12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari



Download 1,64 Mb.
Sana07.04.2017
Hajmi1,64 Mb.
#6232


12-mavzu.

Ish haqi va mehnat munosabatlari.


12.1. Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Vaqti – 2 soat

O‘quvchilar soni nafar 25-30 nafar

O‘quv mashg‘uloti shakli

Mualliflik ma’ruzasi

O‘quv mashg‘ulotining rejasi

1. YAratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari.

2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni.

3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari.

4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli.

5. Davlatning ish haqi siyosati.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Ish haqining tabiati va mehnat munosabatlarining mazmuni tushunchalari to‘g‘risida chuqurroq bilim berish va ularning evolyusiyasi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

-ish haqining iqtisodiy mazmunini echib beradi;

-ish haqi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariyalarni bayon qilib, daromadlarning taqsimlanishi tamoyil-larini tushuntiradi;

-ish haqni tashkil etish shakllarini va tizimlarini tavsiflaydi;

-mehnat munosabatlarining iqtiso-diy mazmunini yoritib beradi;

-bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida O‘zbekistonda ish haqi va mehnat munosabat-lari bilan bog‘liq muammolarni keltiradi.



O‘quv faoliyatining natijalari:

-ish haqi, mehnat munosabatlariga ishchi kuchi bozori tushunchalariga ta’rif beradi;

-ish haqi to‘g‘risidagi turli nazariyalarni tavsiflaydi;

-nominal, real ish haqi va tarif tizimining mazmunini ayta oladi;

-mehnat shartnomasi, mehnat mojarolari tushunchalarini yoritib bera oladi;

-ish joylari, daromad, ish haqi bilan bog‘liq muammolar bilan tanishadi.



O‘qitish uslubi va texnikasi

Mualliflik, aqliy hujum, tezkor savol-javob, insert, test

O‘qitish shakli

Frontal, guruh, individual

O‘qitish vositalari

Ma’ruza matni, proektor, vizual materiallar, doska, bo‘r

O‘qitish shart-sharoiti

Namunadagi auditoriya



Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o‘qituvchi

o‘quvchi

1-bosqich.

Kirish


(5 min.)

1.1. Mavzu, maqsad, o‘quv mashg‘ulotining natijalari va mashg‘ulot rejasini ma’lum qiladi.

1.2. O‘quvchilarga juftlikda ishlashni – o‘ylashni va mazkur darsning xususiyatiga, uning muammolariga e’tibor qaratishni taklif etadi.



YOzadilar.
Topshiriqni bajaradilar.

2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. O‘quvchilar bilimini faollashtirish maqsadida blits-so‘rov o‘tkazadi. Quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.

-daromad olishning qanday yo‘llarini bilasiz?

-uning miqdori nimaga bog‘liq?

-daromad hammaga teng taqsimlanish kerak, degan nuqtai nazarga qanday qaraysiz?

2.2. Bu va boshqa savollarga javob topish maqsadida ish haqining o‘zi nima, uning qanday turlari, tizimi bor, degan savollarni atroflicha yoritib beradi. Daromadning taqsimlanish borasida Sey va Klark nazariyalarini solishtiradi. T-sxema orqali ifodalaydi.

2.3. Asosiy tushunchalarga izoh bergandan keyin, ish haqi bilan bog‘liq muammolarni ilgari suradi, quyidagi savollarni o‘ylab ko‘rishni taklif etadi.

-ish haqini mehnat haqi desa bo‘ladimi?

-ish haqining miqdori qancha bo‘lishi kerak?

-ishchi kuchi tovar bo‘lsa, uning qiymati va iste’mol qiymati nimadan iborat?

-yollanma mehnat qanday sharoitda vujudga keladi?

“Aqliy hujum” texnikasini qo‘llagan holda munozarani tashkil etadi. Javoblar ichidan eng optimal variantlari olinadi.

2.4. Ish haqi bilan bog‘liq muammolarning hal qilinishida mehnat munosabatlarining ahamiyatini yoritib beradi. Mehnat shartnomalari, mehnat nizolari, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif, kasaba uyushmalari tushunchalariga izoh beradi.



Eshitadilar, javob beradilar.
YOzadilar.

YOzadilar, o‘ylab munozaraga tayyorlanadilar.

O‘z fikrlarini bildiradilar.
Eshitib, yozib oladilar


3-bosqich.

YAkuniy


(15 min.)

3.1. Mashg‘ulotga yakun yasaydi, xulosalar chiqaradi. Munozara natijalarini e’lon qilib, faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi. Olingan bilimning kelajakdagi kasbiy faoliyatda ahamiyatini tushuntiradi.

3.2. Mustaqil ish uchun uyda quyidagi savollarga javob berishni topshiradi.



Eshitadilar. Savollar beradilar.


Vizual materiallar

1-ilova.
Ish haqi mazmunini aniqlash borasidagi yondoshuvlar

YOndoshuv yo‘nalishi
Asoschilar
Qisqacha mazmuni

«YAshash uchun vosita minimumi» konsepsiyasi

D.Rikardo, T.Maltus

Ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil, deb hisoblanadi

Ishchi kuchi qiymatining o‘zgargan shakli

Ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo‘nalishdagi iqtisodchilar

Ish haqi ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi sifatida qaralib, uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlanadi

Ish haqini mehnat bahosi sifatida ifodalash

Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining ko‘plab vakillari

Ish haqini bozordagi ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif nisbati orqali belgilanuvchi mehnat bahosidan iborat, deb belgilanadi


2-ilova.


3-ilova.


4-ilova


5-ilova.



6-ilova.


7-ilova.
YOpiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri.

Ish haqi

darajasi D S2

S1


W2

W1 S2


S1 D
0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori


8-ilova.
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri
Ish haqi

darajasi D
S
W2 e

a

W1


S D


0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori

9-ilova.



10-ilova.

T-jadval





+ (ha)

– (yo‘q)



























11-ilova.

Muhokama uchun savollar
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni nimada?

2. «Ishchi kuchi» tovarining qiymati va iste’mol qiymati nima orqali aniqlanadi?

3. Ish haqining qanday asosiy shakllari va tizimlarini bilasiz?

4. Nominal ish haqi real ish haqidan nimasi bilan farq qiladi?

5. Mehnat munosabatlarini tartibga solishda mehnat shartnomalarining roli qanday?

6. Kasaba uyushmalarining ahamiyati qanday?




12-ilova.

Muammoli topshiriq

Tasavvur qilamiz quyidagilar aniq bir tarmoqda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni ifodalaydi.



Ish haqi darajasi

(ming so‘m / soat)



Talab etilayotgan ish o‘rni (ishchi soni)

O‘z ishchi kuchini taklif etayotganlar

1

500

100

2

400

200

3

300

300

4

200

400

5

100

500

6

50

600




  1. Jadval ma’lumotlaridan foydalanib erkin bozorda muvozanat ish haqini va unga mos keluvchi ishchilar sonini aniqlang.

__________Muvozanat ish haqi __________Ishchilar soni

  1. Jadval ma’lumotlaridan foydalanib ishchilarga bo‘lgan talab va taklifni grafikda aks ettiring. Muvozanat ish haqi nuqtasini W1 bilan belgilang.

  2. Tasavvur qilamiz, kasaba uyushmasi vakili va tadbirkor jamoa kelishuvi natijasida ish haqi 5000 so‘m / soat:

a) grafikda ish haqining yangi darajasini ifodalang va uni W2 bilan belgilang;

b) ish haqining yangi darajasida ishchilarga bo‘lgan talab qanday bo‘ladi? Grafikda ifodalang.





Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish