2- mavzu/ 2-mashg’ulot
Reja:
Shayboniylar davrida markaziy va mahalliy boshqaruv.
Din ulamolarining boshqaruvdagi o’rni.
Mansab va unvonlar ularning funksiyalari.
Xarbiy soha va sud.
1. Shayboniyalar davlati boshqaruv tizimi islomiy odat va o’zidan avvalgi davlatlar boshqaruv ananalariga asoslanilgan edi. Dastavval oliy hokimyat otadan bolaga emas balki Yoshi katta sulola vakillari birin ketin davlatni idora etishgan. Ammo bu boshqaruvda to’liq saqlanib qolmadi. XVI asrning 40-50- yillardan boshlab asta sekinlik bilan otadan bolaga vorislik tizimi shakllanib bormoqda edi.
Boshqaruv mahhaliy va markaziy boshqaruv apparatlaridan tashkil topgan edi. Ya’ni markaziy boshqaruv deganda devon va dargoh faoliyati uning markazida turgan edi. Mahhaliy boshqaruv bu udel tizimi keyinchalik, viloyat va tuman va eng quyi boshqaruvgacha bo’lgan ma’muriy bo’linmalarning umumiy funksional idora tartibini o’z ichiga qamrab oladi.
Shayboniyalar davrida ham oliy davlat idorasi- dargoh sanaladi. Dargoh tepasida xon turgan. U davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Dargoh asosan davlatning 3 ta yirik sohasini:
Siyosiy
Moliyaviy
Harbiy
Sohalarini tartibga solish ishini bajargan organ edi.
Unda qabul qilingan qarorlar xon tasdig’idan o’tib amaliyotga joriy etilgan.
2. Davlat boshqaruvida turli harbiy va siyosiy mansablar bilan birga diniy mansan egalarining ham nufuzi bir qadar muhim bo’lgan. Ular davlat boshqaruv doskasida Ulamolar, Shayxlar va Xojalar nomlaridagi figuralar tarzida nomoyon bo’lishgan. Shayboniylarning eng kuchli hukmdorlari ham albatta ulamonlar bilan muoqotga kirishishiga to’g’ri kelgan. XVI asrning o’rtalaridan boshlab ayniqsa ularning nufuzi borgan sari osha boshlagan. Ular davlat boshqaruvida ham diniy ham dunyoviy hayotda o’z mavqelarini mustahkamlab olishgan edi. Bu davrdagi diniy siyosiy shaxslardan Jo’ybor shayxlari alohida mavega erishgan edilar. Ular qo’lida nafaqat hokimyat va obro’ balki yetarlicha moddiy boylik ham to’planganligi qo’l kelgan.
Manbalarda keltirilishicha Abdullaxon II ham avval Xo’ja Islom, keyinchalik Xo’ja Sa’d larning mamalakatdagi faoliyatini qo’llab quvvatlashga majbur bo’lgan edi. Mamlakatdagi Shayx ul Islomlar ham aynan Jo’yborlar orasidan yetishib chiqqan edi. Shuning diniy rahnamolar Sadr,Qozi kalon,Mufti kabi mansablarda mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda o’z ta’sirlarini o’tkazib kelishgan.
3. Shayboniylar davlatining markaziy boshqaruv apparatida juda ko’plab mansab va unvon egalari faqoliyat olib borishgan. Biz quyida ularning ayrimlari faoliyati va funksional obrazlarini ko’rib o’tamiz:
a) otaliq – bu mansab egalari voyaga yetmagan shag’zodalar tarbiyasi bilan shug’ullagan. Ular shuningdek o’z tarbiyalaridagi shag’odalarga berilgan yer mulk va viloyatlar boshqaruvida ham ishtirok etganlar.
Otaliq mansabiga tayinlanayotgan shaxslar ham shag’zodalarga berilgan hududning yirikligi va mazkur hududlarning davlatdagi ahamiyatiga mos kelishlari, salohiyatlari yetishi kerak edi
b) ko’kaldosh- aslida bu nomning so’zma-so’z tarjimasi bir inadan sut emgan chaqaloqlarga ishlatiladi. Shu jihatdan biz o’rganayotgan davr uchun ham uning funksiyasi va lug’aviy ma’nosi o’rtasida ma’lum ma’noda bog’liqlik bor. Chunki bu mansabdagi shaxs-u xon va davlat siyosati va xalq va kishilarning munosabatini o’rgangan va shu jihatdan eng ishonchli kishilargina bu mansabda faoliyat olib borishlari kerak bo’lgan. Shuningdek shayboniylar davrida Ko’kaldosh mansabidagi shaxslar odatda boy badavlat kishilar bo’lishgan. Masalan ular masjid vamadrasalarni o’z hisobidan qurdira olishgani tarixdan ma’lum.
c) xon yasovuli- bu mansabdagi shaxs shag’zodalar v axon o’rtasidagi munosabatlarni o’rgangan.
d) qushbegi va amiri shikor mansablari ham o’ziga xos nufuzga ega bo’lishgan. Chunki aksariyat shayboniy hukmdorlarning sevimli mashg’uloti ov bo’lgan. Va bu mansabdagi shaxslarning jimmasiga aynna ov va uni tashkil etish vazifalari yuklatilgan edi.
Shuningdek sshayboniylarda yana qator mansablar mavjud edi. Jumladan, eshikog’aboshi, Miroxur, Shig’ovul, Bakovul va boshqalar shular jumlasidan dir.
4. Davlatda harbiylar ham muhim shaxslar hisoblanishgan. Ular mamlaktning mudofaa masalalari, xonning xavfsizligini ham saqlab turishlari shart edi.
Shayboniylar davridagi ayrim harbiy mansab egalari:
Chuhraboshi
Qo’rchiboshi
Qorovulbegi
Jarchiboshi
Eshiko’gaboshi
Masalan eshikog’aboshi mansabi egasi dargoh xavsligi bilan shug’ullangan.u ham o’z navbatida o’ng va chap eshikog’aboshi mansablari nomi bilan yuritilgan edi. Shuningdek bu mansab egasi urush paytlarida hukmdorning maxsus topshiriqlarini ham o’z jimmasiga olgan.
Bundan tashqari miroxur, shig’ovul, bakovul mansablari ham harbiy mansablar sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |