2-ma’ruza. Bino va inshootlarni ekspluatatsiyaga topshirish, ekspluatatsiyaga topshirishda sifat nazorati. Darsning maqsadi



Download 90 Kb.
bet2/2
Sana08.09.2021
Hajmi90 Kb.
1   2
Interfaol metodlar: «Aqliy xujum», suhbat, savol-javob.

Hozirgi zamon turar-joy va jamoat binolari o’zida muhandislik tizimlari va inshootlarning murakkab majmuasini ifoda etadi. Ularni ekspluatatsiya qilish uchun bino unsurlari ashyolarining eskirish, yedirilish va buzilish asosiy qonuniyatlarini, hamda binolarni o’z vaqtida remontga berish, ko’rikdan o’tkazishni ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim.

To’g’ri texnik xizmat ko’rsatish va rejaviy-ogohlantiruv remontlari binolarining me’yoriy xizmat muddatini ta’minlaydi. Texnik ekspluatatsiyani tashkillashtirishda binolarni konstruktsiya va qurilmalari materialini hoh me’yoriy, hoh barvaqt yedirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bilish lozim.

Binolarni ekspluatatsiya qilish qurilgan ob’ektlardan foydalanishni, ya’ni ularning xonalari bo’sh qolmasligini ko’zda tutadi. Masalan, turar-joy xonalarida fuqarolarning yashashi nazarga olinadi. Istiqomat qiluvchilarning extiyojini qondirish barcha muhandislik tizimlarini (suv o’tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, lift qurilmalari) me’yorida ishlab turishi lozim.

Binolarni ekspluatatsiyasi 2 katta bo’limga ajratiladi. Binolarga xizmat ko’rsatish va binolarni texnik ekspluatatsiya qilish (1.1-rasm).

Binolarga texnik xizmat ko’rsatish deganda ularning xonalaridan, muhandislik tarmoqlaridan, atrofidagi xududdan foydalanish mobaynida lozim bo’lgan holda tutilishi ta’minlashga aytiladi. Xizmat ko’rsatish pasport ishlarini, tashkilotlar bilan yashovchilar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarni, bino hovlisidagi sanitariya tozalash va supurish-sidirishlarni ko’zda tutadi. Texnik ekspluatatsiya esa rejaviy-ogohlantiruv (kapital va joriy) va ko’zda tutilmagan remontlarni o’tkazishni, hamda ko’riklar va qurilmalarni sozlashni nazarda tutadi. Bino va uning ayrim konstruksiyalari ekspluatatsiya mobaynida tabiiy omillar ta’sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni buzilishsiz ishlatishni ta’minlash uchun eskirish jarayonini to’xtatib turishga yoki uni yo’q etishga yo’naltirilgan tadbirlarni o’rnatilgan talablar asosida o’tkazish lozim. Biroq boshlang’ich holatni to’la tiklashni hatto kapital remontlar natijasida ham amalga oshirib bo’lmaydi. Gap faqatgina binoning barcha unsurlarini me’yoriy muddatlarda durust ishlatishni ta’minlovchi tadbirlar ustida borayapti.



1.1 rasm Binolarga texnik xizmat ko’rsatish

Remont ishlari bo’lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu holat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi.

Me’yoriy xizmat muddati deganda binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalarining o’rtacha yig’ma muddatiga aytiladi. Bu muddat ichida binoning yuk ko’taruvchi konstruksiyalari o’z vazifalarini bajaradi, ya’ni binoning umrboqiyligi deyiladi. Binoning me’yoriy xizmat muddati uning vazifasiga, hamda qo’llaniladigan ashyo va konstruktsiyalarga bog’liq.

Kapital remontdan maqsad - binoning jismoniy eskirishini yo’qotish, joriy remontda esa - konstruktsiya va muhandislik tizimlarini barvaqt eskirishdan asrash. Kapital remontda shu bilan birga binoning eskirish va undagi hajmiy-rejaviy, sanitar-gigienik va boshqa yechimlarning o’sib boruvchi talablarga javob bermay qolishi bilan izohlanuvchi ma’naviy eskirishi ham yo’qotilinadi. Masalan, hozirgi vaqtda balandligi 4 qavatdan yuqoriroq uylarda liftlar o’rnatilishi ko’zda tutiladi, lozim bo’lganda bino joylashishiga o’zgartirish kiritiladi, tovush va issiqlik izolyatsiya kuchaytiriladi, arzonroq va samaraliroq ashyo va konstruktsiyalar qo’llaniladi, turar-joy va boshqa xonalarning maydoni oshiriladi va x.k. Rejaviy-ogohlantiruvchi remontlarni o’tkazish bino ekspluatatsiyasi ishonchliligini tavsiflovchi, ya’ni muhandislik, barqarorlik, binoning me’moriy-badiiy ko’rinishi kabi ko’rsatkichlarni saqlash imkonini beradi.

Boshlang’ich davrda bino ekspluatatsiyasi aholi bilan ishlash, hovli xududini tozalash, ko’riklar, muhandislik qurilmalarni sozlash va to’g’rilash kabi xizmat ko’rsatish ishlari bilan chegaralanadi. Bino eskirishini oshishi bilan rejaviy-ogohlantiruvchi remont ishlari o’tkaziladi. Ekspluatatsiyaning ikkinchi davri texnik xizmat ko’rsatishdagi talablarning hamma turlarini ichiga oladi va asosiy yuk ko’taruvchi konstruktiv unsurlarda eskirish 80% dan oshguncha davom etadi, undan so’ng chegaraviy holat mintaqasi boshlanadi. SHunday qilib, binoning texnik ekspluatatsiyasi o’z ichiga tarkibi va mazmuni binoni ekspluatatsiya qilish davomida va uning eskirishini oshirishi bilan o’zgarib boruvchi tadbirlar umumlashmasini o’z ichiga oladi.

Rejaviy-ogohlantiruv remontlarini o’tkazishda ma’lum bir davriylikka amal qilinadi. Bunda kapital davriyligi konstruktsiyaning turiga va uning materialiga, ya’ni binoning kapitalliligi bo’yicha qaysi guruhga mansubligiga bog’liq.

Doiraviy remont hajmini bog’lovchi ekspluatatsiya qilinayotgan binoning va uning ichki muhandislik qurilmalarining texnikaviy holatini tavsiflovchi dastlabki xizmatlar uy va yer maydonining texnikaviy pasporti hamda uylarning konstruktiv unsurlarini, xonalarning, muhandislik qurilmalarini va tashqi obodonlashtirish ko’riklari natijalari aks ettirilgan bayonnomalardan iborat. Bu ma’lumotlar asosida turar-joy ekspluatatsiya shirkatlari tomonidan uylarni kapital remont qilish va obodonchilik darajasini ko’tarish bo’yicha istiqbolli rejasi, hamda har bir uyning o’rnatilingan remont doiraviyligi bo’yicha profilaktika remontining yillik rejasi ishlab chiqiladi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib binoning texnik ekspluatatsiyasining vazifasi quyidagilardan iborat:


  • turar-joy uylari va konstruktsiyalarini va bino qismlarini yaroqli holatda tutish;

  • bino muhandislik qurilmalarining beto’xtov ishlashini ta’minlash;

  • ko’riklarni, hamda joriy va kapital, ya’ni rejaviy-ogohlantiruv remontlarini o’z vaqtida o’tkazish;

  • uy atrof hududini saranjom-sarishta tutish.

Binolarning texnik ekspluatatsiyasi maqsad va vazifalaridan farqli, ularga texnik xizmat ko’rsatishning maqsad va vazifalari bir muncha kengroq. Binolarga xizmat ko’rsatishda o’tkaziladigan tashkiliy tadbirlar quyidagilarni ta’minlaydi:

  • fuqarolar bilan turar-joyni tasarrufga o’tkazish haqida shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;

  • ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ular bilan ishlash, masalan, axlatlarni olib ketish, gaz-suv ta’minoti, lift xo’jaligiga xizmat ko’rsatish va remont qilish va boshqa shu kabilar;

  • pasport ishlarini olib borish.

Binolarga xizmat ko’rsatish va ekspluatatsiya qilishning hamda ko’riklar o’tkazishning shakl va tamoyilining bunday tus olishi, ularga texnik xizmat ko’rsatishning o’ziga xos ekanligini, yil davomida uzluksiz tavsifga ega ekanligini ko’rsatadi.

Texnik jihatdan bino va uning elementlari mustahkamlik, ustuvorlik, ishonchlilik va olovbardoshlik talablariga javob berishi kerak. Binoning mustahkamligi va ustivorligi uning konstruktsiyalari mustahkamligi va ustuvorligiga, ularning fazoviy bikrligini ta’minlash uchun birgalikda ishlash ishonchligiga hamda asosning yuk ko’tarish qobiliyatiga bog’liq.

Binoning uzoq muddatga chidamliligi yuk ko’taruvchi konstruktsiyalar uchun sovuqqa, namlikka, bino va yemirilishga ustivor materiallarni qo’llash bilan yoki yetarli darajada chidamli bo’lmagan materiallarni himoya qilish bilan ta’minlanadi.

Binolarga qo’yiladigan yong’inga qarshi talablar, binoning o’zini olovbardoshlik darajasini belgilaydi. Bu o’z navbatida uning asosiy konstruktsiyalari binoning funksional belgilanishi, ishlab chiqarishning yong’inga xavfliligi va boshqalarga bog’liq bo’lgan yonish guruhi va olovbardoshlik chegarasi bilan belgilanadi.

Binoning iqtisodiy jihatdan arzonligi qurilish uchun ketgan mu­kammal mablag’ va me’yoriy xizmat qilish muddatida foydalanish sarflarining yig’indisi bilan belgilanadi.

Me’moriy talablaga esa mos ravishda bino badiiy jihatdan ko’zga tashlanadigan darajada bo’lishi lozim. Binoning me’moriy-badiiy ko’rinishi uning funktsional belgilanishiga ko’ra aniqlanadi va milliy me’moriy ko’rinishlar va an’analarni taqozo etadi hamda shakl va ma’no birliklari printsipilarga javob beradi.

Binolarga qo’yiladigan foydalanish talablari umumiy va maxsus turlarga bo’linadi. Umumiy talablar barcha binolarga qo’yiladi, max­sus talablar yesa belgilanishi yoki ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xosligi bilan ajralib turadigan binolarga qo’yiladi. Umumiy va maxsus foydalanish talablari mazkur guruhdagi binolarni loyihalash uchun mo’ljallangan "Me’yoriy va texnik shartlar"da keltirilgan. Belgilanishning o’ziga xosligi yoki qurilmaviy yechimlariga mos ravishda aniqlanadigan maxsus individual talablar binoni loyihalash uchun texnik topshiriqlarda aks yettiriladi.

Binoni loyihalashda shunday hajmiy-rejaviy va qurilmaviy yechimlarnitanlash lozimki, bular o’z navbatida minimal sarflarni taqozo qilsin. Buning uchun loyihalash jarayonida quyidagi talablar bajarilishi lozim:

binolarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tadbirlari oddiy va iqtisodiy jihatdan arzon usullar bilan amalga oshirilishi lozim;

o’zaro tutashlikka ega bo’lgan konstruktsiyaviy elementlar loyiha­lash jarayonida bir xil yoki bir-biriga yaqin bo’lgan xizmat qilish muddatlariga ega bo’lsin;

konstruktsiyaviy elementlar va muhandislik tizimlari yetarli darajada ishdan chiqmaslikka, ta’mirlash ishlarini bajarish, vujudga keladigan nosozliklar va nuqsonlar, foydalanish jarayonida qulayliklarga ega bo’lishi kerak;

binolar ularni normal foydalanish uchun kerakli bo’lgan qurilmalar va uskunalarga, foydalanuvchi ishchilar xonasiga ega bo’lishi kerak hamda me’yoriy hujjatlarning umumiy va maxsus talablariga javob berishi lozim.

Yuqorida keltirilgan talablarning bajarilishi binoni foydalanishga qabul qilish jarayonida albatta tekshiriladi. To’liq yig’ma konstruktsiyalardan tiklangan turar-joy binolaridan foydalanish uchun qabul qilib olishda "To’liq yig’ma konstruktsiyalardan tiklangan binolarni texnik nazorat qilishga uslubiy ko’rsatmalar"dan foydalanish tavsiya yetiladi.

Qurib bitkazilgan bino ikki bosqichda qabul qilinadi:

buyurtmachiningishchikomissiyasitomonidan bosh pudratchidan;

davlatqabulkomissiyasitomonidan — buyurtmachidan.

Bosh pudratchidan obektning qurib bitkazilganligi to’g’risida yozmaravishda ma’lumot olingandan so’ng buyurtmachi tomonidan besh kundan ko’p bo’lmagan muddat ichida ishchi komissiya tuziladi. Ishchi komissiya tarkibigabuyurtmachivakili (rais), foydalanuvchitashkilotvakili, bosh pudratchivakili, subpudratchitashkilotlarvakili, loyixalashtirishtashkilotivakili, kasabauyushmalaritashkilotivakili, kasabaiiyushmasi texnik inspektsiyasivakili, davlat sanitariya vayong’inna­naulilashkilotlarivakillarikiradi.

Ishchi komissiya quyidagilarnibajarishgamajbur:

foydalanishuchuntaqdimetilganquribtugatilganbinovainshootlar, uskunalaritayorliginitekshirishhamdabajarilganqurilish

— montaj ishlarivaularningsifatiniloyihagamoskelishinianiqlash;

alohidaolinganqurilishkonstruktsiyalari, qo’llanilganmateriallar, montaj qilinganqurilmalarvauskunalarniishonchliligivaloyihaechimlarigamoskelishinianiqlashmaqsadidanazorattekshiruvivasinovinio’tkazishnitalabetish.

Bosh pudratchi ishchi komissiyaga quyidagi hujjatlarni o’z vaqtida tayyorlashi va taqdim etish lozim:



  • qurilishda ishtirok yetgan tashkilotlarning ro’yxati, ularning bajargan ishi va muhandis-texnik xodimlarning va har bir ish uchun mas’ul kishilarning familiyalari;

  • muhim konstruktsiyalarni qabul qilib olishning oraliq va ko’zga ko’rinmas ishlarning dalolatnomalari, ishlarni bajarish jurnali, qo’llanilgan qurilish mahsulotlarining pasportlari, materiallar va uskunalar, laboratoriya tahlillari, bajarilgan ishlarning loyihaga va KMQ talablariga javob berishini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni;

  • qabul qilinadigan obektning qurilish jarayonida o’zgartirishlar kiritilgan loyihasi majmuasini;

  • suv ta’minoti, oqova suvlar, gaz ta’minoti, markazlashgan isitish tizimi va boshqa sanitar-texnik tizimlarni gidravlik sinash va qabul qilish dalolatnomalarini;

  • ventilyatsiya, yong’inga qarshi qurilmalar, yelektr yoritish qurilmalari hamda lift qurilmalari sistemalarining qabul qilish dalolat­nomalarini;

  • o’rnatilgan qurilmalarning oraliq sinovlari, tekshirib ko’rish yoki qabul qilish dalolatnomalarini;

  • yordamchi inshootlarini ishga tushirish mumkunligi to’g’risida kasaba uyushmalari kengashi texnik inspektorlari xulosalarini.

Ishchi komisssiya loyiha va texnik hujjatlarni tekshirib bo’lgandan so’ng obektni diqqat bilan tekshirib qo’radi. Qayd yetilgan kamchiliklar va nuqsonlar qaydnoma ko’rinishida rasmiylashtirilib dalolatnomalarga tirkaladi. Qaydnomada nuqsonlarni bartaraf etish muddat­lari va mas’ul kishilarning ismi va shariflari ko’rsatiladi.

Ishchi komissiya bajarilgan ishlar sifatini "Qoniqarsiz" bahoga baholasa bino foydalanish uchun qabul qilinmaydi.

Yirik panelli va to’liq yig’ma konstruktsiyalardan tiklangan binolar oraliq dalolatnomalar qo’rsatmalari orqali qabul qilinadi. Tekshirish natijasida qayd yetilgan kamchiliklar va nuqsonlar besh kundan oshmagan muddatda bartaraf yetilishiga ishchi komissiyaning ishonchi komil bo’lsa foydalanish uchun qabul qilinaveradi va qabul bo’yicha davlat komissiyasiga o’tkazilaveradi, albatta bu to’g’rida alohida dalolatnoma tuziladi. Jamlanma dalolatnomaga ishchi komissiya imzo chekkandan so’ng loyiha-smeta hujjatlari buyurtmachiga beriladi.

Qabul bo’yicha davlat komissiyasi mahalliy hokimiyatlar tomo­nidan buyurtmachi bosh pudratchi qurib tugatgan obektdan foy­dalanish uchun yuborgan yozma ma’lumotnomasi asosida tuziladi.

Davlat qabul komissiyasi tarkibiga quyidagi tashkilotlar vakillarikiradi: davlat me’moriy-qurilish nazorati, buyurtmachi, foydalanadigan tashkilot, yong’inga qarshi va sanitariya kuzatuvi organlari, ka­saba uyushmalari tashkiloti. Komissiya raisi mahalliy hokimiyat depu- latlari qaroriga asosan tayinlanadi.

Turar-joy va fuqaro binolarining qabul qilinib olinishi to’g’risidagi dalolatnoma besh kundan oshmagan muddatda komissiya tayinlagan organ tomonidan tasdiqlanadi. Davlat qabul komissiyasi tomonidan lasdiqlangan dalolatnoma buyurtmachi tomonidan bank orqali moliyaviy ta’minlashni to’xtatish uchun asos bo’ladi.



Davlat sanitariya nazorati respublika sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlabchiqilgan qoidalarni bajarilganligini nazorat qiladi. Davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifasi tashqi muhitni (suvhuvzalari, zaminva atmosfera havosi) zararli tashlandiqlar va xo’jalik-maishiy chiqindilardan saqlanishini, aholining mehnat va maishiy sharoitini yaxshilanishini nazorat qilishdan iborat. Sanitariya epidemologiya xizmati organlari va tashkilotlari sanitariya-gigienik va san­itariya epidemiklikga qarshi bo’lgan, loyihalash, qurish, foydalanish jarayonidagi qoidalarni bajarilganligini nazorat qiladi.

Ushbu rejadan ko’zlanayotgan materiallar o’zida binolarning kontruktiv qisimlari va unsurlarini ekspluatatsiya qilish, ulardagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish, binolarni turli sharoitlarda ekspluatatsiya qilish, muxandislik qurilmalarini ekspluatatsiyasi, binolarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni bartaraf etishda ekspluatatsiya talablarini asosiy omil sifatida qobul qilinadi.
Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat