18-mavzu: Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash. Reja


“Fuqaro erkinligi va faolligi” tushunchasi, uning ijtimoiy-siyosiy tafakkur tarixidagi talqinlari



Download 34.06 Kb.
bet5/8
Sana12.05.2020
Hajmi34.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
1. “Fuqaro erkinligi va faolligi” tushunchasi, uning ijtimoiy-siyosiy tafakkur tarixidagi talqinlari.

Dunyoda shunday qadriyatlar borki, ular hamma uchun bir xil ahamiyatlidir. Bunday qadriyatlar chegara bilmaydi, ular qay yo’sinda bo’lsada, butun jahonga tarqaladi. Umumiy tenglik g’oyasi ham ana shunday qadriyatlar qatoriga kiradi. Inson huquqiga doir muammolar mahalliy emas, balki butun jahon ahamiyatiga ega ekanligini tarixning o’zi ham ko’rsatib turibdi. Frantsuz ma’rifatparvarlarining odamlarning umumiy tengligi to’g’risidagi g’oyasi aks etgan xalqaro xujjatlar buning isboti.

Ana shunday xujjatlardan biri 1776 yilda AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi (deklaratsiya lot. declaratio - bayonot, e’lon) - bu qonun emas. Uning ahamiyati shundaki, u demokratiyaga asos bo’luvchi g’oyalar, tamoyillarni tantanali e’lon qiladi. Bu g’oyalarning jamiyatga g’oyaviy ta’sir kuchi qanchalik qudratli ekanligini tarixning o’zi ko’rsatib turibdi. Deklaratsiyadagi qoidalarning ma’naviy ta’siri qanchalik kuchli bo’lmasin, ular majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga ega. Ammo uning g’oyalari davlatlarning konstitutsiyaviy xujjatlarida yoki xalqaro konventsiyalarida mujassamlashgan. Ular rioya qilinishi majburiy bo’lgan qoidalar bo’lib, ular tarixda birinchi marta insonning hech kim daxl qilolmaydigan yashash, erkinlik va baxtga ega bo’lish huquqini amalga oshirishdagi tengligi e’lon qilindi.

Buyuk Fransuz revolyutsiyasi natijasida 1789 yil avgustda (20-26) Frantsiya Ta’sis majlisida “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” qabul qilindi. Tarixda umumiy tenglik va fuqaro erkinligi g’oyasi butun jahon axamiyatiga ega ekanligini tasdiqlovchi xodisalar ko’p. Bunday xodisalardan biri qulchilikning o’ta og’ir shakli mavjud bo’lgan Frantsiya qirolligining dengiz ortidagi xududlaridan biri San-Domingo orolidagi (hozirgi Gaiti Respublikasi) qullarning inqilobiy chiqishlari edi.

Muhimi shundaki, qullar o’zlarining mardona ko’rashlari bilan San-Domingoda qulchilikni bekor qilish to’g’risidagi birinchi qonun xujjatlarining qabul qilinishiga erishdilar. 1794 yil 4 fevralda mashxur Konvent Dekreti bu qonunni ratifikatsiya qilib, uning ta’sirini Frantsiyaning boshqa mustamlakalariga joriy qildi, xolos1.

Inson - ijtimoiy mavjudot, u muayyan ijtimoiy muhitda yashaydi, oilasi, mehnat jamoasining a’zosi, ma’lum ijtimoiy guruh, millatning vakili xisoblanadi.

Shaxsning inson sifatida jamiyatda to’tgan o’rni, erkinligi va faolligi, insoniy xislatlari, qadriyatlari xaqida juda qadimdan buyuk mutafakkirlar, allomalar va donishmandlar o’z fikr va mulohazalarini bildirganlar. Ular insonning dunyoda cheksiz xurmat va extiromga loyiq ekanligini yoqlab chiqqanlar.



Aristotelning ta’kidlashicha, “inson -tabiatan (mohiyatan) ijtimoiy” ekanligini ta’kidlash bilan birga, “umumiy ma’noda kimda-kim hokimiyat yuritish va bo’ysunishga taalluqli bo’lsa, o’sha, fuqarodir; har bir davlat tuzumida fuqaroning mohiyati o’zgaradi. Davlat tuzumining eng yaxshi turida kimda-kim ma’naviy qadriyatlar talablariga mos hayotni nazarda tutgan xolda bo’ysunish va hokimiyat yuritishni xohlasa va unga qobil bo’lsa, ana o’sha fuqarodir”2.

Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshlari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan Konfutsiyning izdoshi bo’lgan olim Sen-szi shunday deb yozgan edi: “Tug’ma xususiyatlar, bu -samoviy munosabatlar xosilidir. Ularga ta’lim yoki odamning o’zini yaratuvchilik ijodi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun ortirilgan fazilatdir. Xozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar va bir-birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlilikka o’rgatish lozim”3.

Ko’rinib turibdiki, insonning jamiyatga uyushishi yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi ta’sirga va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi. Insonning muhim xususiyatlaridan biri -uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o’rtasidagi muhitdagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan xoli bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki xayvoniy tabiatidan xalos bo’la olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiiy tarzda kechishini Abu Nasr Farobiy quyidagicha ifodalaydi: “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muxtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi...

Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarning bir-birlariga yetkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishishi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”4.

Buyuk mutafakkir Firdavsiyning fikricha, barcha narsaning ijodkori faqatgina insondir. U shunday yozadi:

Insondan yaxshilik, nur va ravshanlik,

Insonsiz dunyoda yo’q farovonlik.

Inson jamoa ta’sirida o’z shaxsiyatini, erkinliklarini va faolligini shakllantira boradi, ya’ni ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etadi, mehnat qiladi, madaniy boyliklar yaratadi va hokazo.

Bugungi kunda “fuqaro”, “fuqarolik”, “fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik mas’uliyati”, “fuqaro huquqlari va erkinliklari” tushunchalari demokratik rivojlanishning zaruriy shartlaridan biriga aylanmoqda. Binobarin, demokratiya va fuqaro erkinligi hamda uning faolligini ta’minlash masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda5.

Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davrgacha, ya’ni huquqiy davlat tomon rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo’la boshladi va ilk bor “shaharlik” (frantsuzcha “situayyan”, inglizcha “sitezen”, ruscha “gorojanin-grajdanin”) degan ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi “grajdanlik”- so’zi o’rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi6.

Shaxs bilan jamiyat, davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, shaxsning erkinliklari va faolligi to’g’risidagi muammo eng murakkab ijtimoiy masalalardan biridir. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o’zgarishi shaxs erkinliklari va faolligining ham o’zgarishiga olib keladi.

Erkinlik shaxsga xos xususiyatdir. Jamiyat qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo’lsa, shaxsning erkinligi va faolligi ham shunchalik to’liq, keng bo’ladi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida O’zbekistonda shaxsning erkinligi va faolligi faqat Konstitutsiya va qonunlarda rasmiy ravishda yozilgan bo’lib, amalda esa shaxs bunday erkinlikdan foydalana olmas edi.

Fuqaro erkinligi, faolligi va inson huquqlari shak-shubhasiz, zero, odamlar qaysi dinga e’tiqod qilishlaridan qat’iy nazar, doimo va hamma yerda ham erkinliklarini davlatdan in’om tariqasida oladilar, deb xisoblash eng katta xatodir. Aslo bunday bo’lishi mumkin emas, chunki huquq va erkinliklar inson tabiatining o’zidan kelib chiqdi, ular insonga tabiiy xosdir.

Huquqsiz inson erksiz mehnat qilishga mahkumdir, u o’z iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlaridan mahrum, erkinlik bo’lmasa, inson munosib hayot kechira olmaydi. Taqdirlanmagan, huquqsiz inson mustabid, tajovuzkor kuchlar qo’lida itoatkor qurolga aylanadi. Shuning uchun ham insonning tabiiy huquq, va erkinliklarini unga biriktirib qo’yuvchi qonunlar juda ahamiyatlidir.

Fuqarolarning faolligini qonun bilan mustahkamlash davlatni o’z fuqarolarining huquq, va erkinliklarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga majbur qiladi. Davlat o’z ijtimoiy tabiatiga ko’ra inson farovonligiga xizmat qilishga da’vat etilgan.

Aynan mana shu printsiplar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asos qilib olingan bo’lib, unda fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, ularning teng huquq, va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning manfaatlariga putur yetkazilishiga yo’l qo’yilmasligi mustahkamlangan.

Inson faqat biologik mavjudot emas. U jamiyatda yashar ekan, ma’lum ijtimoiy muhit, hayotiy sharoitlar ta’sirida bular ekan, jamiyat bilan xilma-xil aloqalar va munosabatlarda bo’ladigan shaxs sifatida shakllanadi.

Fuqaro sifatida inson bilan davlat o’rtasida boshqacha munosabatlar shakllanadi. Fuqaro davlat oldida qonun bilan belgilangan majburiyatlarini bajaradi. U fuqaro sifatida konstitutsiyaviy huquqlarga ega bo’lib, bularning amalga oshishi uchun davlat zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdir. Demokratiyaga asoslangan jamiyatda fuqaro va davlat o’zaro huquq hamda majburiyatlarga ega bo’ladi.



Download 34.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat