11 yillik ta'lim: Yutuq va kamchiliklar 12: 20



Download 38,5 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi38,5 Kb.
#70990
Bog'liq
Qidiruv-WPS Office


Qidiruv

11 yillik ta'lim: Yutuq va kamchiliklar

12:20 / 09.07.2017

55557


Shu yilning 16 iyun sanasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Uchtepa tumanidagi 78-umumta'lim maktabini borib ko‘rdi. Unda maktab va kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, tajriba sifatida ushbu ta'lim maskanida 11 yillik ta'limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta'kidladi. Jumladan, prezident shunday dedi: «Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibat ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois ta'lim jarayonining uzluksizligini ta'minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur...»

Bu ta'lim tizimidagi ulkan qadamlardan bo‘ldi deyish mumkin. Bir qator internet saytlari hamda Xalq ta'limi vazirligidagi manbaga asoslanib aytadigan bo‘lsak, poytaxt maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada ota-onalardan farzandlar ta'limni 10-11 sinflar negizida davom ettirishi yoki kollej-litseylarga yo‘l olishi bo‘yicha fikrlari so‘raldi. Natija esa ota-onalarning 70 foizi 11 yillik ta'lim qayta tashkil etilishi tarafdori ekanini ko‘rsatdi. Bu holat yuzasidan kelgusida viloyatlar miqyosida ham keng jamoatchilik fikri o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining ko‘rsatma berishicha, shu yil sentabridan Toshkent shahridagi har bir tumandan 4tadan maktabda tajriba-sinov tariqasida 10-11 sinflar ochilishi ko‘zda tutilgan.

Keling, endi bu borada juda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz qatori biz ham o‘z taklif va mulohazalarimizni bildirib o‘tsak:

11 YILLIK TA'LIMNING AFZALLIKLARI

Sinfdoshlar yana ikki yil birga. Avvalo, to‘qqiz yillik qadrdonlar birdaniga tarqab ketmaydi. Ular yana ikki yil birga bo‘lishadi, baxtli bolalik va o‘quvchilik damlari ko‘pga cho‘ziladi deb bemalol aytish mumkin. Sinfdoshlar bir-birini yanada yaxshiroq bilib borishadi...

Nazorat osonlashishi. Ko‘pchilik ta'kidlaganidek, o‘quvchi-yoshlarni nazorat qilish, ta'lim-tarbiya berish birmuncha osonlashadi (ammo baribir muammolar bo‘lishi tabiiy). Jumladan, mahalla-ko‘y, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va jipslik yanda mustahkam bo‘ladi (albatta, ba'zi istisnolarni hisobga olmasak).

Fanlar kamligi. Maktablarda kollej yoki litseylardagi kabi fanlar ko‘p emas. Maktablarda faqat umumta'lim fanlari o‘qitiladi. Kollejlarda esa bunga qo‘shimcha ravishda mutaxassislik fanlari ham o‘tiladi. Fanlar kamligi o‘quvchiga darslarni yaxshi o‘zlashtirish imkonini berishi mumkin (o‘quvchining salohiyatidan kelib chiqib).

Ta'lim maskanining qulay yerda joylashgani. Bu birinchi navbatda ota-onalarga moddiy qulaylik yaratadi. O‘quvchilar ham nisbatan uzoqroqdagi kollej yo litseyga emas, qadrdon maktabiga boradi. Bu omil ham qaysidir ma'noda ta'lim sifatiga ta'sir o‘tkazadi.

O‘qishga kirishga intilish kuchayadi. 10-11 sinfda o‘qiyotgan o‘quvchi oliy o‘quv yurtiga kirishda nisbatan yaxshiroq tayyorlanishi mumkin. Sababi, bunda sessiya, semestr degan tushunchalar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Endi ulg‘ayayotgan o‘quvchi sessiyalar haqida qayg‘urmaydi, balki darslarda faol qatnashib, uyga vazifani ham zo‘r tayyorlab, umumta'lim fanlarini yaxshi o‘zlashtirish orqali oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatini birmuncha oshiradi. Ammo bunda bitta salbiy jihat bor: kirolmaganlar taqdiri ne kechadi?

O‘quvchilar u yoq-bu yoqqa sang‘ib yurmaydi. Nazorat yaxshi bo‘lganidan keyin o‘smir yoshdagi o‘quvchilar har yoqqa sang‘imay, bor e'tiborni ta'limga, yaxshiroq dars tayyorlashga qaratadi. Shuning o‘zi ham olg‘a siljish degani. To‘g‘ri, hamma yigit-qizlarni ham a'lo xulqli deb bo‘lmaydi. Ammo yakunda baribir tarozining «Yaxshi» pallasi «Yomon»ini bosadi.

O‘qituvchi «polapon»lariga qayg‘uradi. Maktabdagi 9 yillik qadrdon o‘qituvchilar (bunga boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham kiradi) kollejdagi 3 yillik yangi o‘qituvchilardan ko‘ra o‘quvchilarga jonkuyarroq bo‘lishadi. O‘quvchilarga yangi o‘qituvchiga moslashishdan ko‘ra eski – qadrdon o‘qituvchilari bilan ta'limni davom ettirish ancha osonroq. Lekin bunda ham bitta kamchilik ko‘zga tashlanishi mumkin: o‘quvchilar orasida yangi do‘stlarni orttirishni yaxshi ko‘ruvchilar, yangilikka intiluvchilar, boshqa joylarni ham ko‘rishni istovchilar istalgancha topiladi. Demak, bu bilan ham hisoblashish kerak.

Mehr-oqibat tushunchalari kuchayadi. Mehr-oqibat har yerda bor, ammo gap uning qayerda, qanchaligida. Chunonchi, 16-17 yoshdagi o‘quvchi 9 yillik maktabdoshlari bilan qadrdonroq bo‘ladi, ularga mehri ko‘proq tovlanadi. Yangi do‘stlariga esa unchalik mehr ko‘rsatmasligi, ishonmasligi, kezi kelsa, ko‘p narsaga ko‘z yumishi mumkin. Loqaydlik ham aslida mana shunaqa oddiy narsalardan kelib chiqadi. Loqaydlik bor yerda esa... O‘zingiz ko‘rib turibsiz dunyoda nimalar bo‘layotganini.

11 YILLIK TA'LIMNING KAMChILIKLARI

Faqat shahodatnoma berilishi. Haqiqatan ham, birinchi o‘rinda shu joyi ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ymoqda. Sababi, 11 yillik ta'limni tugatgandan so‘ng diplom emas, shahodatnoma (attestat) beriladi. Tabiiyki, shu joyiga kelganda diplomning salmog‘i bosadi. Kollejni bitirgan-ku, har holda, diplomi orqali biror joyga ishga joylashadi, ammo 11 sinfni bitirganlar-chi, ularning taqdiri ne kechadi? Bordi-yu, o‘qishga kira olmasa, vaziyat yanada murakkablashadi. (O‘ylashimizcha, yangi tizimda o‘quv-kasb ustaxonasi ochilishi shuni inobatga olgan holda tuzilsa kerak).

Qisqa muddat. Tan olish kerak, to‘qqiz yillik ta'limdan keyingi yana uch yillik ta'limga deyarli barchamiz o‘rganib, moslashib bo‘ldik. Agar birdaniga 11 sinfga qaytilsa, ikki yillik muddat ko‘p narsaga ozlik qilib qolmaydimi? Ya'ni bunda ham nazariy, ham amaliy bilimlarni egallashga ulgurish yo biror kasbning etagini tutish kerak.

Ortiqcha mablag‘. 10-11 sinflar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar chiqarish uchun ozmuncha mablag‘ ketmaydi. Ular zamon talabiga mos tarzda ishlab chiqilishi uchun ma'lum vaqt kerak bo‘ladi. Qisqa fursatlarda esa birdaniga zo‘r darsliklar yaratish amrimahol.

Kollej yo litseydagilar masalasi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalaridagi o‘quvchiyu o‘qituvchilar – barcha xodimlar-chi, ularning taqdiri bilan ham qiziqib ko‘rmoq kerak. Deylik, bir o‘qituvchi kollejda dars beradi. Kollej uyiga yaqin joylashgan. Bordi-yu, bu yer o‘rniga uni uzoqroqdagi boshqa maktabga jo‘natishsa-chi. Xuddi shuningdek o‘quvchilar ham, boshqalar ham har yoqqa sochiladi. To‘g‘ri, buni muammo o‘rnida qabul qilmaslik mumkin. Biroq shu kabi ovoragarchiliklar ham ma'lum vaqt ta'lim sifatiga ta'sir etmay qolmaydi.

Ta'lim sifati muammosi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalaridagi dars jarayonidan 10-11 sinflardagisi ustunlik qila oladimi? Bunda ko‘pgina predmetlar o‘zgarib, ketadi, juda ko‘p hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga to‘g‘ri keladi. Hatto «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun ham, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham isloh qilinishiga to‘g‘ri keladi.

Xullas, shu kabi yutuq va kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Yuqoridagilar, albatta, bizning o‘zaro fikrlarimiz. Yana qanchalab aytilmagan va qolib ketgan jihatlarni sanab o‘tish mumkin. Gap davlatimizning ta'lim sohasini yanada rivojlantirishi, uni zamon talabiga moslashi to‘g‘risida ketar ekan, turli fikrlar yuzaga chiqishi tabiiy.

Hurmatli o‘quvchilar, qadrli yurtdoshlar! Agar ona-vatanimiz haqida chindan jon kuydirsangiz, quyidagi savollarga javo bering-chi:

1. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring: ta'limdan bosh maqsad nima?

2. Qayerda o‘qigan muhimmi yoki qanday o‘qigan? Umuman, ta'lim hamda bilim olish makon va zamon tanlaydimi? Oddiy misol. Kollejni bitirib turib ham hech nimani qoyillatmaslik yoki, aksincha, 11-sinfni tamomlasa-da, o‘z bilimi, qobiliyati bilan davlatga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishish mumkin.

3. Ta'lim-tarbiyani faqat maktab yoki kollejdagilarga, ayniqsa, o‘qituvchilarga tashlab qo‘ygan to‘g‘rimi yoki buni ota-onaning o‘zi bo‘yniga olish kerakmi? Yoinki ota-ona ham, maktab-kollej ham birday mas'uliyat bilan yondashmog‘i lozimmi? Agar shunday bo‘lsa, bunday mas'uliyatli ota-onalar qanday shakllanadi hamda shunday fe'lli o‘qituvchi-pedagoglarga ega bo‘lmoq uchun nimalar qilish darkor?

4. Agar niholni boshidanoq noto‘g‘ri parvarishlasangiz yoki ekishdayoq xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, oqibatda nima bo‘ladi?

5. Eng muhimi, har birimiz o‘zimizga o‘zimiz shunday savolni beraylik: davlatimiz biz uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqda. Ayniqsa, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq uchun qayg‘urmoqda, jonajon O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Biz-chi, vatanimiz, davlatimiz uchun nima qildik va qilyapmiz?

Bu savollarni yana kengaytirish mumkin. Biz esa eng muhimlarini keltirib o‘tdik. Aslida, bolalarimiz 11 sinfda o‘qisa yaxshimi yoki kollejda ta'limni davom ettirgan afzalmi degan savolning o‘zi noto‘g‘ri. Buning o‘rniga farzandlarimiz qayerda o‘qimasin, davlatimizga foydasi tegadigan inson va yetuk kadr bo‘lib yetishishi – eng muhimi deyishimiz kerak emasmi?

Agar ushbu muhim savolga yuqoridagi mulohazalar orqali qisman bo‘lsa-da javob topilgan bo‘lsa, demak, yozganlarimiz behuda ketmabdi.

Boburshoh ABDUG‘AFFOROV

#MAKTAB

#TA'LIM TIZIMI

MAVZUGA OID

11:33 / 25.01.2020.G‘ijduvondagi mahalla ahli kollej maktabga aylantirilmaganidan norozi: nega prezident farmoni bajarilmadi?

11:59 / 24.01.2020.O‘zbekiston bo‘ylab 600dan ortiq o‘rta-maxsus ta'lim muassasalari tashkil etiladi

00:59 / 22.01.2020.Maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinishi mumkin

12:10 / 12.01.2020.Nega hamma ham a'lo natijaga erisha olmaydi?

BIZNES


Hamkorlik qilish

Turonbank rahbariyati yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi

Aksiya: Rossiyaning yetakchi «BALLU» isitgichlaridan 5 dona sotib olsangiz, 6-si sovg‘a sifatida beriladi!

Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsiya forumi: hamkorlikning yangi sarhadlari

Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi ishtirokida bank yosh xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Qishloq qurilish bank»dan yangi aksiya: «Olamshumul»!

Agrobank tomonidan maktab o‘quvchilariga «Bankirlar sabog‘i» mavzusida amaliy darslar tashkil qilindi

LADA Uzbekistan avtomobillarni 8.500.000 so‘m foyda bilan taklif qiladi

“AVTORITET” – avtomobillar uchun Yevropa standartlariga mos jihozlangan servis markazlari

Turonbank rahbariyati yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi

Aksiya: Rossiyaning yetakchi «BALLU» isitgichlaridan 5 dona sotib olsangiz, 6-si sovg‘a sifatida beriladi!

Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsiya forumi: hamkorlikning yangi sarhadlari

Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi ishtirokida bank yosh xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Qishloq qurilish bank»dan yangi aksiya: «Olamshumul»!

Agrobank tomonidan maktab o‘quvchilariga «Bankirlar sabog‘i» mavzusida amaliy darslar tashkil qilindi

LADA Uzbekistan avtomobillarni 8.500.000 so‘m foyda bilan taklif qiladi

“AVTORITET” – avtomobillar uchun Yevropa standartlariga mos jihozlangan servis markazlari

Turonbank rahbariyati yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi

Aksiya: Rossiyaning yetakchi «BALLU» isitgichlaridan 5 dona sotib olsangiz, 6-si sovg‘a sifatida beriladi!

Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsiya forumi: hamkorlikning yangi sarhadlari

Ipoteka-bank Boshqaruv Raisi ishtirokida bank yosh xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Qishloq qurilish bank»dan yangi aksiya: «Olamshumul»!

Agrobank tomonidan maktab o‘quvchilariga «Bankirlar sabog‘i» mavzusida amaliy darslar tashkil qilindi

LADA Uzbekistan avtomobillarni 8.500.000 so‘m foyda bilan taklif qiladi

“AVTORITET” – avtomobillar uchun Yevropa standartlariga mos jihozlangan servis markazlari

TAVSIYA ETAMIZ

10:30

Jahon


Koronavirus tarqalishi: Xitoyliklar niqoblar sotib olishmoqda, ammo ular infeksiyadan saqlanishga yordam bera oladimi?

23:48 / 25.01.2020

Sport

Yana ozgina yetmay qoldi... Olimpiadaga munosib emasmidik?



13:30 / 25.01.2020

O‘zbekiston

Jamshid Qo‘chqorov: «Biz shu paytgacha go‘yo u yo‘qdek, kambag‘allik degan so‘zni ishlatmasdik»

13:00 / 25.01.2020



O‘zbekiston

Xalq manfaatlaridan kelib chiqib, chuqur o‘ylab keyin integratsiya jarayonlarida ishtirok etishimiz kerak - Abdulaziz Komilov
Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish