1BOB
TEXNOLOGIK
AMALLARNI
LOYIHALASH
ASOSLARI
Texnologik jarayon strukturasining asosini texnologik amallar
(operatsiyalar) tashkil qiladi. Texnologik jarayon bitta amaldan yoki birnechta (n-ta) amallar
yig’indisidan ham tashkil topgan bo’lish mumkin. Texnologik jarayonning nechta amallardan tashkil
etilishi ko’p hollarda ishlab chiqarish turiga ham bog’liq. Ishlab chiqarish turi esa amallarni ish
joylariga biriktirib qo’yilganligi bilan belgilangan, ya’ni amallar bog’lanish koeffitsienti (k
b
) bilan.
Texnologik amal, ish joyi bir-biriga uzviy bog’langan tushunchalar, bularni biz bilamiz,
mashinasozlik texnologiyasi asoslarini nazariy qismda o’rganganmiz.
Bu erda texnologik amalni strukturasini chuqurroq amalda o’rganish asosiy maqsqdimizdir.
Buning uchun texnologik amalni nomini va mazmunini aniq ifodalash, amalni nomini tuzilishini
o’rnatish va uning mazmunini texnologik hujjatga yozish, ishlab chiqarish turini o’rnatish vazifalari
qo’yilgan.