18-mavzu: Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash. Reja



Download 34.06 Kb.
bet8/8
Sana12.05.2020
Hajmi34.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
1996 yil 31 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.

Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi xalqaro huquqning inson huquqlari va erkinliklari sohasida umume’tirof etilgan prinsiplari va me’yorlarini, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalarini va qonunlarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha davlatga qarashli tahliliy, maslahat beruvchi, idoralararo muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.

Ushbu markaz inson huquqlarini himoya qilishda aloqador bo’lgan barcha davlat va nodavlat organlarining faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan.

Markaz inson huquqlarining milliy va xalqaro darajada himoya qilinishi hamda ta’minlanishining turli nuqtai-nazarlarini o’rganadi; BMTning konvension organlariga inson huquqlari bo’yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi haqida milliy ma’ruzalar tayyoraydi; ilmiy tashriflar, seminarlar ma’ruzalarni tashkillashtiradi; inson huquqlari bo’yicha o’quv dasturlari yaratilishida va uniug amalga oshirilishida o’z hissasini qo’shadi; inson huquqlari haqidagi ma’lumotlarni to’playdi va tarqatadi; inson huquqlari sohasidagi tashkilotlar va xalqaro markazlar bilan texnik hamkorlik va axborot almashuvini rivojlantirishida ko’maklashadi; inson huquqlarini himoya qilish, ta’minlashda hamda jamiyatni demokratizatsiyalashda texnik masalalarga yordam beruvchi xalqaro agentliklarning faoliyatini tartibga soladi; inson huquqlari buzilishi masalalari bo’yicha aholidan murojaat va shikoyatlarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi.



Markazning asosiy maqsadi — huquq va erkinliklarni himoya qilish ko’p tarmoqli tizimini kompleks tartibda birinchi darajali masalalarni hal etish — inson huquqlari sohasida Milliy dastur ishlab chiqish va tadbiq etish.

Mamlakatda davlat organlari bilan yaqin aloqada bo’lgan inson huquqlari va erkinliklarining alohida turlarini himoya qilish va rag’batlantirish bo’yicha nodavlat tashkilotlarining tarmog’i o’z faoliyatini olib bormoqda.

Ijiimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi nodavlat muassasi bo’lib, omma fikrini o’rganish bilan birgalikda, ularni respublikaning siyosiy va madaniy rivojlanishi, fuqarolarning ijroiya, sud hokimiyati hamda O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yo’lida tuzilgan yangi tuzumlarga nisbatan munosabatini o’rganadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi Instituti qonunchilik ustidan monitoring olib boruvchi, qabul qilinishi kerak bo’lgan qonunlarni ekspertizadan o’tkazuvchi ilmiy-ekspertiza hamda tadqiqot olib boradigan tizim hisoblanib, davlat rahbarining qonunchilik tashabbusi huquqining amalga oshirishga ko’maklashadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

• davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlar jarayonini, hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy prinsipining hayotga izchil tadbiq etilishini tizimli tahlil qilish, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining mustaqilligi va erkinligini kuchaytirish, ularning kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini, ular o’rtasida muvozanatni ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

• hokimiyatning ijro etuvchi tarmog’ini isloh qilish va demokratlashtirish masalalarini kompleks o’rganish, ayrim hokimiyat vakolatlari va funksiyalarini markaziy davlat hokimiyati organlaridan, hukumatdan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish organlariga bosqichma bosqich o’tkazish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

• O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, siyosiy partiyalarniug parlamentdagi fraksiyalari, joylardagi deputatlik guruhlarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini chuqur o’rganish; siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shakllantirishdagi, ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

• jamiyatda demokratiya va adolatni ta’minlashning eng muhim omili sifatida sud hokimiyati mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash jarayonlarini kompleks tahlil qilish, sudni inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza va himoya etishga xizmat qiladigan davlatning tom ma’nodagi mustaqil institutiga aylantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

• hokimiyatlar bo’linishi prinsipini hayotga tadbiq etish, ularning samarali tarzda kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlash bo’yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini tizimli o’rganish, ushbu tajribadan globallashuv sharoitida jahonda ro’y berayotgan demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat qurilishi tizimida foydalanish bo’yicha takliflar ishlab chiqish10.

Hozirgi kunda nafaqat O’zbekistonda, balki dunyoning barcha davlatlarida inson erkinligi va faolligini oshirish eng dolzarb vazifa bo’lib turibdi.



Xulosa qilib shuni aytib o’tish lozimki, har bir mamlakatda ijtimoiy hayot huquqiy asosda rivojlanadi. Har bir davlatning huquqiy tizimida ko’plab xilma-xil qonunlar va qonun asosidagi xujjatlar borki, ularda barcha uchun majburiy xisoblanadigan xatti-harakat qoidalari bayon etilgan. O’zbekistonda inson erkinligi va faolligini oshirish bo’yicha kafolatlar va amaliy choralar xalqimizni farovon hayotga olib boruvchi huquqiy demokratik davlatning asosiy belgilaridan biridir.



1 O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O’quv qo’llanma. G’oyibnazarov Sh.G’. va boshqalar. –T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006, 113-114-betlar.

2 Аристотель. Соч. в 4-х т. -М.: Мысль. 1984, с.230-231.

3 O’sha joyda, 471-bet.

4 Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: “Me’ros”, 1993, 186-bet

5 O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. Darslik. Ergashev I. va boshqalar. –T.: “Navro’z nashriyoti”, 2005, 197-198-betlar.

6 Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug'at. —T.: “Sharq”, 1998, 225-bet.

7 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.: “O’zbekiston”, 1997, 181-182-betlar.

8 O’sha joyda.

9 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2010.

10 Inson huquqlari umumiy nazariyasi. Darslik. Saidov A.X. va boshqalar. –T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012, 93-bet.

Download 34.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar