2-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Payvand birikmalar va payvand choklarning asosiy
turlari, ularning chizmalarda belgilanishi.
Payvand birikma
- detallarning payvandlash natijasida hosil qilingan
ajralmas birikma.Payvandlashda ishlatiladigan yoki payvandlashga yordam
beradigan buyumlar
payvandlash vositasi,
payvandlash vannasi, elektrod
payvandlash elektrodi
deb, payvandlash natijasida hosil bo’lgan narsa esa
payvand
deb ataladi.
Payvand chok
- payvandlash vannasi metalining kristallanishi natijasida
hosil bo’lgan payvand birikmasining bir qismi. Payvand birikmalar uchma-uch,
burchakli, tavrsimon, ustma-ust bo’lishi mumkin.
Uchma-uch birikma
deb bir
tekislikda yoki bir sirtda joylashgan detallarning birikmasiga aytiladi.Uchma-
uch birikma payvand chokining shaklini chok eni
e
ning eritish chuqurligi
h
ga
nisbati bilan baholanagi, uni
chok shakli koeffisienti
𝜓
=
e/h
deb ataladi (1.2-
rasm)
Bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan va ularning qirralari
tegishib turgan joyda payvandlangan ikki detalning birikmasi
burchakli
birikma
deb ataladi.
Bir detalning sirti boshqa detalning sirtiga burchak ostida tegib
turadigan, uning toresi tutashtiriladigan sirtga qo’yilib, unga payvandlanadigan
birikma
tavrsimon birikma
deyiladi (1.4-rasm).
Ustma-ust birikma
deb, payvandlanadigan detalning qirralari parallel
holda biri ikkinchisining ustida joylashgan va biri ikkinchisining qo’yilgan
birikmaga
aytiladi
(1.5-rasm).
Payvand choklar biriktirish turiga qarab uchma-uch (uchma-uch
birikmalarda) va burchakli (burchakli, tavrsimon va ustma-ust birikmalarda)
turlarga bo’linadi.Uchma-uch choklar (1.2-rasm) chokni eni va erish eni, erish
chuqurligi, kuchaytirish kattaligi (yoki botiqlik chuqurligi) bilan burchakli
choklar esa katetlarning kattaligi bilan tavsiflanadi (1.4-rasm).
Fazodagi shakliga qarab to’g’ri chiziqli, egri chiziqli (shakldor), doiraviy
va halqasimon choklar bo’ladi.
Vazifasiga qarab choklar ishchi choklarga, bog’lovchi choklarga va
qo’shimcha choklarga bo’linadi.
Uzunligi bo’yicha choklar uzluksiz va uzlukli bo’lishi mumkin.Ikki
tomonlama uzlukli choklar
zanjir choklar
deb ataladi, bunda payvandlangan
uchastkalar har ikki tomondan bir-biriga qarama-qarshi joylashadi, agar
payvandlangan
uchastkalar
oraliqlariga
teskari
joylashgan
bo’lsa
shaxmatsimon choklar
deb ataladi (1.9-rasm).
Payvand birikmani ishlatishda unga ta’sir etuvchi kuchlarning yo’nalishi
bo’yicha choklarni yon tomon choklarga, pesh choklarga (bu yo’nalishga
perpendikularchoklarga), qiyshiq choklarga (bu yo’nalishga burchak
ostida joylashgan choklarga) va kombinastiyalashtirilgan choklarga
bo’linadi(1.10-rasm).
Payvandlashda fazodagi vaziyatga qarab pastki, yarim vertical, vertiqal,
yarim ship,ship choklarga, shuningdek, vertical tekislikdagi gorizontal
choklarga va ‘’qayiqcha’’ (в лодочку) deb ataladigan burchak choklarga
bo’linadi(1.11-rasm).
Payvand birikvalar va choklarning turi, ularning o’lchamlari hamda
chizmada belgilanishi davlat standartlari bilan belgilab qo’yilgan (1.12-rasm).
Chokning harfiy-raqamli belgisi birikma turini va uning snandart
bo’yicha tartib nomerini bildiradi. Masalan, C8-uchma-uch, Ю4-burchakli, T3-
tavrsimon, H2-ustma-ust birikmalarning choklari.Fazoda joylashishga qarab
choklar quyidagicha belgilanadi:’’в лодочку”, ko’rinishida pastki vaziyatda,
Гр-gorizontal vaziyatda, Bp-vertikal, ППт-yarim ship, Пт-ship choklar.Agar
buyumda payvandlashning bir nechta usullari qo’llansa payvandlash
belgisining harfiy belgilari quyidagilarni bildiradi:Ф-flyus ostida yoy bilan
payvandlash, У-karbonat angidrid muhitida payvandlash, И-inert gaz muhitida
payvandlash,
Ш-elektr-shlak
usulida
payvandlash,
K-kontaktli
payvandlash.Payvandlash
jarayoning
mexanizasiyalashtirish
darajasi
payvandlash usulining belgisi harflar bilan ko’rsatiladi:P-qo’lda payvandlash,
A-avtomatlashtirilgan
payvandlash,
П-mexanizasiyalashtirilgan (yarim
avtomatik
payvandlash).
Shuningdek, payvandlashda qo’llaniladigan
texnologik usullarning shartli belgilari ham mavjud. Masalan, flyus ostida
avtomatik payvandlash uchun A indeksi payvanlashning muallaq olib borilishi,
Aф-flyus yostiqchasida olib borilishi, Ac-po’lat ostqo’ymasida olib borilishini,
Aпш-payvand chok bo’yicha olib borilishini, Aм-flyus-mis ost qo’ymasida
olib borilishini bildiradi.
Payvanlash usuli qo’shimcha harfiy belgilar bilan aniqlashtirilishi
mumkin: Кт-kontaktli nuqtali payvandlash, Kc-kontaktli uchma-uch
payvandlash, Kco-eritib kontaktli chok hosil qilib payvandlash.
1.1-jadval.
Payvand chok belgisiga kiradigan yordamchi belgilar
1.2-jadval.
Payvand birikmalar choklarining shartli belgilariga
misollar
Do'stlaringiz bilan baham: |