazifasi topshirildi. O’zSSR 

Davlat matbuot qo’mitasiga respublikada yashovchi barcha millat va elatlar vakillarining talab-

ehgiyojlarini qondirish uchun o’quv va badiiy adabiyotlarni nashr etishni, shu bilan birga ularni res-

publika tashqarisidan keltirishni kuchaytirish, madaniy markazlar mablag’larini kooperatsiyalash asosida 

“Millatlar hayoti” haftalik gazetasini chop etish imkoniyatlarini qarab chiqish tavsiya qilindi. Bu gazeta 

Respublika baynalmilal madaniyat markazining organi bo’lishi kerak edi. 

Milliy munosabatlarni rivojlantirishni yetarli darajada tashkiliy-siyosiy va huquqiy jihatdan ta’minlamay 

turib, faqat targ’ibiy-tashviqiy ta’sir yo’li bilan millatlararo munosabat sohasidagi yuksak madaniyatni 

shakllantirish mumkin emas edi. Buning uchun millatlararo munosabatlarni boshqarishning yaxlit tizimini 

yaratish kerak edi. Va bunday tizimlar respublikada 1990—1991 yillarda yaratila boshlandi. O’zbekiston 

SSR Prezidenti devonida Millatlararo munosabatlar bo’limi tashkil etildi. Bunday bo’limlar 

Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi Ministrlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya 

qo’mitalarida tuzildi. 

SHuningdek, joylarda jamoatchilik tizimlari— mehnat jamoalarida, o’quv yurtlarida, aholi istiqomat 

joylarida “Do’stlik kengashlari” shakllana boshladi. Ular tarkibi turli millatlar vakillaridan iborat edi. 1991 

yilning yanvarida faqat Sirdaryo viloyatining o’zida 32 ta yirik korxona, muassasa hamda 4 ta o’quv 

yurtida “Do’stlik kengashlari” tashkil etildi. 

KPSS s’ezdining qarorlari va ko’pgina boshqa muhim masalalarning yechimi O’zbekiston vakillarini 

qanoatlantirmadi. Щu sababdan, ilgari qaror qilinganidek, 1990 yil dekabrda O’zbekiston 

kompartiyasining XXII s’ezdi yana bir majlis o’tkazdi, unda barcha muhim muammolar yuzasidan o’zining 

nuqtai nazarini mustaqil ravishda belgilab oldi. S’ezd “Siyosiy va iqtisodiy suverenitet uchun, ma’naviy 




yangilanish, ijtimoiy adolat va O’zbekiston aholisining munosib turmush sharoitini yaratish uchun” degan 

harakatlar dasturini qabul qildi. 

Jamiyatdagi ichki ziddiyat va keskinlik nihoyatda kuchaydi, eski tuzumning portlashi va buzilishi muqarrar 

bo’lib qolgan edi. CHunki tayyorlangan yangi ittifoq shartnomasi mustabid davlat tuzilmalaridagi eskilik 

tarafdorlari va reaktsion kuchlar uchun ma’qul kelmadi. SSSRning yuqori rahbarlaridan bir guruhi 1991 

yil 19—21 avgustda o’zlarini favqulodda holat Davlat qo’mitasi (GKCHP) deb atab, davlat to’ntarishi 

qilishga urinib ko’rdi, lekin bu urinish barbod bo’ldi. Bu kommunistlar hokimiyatining 73 yillik davri va 

mustabid SSSR davlatining tugaganligini, u bilan birgalikda esa “qayta qurish” ham barbod bo’lganligini 

anglatar edi. 

Favqulodda holat munosabati bilan mamlakatda (shu jumladan, O’zbekistonda ham) o’ta murakkab 

vaziyat yuzaga keldi. O’zbekiston xalqining keyingi taqdiri ana shu murakkab sharoitda qaysi yo’lni 

tanlashiga bog’liq bo’lib qolgan edi. I.Karimov boshliq O’zbekiston rahbariyati “Mustaqillik 

Deklaratsiyasi”ni amaliy jihatdan hayotga tatbiq qilish va milliy davlatchiligimizni tiklashdek o’ta 

murakkab va mas’uliyatli, shu bilan birga adolatli yo’lni tanladi. 



Download 221,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish