2-amaliy mashg’ulot Suv iste`moli va uning hisobi. Reja



Download 48,22 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2022
Hajmi48,22 Kb.
#516956
  1   2
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot SXM-2


2-amaliy mashg’ulot
Suv iste`moli va uning hisobi.
Reja:
1. Suv iste`molini hisoblashdan maqsad.
2. Asosiy suv iste’molchilari.
3. Suv iste`moli me`yori. Hisobiy suv sarfini aniqlash.
4. Suv iste`moli va nasos stantsiyasi ish grafiklarini tuzish.

1. Suv iste`molini hisoblashdan maqsad.


Aholi punktlari va ob’yektlarni suv bilan ta`minlash uchun suv ta`minoti sistemalarida kerakli bosim va suv sarfini ta`minlovchi inshootlar jumladan: Suv tarqatish tarmoqlari, bosimli suv minorasi, bosimli havzalar (rezervuar) loyihalashtirilishi zarur. Inshootlarni to’gri joylashtirish va o’lchamlarni aniqlash uchun turli ob’yektlardagi suv iste`moli miqdorini bilish kerak. Buning uchun esa iste`molchilarni soni, tarkibi va har birining suvga bo’lgan talabini bilish muhimdir. Shu asosda aholi punktdagi,suvga bo’lgan talab aniqlanadi.
Asosiy suv iste’molchilari.
Aholi punktlarida iste`molchilar quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin:
1. Aholi ichimlik va xo‘jalik extiyojlari: oziq-ovqat tayyorlash, idish-tovoq yuvish, kir yuvish va x.o.
2. Madaniy va maishiy muassasalari (klublar, maktablar, hammomlar va x.o.)
3. Sug’orish sarfi (ko’chalarga suv sepish, ko’kalamzorlarni sug’orish)
4. Ishlab chiqarish korxonalari (yog’-moy, konserva zavodlari, remont ustaxonala-ri, garajlar, traktor parklari va x.o.)
5. Chorvachilik fermalari va x.o.
6. Yong’inni o’chirish maqsadida.
Sutkalik suv istemolini hisoblash uchun suv iste`moli me`yorini va iste`molchilarni sonini bilish zarur.
Qsut = N * P

Suv iste`moli me`yori. Hisobiy suv sarfini aniqlash.

Suv iste`moli me`yori deb bir iste`molchi uchun bir sutka talab qilinadigan suv miqdoriga ataladi (o’lchov birligi l/sut).
Suv iste`moli me`yori amaldagi me`yoriy hujjatlar, jumladan SNiP, VSN-33-2.2, ONTP-1-77 bo‘yicha qabul qilinadi. SNiP 2.04.02-84 tashkil vodoprovod inshootlarini loyihalashtirish asoslarini belgilovchi qurilish me`yori va qoidalaridir. Bu hujjat Davlat Qurilish Qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan.VSN-Tarmoq Qurilish Me’yorlari. ONTP - Texnologik Loyihalash Me’yorlari.
Inshootlar o’lchamlarini to’gri aniqlash uchun hisobiy suv iste`moli me`yorini aniqlanishi zarur. Hisobiy suv iste`moli me`yori esa SNiP bo‘yicha qabul qilingan o’rtacha suv istemoli me`yorini notekislik koeffitsientiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi.
Nxis = Nurt * Ksut.not
O’rtacha suv iste`moli me`yori (bir kishi uchun) binolarning obodonchilik darajasiga bog’lik holda beriladi. Masalan:
1. Vannasi bo’lmagan ichki vodoprovod va kanalizatsiya bilan jihozlangan binolar iborat aholi punktida - 125-160 l/sut.
2. Xuddi shunday va bundan tashqari mahaliy suv isitish moslamalar va vanna bilan jihozlangan sharoitda - 160-230 l/sut.
3. Xuddi shunday va yana markazlashtirilgan issiq suv ta`minotiga ega bo’lganda sharoitda - 230-350 l/sut.
Vodoprovod faqat ko’chaga o’rnatiladigan suv olish moslamalari bilan jihozlanganda - 30-50 l/sut.
Ksut.not = 1.1-1.3
Ksut.not. - sutkalar bo‘yicha notekislik koeffitsienti, har xil korxonalarni notekis ish jarayoni va sharoitlarini, yilning mavsumini hisobga oladi.

Chorvachilik fermalari va korxonalarda suv iste`moli me`yori VSN-33-2.2 va ONTP-1-77 bo‘yicha qabul qilinadi. Ko’chalarga suv sepish va ko’kalamzorlarni sug’orish me`yori SNiP 2.04.02-84 3-nchi jadvalida keltiriladi.
Yong’inni o’chirish uchun zaruriy me`yor esa SNiP 2.04.02-84 1-nchi jadvalida aholini soniga va uylarni qavatiga bog’lik holda beriladi.
Masalan:
Tashqaridan yong’inni o’chirish me`yori aholi 5 minggacha bo’lganda Nt=10 l/s
Ichkaridan yong’inni o’chirish me`yori SNiP II-30-76 bo‘yicha yirik hajmli binolar (klub,kinoteatr va x.o.) sig’imiga bog’lik holda qabul kilinadi.
Klub sig’imi 300 kishigacha bo’lsa Ni = 5 l/s (2-ta 2.5 l/s sarfli okim), 300 kishidan ko’p bo’lganda Ni = 10 l/s (2-ta 5.0 l/s sarfli oqim).

Suv iste`moli va nasos stantsiyasi ish grafiklarini tuzish.

Vodoprovod inshootlarini loyihalashda suv iste`molining sutka soatlari bo‘yicha tarqatilishi ham katta ahamiyatga egadir. Suv istemolining o’zgarishi pog’onasimon va integral grafiklar bilan ifodalanishi mumkin.
Suv sarfini o’zgarishi soatlik va sutkalik notekislik koeffitsientlari bilan xarakterlanadi. Sutkalar bo‘yicha suv istemoli notekislik koeffitsienti Ksut.not = 1.1-1.3.
Soatlar bo‘yicha noteksis koeffitsienti - bu maksimal soat suv iste`molini o’rtacha suv iste`moliga nisbati bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
K soat n. = 1.5 - 2.2

qmax.soat


Ksoat.n. = -----------
qurt.soat
Yoki hisobiy suv sarfni soatlar bo‘yicha tarqalishi jadvalidan
(maksimal suv istemoli soatidagi sarfning yig’indisi) yoki quyidagi
formula bo‘yicha topilishi mumkin:
Qsut
qxis.max = qurt * Ksoat.n.; qurt = ------
24
Ksoat.n. = amax * vmax;
amax = 1.2 - 1.4 - obodonchilik darajasini, korxonalari ishlash jarayoni va tartibini hisobga oluvchi koeffitsient
vmax - aholi sonini hisobga oluvchi koeffitsient.
Aholi punkti kattalashgan va undagi xilma-xil ob’ektlarining ko’paygani sari suv sarfi sutka davomida tekisroq tarqatishga boradi yani notekislik koeffitsientning qiymati kichrayadi.

Erkin bosim tushunchasi va uni aniqlash. Vodoprovodning


ish tartibi.
Hisobiy suv miqdori - eng balandda va eng uzoqda joylashgan asbobga yetkazib berilishi va uning erkin quyilishi ta`minlanishi shart. Buning uchun zarur bo’lgan bosim erkin bosim deyiladi.


Download 48,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish