11-mavzu. Аgloporit g’ovak to’ldiruvchisi xom ashyosi. Keramzit xom ashyosi. Keramika uchun gil. Reja



Download 265,75 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi265,75 Kb.
#726934
  1   2
Bog'liq
11-maruza


11-mavzu. Аgloporit g’ovak to’ldiruvchisi xom ashyosi. Keramzit xom
ashyosi. Keramika uchun gil.
Reja:
1. Аgloporit xom ashyosi va ishlab chiqarish texnologiyasi.
2. Keramzit xom ashyosi.
3. Keramika mahsulotlari uchun gil.
АGLOPORIT — yengil betonlar uchun sunʼiy g’ovak to’ldirgich; gilli jinslarga yoxud ko’mirni boyitish yoki yoqishda hosil bo’lgan chiqindi (shlak, kul)ga issiqlik ishlovi (termik ishlov) berib, so’ngra maydalab hosil qilinadi. Аgloporit chaqiq tosh yoki shag’al ko’rinishida olinadi. Аgloporit devor panellari, bloklari va issiqlik izolyasiya buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Аgloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Аgomerasiya uchun yaroqli gilli jinslar (suglinok, supess, lyosslar) Respublikamiz hududida ko’p uchraydi, shu sababli maxalliy xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958 yilda ishlab chiqarilgan. Xom ashyo materiallar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilga tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari yoqilFi shlaklari, kul, slaneq va ko’mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan.
Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg’i aglomerasiya jarayonining borishi uchun yetarli hisoblanadi. Faqat xom ashyoni yoqilg’i buyicha meʼyoriga olib kelish kerak, agar xom ashyoda yoqilg’i kam bo’lsa, u holda shixta tayyorlashda qo’shish kerak, agar xomashyoda yoqilg’i ko’p bo’lsa, u holda gilni qo’shish zarur. Аgloporit ishlab chiqarishni ko’mir qazish va ko’mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko’mir miqdori o’rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg’ilarni qo’llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Agloporit xomashyoni pishirishda (aglomerasiya) olinadi. Bu usul ko’proq metallurgiya sanoatida rudani qayta ishlashda qo’llaniladi. Pishirish jarayoni quyidagilardan iborat bo’ladi: xomashyo materiallardan yoqilg’i (ko’mir) qo’shib granulalar tayyorlanadi va kolosnikli panjaraga yotqiziladi. Panjara ostida vaqumkamerada ventilyator yordamida havo surilib yarim xomashyoni kuydirish tezlatiladi. Ko’mirning yonishi hisobiga yarim xom ashyo yuqori harorat (1400-15000C) gacha qizdiriladi.
Natijada g’ovak shishasimon massa (korj) hosil bo’ladi. Kuydirish jarayoni juda tez amalga oshiriladi. Panjara ostidan havoni surib olishda issiq gazlar yarim xom ashyo materiallarning pastki qavatini ham kuydiradi. Havoni qurishda yuqori pishgan qavatlar anchagina soviydi. Yoqilg’ining yonishi kolosnikli panjaraga yetganida aglomerasiya jarayoni tugaydi, natijada pishgan agloporit korji olinadi, uni shag’al va qumga maydalaniladi.
Agloporit sunʼiy govak to’ldiruvchisi aglomerasion mashinada (1-rasm) olinadi. Bu mashinaning ishlab chiqarish suvvati xomashyoni pishish tezligiga bogliq.
Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko’mir (yirikligi 5 mm gacha), qo’shimchalar aniq meʼyor buyicha aralashtiriladi. Ko’mirning massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo’lsa, u holda gil aralashtirgichga suv qo’shiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi. Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomerasion mashinada pishiriladi. Mashina to’xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli po’lat va ikki tomonidan tuqilgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyer temir-yo’l buyiga vaqum-kamera ustida xarakatlanadi.
Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi tusiqli aravachaga 200-300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o’tganida suyuq yoki gaz ko’rinishidagi yoqilgi yonishidan 10000S haroratgacha sizdiriladi. So’ngra vaqumkameralar ustida xarakatlanishdan, havoning surib olinishi natijasida xom granulalar pishadi.
Аglomerasion mashinadan pishgan korj chiqadi.Chiqqan korj bir jinsli bo’lmay, ichki qismi tuq rangda (tiklanish muhiti temir oksidlariga o’tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza qismida (ortiqcha havo, oksidlanuvchi muhit, kuydirishdan past harorat) kichik mustahkamlik va kam chidamli qung’ir-qizg’ish rangli pishmagan qatlam yuzaga keladi. Shu sababli aglomerasion panjarada hosil bo’lgan pishgan yarim mahsulot (korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo’laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi, bo’laklar panjaraga o’zatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari chiqadi, texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo’shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz o’tkazuvchanligini yaxshilaydi.
Xomashyoga qo’shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu bilan birga aglomerasion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini yaxshilashda yog’och opilkalari, yog’ch gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi. Аgloporit tarkibidan pishmagan bo’laklarini ajratgandan so’ng 80-1200Cgacha sovitiladi, maydalanadi, shag’al va qumga ajratiladi.
Аgloporit shag’ali va qumining ishlab chiqarish texnologik sxemasi (2- rasm) da keltirilgan.
Аgloporit chaqiq toshi yoki shaqalining donalari fraksiyasi kamayishi bilan ularning uyma zichligi oshadi. Bu agloporitda turli xil o’lchamdagi G’ovaklar (3mm va undan katta) borligi bilan tushuntiriladi. Аgloporitni maydalash vaqtida yirik g’ovaklari buyicha buzilishga olib keladi, shu sababli fraksiyalar qanchalik kichik bo’lsa, donalar G’ovakligi ham shuncha kam bo’ladi va donalar zichligi va mustahkamligi esa katta bo’ladi. Turli fraksiyadagi agloporit quyidagi uyma zichlikni tashkil etadi: chaqiq tosh fraksiyasi 20-40mm, uyma zichligi 500-600kg/m3; 10-20mm, 600-700 kg/m2; 5-10mm, 700- 800kg/m3; 5mm gacha yiriklikdagi sumda - 1000kg/m3 gacha. Аgloporit chaqiq toshining donalari orasidagi bushiqlik 50-60% ni (yuqori sinfli uchun 50% gacha) tashkil etadi. Dona zichligi chaqiq tosh uyma zichligiga nisbatan 2 va undan ko’p martaga ortadi. Аgloporit chaqiq toshining donalar g’ovakligi 40-60% ni tashkil etadi.
Donalar shakli koeffiqienti o’rtacha 2,5 dan oshmasligi kerak (yuqori sifatli agloporit uchun -2). Keramzit shag’alidan farqdi ravishda agloporit chaqiq toshida ko’p miqdorda ochiq g’ovaklar (15-20%) bo’lib, betonda suv yoki sement qorishmasi bilan tuladi. Bu sement sarfini bir muncha oshishiga olib keladi, biroq to’ldiruvchining sement qorishmasi bilan yaxshi bog’lanishini va mustahkamligini oshishini taʼminlaydi. Natijada yuqori mustahkamlikdagi agloporit beton olinadi.
Аgloporit yuqori darajada zichligi va mustahkamligi buyicha bir jinsligi bilan farqlanadi, bu esa betonda qo’llanishi samaradorligini oshiradi. Davlat standartiga ko’ra uning uzoq muddatga chidamliligi va bardoshliligini taʼminlash maqsadida talablar qo’yiladi. Аgloporit chaqiq toshining bardoshliligi silikat nurash va sovuqqa bardoshliligi bilan tekshiriladi. Yonmagan yoqilg’ilar qoldig’i chegaralanadi. Аgloporit chaqiq toshi namunasining qizdirishda massa yuqotishi 3% dan oshmasligi kerak.
Аgloporit chaqiq toshida yonmagan donalar miqdorini chegaralash uchun natriy sirka kislota aralashmasida sinov ishlari bajariladi, bunda uch sikl aralashmaga solish va quritishda massa yo’qotilishi 5% dan oshmasligi kerak. Аgloporit qumi uchun donadorlik tarkibi normaga keltiriladi. Qumning qizdirishda massa yuqotishi 5% gacha ruxsat etiladi.
Аgloporit asosan konstruksion yengil betonlar olishda ishlatiladi. Mustahkamlik chegarasi 20-30 MPa va baʼzan 50MPa bo’lgan agloporit beton asosida qo’shimcha zo’riqtirilgan temir-beton konstruksiyalar, tom yopma va qavatlararo katta o’lchamli balka va fermalar, ko’prik qurilishida va boshqalarga ishlatiladi. Bu konstruksiyalardagi og’ir betonni yengil agloporit beton bilan almashtirish uning samaradorligini oshiradi. Аgloporitbeton konstrukqion - issiqlikdan ximoyalovchi material sifatida ham qollaniladi.


Download 265,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish