14-variant Fuqarolik jamiyati



Download 51 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi51 Kb.
#45671
Bog'liq
Qudratov Umid Oraliq nazorat

14-variant

1.Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadgan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.

Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.

Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan.

Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.

Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki davlat — fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir.

2.Viloyatda partiyamiz g‘oyalari targ‘ibotini kuchaytirish, aholi, saylovchilar orasida partiyamiz nufuzini oshirish maqsadida  izchil ravishda siyosiy o‘quvlar o‘tkazib kelinmoqda. «Mahalla — aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash» markazi», «Keksalarimizning farovon hayoti uchun mas’ulmiz» kabi loyihalar ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan yilda mahalliy Kengashlar sessiyalariga elektoratni o‘ylantirayotgan 20 ga yaqin dolzarb masala kiritildi. Ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingach, ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlarimiz va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida monitoring ishlari olib borilmoqda. Bilamizki, mamlakatimizda tobora chuqurlashib borayotgan demokratik jarayonlar siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati va boshqaruvida hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi mas’uliyatini oshirmoqda. Bugungi kun siyosiy partiyadan o‘z Saylovoldi platformasini bajarishi uchun tashabbuskor bo‘lishni, hayotiy takliflarni ilgari surishni, eng muhimi, ularni amalga oshirish uchun qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.

Shuning uchun mahalliy Kengashlardagi O‘zXDP guruhlari va partiya tashkilotlari Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga astoydil kirishgan. Xususan, saylovchilar bilan birga hamqadam va hamnafas bo‘layotgan deputatlarimiz joriy yilning o‘tgan davrida mahalliy Kengashlar sessiyalariga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ko‘pqavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, keksalar hamda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish kabi o‘nga yaqin masalalarni kiritdi.

Bundan tashqari, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqqan holda ish yuritayotgan deputatlik guruhlari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar, kommunal xizmatlardagi kamchiliklar, qishloqqa sanoatni olib kirish kabi qator ijtimoiy masalalar yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini olib borishdi. Alohida ta’kidlash kerakki, biz ko‘tarayotgan masalalar nafaqat partiyamizning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish, balki viloyatni har jihatdan taraqqiy ettirish, hududlarni obod qilish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Elektoratni o‘ylantirayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, muhim ijtimoiy masalalarni sessiyalarga olib chiqishda, hayotiy taklif va tashabbuslar ko‘payishida O‘zXDP jamoatchilik qabulxonalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlash joiz.



Joylarda tashkil etilgan 15 ta Jamoatchilik qabulxonasi saylovchilar, elektorat vakillari murojaatlari, shuningdek, fikr-mulohazalarini qabul qilishda o‘ziga xos o‘rin tutmoqda. Murojaatlar soni yil sayin oshyapti. Besh yil mobaynida qabulxonalarga 2 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan va  ularning asosiy qismi o‘z yechimini topgan. Bu borada O‘zXDP Termiz shahri, Sho‘rchi, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Sariosiyo tuman kengashlarida yaxshi natijalarga erishilgan. Joriy yilning o‘tgan besh oyida kelib tushgan 250 dan ortiq murojaatning hozirgacha 70 foizi hal etildi.

Shuningdek, O‘zXDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Oltinsoy, Denov, Termiz shahri va Termiz tumanida o‘tkazilgan forumlarda ko‘chma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tuman hokimligi vakillari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga 50 dan ortiq murojaat bo‘ldi. Ularning asosiy qismi joyida yechim topdi. Ko‘chma Jamoatchilik qabulxonalari saylovchilar murojaatlarini tez fursat ichida hal qilishda yanada keng imkoniyatlar yaratdi. Shuning uchun bu tajribani partiyamiz tizimidagi boshqa loyihalar doirasida ham qo‘llashni ko‘zlab turibmiz.

Deputat xalq bilan hamnafas bo‘lsa, obro‘-e’tibor qozonadi. Amalga oshirgan ishlari el manfaatiga xizmat qilsa, yurtimiz gullab-yashnaydi. 2014 yilda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga partiyamizdan saylangan deputatlar tomonidan 200 dan ortiq deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lsa, joriy yilning besh oyida bu ko‘rsatkich 80 tani tashkil qilmoqda.

To‘g‘ri, talay yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, faoliyatimizda hali bartaraf etishimiz kerak bo‘lgan kamchiliklarimiz ham oz emas.

Ayni kunlarda vohada 2 million 200 ming nafardan ziyod aholi bo‘lsa, shundan 60 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yashaydi. Ularning o‘ziga yarasha muammolari bor. Shundan kelib chiqqan holda, qishloq joylarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va sessiyalarga olib chiqishni ustuvor vazifalarimizdan biri etib belgilaganmiz.

Saflarimizni yanada mustahkamlasak, deputatlar va faollarimizning imkoniyatlari, salohiyatidan unumli foydalansak, partiya tashkilotlarimizning ishi yanada jonlanadi. Saylovoldi dasturi ijrosi muvaffaqiyatli ta’minlanadi.

 

ANIQ MAQSAD VA USTUVOR VAZIFALAR

O‘zXDP dasturiga muvofiq, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish partiya tashkilotlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi guruhlarining dolzarb vazifasi hisoblanadi. Chunki shu orqali elektorat manfaati himoyasi ta’minlanadi, xalqimiz hayoti yanada farovonlashadi.

Elektorat manfaatlarini himoya qilish maqsadida mahalliy Kengashlar sessiyalariga 2011 yilda 6, 2012 yilda 21, 2013 yilda 28 masala kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi. Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, deputatlar faoliyatida o‘sish ko‘zga tashlanadi. Bu partiyamiz guruhlari yagona maqsad yo‘lida harakat qilib, tajriba orttirib borayotganini bildiradi. Lekin, negadir, 2014 yilda mahalliy Kengashlar sessiyalariga masala kiritishda partiya guruhlarimiz faoliyatida biroz sustkashlik kuzatildi. Ular tomonidan sessiyalarga 15 ta masala olib chiqildi xolos. Biz buning sabablarini tahlil qilyapmiz. Viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi tashabbuskorligini ko‘paytirish, tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari faoliyatini yanada samarali tashkil etishga e’tibor qaratmoqdamiz.

Aholi, xususan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini ta’minlash ustuvor vazifadir. Bu borada hamkor tashkilotlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatilgani ijobiy natijalarini bermoqda. 2013 yilda muzrabotlik 11 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga, termizlik 12 nafar yosh tadbirkorga qariyb 500 million so‘mlik imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Denov va oltinsoylik 30 nafardan ortiq yigit-qiz ham ana shunday imkoniyatga erishib, kreditlar olishdi. Natijada 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.



Ma’lumki, partiyamizning 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturi qabul qilingan. Uning ijrosini ta’minlash uchun viloyat kengashi, joylardagi partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari tomonidan aniq vazifalar belgilab olindi. Qumqo‘rg‘on tumani va Termiz shahrida uch marta partiya yetakchilari va deputatlik guruhlari rahbarlari ishtirokida hududiy seminarlar tashkil qildik. Elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Aniq maqsadni ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatsak, ustuvor vazifalar, albatta, amalga oshadi.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish