1Nutq madaniyati va bu haqdagi tushuncha, ya‟ni so„zlovchilarda



Download 10,59 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi10,59 Kb.
#203645
Bog'liq
3 mavzu uchun


3 mavzu:Adabiy me'yor va nutq madaniyati .Nuqtning kommunikativ sifatlari:to'g'riligi ,aniqligi,mantiqiyligi,sog'ligi,ta'sirchanligi.

1Nutq madaniyati va bu haqdagi tushuncha, ya‟ni so„zlovchilarda

yaxshi, o„rinli, ta‟sirchan, umuman maqsadga muvofiq gapirishga

intilish tushunchasi o„z mohiyatiga ko„ra ko„hna tarixga ega.

Qadimiy davr kishilarida ham kundalik nutqiy an‟analariga rioya

qilgan holda gapirishga harakat qilish o„z nutqdoshlaridan

boshqacharoq, ya‟ni ta‟sirli va yaxshiroqso„zlashga intilishodati bo„lgani

shubhasiz. Bunday nutqiy axloqiy me‟yorlar keyinchalik avloddan-

avlodga o„tib, har bir davrda ma‟lum prinsiplar asosida o„zgarib,

rivojlanib borganva nutqmadaniyatining umumahloqiy talablari

darajasiga ko„tarilgan. Demak, tildan foydalanishga o„z fikrini to„liqroq,

aniqroq va hatto ifodali hamda ta‟sirchan qilib ifodalashga intilish

tushunchasi qadimiy va eski tasavvurdir.

Qadimiy tarixga ega bo„lgan yaxshi gapirishga intilish

tasavvurini ikki davrga bo„lish mumkin:

a) adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati;

b) adabiy til paydo bo„lgandan keyingi davr madaniyati

2.Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qul-langan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.

Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.

O'zbek Adabiy til me'yorlari:

1.Fonetik me'yorlari 2.Leksik semantik me'yorlari.3.Talaffuz me'yorlari.4.Aksentologik me'yorlar 5.Grammatik me'yor.6.So'z yasalish me'yorlari.7.Imloviy me'yorlar.8.Grafik me'yorlar.9.Punktuatsion me'yor.10.Uslubiy me'yor.

3.Aksentologik(urg'unining to'g'riligi )me'yorlar.

Bunda so'z va gaplarda urg'uni to'g'ri qo'llash me'yori tushuniladi.Urg'uni to'g'ri ishlaaslik so'z ma'nosiga ta'sir qiladi.Olma -meva,Olma -buyruq fe'li

4.Grafik (yozuv ) me'yorlari .Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bo'lib 29ta harf va 3ta harf birikmasidan iborat.

Punktuatsion me'yorlar .

Bu me'yor 10ta finish belgi asosida ish yuritadi.

5.Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qul-langan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.

Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo’lmagan.

6 Nutqning to'g'riligi bu nutqda mavjud til normalariga rioya qilishdir:

Talaffuz, stress, lug'at, stilistika, morfologiya, so'zlarni shakllantirish, sintaksis

To'g'ri - bu nutqning asosiy kommunikativ sifati.

Nutqning to'g'riligi, bu til tuzilishining o'zi tomonidan berilgan: to'g'ri tuzish uchun bu tuzilishni bilish etarli. Shuning uchun yaxshi nutq qobiliyatini rivojlantirish, birinchi navbatda, adabiy til normalarini bilishga asoslangan bo'lishi kerak.

7.Aniqlik ham nutqning etakchi mezonlaridan hisoblanadi. Agar nutqning to‘g‘riligini ta’minlashda lisoniy me’yorlar muhim o‘rin tutsa, nutqning aniqligiga tashqi faktorlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlik deyilganda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir. SHu nuqtai nazardan ushbu mezon nutq madaniyatining zarur shartidir.

8 . Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni

o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday

aloqalar mavjud.

Mantiq – tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o‘rganadi. U

inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini

taminlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika

bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va

so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir

kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning

shakl va qonunlarini o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir.

Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun

umuniy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-

tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan

o‘z grammatikasiga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan

grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.

9. G`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lgan nutq sof nutq deyiladi.

Nutqning sofligiga quyidagilar putur yetkazadi:

dialektalizmlar;

g`ayri tildan olingan so`zlar;

jargon va argolar;

vulgarizmlar;

10.Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z

birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro

fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.

Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri

sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir.

Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq

o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni)

aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda,

o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga

yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi.

Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga

rioya qilish zarur:

1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini

o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va

zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.



parazit so`zlar.
Download 10,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish