2- amaliy topshiriq Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlari va rivojlanish shartlari nimadan iborat?



Download 37,5 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2021
Hajmi37,5 Kb.
#62917
  1   2
Bog'liq
2- amaliy topshiriq


2- amaliy topshiriq

Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlari va rivojlanish shartlari nimadan iborat?

“Innovatsiya” atamasi lotincha innovus (in – novus – yangilikka qarab) degan ma’noni anglatadi va u “yangilik” va “ilg’or texnologiya” atamalari bilan sinonimlar tariqasida ishlatilishi mumkin. Bu barcha tushunchalarni birlashtiruvchi ma’nosi innovatsiyalarni (yangilik kiritishni) ikki xil ma’noda tushunishni, ya’ni yangilik yaratish (yangi mahsulot, yangi texnologik jarayon, yangi hizmatlar va xakozo) va ularni amalga oshirishni o’z ichiga qamrab oladi. Nafsilambirini aytganda, biror bir ob’ektga nisbatan yangilik kiritish tugallangan marketing kompleksi tadbirlarining pirovard natijasi hisoblanadi. Bizning va ko’pchilik horijiy mamlakatlarning adabiyotlarida innovatsiya tushunchasi boshqacharoq talqin qilinib, uni moliya-iqtisodiy boshqaruv, ijtimoiy yangiliklarni joriy qilish, korxona va tashkilotlarni boshqarishdagi yangiliklar sifatida tushuniladi. Bizning fikri-ojizimizcha, “innovatsiya” tushunchasining eng yaxshi ta’rifi quyidagicha bo’lishi mumkin:



“Innovatsia – hayotga tadbiq etilgan va tijoratda qimmatga ega bo’lgan go’ya bo’lib, u yangi talablarni yarata oladi, mavjud talablarni samaraliroq ravishda qondiradi va sarf-xarajatlar hamda amaliyotga tadbiqi natijalarining optimal nisbatida iqtisodiy, information, ekologik, ijtimoiy yoki boshqacha turdagi samara keltiradi". 20 asrning 80-yillarida yuzaga kelgan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o’tish kontsetsiyasi industrial davrdan information- texnologik davrining ishlab chiqarish usuliga o’tish bilan bog’liqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bo’lishiga asosiy sabab - industrial iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom o’zgartirib yuborgan yangi information texnologiyalar paradigmasidir. Yangi nazariyaning ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi agrardan industrial iqtisodiyotga o’tishga ekvivalant emas, chunki yangi paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fam sohalaridagi puxta bilimlar talab qiladigan komp’yuter texnologiyalari, raqobatbardosh va o’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlar sifatida aniqlanadilar. Innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham muhim nazariy yondoshuv hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin /7, 14/. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida ahamiyat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nort ning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan /4/. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya institutsionalizm bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar) undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning ko’rsatishicha rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi dunyo” ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bolganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan iqtisodiyot yoki innovatsion tizimga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin:

Innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni kommertsiyalashtirishga (ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma- ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va unga mos bo’lgan innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammoning yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi.




Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish