2 жорий назорат Shaxsiy sotsializatsiya nazariyalari



Download 18.38 Kb.
Sana20.06.2021
Hajmi18.38 Kb.

2 жорий назорат

1.Shaxsiy sotsializatsiya nazariyalari.

I. Ijtimoiylashtirish jarayoni. Shaxsiy sotsializatsiya nazariyalari.

Sotsializatsiya Shaxsning shaxsiyatining shakllanishi uning atrof-muhit madaniyati rivojlanishi bilan birga keladi. Tirik odam, ya'ni. harakat qilish va bilish, bu "o'z" madaniyatining elementlari bilan ta'minlanmasdan aqlga sig'maydi, ularning hayoti, faoliyati va xulq-atvori uning qadriyatlari va normalari hisoblanadi. Ular birgalikda yaxlit ramziy dunyoni tashkil qiladilar. Ijtimoiylashtirish nazariyalari juda ko'p. .

Ijtimoiylashtirish nazariyasining kelib chiqishi asarlarda yoritilgan Tardaqadriyatlar va me'yorlarni ichkilashtirish (shaxsni mahorat) jarayonini tavsiflagan ijtimoiy o'zaro ta'sir o'tkazish orqali., Tarduga ko'ra, bu tamoyil sotsializatsiya jarayonida, va u fiziologik ehtiyojlarga va ulardan kelib chiqadigan odamlarning xohishlariga, shuningdek ijtimoiy omillarga (obro', itoatkorlik va amaliy foyda) asoslangan. Tard namunaviy o'qituvchi-talaba munosabatlarini odatiy ijtimoiy munosabatlar sifatida tan oldi.

Nuqtai nazaridan T. Parsons, shaxsiyatning paydo bo'lishini ta'minlaydigan asosiy jarayon o'zaro ta'sir. Tug'ilgandan boshlab, bola ijtimoiy munosabatlarga ehtiyoj sezadi. Ushbu ehtiyojning ahamiyati, bola dastlab qaram holatda ekanligi bilan belgilanadi. Bola ehtiyojlarni rivojlantiradi unga nisbatan kattalarning tegishli munosabatida. Aynan shunday yangi ehtiyojlar asosida odam hayvonlar uchun etishmaydigan tashkiliy darajaga chiqadi. Muhim mexanizmi T. Parsonsning fikriga ko'ra ijtimoiylashuv aniqlash qobiliyatini rivojlantirish kattalar bilan. Eng muhim identifikatsiya xususiyati kattalar uchun qadriyatlarni bola qabul qilish. Boshqacha qilib aytganda, bola o'zi uchun kattalar uchun nimani xohlashini xohlashni boshlaydi.

Ikki shaxs bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashganda, ular vujudga kela boshlaydilar o'zaro taxminlar ularning har birining xatti-harakatlari va munosabatlari to'g'risida. T. Parsons bu taxminlarni chaqirdi rol kutishlari. O'zaro ta'sir o'tkazuvchi ikki shaxsning birinchisi (A deb nomlaymiz), ikkinchi shaxs (B) bu vaziyatda o'ziga xos tarzda harakat qilishini kutadi. Bundan tashqari, A reaktsiyasi o'z kutganlarini bajarish yoki bajarmaslikga qarab farq qiladi. O'z navbatida, B reaksiyalarni A ma'nosiga ega (har doim ham to'g'ri emas) bilan izohlaydi va bu talqin A ga nisbatan o'z harakatlarining keyingi bosqichini shakllantirishda rol o'ynaydi.

2.Begonalashuv — inson faoliyati va uning natijalari mustaqil kuchga aylanib, inson ustidan hukmronlik va unga yovuzlik qiladigan holatga kirishishini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon. Mehnat shart-sharoiti, vositalari va mahsuli ustidan ijtimoiy nazoratning yoʻqligida, shaxsiing hukmron ijtimoiy guruhlar tomonidan aldamchilik yoʻli bilan boshqarish obʼyektiga aylantirilishida namosn boʻladi. B. kishi ongida muayyan tarzda aks etadi (ijtimoiy meʼyorlarni yot va yovuz meʼyorlar sifatida idrok etish, yolgʻizlik hissi, loqaydlik va boshqalar). B. konsepsiyasining kelib chiqi-shi T. Gobbs, J. J. Russoga borib taqaladi, Gegel tomonidan esa rivojlantirildi. 20-asr falsafa, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyasida B.ning ayrim tomonlari tadqiq etilmoqda.Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog‘liq hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo‘jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib, narxlar tez sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan, deb fikr yuritishimiz mumkin.

Tanazzul -Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga salbiy ta’sir qilishi, ba’zi tartiblar kirgizishi aniq. O‘z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa, tanazzul ham shunchalik, chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro‘y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo‘yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o‘z mehnati natijasida begonalashib boradi.

3.Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi .

4.Sotsial munosabatlar tushunchasini o‗zi hali sotsiologiya fanida aniq

va ilmiy ta'rifini hozircha topa olgani yo‗q. Avvalambor shuni ta'kidlash

zarurki, sotsial munosabatlar ko‗pincha ijtimoiy munosabatlar tushunchasi

bilan tenglashtiriladi yoki sotsial munosabatlar ijtimoiy

munosabatlarlarning bir xususiy ko‗rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud

adabiyotlarni chuqurroq tahlil qilinadigan bo‗lsa shunday xulosaga kelish

mumkinki, yuqorida ko‗rsatilgan fikrlarda qimmatli asos borligini bilish

mumkin. sotsial munosabatlar tushunchasi ko‗pgina adabiyotlarda 2 xil darajada: keng ma'noda va tor

ma'noda talqin qilingan, ushbu muammoni keng ma'noda tushinish — bu

sotsial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan

tenglashtirishdir, va ular orasidagi farqlarga e'tibor bermaslik bilan

bog‗liqdir.

Tor ma'noda sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarining bir

muhim elementi va turi deb interpretatsiya qilinadi. Sotsial munosabatlar

keng ma'noda quyidagicha ta'rif bilan belgilangan.

Sotsial munosabatlar bu tabiat hodisalaridan o‗laroq bo‗lib, unda

ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir.

Keyinchalik sotsial munosabatlarni ham keng, ham tor ma'noda

talqin qilish jarayonlari takomillashib bordi. Albatga yuqorida keltirilgan

ta'riflar bu munosabatlarni materializm ta'limoti metodologiyasi asosida

shakllangan ko‗rinishidir. Sotsial munosabatlarga berilgan ta'riflar bir-

birlaridan shakl jihatidan farqlansalar ham lekin mazmun jihatidan bir-

birlaridan deyarli farqlari yo‗q, deb ta'kidlansa mubolag‗a bo‗lmaydi.

Chunki ularning asosini materialistik dialektika metodologiyasi tashkil

qiladi. Shuning uchun sobiq Ittifoq adabiyotida sotsial munosabatlar

muammosi tarixiy materializmning qonun va kategoriyalaridan kelib

chiqib yoritilgan haqiqiy sotsiologik muammo sifatida sotsial munosabatlar

tahlil qilinmagan. Shuning uchun sotsiologiya mustaqil fan sifatida tan

olinmay unga faqat sotsial muammolarni, falsafiy tadqiqotlarining

xulosalarini o‗zining emperik tadqiqotlari bilan asoslash vazifalari

yuklatilgan edi.

5.Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. K. epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. K.ning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Dramaaa K. hara-katni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. K.da yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" K.ga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" K.da esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan K.ning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy K. siyosiy K.ga, siyosiy K. falsafiy K.ga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy K.ni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. K.ning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday K.lar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Mac, qad. dunyoda yaratilgan asarlar K.ti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy hirs K.ning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida K. yuzaga kelgan

. 6.Arastu zabardast olim bo`lib, mantiq, psihologiya, falsafa, axloq, notiklik san’ati, tabiiy fanlar buyicha ulmas, bebaxo asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o`rganishga kartilgan. Mantiqka oid asarlarining barchasini «Organon» («Јurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo`lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo`l-yurik ko`rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo`naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.

Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to`rtta sababga ega. Bo`lar — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg`ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo`lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmokchi bo`lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o`zining abadiy sababi, ya’ni haraqatlantiruvchi kuchiga ega.


Arastuning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo`l-ko`lchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma’naviy boylik bilan uyg`un bo`lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o`rtacha mulkka ega bo`lgan fukarolarning mehnati bilan ta’minlanadi.

7. «Sotsial» termini sotsiologiyada ikki ma'noda, keng va tor doirada ishlatiladi. Keng ma'nosida «sotsial» tushunchasi «ijtimoiy» tushunchasiga sinonimdir.Tor ma'noda esa, jamiyat hayotining ma'lum sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Ba'zi bir sotsiologlar sotsial munosabatlar masalasini tadqiq etishib sotsial munosabatlarni 3 nuqtai nazardan tahlil qilish kerak degan fikrga kelganlar, keng ma'noda, torroq ma'noda va tor ma'noda.

Keng ma'noda sotsial munosabatlar deganda, jamiyatdagi kishilarning hamma munosabatlari tushuniladi.Torroq manoda sotsial munosabatlar deganda jamiyat sotsial sub'ektlari, ya'ni ma'lum sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning «parchasi» sifatida tahlil qilinadi. Tor ma'noda esa u iqtisodiy va siyosiy munosabatlar bilan bir qatorda ko‘riladi.

«Sotsial» tushunchasi turlicha izohlanishdan kelib chiqib, sotsial rypyhlarga har qanday kishilar birligi (sotsial yoki ijtimoiy guruh; hamma ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchilari (ijtimoiy munosabatlar sub'ekti); aniq sotsial, sinfiy, urug‘-qabilaviy va oilaviy munosabatlar (sotsial munosabatlar) sub'ekti sifatida qarash kerak).

Guruh tushunchasi haqida gapirishdan oldin, bir qancha farklarni ko‘rib chiqamiz. Bu masalani sotsial to‘plam tushunchasidan boshlaymiz.

Tashqi kuzatuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan qandaydir umumiy belgilarga ega bo‘lgan kishilar yig’indisi sotsial to’plam deb ataladi. Masalan, biz kishilar to‘plamidan qora tanli kishilar to‘plamini, ko‘k ko‘zli kishilar to‘plamini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.

8.Jamiyat tushunchasi va jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar O. Kontning sotsiologik nazariyasida ham aks ettirilgan. O. Kont D. Yum, A. Smit, Russo, Sen-Simonlarning jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarini rivojlantirdi. O. Kont sotsiologiyasida psixologiya, siyosiy iqtisod, etika, falsafa tarixi fanlariniig tushuncha va metodologiyasi, sintezlashtiriladi. Jamiyat, oila, xalq, millat barcha insoniyatning axloqiy xissiyotlarini qamrab olgan axloqiy xissiyotning organik natijasi deyiladi. Jamiyat — o‘zaro munosabatda bo‘lgan «zarrachalar», «elementlar», «atomlar»ning avtomatik harakatda bo‘lgan mexanizmi deb qaraladi. Individ xatti-harakatlari va qiziqishlarini O. Kont abstraksiya deb hisoblaydi. Ijtimoiylikning ajralmas unsuri sifatida inson emas, oilani olib, oila jamiyatning ijtimoiy organizmini birligini tashkil etadi, deydi. Bu yerda kishilarning o‘zaro aloqadorligi («assotsiatsiya») emas, balki ajralmas birligi hukmronlik qiladi, deb o‘z fikrlarini Kont davom ettiradi.

Jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarini G. Spenser organitsistik (jamiyatni tabiatning organizmini analogi deb qarab, ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlarning belgisi sifatida qarash) ta'limot nuqtai-nazaridan olib qaraydi. Jamiyatning taraqqiyoti biologiyaning yangi yutuqlari bilan shakllanib, rivojlanib boradi. Jamiyat a'zolari jamiyat farovonligi uchun emas, balki jamiyat jamiyat a'zolari farovonligi uchun xizmat qilishi kerak, deb Spenser individualizmi organitsistik konsepsnsiyasiga yondoshadi,— insonni sotsiologiyaning eng asosiy muammosi sifatida olib qaraydi. Jamiyat tabiat fenomenining umumlashmasi sifatida, uning taraqqiyoti(evolyutsiya) differentsial bo‘laklar va funksiyalarning tabiiy jarayoni sifatida qaraladi. Individualizmning axloqiy-ijtimoiy muammosi yangi muammo bo‘lib, differensiallashgan jamiyatda individ ham ishtirok etadi, evolyutsiya unga tug‘ulgan muammoni yechishga ruxsat etib turadi. XIX asrda «jamiyat» tushunchasi yangi ma'no bilan boyitiladi. Jamiyat taraqqiyotining mexanik strukturasi organik strukturasi bilan birgalikda olib qaraladi. Muammoni yechish yo‘lini sotsiologlar jamiyatni 2 yo’nalishini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganib, ikki qarama-qarshi tendensiyani: an'anaviy va zamonaviy jamiyat turlarini bir-biri bilan solishtirib o‘rganadilar. Bunday jamiyat yo’nalishini Tyonnis va Dyurkgeym «status» va «kontrakt» (shartnoma» dixotomik g‘oyalarini ilgari surgan holda o‘rganib chiqadilar. Unda gipotetik tabiat» ko‘rinish va «ijtimoiy shartnoma» ko‘inishining ratsional tomonlari aks ettiriladi. Tyonnis o‘zining «jamoa» («gemaynshaft uyushmasi) va «jamiyat» dixotomiyasida organitsistik metodologiya muammolashtirgan. Uning konsepsiyasida individning umumiylikka yoki individlarning ichki umumiylikka munosabatlari to‘g‘risida fikr bormay, balki individlarning o‘zaro munosabatining anglangan erkinliklarini bildiruvchi ijtimoiy umumiylik to‘g‘risida so‘z boradi

9..ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.

10.Sotsializatsiya» tushunchasi XIX asr oxirida - paydo bo‘lib, shaxsning o‘z hayoti mobaynida o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonini anglatadi. Sotsializatsiya «shaxsni tarbiyalash», «shaxsni shakllantirish» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq, biroq u kengroq tushuncha bo‘lib, insonga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan barcha ta’sirlarni qamrab oladi.

Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, u shaxs bo‘lib shakllanadi. Insonning shaxs bo‘lib shakllanishi va qaror topishi sotsializatsiya jarayoni nomi bilan ataladi. Sotsializatsiya jarayoni go‘daklikdan boshlanib, insonning so‘nggi kunigacha davom etadi. Mazkur jarayon davomida inson jamiyatdagi madaniyat normalarini va sotsial rollarni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z “Men”ini topadi.

Bunda inson quyidagi jarayon va usullardan foydalanadi:

O‘rganish – yangi bilimlarni qabul qilish, sotsializatsyaning rudimentar shakli.

Tarbiyalash – sotsializatsiya agentlarining insonning ruhiy olami va xulq-atvoriga maqsadli ravishda ta'sir ko‘rsatishi.

Shaxs sotsializatsiyasining asosini normalarni o‘zlashtirish holati yotadi. Normalarga amal qilish jamiyatning madaniy darajasini aniqlab beradi.

Shaxs sotsializatsiyasi ikki bosqichni qamrab oladi:

1. Adaptatsiya (moslashish). Bu individning sotsial sharoitlarga, funksiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya’ni muhitga moslashishidir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning sotsializatsiyasida o‘z aksini topadi. Shu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o‘ynaydi.

2. Interiorizatsiya, ya’ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishi jarayoni. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko‘pgina nazariyalarda shaxsning sotsializatsiyasi, tashqi ta’sir ob’yekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina sotsializatsiya yordamida sotsial o‘zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi.

Sotsializatsiya shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyati sifatida o‘zi ham ijtimoiy hayotining hamma sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs sotsial ta`sirlanishning ob’yekti va sub’yektidir. Sotsializatsiya jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat ko‘rsatish uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
Мавзу: О.Конт ва унинг социологияга қўшган ҳиссаси

KONT (Comte) Ogyust (1798.19.1, Monpelye — 1857.5.9, Parij) — fransuz faylasufi, pozitivizmning asosiy vakili. Sen-Simonta kotiblik qilgan (1817—22). Tarix va sotsiologiyaga oid qarashlari Sen-Simonning kuchli taʼsirida boʻlgan. K. har qanday metafizikani rad etgan. Pozitivizmga empirizm bilan mistitsizm orasidagi oʻrta yoʻl sifatida qaragan. K. fikricha, fan mohiyatni emas, faqat hodisani biladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi insoniyat aqlzakovati evolyusiyasining 3 bosqichi (ilohiy, metafizik, pozitiv yoki ilmiy) nazariyasini ilgari surdi. Fanlar tasnifini ishlab chiqdi. K. "sotsiologiya" tushunchasini ilk bor fanga kiritdi, u tufayli sotsiologiya muayyan ilmiy tizimdan joy oldi. K. ga koʻra, kishilik jamiyatini tashqil etish sotsiologiyaning amaliy maqsadi hisoblanadi. Asosiy asarlari: "Pozitiv falsafa kursi"


Mutafakkirlar qadimgi paytlardan bеri global ijtimoiy jarayonlarni va kishilarning o`zaro ta'siri mеxanizmini boshqarish sirlarini ochishga harakat qildilar.

2. G`arbiy Еvropada sotsiologiya maktabi. Sotsiologiya fanining asoschisi frantsuz Ogyust Kont (1798-1857) hisoblanadi. Kont sotsiologiyasi burjuaziyaning ma'naviy va siyosiy hukmronligi davrida vujudga kеldi. U o`zida sanoat va fanning yuksalishini ifodalaydi, aql yordamida ijtimoiy nizolarni hal qilishga intiladi. Kont o`z tadqiqotlari prеdmеti - jamiyatni ijtimoiy munosabatlarda tartib va progrеss sohasida rеvolyutsiyadan kеyingi vaziyat bilan bog`lagan. O`sha davrda jamoatchilik antagonizm va ziddiyat dеb hisoblagan tanglikni Kont bartaraf etib, o`z sotsiologiyasi bilan ikki qutbni – tartib va progrеssni birlashtirmoqchi bo`ladi. Tartib bo`lmasa progrеss anarxiyaga aylanadi. Pozitiv (ijobiy) siyosatda tartib va progrеss bir tamoyilning ikki tomonidir.


Sotsiologiya Kont fikricha, ijtimoiy statistika (jamiyatda turg`un bo`lgan tuzilmalar) va ijimoiy dinamika (ijtimoiy o`zgaruvchanlik jarayoni)dan iborat.
Kont tushuntirishicha, falsafa va sotsiologiyani pozitiv dеb atashning sababi, ular fan ma'lumotlariga emas, balki ilmiy kuzatuvlarga asoslanadi. Pozitivizmda eng asosiy talab kеraksiz tushunchalardan voz kеchish hamda tabiiy-ilmiy qarashlarni isbotlovchi “pozitiv” (ijobiy) ijtimoiy nazariyani yaratishdir.
Kont tabiatni bilish tarixini 3 bosqichda bo`ldi: bu bosqichlardan har biri dunyoqarashning muayyan tipiga: 1)tеologik-harbiy hukmronlik; 2) mеtafizik-fеodal hukmronlik; 3) pozitiv-sanoat sivilizatsiyasi turiga mos kеladi. Birinchi, tеologik pallada inson ao`lli hodisalarni ilohiyot, ilohiy kuchlarning ta'siri bilan izohlashga uringan. Kont fikricha mеtafizik dunyoqarash tеologik dunyoqarashning o`zgargan shaklidir. Mеtafizik dunyoqarashga ko`ra barcha xodisalarning asosini abstrakt mеtafizik mohiyatlar tashkil etadi. Tеologik va mеtafizik dunyoqarash o`rniga Kont fikricha “pozitiv mеtod” kеladi va u absolyut bilimlardan (matеrializm va ob'еktiv idеalizm) voz kеchishni talab qiladi.
Bu bosqichlar kеtma-kеtlikda kеladi, shuning uchun ijtimoiy guruhlar orasidagi tеngsizlik taraqqiyotning muayyan darajalari bilan bog`liq bo`ladi. Kont o`zining uch hadli sxеmasidan fanlarni turkumlash uchun, tarixni bir tizimga solish uchun foydalanadi. Uning sotsiologik ta'limotining asosiy g`oyasi - rеvolyutsion yo`l bilan o`zgartirishni bеfoyda dеb hisoblashdan iborat. Kont fikricha kapitalizm insoniyat tarixining evolyutsiyasini tugallaydi. Kont oliy xudoga sig`inishni targ`ib qilishni ijtimoiy uyg`unlikni barqaror etish vositasi dеb hisoblaydi.
Kontning xizmatlari shundaki, u sotsiologiya fani dasturlari va usullarini ilmiy izlanishlar vositasi sifatida aniqlay oladi. Uning fikriga ko`ra sotsiologiyaning prеdmеti-bu ijtimoiy xodisalarning mohiyatidir. Jamiyat to`g`risidagi fanlar tabiiy fanlar mеtodologiyasiga tayanishi kеrak: olimlar kuzatuv, qiyoslash, tarixiy, gеnеtik usullarni qo`llay bilishi lozim. Ushbu usullar ichida tarixiy va qiyosiy usullar kеng trqalgan. Kuzatuv va ekpеrimеnt usullari esa XX asrga kеlib qo`llanila boshlandi.
Kont ta'kidlashicha, jamiyatdagi ijtimoiy muvofiqlik-bu shaxslar va ijtimoiy qatlamlar manfaatlarining bir-biriga mosligidir. Kontning jamiyatni yaxlit organizm sifatida tushunishi, mеhnatning ijtimoiy adolat asosida taqsimlanishi, ijtimoiy barqarorlik shartlari va omillari, turli guruh va qatlamlar manfatlarini moslashtirishda davlat va shaxslarining o`rni to`g`risidagi fikrlari bugungi kunga ham muhimdir.
Download 18.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat