18-mavzu: Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash. Reja


Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 34.06 Kb.
bet3/8
Sana12.05.2020
Hajmi34.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI ning birinchi yo’nalishi

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlanadi.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;

siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;

mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.

  Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini Respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi.

Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va mahmuriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo’jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta ehtibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutilgan edi.

Ikki Palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori Palata-Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi-Qonunchilik Palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o’tish lozim.

Ta’kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning har bir Palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berilgan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi to’g’risida»gi va «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonunlarning 2003 yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etdi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Konstitusiyamiz, respublikamizning saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro me'yor va qoidalarga to’liq amal qilgan holda, ochiqlik va siyosiy bagrikenglik sharoitida o’tgan saylovlar mamlakatimiz demokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yilidan dadil qadamlar bilan ilgari borayotganining yana bir yorqin dalili bo’ldi” – deb ta'kidladi Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma'ruzasida.

Bundan ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil to’gan yuqori Palata — Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi — Qonunchilik Palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o’tish lozim.



Download 34.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati