16-§. Ontogenez – tirik organizmlarning individual rivojlanishi



Download 12.7 Kb.
bet4/4
Sana28.08.2021
Hajmi12.7 Kb.
1   2   3   4
Gastrulatsiya. Homilaning rivojlanishi davom etib, hujayralarning bo‘linishi va joyini almashtirishi natijasida asta-sekin gastrula bosqichiga o‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish jarayoni gastrulatsiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deb ataladi. Ektoderma va entoderma homila varaqalari, gastrula ichidagi bo‘shliq birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi og‘iz orqali ochiladi. Keyinchalik ektoderma bilan entodermaning o‘rtasida mezoderma rivojlanadi. G‘ovak tanlilar va kovakichlilardagina mezoderma hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib, gastrulatsiya jarayonida uchta homila qavati hosil bo‘ladi. Homila qavatlari nisbatan bir xil bo‘lgan blastula hujayralarining ixtisoslashishi natijasida hosil bo‘ladi.
  • Organogenez. Bu bosqichida dastlab o‘zak organlar majmuyi: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi
  • Homila qavatlari ma’lum tartibda joylashgan hujayralar to‘plami bo‘lib, ularning har biridan o‘sha qavat uchun xos to‘qimalar va a’zolar rivojlanadi. Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining epidermis qismi va uning hosilalari, (jun, pat, tirnoq) tishlarning emal qavati rivojlanadi. Entodermadan me’da, ichak, nafas yo‘llari epiteliysi, jigar, o‘rta ichak epiteliysi, hazm bezlari, jabralar va o‘pkalar epiteliysi rivojlanadi.
  • Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to‘qimalari, yurak-tomir sistemasi, ayirish va jinsiy organlar rivojlanadi. Homilaning rivojlanishi jarayonida uning ayrim hujayralari qismlarining tuzilishi va funksiyalarida farqlar paydo bo‘lishi va farqlarning tobora ortib borishi diff erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) deyiladi.
  • Postembrional rivojlanish davri. Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan keyin ontogenezning postembrional davri boshlanadi.
  • Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Yuvenil davr – voyaga yetgungacha bo‘lgan davr, pubertat davr – voyaga yetgan, yetuklik davri, keksaygan davr.
  • Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy balog‘atga yetguncha davom etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi.
  • Bevosita rivojlanish. Har qanday rivojlanish organizmning sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladigan murakkab fi ziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chiqadigan yoki tug‘iladigan individ voyaga yetgan individga o‘xshash bo‘ladi. Lekin voyaga yetgan individga nisbatan nerv sistemasi faoliyati birmuncha sodda, jismonan ancha zaif hamda ba’zi organlari (jinsiy organlar) yetilmagan bo‘ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib yuruvchilarda, qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi.
  • Bilvosita rivojlanish. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish kabi o‘sish bilan davom etib boradi. Voyaga yetgan davrda o‘troq yashovchi bulutlar, aktiniyalar, korall poliplari, ko‘p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalari harakatchan bo‘lib, tarqalishni ta’minlaydi. Hasharotlarda to‘liq va chala metamorfoz farqlanadi.
  • O‘simliklarning ontogenezi o‘ziga xos tarzda kechadi. Gulli o‘simliklarda ontogenez quyidagi davrlardan iborat: Embrional davr zigotadan boshlanib, urug‘ hosil bo‘lishi va uning pishib yetilishi bilan yakunlanadi. Yoshlik davri urug‘ning unib chiqishi, vegetativ organlarning shakllanishi kuzatilib, generativ organ – gul kurtaklarining paydo bo‘lishi bilan tugaydi. Ko‘payish davrida gul, meva, urug‘ning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Qarilik davrida ontogenez yakunlanadi, o‘simlik quriydi. Bir yillik o‘simliklarda ontogenez bir yil davom etsa, ko‘p yillik o‘simliklarda embrional, yuvenil (yoshlik) davrlari bir marta sodir bo‘ladi. Uchinchi davr esa ko‘p marta takrorlanadi.
  • Organizm individual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri katta. Tashqi muhit omillarining ta’siri embrional davrda ham, postembrional davrda ham kuzatiladi. Organizmlarning rivojlanishiga abiotik omillar: harorat, yorug‘lik, namlik, kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta’sir ko‘rsatadi.
  • Gomeostaz. Organizm doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitlarida yashaydi. Tashqi muhit omillari ta’sirining o‘zgarishiga qaramay, tirik organizmlarning o‘zining morfologik, anatomik, fiziologik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi.
  • Bioritmlar. Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya’ni kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy o‘zgarib turadi. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlar deb ataladi.
  • Bioritmlar – tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir sutka davomida organizm fiziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kechakunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterial bosimi, kechakunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi hodisalar kuzatiladi.
  • Anabioz. Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo‘lgan muhit sharoitida organizm anabioz holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi organizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlarga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroorganizmlarning sporalari, o‘simliklarning urug‘lari, hayvonlar sistalari, tuxumlari anabiozga misol bo‘ladi.

Savol va topshiriqlar:

  • Ontogenez davrlarini tushuntiring.
  • Maydalanish, blastula, gastrula va neyrula bosqichlarini izohlang.
  • To‘liq va chala o‘zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang.
  • Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring.
  • Anabioz nima, undan qanday foydalanish mumkin?
  • Gomeostazning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering.

Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat