13-bob. “O’TY” aj ning iqtisodiy faoliyat boshqarmalari


Toshkent yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi faoliyatini boshqarish



Download 1,03 Mb.
bet33/45
Sana02.05.2020
Hajmi1,03 Mb.
#48745
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
TYT Menejmenti 13-19 bob LOTIN

18.4.Toshkent yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi faoliyatini boshqarish
Toshkent yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi Ochiq akstidorlik kompaniyasi “O’zbekiston temir yo’llari” akstiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradi.

Asosiy faoliyati yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash.

Toshkent shaxri X.Umarov ko’chasi 8-uyda joylashgan.

Zavod O’zbekiston Respublikasi xukumati bilan Yaponiyaning tashqi iqtisodiy xamkorlik jamg’armasi (OESF) o’rtasida imzolangan kredit bitimi asosida bunyod etilgan. Bu “O’TY” DATKning amalga oshirgan ilk yirik investistiya loyihasi hisoblanadi.

Zavod O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulkini Boshqarish Qo’mitasi 202 yil 28 iyundagi 185-sonli buyrug’iga asosan “Toshkent yo’lovshi vagonlarni ta’murlash zavodi” Ochiq Akstiyadorlik Jamiyatiga aylantirildi. Jamiyatning mulki akstiyalarni sotib olish uchun to’lovlar xo’jalik faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan olingan daromadlar hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida ishlab topilgan boshqa mulklardan tashkil topgan.

Texnik-iqtisodiy asoslash va kompaniyaning yo’lovchi vagonlari (1995 yil parkiga muvofiq) zavodning yo’lovchi vagonlarini ta’mirlashdagi loyihaviy quvvati yiliga 450 vagonni kapital ta’mirlashga (birinchi va ikkinchi xajmlari KR-1, KR-2) etadigan qilib belgilangan. Zavod nafaqat O’zbekiston temir yo’llari ehtiyojini, balki qo’shni davlatlar temir yo’llari yo’lovchi tashish ehtiyojini ham qondirish imkoniyatini yaratadi.

Zavod yo’lovchi vagonlarni barcha turdagi ta’mirlash ishlarini bajarishga imkon beradigan 345, shu jumladan Germaniya, Golandiya, Kanada, Yaponiya, Angliya, Janubiy Koreya xorij davlatlarining etakchi firmalaridan keltirilgan zamonaviy uskunalar va texnologik liniyalar bilan jixozlangan.

Zavod 2001 yilning o’zidayoq loyihaga kiritilgan yo’lovchi vagonlarni ta’mirlashning barcha turlarini o’zlashtirgan va bugungi kunga qadar 4754 vagon ta’mirlangan.

2002 yildan boshlab ishlab chiqarish xajmini ko’paytirish maqsadida va vagonlarning yildan-yilga eskirayotganligini hisobga olgan holda, zavod Rossiya loyihalash temir yo’l ilmiy tekshirish institutlari bilan birgalikda loyihaga kiritilmagan yo’lovchi vagonlarni murakkab ta’mirlash turlarini o’zlashtira boshladi. Shu jumladan:


  • 2002 yili zavon vagonlarni kapital tiklash bo’yicha ta’mirlash turini o’zlashtirdi. Va bu vagonning xizmat qilish muddatini 28 yildan 41 yilgacha uzaytirib berish imkoniyatini yarabit tberdi. 2003-2013 yillar davomida 1014 ta vagon kapital tiklash-ta’mirlash turi bilan ta’mirlandi.

Xizmat muddatini uzaytirish ta’mirlash jarayoni paytida vagonlarning ichki qismini qaytadan ta’mirlash va modernizastiyalash yo’lga qo’yildi, bu esa Toshkent-Buxoro yo’nalishi bo’yicha qatnovchi “Sharq” poezdi, Toshkent-Qarshi yo’nalishi bo’yicha qatnovchi “Nasaf” tezyurar poezdi uchun o’ta shinam vagonlar yangidan yaratildi.

Shahar atrofiga qatnaydigan elektropoezd vagonlarni kapital tiklash va qayta ta’mirlash ishlari yo’lga qo’yildi.

Zavod 2003 yildan boshlab tashqi bozorga o’z xizmatlarini chiqara boshladi. Avvalo zavod Tojikiston yo’lovchi vagonlarini kapital tiklash ta’miri bo’yicha Rossiya va Ukraina yo’lovchi vagonlarni ta’mirlash zavodlari orasida o’tkazilgan tenderni yurib chiqdi. Keyinchalik Qozog’iston va Qirg’iziston temir yo’llari bilan ham tashqi iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yildi. Zavol 2003 yildan hozirgi kungacha shu mamlakatlar uchun 536 ta vagon ta’mirlash ishlarini bajardi.

Zavod o’z imkoniyatlarini qayta ko’rib chiqib O’zbekistonga juda muhim bo’lgan yangi vagonlarni qurishni yo’lga qo’yish maqsadida 2007 yildan boshlab Rossiyaning Sakt-Peterburg “Vagonlar qurish” ilmiy instituti bilan hamkorlikda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan vagon” loyihasi ustida ishlar olib borib 2009 yil barcha o’tkazilgan sinovlardan so’ng “61-907 modelli havo sovitgichi o’rnatilgan kupe turidagi yo’lovchi vagoni” seriyali ishlab chiqarish sertifikatini qo’lga kiritdi.

Zavod mutaxassislari erishilgan yutqularda to’xtab qolmay 2001 yilda vagon qurilishini yangi turlarini ishlab chiqarish ustida ishlab zavod “Yo’lovchi vagonlarning yangi 61-911 modelli ochiq turdagi havo sovutgichi o’rnatilgan vagonlarni” ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi.

2009-2013 yillar davomida zavod 90 ta yangi yo’lovchi vagonlarni qurib topshirishga erishdi.

Bugungi kunda zavodning “Vagonlarni kapital tiklash”, “Yo’lovchi vagonlarning telejkasini ishlab chiqarish” va “Yangi yo’lovchi vagonlarini qurish” mahsulot turlari davlat mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan.

Zavodning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagicha:



  • yo’lovchi vagonlarni qurish;

  • yo’lovchi vagonlarining xizmat ko’rsatish muddatini uzaytirish bilan kapital-tiklash ta’miri, depo va kapital ta’mirlash va boshqa ta’mir turlarini bajarish;

  • ER-9E va ER-2 elektropoezd vagonlarini kapital ta’mirlash ishlarini bajarish;

  • yangi yo’lovchi vagonlarini yig’ish;

  • vagonlar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish;

  • aholiga va korxonalarga savdo, transport, kommunal va mayishiy xizmatlarni ko’rsatish;

  • qurilish materiallari va halq iste’moli mollari ishlab chiqarish va sotish;

  • barcha transport vositalari uchun nostandart jixozlarni loyihalash va tayyorlash va boshqalar.

Ushbu turdagi ishlarni bajarish uchun korxona quyidagi turdagi ishlab chiqarish bo’linmalari mavjud:

  • boshqaruv apparati;

  • ishlab chiqarish binolari va inshootlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha stex;

  • elektroapparat stexi;

  • elektromashina va sovutgich jixozlari stexi;

  • akkumulyator stexi;

  • suv ta’minovti va isitish tizimini ta’mirlash stexi;

  • ichki jixozlarni ta’mirlash stexi;

  • malyarka stexi;

  • kuzov stexi;

  • mexanik stexi;

  • tayyorlash-ishlab-chiqarish stexi;

  • yog’ochni qayta ishlash stexi;

  • vagon detallarining dekorativ qoplamasini olish va tayyorlash stexi;

  • instrumentlar stexi;

  • ko’tarish-transport vositalari va jixozlar bilan ta’minlash bo’yicha bosh mexanik stexi bo’limi;

  • bosh energetik bo’limi;

  • ishlab chiqarish bo’limi;

  • qorovul-qo’riqlash ta’minoti bo’yicha stex;

  • ishlab chiqarish bo’limlari stexi;

  • yangi telejkalarni tayyorlash bo’yicha stex;

  • vagonqurish stexi;

  • passajir vagonlarni qurish bo’yicha stex;

  • metallolom yig’ish va vagon uzellari detellarini ikkilamchi qayta ishlash stexi;

  • ekspetemental-mexanik stexi;

  • vagonlarni kompleks yig’ish stexi;

  • kasanachilik stexi;

  • ishlab chiqarish-ma’muriy binolarning joriy holatini ta’minlash stexi.

Zavodning asosiy buyurtmachilari

- «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ

- «Uzbekiston temir yullari» AJ

- Yo’l xo’jaligi boshqarmasi ,

- Lokomotivlar ekspluatastiyasi boshqarmasi,

- Harbiylashgan qo’riqlash xizmati boshqarmasi,

- Elektrta’minot markazi,

- Signallashtirish va aloqa markazi,

- Mintaqaviy temiz yo’l uzellari (Tashkent, Kokand, Buxara, Karshi, Termez, Kungrad),

- «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi.

Korxona ta’minotchilarini ikkita guruhga ajratish mumkin: mahalliy va xorijiy.






-rasm. Zavodning asosiy ta’minotchilari

18.5. Sanoat korxonalari strategik boshqaruvini tashkil etish
Kompaniya strategiyasi aniq, bo’lishi bilan birga, uning ichki imkoniyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlari bilan mos tushishi kerak. Strategiyani ishlab chiqishdan oldin unga erishish uchun, kompaniyaning bugungi kundagi holatini real taxlildan o’tkazish zarur. Ba’zida bu ishni korxona diagnostikasi deb atashadi. Strategiyani ishlab chiqish maqsadidagi diagnostika, kompaniya faoliyatining quyidagi muhim yo’nalishlarini qamrab olishi kerak:


  • tashkiliy madaniyatni;

  • xodimlarni, (menejmentni ko’shgan holda);

  • biznes tizimini, strategik qarorlarni ishlab chiqishni, moliya, investistiyafaoliyatini va tashkiliy strukturani resurslar mavjudligini, informastiya oqimi va tashqi hamkorlik.

Korxonaning ichki tahlili, natija sifatida nafaqat uning bugungi kundagi holati to’g’risida aniq tasavvur berib qolmasdan, balki strategik maqsadlar va resurslar, kompaniyaning strategik ustunligi va zaifligi, strategik muammolar to’g’risida ham ma’lumot beradi.

Diagnostika bosqichida kompaniyaning muhim muammolarini, kompaniya boshidan kechirishi, ko’rinadigan va seziladigan qiyinchiliklarni aniqlash bilan boshlanadi. Haqiqiy qiyinchiliklar diagnostika o’tkazish jarayonida aniqlanishi kerak. Shunga qaramasdan ular strategik omillar yig’indisini va baholash ko’rsatkichlari tizimida shakllanishini hisobga olish kerak.

Korxona darajasidagi strategiya















Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish