11-amaliy mashg'ulot Reyting tizimining vazifalari nimalardan iborat?



Download 14,68 Kb.
Sana02.08.2021
Hajmi14,68 Kb.
#136207
Bog'liq
11-mavzu topshiriq ijrosi


11-amaliy mashg'ulot
1. Reyting tizimining vazifalari nimalardan iborat?
Reyting - inglizcha so‘z bo‘lib, baholash, individual koeffltsiyent m a'nolarini anglatadi. Talabalar bilimi sifatini baholashning o‘quv jarayoni va ta’lim natijalarini baholashga bir xil yagona yondashuvni ta’minlaydigan ko‘rsatma va qoidalar majmuidir.

Reyting tizimini qo‘llashning maqsadi va vazifalari quyidagi natijalarga erishish uchun sharoit yaratish


hisoblanadi:

- talabalar oliy ta’limning davlat ta’lim standartida belgilangan darajada bilim va malakalarni egallashlariga erishish;

- talabalar bilim sifatini baholashda muntazamlilik, izchillik va obyektivlikni ta’minlash;

- talabalarning o‘quv-biluv harakatlarini faollashtirish, o ‘qish-o‘rganishga ijobiy motiv hosil qilish, muntazam ravishda mustaqil ishlashlari va musobaqalashishlariga erishish;

- har bir talabaning o ‘quv sohasida egallagan o'rnini aniqlab, yutuqlari uchun rag‘batiantirish;

- ta’lim natijalarini taqqoslashga imkon yaratish va boshqalar.

Reyting usulida baholash tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

- uzluksiz ta ’lim tizimining har bir turi bosqichining o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

- ko‘p balli shkalani qo‘llash;

- o‘qituvchi qo‘yadigan baholar murakkab matematik hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Baholar (ballar) o‘quv yurtida qabul qilingan, qo‘llanib kelinayotgan mezonlarga binoan qo'yib borilishi kerak;

- baholash natijalari talabalar (o‘quvchilar), ota-onalar, pedagoglar tushunishi uchun qulay, guruh jurnalidan bilib olinadigan bo‘lishi lozim. Baho (reyting) ballarini hisoblash, yakuniy ballarni chiqarish tartibi iloji boricha sodda bo‘lishi, ballarni nazorat turlari va shakllari bo‘yicha taqsimlab hisoblashni talab etmasligi kerak;

- har bir ta’lim muassasasida o‘quv (uslubiyot) bo‘limi vazirlik ko‘rsatmasiga binoan yoki o‘zi mustaqil barcha og'zaki, yozma, test nazoratlari (baholashlari)ning minimal miqdorini belgilaydi va shu asosda yakuniy baho chiqariladi;



- uzluksiz ta ’lim tizimining har bir bosqichida (turida) turli o‘quv yurtlari reyting (baholash) natijalari natijalarini taqqoslashga imkon berishi kerak
2.Maksimal ball qanday aniqlanadi?

Fan bo'yicha maksimal reyting bali - yuz ball miqdorida belgilanadi. Reyting usulida baholashda, avval talabaning o ‘zlashtirish ko‘rsatkichlari aniqlanib, so‘ngra fan bo‘yicha reytingni hisoblab chiqiladi. 4. Talabaning fan bo‘yicha bilim o'zlashtirishini nazorati semestr (o‘quv yili) davomida muntazam olib boriladi, nazoratning quyidagi turlari qo‘llaniladi: joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat.

Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilim o ‘zlashtirish darajasini aniqlab borish nazarda tutiladi va u, odatda, amaliy mashg‘ulotlarda ro‘yobga chiqariladi. Oraliq baholashda fanning bir necha mavzulari (bo‘limi, qismi) bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarda talabaning nazariy bilimlari aniqlanib baholanadi, talabaning muayyan savol yoki topshiriqni yecha olish malakasi, qobiliyati aniqlanadi.

Yakuniy baholashda fanning semester (o‘quv yili) davomida o‘tilgan hajmi doirasida talabaning bilimi baholanadi. Yakuniy nazoratga ajratilgan ballar maksimal ballning 15 foizi miqdorida belgilanadi.

Yakuniy baholash - tayanch tushunchalarga asoslangan yozma ish usulida yoki og‘zaki, test, himoya shaklTda ham o ‘tkazilishi mumkin. Yakuniy baholashni yozma ish usulida o ‘tkazish tartibi nizomda belgilanadi.

Baholash har bir fanning xususiyatlariga qarab dars jarayonida og‘zaki so'rash, test savollariga javob olish, nazorat ishlarini bajartirish, kollokvium, suhbat va boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Semestr davomida o ‘qitilgan fan bo‘yicha maksimal balning kamida 56 foizini to ‘plagan talaba qoniqarli o‘qitilayotgan deb hisoblanadi, undan kam ball to ‘plagan talaba qoniqarsiz o‘qiyotgan hisoblanadi. Semestr (o‘quv yili) davomida fan bo‘yicha to ‘plangan ballar quyidagi o'zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan baholanadi: 86-100 foiz - a ’lo; 71-85 foiz - yaxshi; 56-70 foiz -
qoniqarli; 55-foizdan kami - qoniqarsiz. Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim,
ko‘nikmalari, kurs ishi, bitiruv ishi, davlat attestatsiyasi natijalari o ‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan baholanadi va reyting dafitarchasida qayd etiladi.
Download 14,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish