15-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda oftob urish va issiq eltishi. Darsning maqsadi



Download 35.59 Kb.
bet1/3
Sana21.07.2021
Hajmi35.59 Kb.
  1   2   3

15-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda oftob urish va issiq eltishi.

Darsning maqsadi. Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarning asab tizimi kasalliklarini aniqlash, davolash usullari hamda oldini olish chora-tadbirlarini o’rganish.

Darsga kerakli narsalar. Yovvoyi va mo’ynali hayvonlar bilan ishlashda kerakli asbob uskunalar, zevniklar, fiksatorlar, anesteziya uchun preparatlar, shpris, ignalar, paxta, spirt.

Oftob urishi (giperinsolyasiya, gelioz, heliosis) – quyosh nurlarining (asosan infraqizil) hayvonning bosh sohasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’siri tufayli bosh miya yarim sharlarining kuchli qizib ketishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik.

Sabablari. Hayvonlarni uzoq muddat davomida tik tushuvchi quyosh nurlari tagida, ayniqsa, yozning jazirama issiq kunlarida, saqlash, yaylovlarda soyali ayvonlarning yetishmasligi oftob urishiga sabab bo’ladi.

Uzoq muddat dam oldirmasdan ishlatish, hayvonlarni o’z vaqtida sug’orishning yo’lga qo’yilmaganligi, yurak qon-tomir yetishmovchiliklari, semizlik kasalligi, shuningdek, yayratishning kamligi kasallikning ikkilamchi omillari hisoblanadi.

Zotdor mollar va uzoq muddat soya joylarda saqlangan hayvonlar oftob urishiga tez beriluvchan hayvonlar hisoblanadi

Rivojlanishi. Hayvonning bosh sohasiga quyosh nurlarining uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida bosh miya yarim sharlaridagi harorat 2-3oS ga ko’tariladi. Natijada bosh miya va uning pardalarining giperemiyasi va shishi kuzatilib, miya qorinchalari likvor suyuqligi bilan to’ladi, bosh miya po’stlog’i ichki bosimi oshadi, bosh miya yarim sharlarining funksiyalari buziladi, qon tomir va nafas markazlarining falajlanishi oqibatida o’lim kuzatilishi mumkin.

Belgilari. Kasallik boshida umumiy holsizlanish, uncha kuchli bo’lmagan qo’zg’alishlar, terlash, nafasning tezlashishi, muskullar tonusining pasayishi, gandiraklash, ba’zan tana haroratining ko’tarilishi qayd etiladi. Tashqi shilliq pardalarning ko’karishi, pulsning tezlashishi, to’lishmaganligi va kichik to’lqinli bo’lishi, yurak tonlarining kuchayishi va bo’g’iqlashishi, shuningdek, tezlashgan va aritmik nafas harakatlari bilan namoyon bo’ladigan yurak qon-tomir va nafas tizimlari yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi.

O’z vaqtida va samarali davolash tadbirlari olib borilmagan paytlarda va quyosh nurlarining davomli ta’siridan komatoz holat (tashqi ta’sirotlarga butunlay befarqlik, reflekslarning yo’qolishi, ixtiyorsiz tezaklash va siydik ajratish, yuzaki nafas, pulsning kuchsiz bo’lishi) ro’y beradi. Yurak, nafas va asab markazlarining falajlanishi oqibatida hayvonning o’limi kuzatilishi mumkin.



Tashhisi. Anamnez ma’lumotlari (hayvonni quyosh nuri ta’siri ostida saqlash) va kasallik belgilari e’tiborga olinadi.

Davolash. Kasal hayvon soya-salqin joyga o’tkazilib yetarli miqdordagi sovuq suv bilan ta’minlanadi va vaqti-vaqti bilan uning boshiga sovuq suv quyiladi.

Vena qon tomiri orqali glyukoza va kofein eritmalari, teri ostiga kordiamin va lobelin yuborish tavsiya etiladi.

Kuchli qo’zg’alish paytlarida tinchlantiruvchi vositalardan bromidlar va veronal, o’pka shishi kuzatilganda 5-10 ml/kg miqdorida qon oqizib yuborish va uning izidan vena qon tomiri orqali 0,3-0,5 ml/kg miqdorida 10%-li kalsiy xlorid eritmasini yuborish tavsiya etiladi.

Oldini olish. Yoz kunlarida yaylovlarni soyali ayvonlar bilan, hayvonlarni esa sovuq suv bilan ta’minlash yo’lga qo’yiladi.

Issiq elitishi (gipertermiya, hypertermia) – hayvon umumiy tanasining qizib ketishi tufayli markaziy asab tizimi funksiyalarining buzilishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik.

Sabablari. Hayvonlarni havo harorati juda baland paytlarda yopiq va namligi yuqori bo’lgan molxonalarda saqlash, ularni yopiq, havo almashmashinuvi ta’minlanmagan transport vositalarida tashish kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi. Semizlik, sug’orishning yetishmasligi, hayvonlarni zich saqlash, yurak qon-tomir tizimi yetishmovchiliklari kasallik paydo bo’lishini tezlashtiruvchi omillar hisoblanadi.

Rivojlanishi. Havo harorati va namlikning yuqori bo’lishi organizmdan issiqlikning bug’lanish yo’li bilan chiqib ketishini qiyinlashtiradi va natijada umumiy tana haroratining ko’tarilishi oqibatida bosh miya va o’pkada shish paydo bo’lishi, miya qorinchalarining likvor suyuqligiga to’lishi hamda markaziy asab tizimi va yurak ishining buzilishiga sabab bo’ladi.

Belgilari. Kasal hayvonda umumiy holsizlanish va bezovtalanish, qorachiqning kengayishi, chanqoq va terlashning kuchayishi, nafasning tezlashishi va zo’riqishi, yurak urishlarining qattiq eshitilishi, ikkinchi tonning kuchayishi, pulsning tezlashishi, tana haroratining 1-2 oC ga ko’tarilishi kuzatiladi.

Keyinchalik, markaziy asab tizimi va yurak ishining buzilishi belgilari, xususan, organizmning tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasining butunlay yo’qolishi, reflekslarning kuchsiz namoyon bo’lishi yoki yo’qolishi, muskullar tonusining pasayishi va fibrilyar qaltirashi, shilliq pardalarning ko’karishi, aritmiya, vena qon tomirlarning to’lishishi va o’pka shishi paydo bo’ladi. Hayvon yotib qoladi yoki komatoz holat oqibatida o’lim ro’y beradi.



Tashhisi. Anamnez ma’lumotlari va kasallik belgilari e’tiborga olinadi.

Qiyosiy tashhisi. Kasallik o’tkir kechadigan ayrim yuqumli kasalliklar (pasterellyoz, o’lat, saramas va b.) va zaharlanishlardan farqlanadi.

Davolash. Etiologik omillar bartaraf etiladi. Molxona shamollatiladi, tashilayotgan hayvonlar transport vositasidan tashqariga chiqariladi va ular sovuq suv bilan sug’oriladi. Sovuq suvda cho’miltirish va sovuq klizma o’tkazish tavsiya etiladi.

Vena qon tomiri orqali kofein va glyukoza eritmalari, digitalis, kordiamin va lobelin preparatlari qo’llanadi. O’pka shishi kuzatilganda hayvonning bo’yinturuq venasidan qon oqizib yuborilgach, uning iziga vena qon tomiri orqali 0,5-1,0 ml/kg miqdorida 10 %-li kalsiy xlorid eritmasi yuboriladi.



Oldini olish. Hayvonlarni havo harorati va namligi yuqori bo’lgan xonalarda zich saqlash va transport vositalarida tashish mumkin emas.


Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat