1 ,Avtomobil gorizontga nisbatan 30° burchak hosil qilgan qiyalikdan 200 m ga kotarildi. Avtomobilning gorizontal yonalishdagi kochishini toping.
A) 173 B) 100 C) 346 D) 141
2 Jism koordinatlari x1=0 m, y1=2 m bo‘lgan nuqtadan koordinatlari x2=4 m va y2=-1 m nuqtaga ko‘chgan. Jism kochishining koordinata oqlardagi poeksiyalarini toping (m)
A) 4;-3 B) 4; 2 C) 4;3 D) 4;2
3 Jumlaning mazmuniga mos sozni qoyib, gapni toldiring. Trayektoriyasi togri chiziqdan iborat bolib, ixtiyoriy teng vaqt oraliklarida kochishlari ozaro teng bolgan harakatga ... deyiladi.
A) aylana boylab tekis harakat B) togri chiziqli tekis harakat C) egri chiziqli harakat D) ilgarilanma harakat
4 Moddiy nuqtaning harakatlanish tenglamalari y=1+3t va x=2+4t korinishida berilgan. y=y(x) trayektoriyaning tenglamasini yozing.
A) y=3x+2 B) y=0,2x-4 C) y=0,75x-0,5 D) y=1x+3
5 Velosipedchi va yo‘lovchi bir joydan bir tomonga harakat boshlaganda 1 minutdan keyin ular orasidagi masofa 240 m ni tashkil qildi. Ular qarama-qarshi tomonga harakat boshlaganda esa, 2 minutdan keyin masofa 720 m ga teng bo‘ldi. Yo‘lovchining tezligi velosipedchinikidan necha marta kichik?
A) 6 B) 5 C) 4 D) 3,5
6 1m/s boshlang‘ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism biror masofani bosib o‘tgach, tezligi 7 m/s ga etdi. Shu masofaning yarmida jismning tezligi qancha bo‘lgan (m/s)
A) 5 B) 2,5 C) 4,5 D) 3,5
7 Harakat tezligining ikkita tashkil, etuvchisi bir-biriga nisbatan 45° burchak ostida yonalgan bolib, modullari mos ravishda 4 va 4 m/s ga teng bolsa, natijaviy tezlikni toping (m/s).
A) 7,7 B) 8,7 C) 9,3 D) 5,6
8 10 m/s tezlik bilan ketayotgan poyezdda yo‘lovchi poyezd yo‘nalishiga qarshi 10 m/s tezlik bilan yurmoqda. Yo‘lovchining yerga nisbatan tezligini (m/s) toping.
A) 20 B) 0 C) 10 D) 6
9 Gorizontal yo‘lda 12 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan mashina, tormoz berilgach, 2 s da to‘xtadi. Mashinaning tormozlanish yolini toping.
A) 10 m B) 12 m C) 9 m D) 13 m
10 Jismning harakat tezligi =5+5t (m/s) tenglama bilan berilgan bo‘lsa, uning harakat tenglamasi boshlang‘ich koordinatasi 20 m bo‘lganda qanday ko’rinishda yoziladi?
A) x=5+20t+2t2 B) x=20+5t+5t2 C) x=20+5t-2t2 D) x=20+5t+2.5t2
11 Jism tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni =24t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 3-sekundda bosib otgan yoli necha metrga teng?
A) 160 B) 49 C) 60 D) 50
12 Harakatlanayotgan jismning harakat tenglamasi x=12t-3t2/2 (m) ko‘rinishga ega. U toxtaguncha qancha yol bosib otadi (m)?
A) 24 B) 16 C) 18 D) 32
13 Poyezd tekis sekinlashuvchan harakatlanib, tepalikka chiqmoqda. Uning o‘rtacha tezligi 11 m/s, oxirgi tezligi 2 m/s bo‘lsa, poyezdning boshlang‘ich tezligini (m/s) aniqlang.
A) 20 B) 18 C) 15 D) 10
14 Avtomobil yo‘lning 1/3 qismini tezlik bilan, qolgan qismini 2 tezlik bilan o‘tsa, uning shu yo‘ldagi o‘rtacha tezligini hisoblab toping.
A) 3 B) 2 C) 1,3 D) 1,5
15 Balandligi 605 m li televizion minoraning uchidan 1 s farq bilan uzilgan ikki tomchi orasidagi masofa eng ko‘pi bilan necha metr bo‘lishini toping.
A) 105 B) 100 C) 195 D) 150
16 Balandligi 30 m bo‘lgan binodan tushayotgan jismning boshlang‘ich tezligi 15 m/s. Yerga tushish paytida uning tezligi (m/s) nimaga teng?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 29
17 Qandaydir jism h balandlikdan erkin tushmoqda. Balandlikning ikkinchi yarmidagi o‘rtacha tezligini toping.
A) B) C) D)
18 Erkin tushayotgan jism oxirgi 2 sekundda 160 m masofani o‘tgan bo‘lsa, u qancha vaqt tushgan?
A) 9s B) 6 s C) 3s D) 12s
19 Vertikal (yuqoriga) otilgan jism 2 s vaqt momentida 8 m li balandlikdan ikkinchi marta o‘tdi. Jismning boshlangich tezligini toping (m/s).
A) 12 B) 10 C) 16 D) 14
20 Jism 40 m/s tezlik bilan 5 m radiusli aylana bo‘ylab harakatlanmoqda. Jismning aylanish chastotasi (s-1) nimaga teng?
A) 8 B) 4/π C) 22 D) 0,5
21 Magnitofon o‘ragichi 3 m/s tezlik bilan 30 s da tasmani o‘rab bo‘ldi. Agar o‘ragichning boshlang‘ich radiusi 1 sm, oxirgi radiusi 5 sm bo‘lsa, tasmaning qalinligini toping (mm).
A) 0,08 B) 0,09 C) 0,1 D) 0,12
22 .Mexanik harakat I galdirakdan II g‘ildirakka tasmali uzatma orqali uzatiladi. Agar II g‘ildirakning burchak tezligi 100 s-1, g‘ildiraklarning radiuslari mos ravishda 30 va 10 sm bo‘lsa, I gildirak minutiga necha marta aylanadi?
A) 500 B) 750 C) 1000 D) 1500
23 Egrilik radiusi 100 m bo‘lgan yo‘l qismida 36 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezdning markazga intilma tezlanishini toping (m/s2)?
A) 1 B) 2,5 C) 2 D) 5
24 Miltiqdan otilgan qo‘rg‘oshin o‘q. bir-biridan 60 sm masofada joylashgan, gorizontal o‘q, atrofida 25 Hz chastota bilan aylanayotgan ikkita diskni teshib o‘tdi. Teshiklar bir-biridan 18° ga siljigan bo‘lsa, o‘qning ikki disk orasidagi tezligini toping (m/s)?
A) 200 B) 300 C) 400 D) 715
25 . Jism biror balandlikdan gorizontal yonalishida otilgan. 5s dan keyin tezlik vektori yerga nisbatan 45° burchak hosil qilgan bolsa, jismning boshlangich tezligini toping(m/s).
A) 50 B) 40 C) D)
26 Jism 20 m balandlikdan 15 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Uning yerga urilishdagi tezligini toping (m/s).
A) 35 B) 25 C) 27 D) 15
27 Biror balandlikdan bir vaqtda 1-tosh erkin tashlandi, 2-tosh gorizontal otildi, 3-tosh vertikal yuqoriga otildi. Qaysi tosh oldin yerga tushadi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1 va 2
28 Jism gorizontga nisbatan 60° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Qancha vaqtdan keyin tezlik vektori gorizont bilan 45°burchak hosil qiladi (s). 3=1,73.
A) 3 B) 2,4 va 0,9 C) 1 va 2 D) 0,73 va 2,73
29 Artilleriya snaryadi gorizontga 30° burchak ostida 40 m/s tezlik bilan otildi. Snaryad er sirtida joylashgan nishonga qancha vaqtda etib boradi(s)?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
30 Jism 10 m/s boshlang‘ich tezlik bilan gorizontga 45° burchak ostida otildi. Harakat boshidan 2 c vaqt o‘tgandan keyin jism tezlik vektorining gorizont bilan tashkil qilgan burchagini toping.
A) 30° B) 45° C) 60° D) 90°
Do'stlaringiz bilan baham: |