2- ma’ruza. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning janr xususiyatlari (2soat) Reja



Download 58,49 Kb.
bet1/8
Sana24.08.2021
Hajmi58,49 Kb.
#155288
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
folklor2-maruza


2- ma’ruza. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning janr xususiyatlari (2soat)
Reja:

1.Mif tushunchasi. Mifning xalq og’zaki ijodi asarlari tarkibiga badiiy-estetik holatda o’tish jarayoni.

2. Mifologik tafakkurning badiiy-estetik tafakkurga o’tish bosqichlari (afsona, rivoyat, naql, epos, ertak, qo’shiq misolida).

3.Afsona, rivoyat, naql atamalari haqida ma’lumot. Ularning umumiy va o’ziga xos jihatlari.

4. Afsona va rivoyatlar tasnifi va badiiyati.

5. To’maris va Shiroq rivoyatlari asosida Vatan mavzusi yoritiladi.


Og’zaki nasr namunalari voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishi bilan xarakterlanadi. Ular hikoya qilib, gapirib berishga, bayon etishga mo’ljallangan bo’ladi.

Og’zaki nasriy asarlar tuzilishi jihatidan xalq lirikasi va og’zaki dramasi namunalaridan ajralib turadi. Bu farq, asosan, voqelikni ifodalash yo’liga qarab belgilanadi. Chunki xalq nasriy asarlarida voqealar aniq va mukammal syujet asosida bayon etiladi, tafsiliylik ustunlik qiladi. Ularda emostionallik, metrik o’lchov, vazn uchramaydi, voqelik epik nutq vositasida bayon etiladi.

Xalq og’zaki nasriy asarlarida syujet muhim o’rin tutadi. Ular hech qachon syujetsiz bo’lmaydi. Nasriy asarlar syujetini kirish (ekspozistiya), tugun, epik sarguzasht yoki voqealar rivoji, kulminastiya (asarning eng avj nuqtasi), echim kabilar tashkil etadi.

Xullas, xalq og’zaki badiiy ijodi asosida yaratilgan nasriy asarlar xalq prozasi nomi bilan yuritiladi. Ular g’oyaviy mazmuni jihatidan xalq ruhi va orzu-niyatlarini aks ettiradi.

Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak va doston kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og’zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo’lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so’ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan.

Xalq og’zaki nasrining boshlang’ich namunalari juda sodda va qisqa bo’lib, turmushdagi biror voqeani yoki ma’lum bir voqea haqidagi tasavvurni hikoya qilish shaklida kechgan.

Og’zaki nasrning ilk namunalarida qadimiy urf-odat va marosimlarning bayoni, real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy formada ifodalangan. Real voqea-hodisalarning badiiy talqini esa nasriy og’zaki asarlar tarkibidagi epik motivlarni yuzaga keltirgan.

M.Jo’raev o’zbek folklorshunosligida xalq nasri janrlarini tasnif qilishning mezonlari sifatida badiiy asarning mavzu doirasi, badiiylik darajasi, voqelikni talqin qilish usuli, vaqt va makon belgisi, maishiy-funkstional qamrovi e’tiborga olinishi lozimligini ta’kidlab, shunga ko’ra xalq nasri janrlarini a) badiiy nasr janrlari (ertak, latifa, naql, qissa va lof) hamda b) ma’rifiy nasr janrlari (mif, afsona, rivoyat, demonologik hikoya , og’zaki hikoya) kabi ikki katta guruhga ajratadi.1



MIF (ASOTIR) – xalq og’zaki poetik ijodining ilk mahsulidir. U eng qadimgi davr folklorida ibtidoiy tasavvurlar asosida yaratilgan.

Mif-grekcha “mythos – so’z, rivoyat” so’zidan olingan bo’lib, qadimgi odamning borliq, olam jumboqlari, tabiat va koinot sirlarini bilishga intilishi, bu boradagi ilk tasavvurlari va xulosalari, xudolar, pahlavonlar haqidagi qarashlari asosida paydo bo’lgan.

Mif – ongsiz badiiy to’qima mahsuli. Unda fantastika, xayoliy uydirma etakchilik qiladi. Ibtidoiy inson mifdagi voqelikni inkor etib bo’lmas haqiqat sifatida qabul qilgan. Mifning tabiati haqida M.I.Steblin – Kamenskiy: “Mif – bu voqelik bo’lib, u qanchalik haqiqatga zid bo’lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyda ayni haqiqat deb qabul qilindi”, - deb yozgan edi.


Download 58,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish