18-mavzu: Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash. Reja


Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish tushunchasi, ma’no-mazmuni



Download 34.06 Kb.
bet2/8
Sana12.05.2020
Hajmi34.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish tushunchasi, ma’no-mazmuni.

Ma’lumki, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy printsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.

Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va mahmuriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo’jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e’tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutilgan edi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish - hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy printsipini hayotga izchil tadbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rish demakdir.

Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini Respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi.

Davlat hokimiyatining yana bir tamoyili-bu hokimiyatning taqsimlanishidir. Bu demokratik huquqiy davlatga xosdir. Ana shu tamoyil asosida davlat organlari tashkil qilinadi. Natijada biron-bir davlat organida xaddan tashqari vakolatlar to'planib qolishining oldi olinadi. Turli davlat organlarining vakolatlari aniq bo'lib, ular bir-birining vazifasini bajarishga, o'rnini bosishga harakat qilmaydi. Turli davlat organlari bir-birini nazorat qilib turadi. Hokimiyatning su'istemol qilinishiga yo'l qo'ymaydi.    Hokimiyatning bo'linish tamoyili Asosiy Qonunda hamda O'zbekiston Prezidenti asarlarida belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatidan iborat.

   Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, shahar va tuman Kengashlari tomonidan bajariladi. O'zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-respublika parlamenti dastlab Oliy Kengash deb atalib 1990-1994 yillarda faoliyat ko'rsatdi. Oliy Kengash murakkab davrda-sobiq Sho'rolar tuzumining qonunlari xali kuchda bo'lgan paytda faoliyat ko'rsatgan bo'lishiga qaramay yaxshi va unumli ishladi. Yangi jamiyat qurish yo'lida sobiq Oliy kengashimiz 200ga yaqin qonunlar va 500dan ziyod qarorlar qabul qildi. O'zbekitson istiqlolini e'lon qilib, davlat mustaqilligining siyosiy-huquqiy asoslarini, ma'naviy negizlarini tayyorladi va amalga oshirdi. Mamlakatimiz tarixida birinchi bor O'zbekiston Prezidentini sayladi. Mustaqillik Deklaratsiyasini e'lon qildi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi haqidagi tarixiy qonunlarni va uning Asosiy Qonunini qabul etdi. Bularning barchasi tarixiy voqeadir.





Download 34.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar